„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


Mafkuraviy xurujlarning namoyon bo„lishi va unga qarshi himoya (profilaktika)



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/110
Sana31.03.2022
Hajmi1,78 Mb.
#521862
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   110
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te (1)

3.Mafkuraviy xurujlarning namoyon bo„lishi va unga qarshi himoya (profilaktika) 
vositalari. 
Mafkuraviy tahdidlar keng qamrovligi va uzoqni ko‗zlovchi xususiyatga egaligi bilan 
ajralib turadi. Mafkuraviy tahdidlarning bugungi kunda quyidagi ko‗rinishlari ko‗zga 
tashlanmoqda: milliy qadriyatlarni kamsitish, milliy axloq qoidalarini inkor qilish, mo‗tadil 
qarashlarni pisand qilmaslik va bularning o‗rniga muayyan mafkuraviy markaz yo‗rig‗iga yurish, 
kosmopolit qoidalarni maqtash, yot va begona g‗oyalarni, dunyoqarashni mutlaq haqiqat sifatida 
targ‗ib qilish. Diqqat qilinsa, ijtimoiy ongda zararli maqsad-muddaolarni, tuyg‗u va fikr-
mulohazalarni hosil qilish mafkuraviy tahdidlarning negizini tashkil qiladi. 
Mafkuraviy tahdidlar ―biz uchun mutloqo begona mafkura va dunyoqarashni avvalo 
beg‗ubor yoshlarimizning qalbi va ongiga singdirishga qaratilgani bilan ayniqsa xatarlidir‖.
23
Misol uchun, biz uchun begona dunyoqarashlardan biri – mutaassiblikdir. Unga ko‗ra, shaxs o‗z 
tushunchalarini mutlaq haqiqat deb qabul qiladi va o‗zga qarashlarni esa asossiz inkor etadi. 
Zero, biz uchun yot bo‗lgan mafkuralarda axloqsizlikni ideallashtirish va biz uchun yot 
bo‗lgan dunyoqarashlarda esa mutassiblik, aqidaparastlikni tiqishtirish ko‗zga tashlanadi. Bir 
so‗z bilan aytganda, yot mafkuralarda ma‘naviyatni zaiflashtirib gegemonlik qilish va yot 
dunyoqarashlarda esa dogmatik fikrlar vositasida shaxs ongini diniylashtirish ustuvor darajada 
namoyon bo‗lmoqda.
G‗oyaviy tahdidlarga kiruvchi tahdidlar inson ma‘naviy olamida yot g‗oyalar, qarashlar va 
maqsad-muddaolarni shakllantirishga intiladi. Bugungi kunda g‗oyaviy tahdidlarning quyidagi 
ko‗rinishlari namoyon bo‗lmoqda: axloqiy buzuqlik, zo‗ravonlik, egotsentrizm, individualizm, 
―ommaviy madaniyat‖, milliy davlatning taraqqiyot modeliga ishonchsizlik uyg‗otish, milliy 
nizolar keltirib chiqarishga urinish, iqtisodiy tanglik joriy qilish, qo‗shni davlatlarni bir-biriga 
qayrash, yoshlar ongini zaharlash. Bundan ko‗zlangan maqsad rivojlanayotgan davlatning 
moddiy va ma‘naviy boyliklariga egalik qilishdir. Chunki g‗oyaviy tahdidlar oxir-oqibatda 
davlatni inqirozga olib keladi, nega deganda, buning natijasida fuqarolarda xudbinlik, loqaydlik, 
manfaatparastlik, hasad, sotqinlik, irodasizlik, beparvolik kabi ijtimoiy-axloqiy illatlar kelib 
chiqadi. 
Informatsion tahdidlar insonning ijtimoiy ongini noto‗g‗ri shakllantirish va shu tariqa 
o‗zligiga ega bo‗lmagan olomonni tarkib toptirishni ko‗zlaydi. Bugungi kunda informatsion 
tahdidlar asosan Internet vositasida chetdan turib uyushtirilmoqda va uning asosiy ko‗rinishlari 
quyidagilardir: davlatning milliy siyosatini atayin tanqid qilish, soxta xabarlar tarqatish, kichik 
muammoni katta (yirik) muammo sifatida tasvirlash, muxoliflarni gij-gijlash, rahbarlarni zolim 
qilib ko‗rsatish, milliy qadriyatlarni noto‗g‗ri talqin qilish, yoshlarni chalg‗itish. Informatsion 
tahdidlar – ba‘zida axborot xuruji deb ataladi – shaxsni ikkilantiradi, uni muammolar girdobiga 
tashlaydi. Natijada fuqarolarning ijtimoiy ongi zaharlanib, jamiyatda ijtimoiy xastalik vujudga 
keladi.
24
Shunday qilib ma‘naviy tahdidlarning mazmun-mohiyati, ko‗rinishlari va xususiyatlarini 
anglab olish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo‗lib turibdi. Shundagina jamiyatda 
ularga qarshi kurashish ruhini tarkib toptirish mumkin. 
22
Milliy g‗oya va rahbar mas‘uliyati / Q.Nazarov, I.Ergashev va boshqalar. T., ― G‗afur G‗ulom‖ NMIU, 2007, 530-532 betlar. 
23
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. T., ―Ma‘naviyat‖, 2008, 14 bet 
24
Jo‗rayev T. Milliy davlatchilik va xavfsizlik. –T.: ―Akademiya‖. 2007, 113 bet. 


Ma‘naviy tahdidlarni bartaraf qilib borishga doir bir qator qarashlar tizimi mavjud. Albatta, 
ijtimoiy-falsafiy va ilmiy adabiyotlarda ma‘naviy tahdidlar tushunchasi davr taqozosi va 
tarixiylik nuqtai nazardan ―tahdid‖, ―xavf-xatar‖, ―qo‗rquv‖ kabi bir necha atamalar bilan tilga 
olingan. Buni e‘tibordan soqit qilib bo‗lmaydi. Bu o‗rinda ma‘naviy tahdidlarni bartaraf qilishga 
doir eng muhim qarashlarni tahlil qilish bilan cheklanamiz. 
Ma‘naviy tahdidlarni bartaraf qilish muammosi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 
doimiy diqqat-e‘tiborida bo‗lib kelmoqda. Davlatimiz rahbarining konsepsiyasiga ko‗ra, 
ma‘naviy tahdidlarni ―fikrga qarshi fikr, g‗oyaga qarshi g‗oya va jaholatga qarshi ma‘rifat bilan‖ 
bartaraf qilish mumkin.
25
Bu muhim qarash bo‗lib, hozirgi ma‘naviy-mafkuraviy faoliyatimizda 
metodologiya vazifasini o‗tamoqda.
Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashda avvalo mafkuraviy immunitet shakllanisha lozim. 
―Immunitet‖- so‗zining ma‘nosi ―O‗zbekiston milliy ensiklopediyasi‖da quyidagicha berilgan: 
(lotincha-biron narsadan xalos, ozod bo‗lish, qutilish)-organizmning doimiy ichki barqarorligini, 
saqlash, uning turli xususiyatlarga va ta‘sirdan himoyalanishi, qarshilik ko‗rsatishi, 
rezistentligi‖
26

―Falsafa‖ qomusiy lug‗atida esa – ―mafkuraviy immunitet‖- shaxs, ijtimoiy guruh, millat,
jamiyatni turli zararli g‗oyaviy ta‘sirlaridan himoya qilishga xizmat qiladigan g‗oyaviy - 
nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimi, deyiladi
27
.
Mafkuraviy immunitet – shaxs-ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g‗oyaviy 
ta‘sirlaridan himoya qilishga xizmat qiladigan g‗oyaviy-nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimi. 
Immunitet (lot, immunitats – ozod bo‗lish, qutilish) tibbiy tushuncha bo‗lib, organizmning 
doimiy ichki muayyanligini saqlashi, o‗zini turli ta‘sirlardan, tashqi infektsiyalar kirib kelishidan 
himoya qilishga qodir bo‗lgan reaksiyalar majmui tushuniladi. Sodda qilib aytganda, immunitet 
– kishi organizmining turli kasalliklardan himoya qila olish qobiliyatidir. Yuqoridan farqli 
o‗laroq insonning umumiy immunitet tizimi tug‗ma bo‗lsa, mafkuraviy immunitetni shakllantirib 
borish zarur. Ikkinchidan, u har bir avlod uchun o‗ziga xos hususiyatga ega. Uchinchidan, 
immunitet tizimi shakllangandagina jamiyatda mafkuraviy daxlsizlikni ta‘minlash mumkin. 
Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi elementi - bu, bilim. Ammo, bilimlarning 
turi ko‗p. Buyuk davlatchilik shovunizmi yoki agressiv millatchilik mafkurasi tarafdorlari ham 
muayyan ―bilimlarga tayanadilar, albatta. Shunday ekan, mafkuraviy immunitet tizimidagi 
bilimlar obyektiv bo‗lishi, voqeylikni to‗g‗pi va to‗liq aks ettirishi, inson ma‘naviyatining 
boyitishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Ular, o‗z mohiyat e‘tiboriga ko‗ra, Vatan 
va millat manfaatlari bilan uzviy bog‗liq bo‗lmog‗i kerak. Mafkuraviy immunitet tizimining 
ikkinchi asosiy elementi ana shunday ilg‗or bilimlar zamirida shakllanadigan baholar, qadriyatlar 
tizimidir. Zero, bilimlar qanchalik obyektiv va chuqur bo‗lsa, uning zamirida yuzaga kelgan 
qadriyatlar ham shunchalik mustahkam bo‗ladi. Bir so‗z bilan aytganda, qadriyatlar tizimi 
mafkuviy immunitetning imkoniyatlarini belgilab beradi va zararli g‗oyalar yo‗lida mustahkam 
qalqon bo‗lib xizmat qiladi. Ammo bilimlar va qadriyatlar tizimi mavjudligining o‗zi mafkuraviy 
immunitetning mohiyatini to‗liq ifoda eta olmaydi. Zero, bu ikki element mafkuraviy 
immunitetning uchinchi muhim elementi, ya‘ni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy - ma‘rifiy 
sohalardagi maqsadlar tizimi bilan bog‗liq. Ana shunday aniq maqsadlar tizimi bo‗lmas ekan, 
inson, millat yoki jamiyat goh oshkora, goh pinhona mafkuraviy tazyiqlarga duchor 
bo‗laveradi. 
Mafkuraviy profilaktika – ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan turli 
shakllardagi g‗oyaviy–tarbiyaviy, ma‘naviy–mafkuraviy ishlar majmui bo‗lib, u butun g‗oyaviy 
tarbiya tizimini qamrab oladi. Mafkuraviy profilaktika g‗oyaviy bo‗shliqni bartaraf etish, 
mafkuraviy parokandalikni oldini olish yoki biror-bir hudud, qatlam, guruhni yot va zararli 
g‗oyalar ta‘siridan xalos qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda g‗oyaviy ta‘sirning xilma-xil 
usul va yo‗llaridan foydalaniladi, turli vositalar qo‗llaniladi.
25
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. –T.: ―Ma‘naviyat‖. 2008. 119 bet. 
26
O‗zbekiston milliy ensiklopediyasi. 4-jild. T., 2002, 131 bet. 
27
Falsafa qomusiy lug‗at. Mas‘ul muharrir Q.Nazarov. T., ―Sharq‖ NMAK, 2004, 247 bet. 


Mafkuraviy profilaktika tezkor va qisqa sur‘atlarda yoki asta-sekin, bosqichma-bosqich 
amalga oshirilishi mumkin. Birinchi holatda zudlik bilan chora-tadbirlar qo‗llash lozim bo‗lsa, 
ikkinchisida, doimiy va sobit qadamlik bilan ish olib borish ko‗proq natija beradi. Mafkuraviy
immunitet tizimini shakllantirishda ma‘naviy ta‘lim-tarbiya tizimiga tayangan mafkuraviy 
profilaktikaning o‗rni katta. Zero, u mohiyatan, yot g‗oyalarning kirib kelishining oldini olish va 
ularni yo‗qotishga qaratilgan chora-tadbirlarga tayanadi. Ta‘lim-tarbiya va targ‗ibot-tashviqot 
tizimi Mafkuraviy profilaktikani amalga oshirishga yordam beradi. Sog‗lom mafkurani xalq 
qalbi va ongiga singdirishga xizmat qiladigan ijtimoiy tuzilmalar, oila, maktab, mahalla, davlat 
va jamoat tashkilotlari ham unda o‗z o‗rniga ega. Shuningdek, Vatan, xalq manfaatlarini, do‗stlik 
va birodarlikni, o‗zaro hurmat va bag‗rikenglikni targ‗ib-tashviq etuvchi ertaklaru dostonlar, 
qo‗shiqlaru raqslar, turli ko‗rinish va mazmundagi ma‘n-y-ma‘r-y tadbirlar Mafkuraviy 
profilaktikani amalga oshirish shakllaridir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tobora kuchayib 
borayotgan turli xavf-xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‗lib yashashimiz 
zarurligini uqdirib, ―Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‗ylangan, puxta ilmiy 
asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz olib boriladigan ma‘naviy tarbiya‖ hal etuvchi 
ahamiyat kasb etishini ta‘kidlagan edi.
Mafkuraviy tajovuzlarning oldini olishda shu sohadagi targ‗ibot va tashviqot muhim o‗rin 
egallaydi. Bu avvalo, muayyan guruh, millat, jamiyat, irq, etnik guruh, hudud xalqlariga 
ma‘naviy tizim va tamoyillarni singdirishga qaratilgan tizimli va maqsadli ma‘rifiy faoliyatni 
ifodalaydigan jarayondir. Shu bilan birga «Ma‘naviy targ‗ibot» yurtimizdagi turli millat, ijtimoiy 
toifa, kasbu korga mansub bo‗lgan kishilarni ma‘naviy tajovuzlardan ogohlikka chorlash, 
mavjud xavf va tahdidlarning mohiyatini anglab yetish, ular haqida jamoatchilik fikrini 
shakllantirish, eng muhimi, milliy g‗oya asosida xalqni birlashtirish, jipslashtirish, yosh avlod 
ongi va qalbida ezgu g‗oyalarga sadoqat tuyg‗ularini tarbiyalashga qaratilgan usul va amaliy 
harakatlar majmuini anglatadigan tushuncha hamdir. 
Barkamol farzand sog‗lom oilaviy muhitda voyaga yetadi. Bunga erishish uchun – birinchi 
navbatda, ma‘naviy targ‗ibot-tashviqot ishlarini ota-onalar ongi, ularning farzandlariga bo‗lgan 
munosabatini o‗zgartirishga yo‗naltirmoq lozim. Ma‘naviy targ‗ibot-tashviqotda ulug‗ 
ajdodlarimizning hayot yo‗li, qoldirgan merosini bir yoqlamalikka berilmay, to‗g‗ri va haqqoniy 
aks ettirmog‗imiz darkor. Lekin, bunda faqat o‗tmishdagi siymolar bilan cheklanib qolmay, 
bugungi kun qahramonlari, ilg‗or zamondoshlarimizdan o‗rnak olish ham muhim ahamiyatga 
ega. Toki, ular yoshlar uchun tom ma‘noda ibrat namunasi bo‗lsin.
Ma‘naviy-ma‘rifiy targ‗ibot ishlarining ta‘sirchanligini ta‘minlaydigan zamonaviy 
informatsion va kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish, jamiyat ma‘naviy immunitetini 
kuchaytirishga qaratilgan samarali usul-uslublarni ishlab chiqish, davlat va jamoat tashkilotlari 
hamda targ‗ibotchi-tashviqotchilar uchun tegishli tavsiya va qo‗llanmalarni tayyorlash bu 
boradagi muhim vazifalar tarkibiga kiradi. Ma‘naviy targ‗ibot-tashviqotda keng qamrovlilik, 
uzluksizlik, bosqichma-bosqichlik, meyoriylik, shaxsiy ibrat singari tashkiliy tamoyillarga amal 
qilingan taqdirdagina ko‗zlangan samaraga erishish mumkin. 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish