„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


Mafkuraviy faoliyatni tashkil qilishning usullari va yo„llari. Mafkuraviy faoliyatni



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/110
Sana31.03.2022
Hajmi1,78 Mb.
#521862
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   110
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te (1)

Mafkuraviy faoliyatni tashkil qilishning usullari va yo„llari. Mafkuraviy faoliyatni 
amalga oshirishning zamonaviy texnologiyalari. 
Mafkuraviy faoliyatda targ‗ibot va tashviqot 
muhim o‗rin egallaydi. "Mafkuraviy targ‗ibot va tashviqot" biron-bir shaxs, guruh, millat, 
jamiyat, hudud xalqlarining ongi va qalbiga mu-ayyan g‗oya va mafkuraning mazmun-mohiyati, 
maqsad-muddaolari, amaliyoti to‗g‗risidagi bilimlarni, ularga doir tushuncha va ta-moyillarni 
singdirishga qaratilgan tizimli faoliyat hamda u bilan bog‗liq chora-tadbirlarni amalga oshirish 
jarayonini ifo-dalaydigan tushunchadir. Shu bilan birga, bugungi kunda bu tu-shuncha 
yurtimizdagi turli millat, ijtimoiy toifa, kasbu kor-ga mansub bo‗lgan kishilarni ma‘naviy 
tajovuzlardan ogohlikka chorlash, mavjud xavf va taxdidlarning mohiyatini anglab yetish, ular 
haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish, eng muhimi, milliy g‗oya asosida xalqni birlashtirish, 
jipslashtirish, yosh avlod ongi va qalbida ezgu g‗oyalarga sadoqat tuyg‗ularini tarbiya-lashga 
qaratilgan usul va amaliy harakatlar majmuini ham anglatadi. Odamlar qalbi va ongida ana 
shunday insoniy tuyg‗ular qaror topishi, jamiyatda olijanob fazilatlar ustuvor bo‗li-shida 
mafkuraviy targ‗ibot va tashviqot muhim ahamiyatga ega. 
Mafkuraviy targ‗ibot va tashviqot aslida ta‘lim-tarbiyaning muhim ko‗rinishidir. 
"Targ‗ibot" atamasining o‗zagini "rag‗bat" so‗zi tashkil etgani bois, u insonni biror harakatga 
rag‗batlantirishni nazarda tutadi. "Tashviqot" tushunchasining o‗zagi esa "shavq" so‗zidan 
olingan bo‗lib, u kishida biror narsaga shavq, ishonch tuyg‗ularini uyg‗otishga yo‗naltirilgan. 
Demak, targ‗ibot-tashviqotdan ko‗zlan-gan asosiy maqsad nafaqat bilim orttirish, balki kishyni 
biror-bir xatti-harakatga undashdan iborat. 
Mafkuraviy targ‗ibot va tashviqotning ikki an‘anaviy yo‗li mavjud. Birinchisi — insoniy 
fazilatlarni ulug‗lash, yuksaq ma‘naviyatli kishilar hayoti va faoliyatini ta‘riflash, ular-ni ibrat, 
namuna qilib ko‗rsatish orqali kechadi. Ikkinchi yo‗l esa illatlarni qoralash, ulardan xalos 
bo‗lishga da‘vat, tar-g‗ib-tashviq orqali amalga oshadi. Bu vosita birinchisiga nisba-tan 
samaraliroq. Shu sababdan ham erishilgan yutuqlarni xoliso-na e‘tirof etib, yo‗l qo‗yilgan 
kamchiliklar tanqidiy nuqtai nazardan baholanishi lozim. 
Mafkuraviy targ‗ibot va tashviqotda ulug‗ ajdodlarimizning hayot yo‗li, qoldirgan 
merosini bir yoqlamalikka berilmay, to‗g‗ri va haqqoniy aks ettirmog‗imiz darkor. Lekin, bunda 
faqat o‗tmish-dagi siymolar bilan cheklanib qolmay, bugungi kun qahramonlari, ilg‗or 
zamondoshlarimizdan o‗rnak olish ham muhim ahamiyatga ega. Toki, ular yoshlar uchun tom 
ma‘noda ibrat namunasi bo‗lsin. Chun-ki, targ‗ibot-tashviqotda faqat o‗tmishdan misol keltirish 
bilan cheklanib qolinsa, bu — kechagi kun bilan yashash bo‗ladi. Targ‗ibot-tashviqot borasida 
eski davrdan qolgan quruq, siyqasi chiqqan va‘z-xonlikdan voz kechib, yurt bugun boshidan 
kechirayotgan murakkab va mashakqatli hayot haqiqatiga tayanib, jamoatchilik fikrini shakl-
lantirishning eng zamonaviy, ta‘sirchan usul-uslublaridan foydalangan holda ish olib borishni 
hayotning o‗zi talab qilmoqsa. 


Shu sababdan ham targ‗ibotchilar, ijtimoiy soha mutaxassis-lari, ilg‗or fikrli ziyolilar 
milliy g‗oyaning asosiy maqsadla-rini xalqqa sodda, haqqoniy, tushunarli tarzda ifodalab be-
rishlari muhim ahamiyatga ega. Buning uchun nima, qanday targ‗ib qilishni aniq va puxta 
tasavvur etmoq, ma‘naviy oziq nimadan iborat bo‗lishini, uni odamlar ongiga qay tariqa 
yetkazish usul-larini ishlab chiqmoq darkor. Ma‘naviy oziqning mezoni haqiqat va faqat haqiqat 
bo‗lishi zarur. Ya‘ni, xalqqa bor haqiqatni ochiq aytib, shunga ko‗ndirish, ishonchini qozonish 
va shu asosda uni yangi marralarga intilishga rag‗batlantiriladi. 
Har qanday tarbiyada, hatto yuksak rivojlangan demokratik tarbiya tizimida ham ozmi-
ko‗pmi bajarilishi shart bo‗lgan bel-gilar mavjud. Masalan, bola go‗dakligidan biror ezgu 
fazilatga o‗rgatilmasa, majbur qilinmasa, yuz-qo‗lini yuvmaslik, kattalar gapini bo‗lish singari 
qusurlar unga odat bo‗lib qoladi. Xalqimizga azaldan xos bo‗lib kelgan andisha, ota-onaga 
hurmat, ilm-ma‘rifatga intilish kabi olijanob fazilatlar ham o‗z-o‗zidan shakllanib qolmaydi. 
Mafkuraviy targ‗ibot va tashviqot ishla-rida har bir ixtisos, har bir yo‗nalish bo‗yicha 
mutaxassislar-dan foydalanish kerak. Shundagina har bir ko‗rsatuv, eshitti-rish, ma‘ruza, 
ma‘rifiy tadbirlar mazmun-mohiyati bilan odam-lar qalbi va ongiga yetib boradi. 
Mafkuraviy targ‗ibot o‗tkinchi, mavsumiy holga aylanib qol-masligi lozim. Bugungi 
murakkab ma‘naviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ular-
ning ustuvor yo‗nalishlarini, kimga va nimaga qarshi qaratil-ganligini aniqlash, aholi turli 
qatlamlariga ta‘sirini o‗rga-nish, ma‘naviy tajovuzlar mohiyatini ochib berish alohida ahamiyat 
kasb etmoqsa. Faqat ana shunday asosda aholi, ayniqsa, yoshlarni o‗z fikriga ega, ma‘naviy 
tajovuzlarga qarshi sobit tura olishga qodir, irodali, fidoyi, vatanparvar insonlar etib 
tarbiyalashga erishish mumkin. Targ‗ibot ishlarining ta‘sirchan-ligini ta‘minlaydigan zamonaviy 
informatsion va kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish, jamiyat ma‘naviy immuni-tetini 
kuchaytirishga qaratilgan samarali usul-uslublarni ish-lab chiqish, davlat va jamoat tashkilotlari 
hamda targ‗ibotchi-tashviqotchilar uchun tegishli tavsiya va qo‗llanmalarni tayyor-lash bu 
boradagi muhim vazifalar tarkibiga kiradi. Mafkuraviy targ‗ibot va tashviqotda keng 
qamrovlilik, uzluksizlik, bosqichma-bosqichlik, meyoriylik, shaxsiy ibrat singari tashkiliy 
tamoyillarga amal qilingan taqdirdagina ko‗zlangan samaraga erishish mumkin. 
"Mafkuraviy faoliyat samaradorligi" tushunchasi joylarda amalga oshirilayotgan ta‘lim va 
tarbiyaviy ishlardan qanday na-tijalarga erishilganini va shu soha xodimlarining faoliyati hamda 
tarbiyaviy salohiyatidan foydalanish darajasini ifodalaydi. Bu maqsadga erishish uchun 
tadbirlarni ta‘lim jarayoni bilan uyg‗unlashtirish va ulardan samarali foydalanish muhim 
ahamiyatga ega. Ta‘lim-tarbiya jarayonida aholiga ta‘sir o‗tka-zuvchi omillarning harakat qilish 
mexanizmlari va xususiyatla-rini aniqlash, ulardan unumli foydalanish, ma‘naviy-ma‘ri-fiy 
tadbirlar orqali yoshlarni milliy va umumbashariy qadri-yatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash 
g‗oyat muhim ahamiyat kasb eta-di. Mafkuraviy faoliyat samaradorligi yuqori bo‗lishi uchun 
ular-ni tayyorlash va o‗tkazish jarayonida yoshlarda tarbiya va o‗zini o‗zi tarbiyalash hissini 
shakllantirish hamda rivojlantirish tashkilotchining diqqat markazida bo‗lishi lozim. Ta‘lim tizi-
midagi ma‘ruza, amaliy mashg‗ulotni ma‘naviy-ma‘rifiy tad-birlar bilan uyg‗unlashtirish, bir 
tomondan, ta‘lim samara-dorligini oshirsa, ikkinchi tomondan, ta‘lim va tarbiyaning uz-viyligini 
ta‘minlashga xizmat qiladi. 
Mafkuraviy tadbirlarni tayyorlash hamda o‗tkazishga yoshlar-ni keng jalb qilish ularda 
tuyg‗udoshlik va daxldoshlik xissini uyg‗otadi, bu holat o‗tkazilgan tadbirning tarbiyaviy 
samaradorli-gini yanada oshiradi. Bunday tadbirlardan ma‘naviy-axloqiy tar-biyada samarali 
foydalanishning muhim sharti shuki, bunda har bir kishining xususiyatlari, muayyan voqea-
hodisaga nisbatan fikri qay darajada shakllanganini hisobga olish lozim. Ta‘lim muassasalarida 
tadbirlarni rejalashtirish, tashkil qilish, tayyorlash va o‗tkazishga talaba-yoshlarni keng jalb 
qilish, ay-niqsa, mavzu tanlash, reja tuzish, ssenariy tayyorlash, tadbir o‗tkaziladigan xonalarni 
jihozlash kabi yumushlarni ularning o‗zlariga topshirish lozim. 
Mafkuraviy faoliyat samaradorligining oshishi o‗quv yurtlarida o‗tkaziladigan ma‘naviy-
ma‘rifiy tadbirlarning reja va ssenariylari professor-o‗qituvchilar yoki o‗quv yurti xodim-lari 
tomonidan tuzilgan taqdirda ularni talabalar muhokama-sidan o‗tkazish va muhokama 


jarayonida bildirilgan fikrlar-ning inobatga olinishiga ham bog‗liq. Mafkuraviy targ‗ibot va 
tashviqot samaradorligini oshirish maqsadida o‗quv yurtlarining ma‘naviy-ma‘rifiy muassasalar 
bilan hamkorligini mustah-kamlashning ahamiyati katta. Bunday hamkorlik, bir tomondan, 
madaniy-ma‘rifiy muassasalarni auditoriya, tomoshabin bilan ta‘minlashga, ikkinchi tomondan, 
ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir-larning ta‘sirchanligi va samaradorligini oshirishga ko‗makla-shadi. 
Qolaversa, mafkuraviy targ‗ibot va tashviqot samarador-ligi tadbirlarning mazmunan milliy 
ma‘naviy-axloqiy qadri-yatlarimiz, milliy g‗oya va madaniyatimiz, ma‘naviy merosimiz bilan 
uyg‗un holda hamda zamonaviy shakllar va interaktiv us-lublar asosida tashkil etilishiga bog‗liq 
Mafkuraviy targ‗ibot va tashviqot samaradorligini shu so-haning faollari, targ‗ibotchi va 
tashviqotchilarisiz tasavvur etib bo‗lmaydi. "Mafkura targ‗ibotchisi" shu sohadagi yangiliklar va 
axborotlarni tarqatuvchi, kishilarni muayyan g‗oya va g‗oyalar ti-zimiga xos maqsad-
muddaolarga yetishish, ideallarga erishishga da‘vat etuvchi, hayotning barcha sohalaridagi ilg‗or 
jarayon va vo-qealarni muntazam ravishda tahlil etib, bu boradagi dolzarb muammolar yechimini 
topish bo‗yicha xabar, ma‘lumot, taklif-larni ommaga tarqatuvchi shaxsni ifodalaydigan 
tushunchadir. Mafkura targ‗ibotchisi, keng ma‘noda, ijtimoiy faoliyatning alohida turi, ya‘ni 
g‗oya va mafkura masalalari bilan shug‗ulla-nadi, ijtimoiy-siyosiy, g‗oyaviy, axloqiy 
qadriyatlarni targ‗ib qiladi. Tor ma‘noda esa, u faoliyati ma‘naviyat, mafkura va siyosatni targ‗ib 
etishga qaratilgan shaxsni anglatadi. 
Mafkura targ‗ibotchisi ilmiylik, konkretlik, obyektivlik, ijtimoiy hayot bilan chambarchas 
bog‗liqlik tamoyillariga asos-lanishi, ilmiy, nazariy, amaliy-tashkiliy jihatdan yetuk kishi 
bo‗lishi lozim. U shaxs, jamiyat va davlat ehtiyojlaridan kelib chiqib, ular manfaatlarini ifoda 
etib, adolatli jamiyat qurish haqidagi bunyodkor g‗oyalarni omma orasida yoyish, kishilarga 
ma‘-naviy, g‗oyaviy-siyosiy ta‘sir ko‗rsatish subyektidir. Mafkura targ‗ibotchisi o‗zi anglagan, 
o‗rgangan, yuragidan o‗tkazgan, to‗g‗ri-ligiga ishongan ma‘lumotlarning serqirraligi, yangiligi 
bilan aholini ma‘naviy, g‗oyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy jara-yonlarda faollikka chorlaydi. 
Hozirgi davrda ham har bir ma‘rifatli, vijdonli inson buzg‗unchi g‗oyalar ta‘siriga qarshi 
kurashishi, aholiga bor haqiqatni tushuntirib berishi, odamlar ruhini, ongu tafakku-rini, umuman, 
ma‘naviyatini himoya qilishi zarur. Elga ezgu g‗oyalarga asoslangan tushunchalarni targ‗ib 
qiladigan, aholiga tar-biya beradigan, tinchlik-osoyishtalikni saqlash, ma‘rifatni tar-qatish kabi 
savobli va xayrli ishlarni amalga oshirishga da‘vat etadigan mo‗tabar joy — maktablar va ularda 
ishlaydiganlar ham mafkura targ‗ibotchilaridir. Yuksak ma‘naviyat yoshlar ongi va qalbiga 
singishi, davlat va jamiyat maqsad-muddaolarini ja-moatchilik qo‗llab-quvvatlashiga erishmoq 
uchun targ‗ibot-tashvi-qot uzluksiz bo‗lmog‗i lozim. 
Shu ma‘noda, mafkura targ‗ibotchisi yangiliklarni anglashga qodir, haqiqat va xalq 
manfaati yo‗lida kurashlarga hamisha tayyor, mard, fidoyi bo‗lishi lozim. Bunday xususiyatlar 
esa, tarixdan, ajdodlar tajribasidan ma‘lumki, jamoa, jumladan, mahalla sharoitida shakllanadi. 
Mahalla — jamiyatimizda alohida ma‘-naviy tarbiyaviy ahamiyatga molik bo‗lgan o‗ziga xos 
demokratiya maktabi. Bu noyob tajriba — aholining mahalla bo‗lib yashash tar-zi jahonning 
boshqa mamlakatlarida kam uchraydi. Shuning uchun ham insonni jamiyat bilan birga yashashga 
o‗rgatadigan, uning ma‘-naviyatini tarbiyalaydigan birlamchi makon mahalladir. 
Milliy urf-odatlar, marosimlar targ‗iboti chog‗ida ham butun insoniyat, Vatan va millat 
manfaatlarini, shaxs erkinligi, mil-liy qadriyatlar majmuining yaxlit uyg‗unligini yodda tutmoq 
lo-zim. G‗oya va mafkura tamoyillari shu sohadagi har bir inson, jumladan, targ‗ibotchining 
har bir xatti-harakatida o‗z ifodasini topadi. Uning yashash tarzi, qilgan ishlari, yaratgan asarlari, 
mehnatining natijalari, atrof voqelikka munosabati — barcha-barchasi g‗oyalarga sadoqatning 
ko‗zgusidir. Olimning kashfiyoti, musavvirning kartinasi, yozuvchining romani, shoirning she‘ri, 
o‗qituvchining, voizning ma‘ruzasi, bastakorning musiqasi o‗ziga xos targ‗ibotdir. Bunday 
targ‗ibotda ko‗p kitob o‗qiydigan, ma‘lu-motli ziyolilarga mo‗ljallangan bir oz murakkabroq 
axborotlar bilan tadbirkorlar kayfiyatiga ta‘sir etib bo‗lmaydi. Shuningdek, g‗oyalarga sadoqat 
tuyg‗ularini singdirishda talabalarga ham, fermerlarga ham bir xil munosabatda bo‗lish, bir xil 
usullar-dan foydalanish kutilgan samarani bermaydi. Chunki, turli ij-timoiy guruh vakillarining 
dunyoqarashi, manfaatlari va qadri-yatlari bir-biridan farq qiladi. Mafkura targ‗ibotchisi tomoni-


dan har bir guruh, tabaqa, toifa xususiyatlarini hisobga olish ko‗proq samara berishi mumkin. 
Mafkura targ‗ibotchilarining o‗zlari ham el-yurt orasida obro‗-e‘tibor qozongan, yuksak saviyali, 
ko‗pni ko‗rgan, jonkuyar, otashin, eng muhimi, odamlarning yuragiga haqqoniy so‗zi, yorqin 
fikri bilan yo‗l topadigan halol insonlar, ya‘ni bunga ma‘naviy huquqi bor kishi bo‗lishi lozim. 
Demak, mafkura targ‗ibotchisi "Avesto"dagi "ezgu niyat, ezgu so‗z, ezgu amal" tamoyiliga 
mos shaxs bo‗lmog‗i zarur. Mafkuraviy targ‗ibotda hissiyotlarga kuchli ta‘sir qilish, jozibalilik, 
no-an‘anaviy usullarni qo‗llash, oshkoralik, milliy qadriyatlar doirasidan chiqmaslik, ommabop 
va tushunarli ifodalash ko‗proq samara beradi. Bugungi g‗oyat murakkab, tahlikali dunyoda 
yoshlar ma‘naviyatini yanada yuksaltirish, ularni milliy an‘ana va qad-riyatlarga yot bo‗lgan 
buzg‗unchi g‗oyalar, zararli oqimlar ta‘siri-dan asrash vazifasi mafkuraviy targ‗ibot faollari bilan 
bir-ga, bu sohada faoliyat yuritadigan turli tashkilot va muassasa-lar zimmasiga ulkan mas‘uliyat 
yuklaydi. 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish