qududlarda o‗z mavqeyi va ta‘sirini kuchaytirishga qaratilgan siyosatdir. Ochig‗i, bu ta‘sirif
ayrim ommaviy axborot vositalarining faoliyati nimaga yunaltirilganligini fosh etib qo‗ymoqda.
Yirik siyosatchilardan biri Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Margaret Tetcher "Ommaviy
axborot vositalari terrorchilar uchun kislorod vazifasini o‘taydi", degan. Bu gapning mag‗zini
chaqan odam "ommaviy axborot vositalari terrorchilar uchun havodek zarur ekan",
degan
xulosaga keladi. Bir qarashda bu fikr mantiqsizday tuyuladi. Chuqurroq uylab kursak-chi?
Aslida, terrorchilar bir qancha insonlarni shafqatsizlik bilan uldirish orqali millionlarda qo‗pqyv
va daqshat uyg‗otishga intiladilar. Demaq ularning maqcadlari - uldirish emas, jamoatchilikka
kuchli ta‘sir qilishdir. Taassufki, ba‘zi ommaviy axborot vositalari uzlari bilmagan holda
terrorizmning buzg‗unchiliq qo‗poruvchilik ta‘sirini yanada oshirishga "xizmat" qilib qo‗yadilar.
Ularning terror oqibatlari haqidagi vaqimali axborotlari insonlardagi qurquvni, daqshatni,
himoyasizlik hissini yanada kuchaytirib yuboradi. Bu kabi axborotlarga qarshi aksiltarg‗ibotni
uyushtirish zarurati tug‗iladi.
Globallashuv, axborot sohasi liberallashayotgan bir paytda, uzoq-yaqin mamlakatlardagi
turli hil siyosiy, mafkurafiy va boshqa kuchlar (120 ga yaqin davlat axborot xurujlarini
uyushtirish ustida ish olib bormoqda)o‗zlarining g‗arazli manfaatlari yo‗lida
ommaviy
kommunikatsiya vositalaridan, ayniqsa, Internet tarmog‗idan foydalanib, axborot erkinligini
suiste‘mol qilib, o‗sib kelayotgan yosh avlodga axborot tahdidlarini kursatish orqali, hali ongi va
hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg‗itish, yoshlarning ongi va qalbini
egallash yo‗lidagi intilishlari kuchaytirayotgani hech kimga sir emasdir.
Shunday ekan, nosog‗lom axborot oqimi va ta‘siridan yoshlarni himoyalash uchun qanday
huquqiy mexanizmlar mavjud, degan o‗rinli savol to‗g‗iladi?
Ma‘lumki, xalqaro amaliyotda ―Kiber jinoyatlar to‗g‗risida‖ Konvensiya, ―Voyaga
etmaganlar uchun xavfsiz Internet va on-layn resurslarni joriy qilish to‗g‗risida‖ Yevropa Ittifoqi
Parlamenti Assambleyasining tavsiyalari, ―Bola huquqlari to‗g‗risida‖ BMT Konvensiyasini,
―Yoshlarni himoyalash to‗g‗risida‖ Germaniya, ―Voyaga etmaganlarni ommaviy axborotning
salbiy ta‘siridan himoyalash to‗g‗risida‖ Litva va ―Bolalarni sog‗ligi va rivojlanishiga ziyon
etkazuvchi axborotdan himoyalash to‗g‗risida‖gi Rossiya Federatsiyasi
qonunlari mavjud
ekanligini tilga olishimiz mumkin bo‗ladi
36
.
AQSH tajribasi haqida gapiradigan bo‗lsak, shuni aytish lozimki, 2001 yili kuchga kirgan
qonunga asosan, davlat dotatsiyasini oluvchi ommaviy muassasalarning barchasi kontent fil‘tratsiya
tizimini urnatishi majburligi belgilanib (Child Internet Protection Act), 2001 yili 74 foiz maktablar,
43 foiz kutubxonalar, 41 foiz oilalar (qaysi kim bolalari Internetga chiqish imkoniyatlari borlari)
kontent fil‘tratsiya tizimini, tegishli dasturlarni urnatishdilar
37
.
Yevropa mamlakatlari tajribasiga murojaat qiladigan bo‗lsak Buyuk Britaniyada davlat
strukturasi faoliyat yuritib (―Internet Watch Foundation‖), u doimiy ravishda Internetdagi xavfli
kontentli resurslarni monitoring qilib boradi
38
.
Milliy qonunchiligimizda ham yoshlarni nosog‗lom axborotlardan himoyalashning
mexanizmlari mavjud bo‗lib, xususan, O‗zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining
asoslari to‗g‗risidagi Qonunda ―O‗zbekiston Respublikasida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga,
shu jumladan zo‗ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday
hatti-harakatlar man etilishi‖, Bola huquqlarining kafolatlari to‗g‗risidagi Qonunda ―Pornografiya,
shafqatsizlik va zo‗ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli
ta‘sir ko‗rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‗luvchi ommaviy axborot
vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda fil‘mlarni namoyish etish taqiqlanishi‖
belgilab berilgan bo‗lsada, bugungi axborot makonidagi tendensiyalar, axborot ekspansiyasi,
agressiv axborotlarning kuchayishi milliy qonunchiligimizni va ma‘rifiy-tarbiyaviy
ishlarimizni
yanada kuchaytirishni taqoza etadi desak mubolag‗a bo‗lmas.
36
Muminov A. O‗zbekiston: axborotlashgan jamiyat sari. T., ―Turon zamin‖, 2013, 95-96 betlar
37
O‗sha manba, 97 bet.
38
O‗sha manba, 97 bet.
Zamonaviy ommaviy kommunikatsiya vositalari bizni global axborot makoni bilan bog‗lab,
axborotni olish va tarqatish geografiyasini kengaytirib, dunyo mamlakatlari va xalqlarini
yaqinlashtirdi. Bu ijobiy holat, albatta. Biroq, axborot makonida taxdidlar bor ekan, milliy axborot
makonimizga chegara quyib bo‗lmasligini nazarda tutib, kelajagimiz vorislarini uylab, vayronkorlik
va buzg‗unchilik mazmunidagi axborot oqimini cheklashimiz, yosh avlodning ma‘naviy olamining
daxlsizligini asrashimiz kunning dolzarb vazifalaridan biri desak, mubolag‗a bo‗lmas.
Inson o‗zida bunday madaniyatni tarbiyalashi uchun nima qilishi zarur? Buning uchun u yoki
bu axborotni eshitar ekan, har bir inson hech bo‗lmaganda ―Bu axborotni kim uzatayapti?‖, ―Nima
uchun uzatayapti?‖ va ―Qanday maqsadda uzatayapti?‖ degan savollarni o‗z-o‗ziga berishi, unga
asosli javob topishga harakat qilishi kerak bo‗ladi. Ana shundagina turli g‗oyalar ta‘siriga tushib
qolish, taqdim etilayotgan ma‘lumotlarga ko‗r-ko‗rona ergashishning oldi olinadi. Shakllangan
axborot iste‘moli madaniyati milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga zid bo‗lgan xabar,
ma‘lumotlarga nisbatan o‗ziga xos qalqon rolini o‗taydi, shaxs dunyoqarashi va xulqidagi sobitlikni
ta‘minlashga xizmat qiladi.
Axborot iste‘moli ijtimoiy, aniqrog‗i, ma‘naviy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan hodisadir.
Axborot iste‘molining xizmatlar iste‘molining o‗ziga xos shakli hisoblanadi. Ma‘lumki, har qanday
xizmatni iste‘mol qilishdan avval uning sifati, narxi, foydasi, qulayligi va boshqa shu kabi
xususiyatlariga e‘tibor beriladi. Bu jarayonda, iste‘mol qilinayotgan xizmatning talab-taklif
xususiyatlari ham inobatga olinadi. Masalan, taklifi kamayib ktegan xizmatlarning iste‘mol darajasi
yuqori bo‗lib, ularga talab kuchayadi. Mazkur xususiyatlar axborot iste‘moli jarayoniga ham xosdir.
Biroq ma‘anviy ne‘mat bo‗lgan axborotni iste‘mol qilish o‗ziga xos
tomonlari bilan ham ajralib
turishini ta‘kidlash joiz. Xususan, axborot konkret shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat va davlat
tomonidan iste‘mol qilinadi-ki, mazkur darajalarda iste‘mol jarayonlari bir-biridan farq qiladi.
Masalan , biron shaxs uchun qiziqarli bo‗lgan ma‘lumot, muayyan ijtimoiy qatlam yoki guruh uchun
ahamiyatsiz bo‗lishi mumkin. Shuningdek, axborot makon va zamon xususiyatlariga ham ega.
Chunonchi, g‗arbda o‗ta ommabop bo‗lgan axborotlar. Sharq xalqlari tomonidan kam iste‘mol
qilinishi mumkin. Bundan tashqari, ma‘lum bir tarixiy davrda katta qiziqish bilan kutib olingan
ma‘lumotlar, vaqt o‗tishi bilan odatiy holga aylanishi va ijtimoiy hayotda bu tarzda in‘ikos etmasligi
mumkin.
Axborot iste‘moli, kim tomonidan iste‘mol qilinishidan qat‘i nazar, qabul qilish, tushunish,
talqin etish kabi bir-biri bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan bosqichlarda amalga oshadi.
Bugungi kunda, axborot iste‘moli jarayoni ham o‗ziga xos madaniyatni taqozo etmoqda-ki,
madaniyatning bunday shakli insoniyat ma‘naviy madaniyatining tarkibiy qismiga aylanishi zarur.
Axborot iste‘moli madaniyati globallashuv jarayonlarining xarakterli
xususiyatlaridan biri
bo‗lgan, Internet tarmog‗i jadal rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda, ayniqsa, muhim ahamiyat
kasb etadi.
˗
Do'stlaringiz bilan baham: