„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


Geosiyosiy manfaatlar axborot xavfsizligi omili



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/110
Sana31.03.2022
Hajmi1,78 Mb.
#521862
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   110
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te (1)

5. Geosiyosiy manfaatlar axborot xavfsizligi omili.
Bugungi dunyoda axborot muhim 
ahamiyatga ega bo‗lgan siyosiy omil hisoblanadi. Dunyo bo‗yicha xabar tarqatuvchi ommaviy 
axborot vositalariga ega bo‗lgan davlatlar yer yuzida kechayotgan siyosiy voqealarni o‗z 
manfaatlaridan kelib chiqqan holda talqin qiladi va boshqalarga yetkazadi. Tarqatilayotgan 
xabarlar asl haqiqatdan yiroq bo‗lganligi tufayli ko‗pgina mamlakatlar va xalqlar tajovuzkor 
davlatlarning ta‘siriga tushib qolmoqda. Bu esa adolatsiz urushlarning davom etishiga olib 
kelmoqda. Ana shu holatni nazarda tutgan holda axborot va ommaviy axborot vositalari omilini 
tahlil etishga harakat qilamiz.
˗
Ma‘lumki, huquqiy fuqarolik jamiyatida eng muhim demokratik institutlardan biri – 
ommaviy axborot vositalari sanaladi. Rivojlangan demokratik tizimda ―To‗rtinchi hokimiyat‖ 
deb e‘tirof etilgan ommaviy axborot vositalari ikki muhim vazifani ado etadi: 
˗
birinchidan, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy, ma‘rifiy islohotlarni targ‗ib va 
tahlil etadi;
˗
ikkinchidan, jamiyatdagi turli qatlam fikrini ifodalash barobarida ijtimoiy fikrni 
shakllantiradi va yo‗naltiradi. Demak, mamlakatdagi ijobiy o‗zgarishlar, iqtisodiy yuksalishlar 
Ommaviy axborot vositalarining mavqei va darajasini belgilaydi. O‗z o‗rnida axborot 


vositalarining erkin va mustaqil faoliyatini ta‘minlamay turib demokratik o‗zgarishlarga erishib 
bo‗lmaydi. Ommaviy axborot hukumat va xalq o‗rtasida vositachi sifatida siyosiy partiyalar, 
davlat va nodavlat tashkilotlari bilan ijtimoiy muvozanatni saqlaydi. Ommaviy axborot vositalari 
davlatning siyosatini, muayyan masalalar bo‗yicha, nuqtai nazarini, shu yo‗ldagi Farmon, qaror 
va qonunlarni xalqqa yetkazadi. O‗z navbatida xalq davlatning ichki va tashqi siyosatidan 
boxabar bo‗ladi, uni tahlil etib, o‗ziga yarasha xulosa chiqarishga intiladi, noqonuniy hatti-
harakatlarning oldini olishga harakat qiladi. Demak, ommaviy axborot vositalarining mavjudligi 
bois jamiyatda xalq hokimiyati va inson huquqlari ta‘minlanadi. 
Keng jamoatchilikka ta‘siri, muayyan axborot yoki ma‘lumotni zaruriy darajada yetkazish, 
auditoriyani qamrab olishi, jamiyatda kechayotgan voqea va hodisalarni to‗g‗ri talqin etish, 
targ‗ibu va tashviq qilish jihatidan ommaviy axborot vositalari turli darajaga ega. Rus olimi 
Ye.Starobinskiy ta‘biri bilan aytganda, har soha o‗ziga yarasha axborot vositasini, har bir bozor 
esa targ‗ibot shaklini tanlaydi. Kishilarning ayrim qatlami esa o‗ziga mos arzon, sifatli va qulay 
vositani tanlab, ko‗proq ma‘lumot olishga intiladi. ―Delovoy mir‖ jurnali tahliliga ko‗ra, aholiga 
tez ta‘sir qilishi, qisqa fursatda ma‘lumotlarni yetkazish bo‗yicha televideniye, barcha yoshdagi 
kishilarni jalb etishi, ta‘sirchanligi bo‗yicha radio qulay va arzon axborot vositasi sanalar ekan. 
Ijtimoiy-siyosiy voqelikni targ‗ib etish va muayyan g‗oyalar talqinini yetkazishda radioning 
mavqei yuqori baholangan.
39
Demak, mamlakatdagi islohotlar jarayonida radio va televideniye, 
gazeta va jurnalning o‗ziga xos alohida o‗rni mavjud. 
Ommaviy axborot vositalari ichida televideniye va radio kuchli mafkuraviy ta‘sir 
o‗tkazadigan vositadir. Ular bir tomondan jurnalist va mutaxassislar ko‗magida targ‗ibot olib 
boradi, siyosiy, iqtisodiy, xuquqiy muammolarni tahlil etadi. Ikkinchi tomondan har bir fuqaroga 
o‗z fikrini ayta olishga imkon beradi. Axborot tarqatishda televideniye va radio
Avvalo, siyosiy jarayonlarda ishtirok etish, uning asl maqsad-mohiyatini anglash uchun 
fuqaroning xabardorlik darajasini oshiradi; 
Ikkinchidan, o‗tish davri, to‗g‗rirog‗i asta-sekin iqtisodiy yuksalish bo‗layotgan bir pallada 
paydo bo‗layotgan muammolarni tahlil etishda muhim vazifani amalga oshiradi; 
Uchinchidan, mafkuraviy kurashlar kuchayayotgan, islom diniga siyosiy tus berilayotgan, 
―islom dini‖ niqobi ostida o‗zining qabih – qo‗poruvchilik niyatini amalga oshirayotgan 
terrorchilar guruhlarining kirdikorlarini ochiq-oydin tahlil etishda ishtirok etadi; 
To‗rtinchidan, dunyo hamjamiyatining dardiga aylangan diniy aqidaparastlik, terrorizm, 
separatizm illatlarini bartaraf etishda teleradiokanallar samarali axborot tarqatadi. 
Bugungi illatlarning tub ildizini, aniqrog‗i axborot tarqatish manbalarini qo‗porib tashlash 
xususida O‗zbekiston birinchi Prezidenti shunday yozadi: ―Biz faqat terrorizmning tashqi 
ko‗rinishlariga, begunoh odamlarni otadigan, portlatadigan va o‗ldiradigan kimsalarga qarshi 
kurashish bilangina bu ofatni bartaraf etib bo‗lmasligini bir necha bor ta‘kidlaganmiz. Hayotning 
o‗zi shuni ko‗rsatmoqdaki, avvalambor, ushbu balo-qazoning birlamchi manbalariga qarshi 
kurashish darkor. Ya‘ni islom dinini siyosatga aylantirayotgan, yovuzlik va terrorchilik 
mafkurasini yaratayotgan ko‗plab radikal va ekstremistik markazlarning birinchi navbatda 
yoshlar ongini zaharlab, zombiga aylantirib, ulardan terrorchilar tayyorlash bo‗yicha konveyer 
tashkil etayotgan, xalifalik tuzishda turli xom-xayollarni amalga oshirishga urinayotgan qabih 
kishilarning ildizini qirqib tashlash kerak‖.
40
Ko‗rinib turibdiki terrorizm va diniy aqidaparastlik 
aynan axborot vositasida tarqatiladi. 
Axborot vositasida amalga oshiriladigan har qanday qo‗poruvchilik, xoh siyosiy, xoh 
iqtisodiy, xoh harbiy yo mafkuraviy bo‗lmasin davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta‘sir 
ko‗rsatadi, islohotlar jarayonini sustlashtiradi. Ulkan miqdordagi iqtisodiy zarar keltiradi, 
davlatlar o‗rtasidagi munosabatlarni salbiy tarafga o‗zgartiradi, millatlar, diniy-etnik guruhlar 
orasidagi ziddiyatni keskinlashtirib, kelishtirib bo‗lmaydigan darajaga keltiradi. Bu turli millat, 
39
O‗sha joyda, 123-bet. 
40
Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz—jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modjernizatsiya va isloh 
etishdir. Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo‗shma majlisidagi ma‘ruzasi. 


elat, diniy konfessiya, mazhab va yo‗nalishlarga mansub bo‗lgan, turli dunyoqarashu tafakkur 
vakillari yashaydigan Markaziy Osiyo, xususan O‗zbekiston davlati uchun nihoyatda xavflidir. 
Demokratiya tamoyillarini yoyish, inson huquqlarini himoya qilish, globallashuv 
jarayonini tezlashtirish, dinlarni takomil toptirish, nodavlat tashkilotlar faoliyatini dunyo bo‗ylab 
yoyish, rivojlantirish va mustahkamlash bahonasida ―Gegemonlik‖ g‗oyasini singdirishga 
intilayotgan ba‘zi bir davlatlar ommaviy axborot vositalaridan o‗z mafkurasini singdirishda 
foydalanmoqda. Aslida terrorizm, diniy aqidaparastlik, mutaassiblik, giyohvandlik va 
narkobiznesga qarshi kurashda ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, radio va televideniyeya 
asosiy tashviqot quroli bo‗lishi kerak. Ammo g‗arblik siyosatshunoslarning fikricha, televideniya 
va radio terrorchilarning odamlar bilan muloqot qiladigan oddiy vositaga aylanib qoldi
41
.
Bu jarayon Yevropadagi axborot vositalarida ko‗proq seziladi. 1972 yil 5 sentabrda 
Germaniyaning Myunxen shahrida XX olimpiada o‗yinlari bo‗layotgan bir vaqtda Arabistondagi 
―qora sentabr‖ ekstremistik tashkiloti isroillik sportchilarni avval garovga olib, so‗ngra otib 
tashlagan edi. Bu qonxo‗rlikning vaqti, joyi, shakli tasoddifiy emas, oldindan rejalashtirilgan. 
Dunyo hamjamiyatining diqqatini Arab - Isroil mojarosiga qaratish asosiy maqsad hisoblanib, 
ommaviy axborot vositalari targ‗ibot manbaiga aylangandi. 
Axborot tarqatish usuli bilan nafaqat maxsus kontrterroristik harakatlar o‗tkazishni 
qiyinlashtirish yoxud terrorizm g‗oyasini targ‗ib qilish, balki jinoiy harakatlar tayyorlash 
taktikasi va terroristik maqsadlarni amalga oshirish ham mumkin. Masalan, 1986 yilda bir guruh 
uyushgan jinoyatchilar Shvetsiya bosh vaziri U.Telmanni vahshiylarcha o‗ldirishadi. Ommaviy 
axborot vositalari esa bosh vazir o‗limi tafsiloti va taktikasini butunicha e‘lon qiladi. Oradan bir 
qancha vaqt o‗tmay xuddi shu ssenariy asosida bank direktori Z.Marbiy o‗ldiriladi. 
Mamlakatlardagi harbiy xizmatchilar, maxsus xizmat vakillari, huquqni himoya qiluvchi 
organlar, yirik siyosatshunos olimlar ommaviy axborot vositalarini har qanday holatda ham 
terrorchilarga minbar sifatida bermaslik tarafdoridirlar. AQSH Mudofa Vazirligi 1991 yilda 14 
yanvarda ―Ommaviy axborot vositalari uchun asosiy qoida va ko‗rsatmalar‖ ni qabul qilib, 
odamlarning hayotiga xavf tug‗dirishi mumkin bo‗lgan axborotni tarqatishni ta‘qiqlab qo‗ydi. 
1996 yil Moskvada bo‗lib o‗tgan ―Terrorizmga qarshi kurash‖, 1997 yilda Sankt-Peterburgda 
o‗tgan ―Xalqaro terrorizm va yangi o‗lchovlar‖ xalqaro anjumanlarda muhim masala bo‗yicha 
bir to‗xtamga kelindi: terroristik va antiterroristik harakatlarni yoritish bilan bog‗liq 
ma‘lumotlarni olish va tarqatishda jurnalistlarning huquqlarini qonunan chegaralash zarur. 
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti 1996 yil 7 martda ―Terrorizm bilan kurashni kuchaytirish 
xaqida‖ Farmon qabul qilib, Bosh Prokuraturaga terrorizm bilan bog‗liq voqealarni ommaviy 
axborot vositalari tomonidan yoritilishida Rossiya Federatsiyasi qonunchiligining bajarilishi 
ustidan nazoratni kuchaytirish borasida tavsiya ham bergan.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, terrorizm va uning oqibatlarini axborot vositasida 
yoritish, targ‗ib va tahlil etishda ikki tendensiya ko‗zga tashlanadi: Birinchisi – axborot terrorizm 
illatini bartaraf etish, uning oldini olish, manba va ildizlarini quritish jarayonida targ‗ibot 
manbai. Ikkinchisi – axborot antiterroristik aktlarni o‗tkazishda xalaqit berish barobarida 
uyushgan jinoyatchilar guruhi va oqimlarining reklama manbaiga aylanmoqda.
Keyingisi O‗zbekiston ommaviy axborot vositalariga taalluqli emas. Sababi – birinchidan, 
istiqlolning dastlabki kunidanoq O‗zbekiston davlati terrorizm, diniy aqidaparastlik, 
mutassiblikning og‗ir oqibatlarini anglab, axborot vositalarida Afg‗oniston, Tojikiston misolida 
ayta boshladi. 
Ikkinchidan, diniy-etnik va millatlararo notinchlikning jabrini biz boshqalardan oldinroq 
ko‗rdik (Parkent-O‗sh) va uning ―gazak‖ otishiga qarshi radio, televideniya va matbuot kuchidan 
ham foydalandik. 
Uchinchidan, mavjud OAV to‗g‗risidagi qonunlar O‗zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi, mudofaa to‗g‗risidagi qonunlarda buzg‗unchilik, qo‗poruvchilik va 
parokandalikka qarshi kurash alohida qayd etilgan. 
 
41
Jumayev R., Ubaydullayev U., Xo‗janov B. Konfliktologiya asoslari. –T.:Akademiya, 2000, 17-bet.



Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish