„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


"Mafkuraviy prafilaktika" tushunchasi



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/110
Sana31.03.2022
Hajmi1,78 Mb.
#521862
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   110
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te (1)

"Mafkuraviy prafilaktika" tushunchasi 
inson, ijti-moiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini 
shakllantirishga, ularni muayyan g‗oya va maqsadlarni ifoda etadigan mafkuraviy bilimlar bilan 
qurollantirishga yo‗naltirilgan jarayonni ang-latadi. Uzbekiston sharoitida bunday faoliyatning 
asosiy vazi-fasi — xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish 
yo‗lidagi asriy orzu-istaklari, maqsadlarini, mil-liy istiqlol g‗oyasining mohiyatini keng 
jamoatchilikka tushun-tirish, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirishdan iborat. 
Bugungi kunda mafkuraviy profilaktika jamiyatda, avvalam-bor, oila, maktabgacha 
yoshdagi bolalar muassasalari, maktablar, litsey, kollejlar, oliy o‗quv yurtlari, ommaviy axborot 
vositalari, jamoat tashkilotlarining birgalikdagi faoliyatini taqozo qiladi. Uzluksiz ta‘lim tizimi 
mafkuraviy tarbiyani olib boruvchi asosiy bo‗gindir. Zero, mafkuraviy maqsadlarni kishilar, 
ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish vazifasi, asosan, ta‘lim tizimi orqali amalga oshiriladi. 
Ma‘lumki, "profilaktika" atamasi tabiiy fanlarda, ay-niqsa, tibbiyotda ko‗proq 
qo‗llanishiga o‗rganib qolganmiz. U maz-kur sohada kasallikning oldini olish va davolash 
jarayonining tarkibiy qismi sifatida tushuniladi. G‗oyalar falsafasi nuq-tai nazaridan "mafkuraviy 
profilaktika" ijtimoiy institut-lar tomonidan amalga oshiriladigan turli shakllardagi goyaviy-
tarbiyaviy, ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar majmui bo‗lib, butun g‗oyaviy tarbiya tizimini qamrab 
oladigan faoliyatni ifodalash uchun qo‗llanadigan tushunchadir. Mafkuraviy profilaktika 
g‗oyaviy bo‗shliqni tugatish, mafkuraviy parokandalikning oldi-ni olish yoki biror-bir hudud, 
qatlam, guruhni yot va zararli g‗oyalar ta‘siridan xalos qilish maqsadida amalga oshiriladi. 
Bunda g‗oyaviy ta‘sirning xilma-xil usul va yo‗llaridan foyda-lanib, turli vositalar qo‗llanadi. 
Mafkuraviy profilaktika tezkor va qisqa sur‘atlarda yoki asta-sekin, bosqichma-bosqich amalga 
oshirilishi mumkin. Birinchi holatda zudlik bilan chora-tadbirlar qo‗llash lozim bo‗lsa, ikkinchi 
holda doimiy va sobit-qadamlik bilan ish olib borish ko‗proq natija beradi. Jamiyat-ning xilma-
xil sohalari va aholining turli qatlamlari orasi-da mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda 


ham maf-kuraviy profilaktikaning o‗rni katta. Zero, u mohiyatan, yot g‗oyalar kirib kelishining 
oldini olish va ular ta‘sirini yo‗qo-tishga qaratilgan chora-tadbirlarga tayanadi. 
Ta‘lim-tarbiya va targ‗ibot-tashviqot tizimi mafkuraviy pro-filaktikani amalga oshirishga 
yordam beradi. Bunyodkor goyalarni xalq qalbi va ongiga singdirishga xizmat qiladigan ijtimoiy 
tu-zilmalar, oila, maktab, mahalla, davlat va jamoat tashkilotla-ri ham unda o‗z o‗rniga ega. 
Shuningdek, Vatan, xalq manfaatlari-ni, do‗stlik va birodarlikni, o‗zaro hurmat va 
bag‗rikenglikni targ‗ib-tashviq etuvchi ertaklaru dostonlar, qo‗shiqlaru raqslar, turli ko‗rinish va 
mazmundagi ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlar maf-kuraviy profilaktikani amalga oshirish shakllaridir. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan 
javoblarida yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalasini ko`tardi va «Mafkuraviy 
immunitet» tushunchasining ijtimoiy-siyosiy mohiyati haqida shunday dedi: ―Ma`lumki, har 
qanday kasallikni oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil 
qilinadi. Biz ham Vatanga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog`lom munosabatni qaror 
toptirishimiz, ta`bir joiz bo`lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur. Ana 
shunda johil aqidaparastlikning «da`vati» ham, ahloqni rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona 
g`oyalar ham o`z ta`sirini o`tkaza olmaydi‖
48

Mafkuraviy tarbiya natijasida mafkuraviy immunitet shakl-lanadi. 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish