Dunyoning hududiy jihatdan turli mintaqa va qit‘alarga bo‗lini-shini jo‗g‗rofiya
darslaridan yaxshi bilamiz. Jahonning siyosiy xarita-siga qarab va mavjud davlatlarning
chegaralarini hisobga olgan holda ham Yer yuzining hududiy bo‗linishini bemalol tasavvur qila
olamiz.
Insoniyat XX ayer oxiriga kelib, qator chegara bilmaydigan muam-molarga duch keldi.
Urush
va tinchlik, ekologik falokatlar, ma‘naviy qashshoqlik, narkobiznes, terrorizm kabi
muammolar ana shular jum-lasidandir. Shu bilan birga dunyoda globallashuv, axborot oqimining
tezlashuvi va intensivlashuvi, universal texnologiyalar bilan bog‗-liq umumbashariy jarayonlar
ham bormokda. Butun Yer yuzi odamzod uchun yagona makon ekanligi aniq.
Bunga shak-
shubha yo‗q, albatta. Ammo tarixda mavjud chegaralarni o‗zgartirish, muayyan hududlarni bosib
olish uchun son-sanoqsiz urushlar bo‗lgani ma‘lum. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam
takomillashib borganini bilamiz. Mazkur urushlar to XX asrgacha ko‗proq bir davlat ichida, ikki
davlat o‗rta-sida yoki nari borganda bir mintaqa doirasida bo‗lishi mumkin edi.
Shu bilan birga hozirgi vaqtda mafkuraviy vositalar orqali o‗z ta‘sir doirasini
kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va hara-katlar ham yo‗q emas. Tajovuzkor
millatchilik va shovinizm, neofashizm va kommunizm, irqchilik va diniy ekstremizm
mafkuralari shular jumlasidandir.
Natijada dunyoda inson qalbi va ongini egallash uchun kurash tobo-ra kuchayib bormoqda.
Bu hol bugungi kunda dunyoning mafkuraviy man-zarasini belgilab bermoqda.
Kishilik jamiyati tarixi insonda olijanob fazilatlarning shakl-lanishi va rivojlanishiga ham,
ayni paytda, g‗ayriinsoniylikning xilma-xil ko‗rinishlari ildiz otib, o‗zining mudhish qiyofasini
na-moyon qilishiga ham ko‗p bor guvoh bo‗lgan. Afsuski, insoniyatning butun tarixi davomida
bunday illatlar unga hamrohlik qilib keldi, turli davrlarda yangi shakl-shamoyil, xususiyat kasb
etdi. Bugungi kunda ularning eng yovuzlari Yer yuzidagi tinchlik va totuvlik, ham-korlik hamda
hamjihatlikka va oxir-oqibatda insoniyatning yagona birlik sifatida erkin taraqqiy qilishiga katta
xavf tug‗dirmoqda.
Bugun dunyoning mafkuraviy manzarasini o‗z maqsadlari yo‗lida o‗zgartirmoqchi
bo‗layotgan mafkura shakllari barqarorlik va taraqqi-yotga tahdid solmoqda. Ularning asosiy
shakl va yo‗nalishlari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning «O‗zbekiston
XXI asr
bo‗sag‗asida: xavf-sizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida
ko‗rsatib berilgan.
Mafkuraviy ta‘sir kо‗rsatish geosiyosatning eng ta‘sirchan vositasiga aylanmoqda.
Shuning uchun Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mafkura poligoni yadro poligonidan
kо‗ra kuchriloq deb alohida ta‘kidlaganlar. Chunki, mafkuraviy ta‘sirni kо‗z bilan kо‗rish, qо‗l
bilan ushlash juda mushkul. U insoniyat orasida juda tezlik bilan bilan, ammo sezilmagan tarzda
kirib keladi va о‗zining zararli oqibatlarini kо‗rsatadi.
Qaysi davlatning kuchi qanchaligi, armiyasining soni va yadro poligoni qayerda
joylashgani, uning quvvatini, qanday maqsadga yо‗nalganligini muayyan darajada aniq bilish
mumkin. Ammo, yovuz mafkuraviy maqsadlarning qaysi yо‗llar bilan insonlar qalbini egallab
olayotganligini osonlikcha bilib bо‗lmaydi.
Bugungi dunyoda turli hudud xalqlarini ma‘naviy-mafkuraviy
jihatdan tobe etishga
intilish va shunday asosda bо‗lib olishga urinishlar davom etmoqda. Buning uchun ular
ommaviy axborot vositalari, turli xil markazlardan foydalanmoqdalar. Masalan, turli jangari
filmlar, bolalar uchun kompyuter programmalari, teleо‗yinlardan foydalanish hollari mavjud.
Ana shunday sharoitda milliy istiqlol g‗oyasini chuqur egallash, mustahkam e‘tiqod va
irodaga ega bо‗lish orqaligina bunday maqsadlarning asl mohiyatini tо‗g‗ri tushunish mumkin.
Masalan, keyingi paytda turli soxta diniy aqidaparastlar juda kо‗payib ketdi. Vahobiylik,
Hizbut-tahrir kabilar fikrimiz isbotidir. Ular
Do'stlaringiz bilan baham: