„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash usullari va vositalari



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/110
Sana31.03.2022
Hajmi1,78 Mb.
#521862
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   110
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te (1)

 
2.Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash usullari va vositalari. 
"Mafkuraviy taxdid" 
muayyan millat, jamiyat, davlatning tinch-ligi va barqarorligiga qarshi qaratilgan, siyosiy va 
konstitutsi-on tuzumni zaiflashtirish hamda buzishga yo‗naltirilgan, shaxs va jamiyat xavfsizligi, 


ma‘naviy, mafkuraviy, ruhiy dunyosiga tajovuz qiladigan g‗oyaviy-nazariy qarashlar va ularga 
asoslangan amaliyot majmuini ifodalaydigan tushunchadir. Uning mazmun-mo-hiyati, zararli 
oqibatlari va unga qarshi kurashish zarurligi O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom 
Karimovning «Yuksak ma‘naviyat — yengilmas kuch» asarida har tomonlama va ishonchli 
dalillar asosida ko‗rsatib berilgan. Ushbu asarda ta‘kidlanganidek, tili, dini, e‘tiqodi-dan qat‘i 
nazar, har qaysi odamning tom ma‘nodagi erkin bo‗lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan 
ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‗zda tutadigan mafkuraviy, g‗oyaviy va in-
formatsion xurujlar bu boradagi tahdid va tajovuz hisoblanadi. 
Mafkuraviy tahdid va tajovuz vayronkor kuchlarning o‗z mod-diy, siyosiy manfaatlarini 
ko‗zlagan holda har xil markazlar tomonidan biron-bir mamlakatga nisbatan ichkaridan yoki 
tashqa-ridan turib, bevosita amalga oshiriladigan buzg‗unchilikning muayyan shaklidir. Ular o‗z 
maqsadlariga erishish uchun har qan-day usullardan, odamlarning ruhiy hissiyotlari, milliy tuy-
g‗ulari, har qanday jamiyatda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy mu-ammolardan, shuningdek
zamonaviy texnologiya, telekommunika-siya, OAV, Internetdan noxolislik bilan foydalanishga 
hara-kat qiladi. 
Hozirgi davrda mafkuraviy tahdid deganda, aholining ayrim qatlamlari, ayniqsa, yoshlar 
ongi va qalbiga ta‘sir qilib, ular-ning qarashlarini o‗zlariga ma‘qul yo‗nalishda o‗zgartirish, di-
niy ekstremizm, vayronkorlik, buzg‗unchilik, axloqsizlik g‗oyala-rini zimdan targ‗ib-tashviq 
etib, singdirish kabi g‗arazli maq-sadlar ham anglanadi. Ma‘naviyatga qarshi qaratilgan har 
qanday tajovuz, tahdid o‗z-o‗zidan mamlakatning milliy manfaatlari, jismonan va ma‘nan 
sog‗lom avlod kelajagini ta‘minlash yo‗li-dagi jiddiy xatarlardan biridir. 
Mafkuraviy tahdid shakllari xilma-xil. Zero, tahdidchi-lar ko‗pincha turli niqoblar, jozibali 
shior va g‗oyalar niqobi ortida ish ko‗radi, turli-tuman usullardan foydalanadi. Bundai kuchlar 
ixtiyorida juda katta moddiy, moliyaviy resurslar va imkoniyatlar mavjud bo‗lib, ular puxta 
o‗ylangan hamda da-vomli maqsadlarga xizmat qilmoqda. Hozirgi davrda dunyoning ayrim 
hududlarida ana shunday harakatlar natijasida katta yo‗qotishlar yuz bermoqda, millatlarning 
ma‘naviy qadriyatla-ri, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqmoqda, axloq-odob, oila va 
jamiyat hayoti, ongli yashash tarzi jiddiy xavf ostida qolmoqda. Eng yomoni, bunday mafkuraviy 
xurujlarning pirovard maqsadi odamni o‗zi tug‗ilib o‗sgan yurti va xalqidan tonishga, 
vatanparvarlik tuyg‗ularidan mahrum etishga, hamma narsaga loqayd bo‗lgan shaxsga 
aylantirishga qaratilgan. 
Xudbinlik va loqaydlik, mahalliychilik, korrupsiya va man-faatparastlik, boshqalarni 
mensimaslik, hasad, sotqinlik singa-ri illatlar ham ma‘naviy tahdid va tajovuzlar tarkibiga kiradi. 
Prezidentimiz ogohlantirgani kabi, hozirgi davrda turli eski va yangi goyalar kurashi har 
qachongidan ham ko‗ra shiddatli tus olmoqsa. Rang-barang, ba‘zan bir-biriga mutlaqo zid 
dunyoqarashlar siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhab va sektalar o‗rtasidagi fikr tala-shuvlari 
goho bahs-munozara doirasidan chiqib, qonli to‗qnashuv-lar, ommaviy qirg‗inlarga sabab 
bo‗lmoqsa, odamlar boshiga behisob qayg‗u-kulfatlar solmoqda. Bu tortishuvlardan ko‗zlangan 
asosiy maqsad — inson, avvalambor, yoshlar qalbini egallash, muayyan mam-lakat yoki 
mintaqadagi biror xalqning ongiga, uning sezgi-tuyg‗ula-riga ta‘sir o‗tkazish, uni o‗z 
dunyoqarashiga bo‗ysundirish, mafku-raviy jihatdan zaif va tobe qilishdan iborat. 
Mafkuraviy tahdidlarga qarshi o‗z vaqtida qat‘iyat va iz-chillik bilan kurash olib 
borilmasa, turli zararli oqimlar O‗zbekistonga ham shiddat bilan yopirilib kirishi, yoshlarni o‗z 
girdobiga tortib ketishi, oqibatda ular ota-ona, el-yurt oldi-dagi burchi va mas‘uliyatini 
o‗ylamaydigan, faqat bir kunlik hayot bilan yashaydigan egoist-xudbinlarga aylanib qolishi 
mum-kin. Bizga mafkuraviy tahdid solishi mumkin bo‗lgan ayrim tash-kilotlar o‗rta asrlarda 
mavjud bo‗lgan musulmon xalifaligini tiklash yo‗lida faoliyat ko‗rsatmoqda. Albatta, bundan o‗n 
to‗rt asr burungi voqelikni bugun amalda qayta tiklab bo‗lmasligi ayon. Lekin ularning niyati — 
yagona mafkuraviy makon barpo etib, islom dinini siyosiylashtirish va shu asosda hokimiyatni 
qo‗lga kiritib, hukmronlik qilishdan iborat. 
Hozirgi davrdagi "erkin demokratiya" va turli "ochiq jamiyat modellari"ni eksport qilish
jamiyat va davlat qurilishi-ning "universal loyiha"larini tashqaridan tiqishtirish yo‗li-dagi 


urinishlar ham mafkuraviy tahdid va tajovuz sifatida baholanmog‗i lozim. Aslida, insoniyat 
tarixida barchaga birdek ma‘qul bo‗ladigan boshqaruv modeli hech qachon bo‗lmagan. 
Mafkuraviy tahdidning "ommaviy madaniyat" niqobi ostida axloqiy buzuqlik va zo‗ravonlik, 
individualizm, egotsentrizm g‗oyalarini tarqatish, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa 
xalqlar-ning necha ming yillik an‘ana va qadriyatlari, turmush tarzi-ning mafkuraviy negizlariga 
bepisandlik, ularni qo‗porishga qaratilgan shakllari ham mavjud. Hozirgi vaqtda axloqsizlik-ni 
madaniyat deb bilish va aksincha, asl mafkuraviy qadriyatlar-ni mensimasdan, eskilik sarqiti deb 
qarash bilan bog‗liq holat-lar taraqqiyot va yoshlar tarbiyasiga tajovuz qilmoqda. 
Mafkuraviy tahdid shakllarining aksariyati informatsion xu-ruj va uydirmalarni tarqatish 
orqali yuz bermoqda. Bugungi kunda tobora kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi 
doimo sergak, ogoh va hushyor bo‗lib yashashimiz zarur. Bunday tahdidlarga qarshi har 
tomonlama chuqur o‗ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etil-gan, muntazam va uzluksiz 
ravishda olib boriladigan mafkuraviy tarbiya bilan javob berish mumkin. Har birimiz mafkuraviy 
tah-didlarga nisbatan loqaydlik, beparvolik va beg‗amlik illatidan xalos bo‗lishimiz, xar bir 
fuqaro yurtimizda, jahonda sodir bo‗la-yotgan har qanday voqea, hodisa, jarayonlar menga, 
mening taqdi-rimga bevosita daxldor deb hisoblamog‗i darkor. Prezidentimiz ta‘-kidlaganidek, 
"Hozirgi o‗ta murakkab bir zamonda xalqaro maydon-da sodir bo‗layotgan jarayonlarning tub 
mohiyatiga yetib borish, ular haqida xolis va mustaqil fikrga ega bo‗lish bugungi kunning eng 
dolzarb vazifasi, desak, hech qanday xato bo‗lmaydi" 
Mafkuraviy tahdid o‗z mohiyatidan kelib chiqib, eng avvalo, inson ongiga, tafakkuri va 
xulq-atvoriga xavf-xatar solmoqda. Inson ongi va qalbini vayronkor hamda buzg‗unchi g‗oyalar 
bilan izdan chiqarishga harakat qilish mafkuraviy taxdidning eng aso-siy mazmun-mohiyatini 
belgilaydi. Mafkuraviy tahdid muayyan jamiyat a‘zolarini yagona maqsad va muddaolardan 
chalg‗itib, mil-liy mentalitetga mos kelmaydigan begona g‗oyalar, fikrlar, maq-sadlar va 
qarashlarni chetdan turib eksport qilish jarayonida o‗zini yanada aniqroq namoyon qiladi. 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish