«O„zbekiston - yagona Vatan»
degan g‗oya asosida haqiqiy vatandoshlik tuyg‗u-sini
shakllantirish bu boradagi ishlarning muhim yo‗nalishiga aylandi.
Diniy bag‗rikenglik va millatlararo totuvlik masalasi boshqa davrlarda bo‗lgani kabi,
O‗zbekistonda ijtimoiy-siyosiy va huquqiy islohotlarning yangi bosqichida ham Prezident
Shavkat Mirziyoyev tomonidan ustuvor yo‗nalish sifatida e‘tirof etib kelinmoqda. Xususan,
Prezidentning 2018 yil 28 dekabrdagi oliy Majlis palatalariga Murojaatnomasida ham bu
masalaga alohida e‘tibor qaratildi. Jumladan, Prezident quyidagi fikrlarni bildirdi: «O‗zbekiston
millatlararo totuvlik va diniy bag‗rikenglik sohasida o‗z an‘analariga doimo sodiq bo‗lib, bu
yo‗ldan hech qachon og‗ishmasdan ilgari boradi. Mamlakatimizda turli millat va diniy
konfessiyalar vakillari o‗rtasida o‗zaro hurmat, do‗stlik va ahillik muhitini mustahkamlashga
birinchi darajali e‘tibor qaratiladi. Bu – bizning eng katta boyligimiz va uni ko‗z qorachig‗idek
asrab-avaylash barchamizning burchimizdir. Xabaringiz bor, yaqinda Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Bosh Assambleyasining yalpi majlisi tomonidan muhim bir hujjat – «Ma‘rifat va
diniy bag‗rikenglik» rezolyutsiyasi qabul qilindi. Ushbu rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusi
2017 yil 19 sentabrda Bosh Assambleyaning 72- sessiyasida O‗zbekiston tomonidan ilgari
surilgan edi. Bizning taklifimizni Bir- lashgan Millatlar Tashkilotiga a‘zo bo‗lgan 193 ta davlat
keng qo‗llab-quvvatlagani jahon hamjamiyati tomonidan O‗zbekistonning sa‘y-harakatlariga
berilgan yuksak baho va e‘tirof sifatida barchamizga katta mamnuniyat va g‗urur-iftixor
bag‗ishlaydi. Ushbu imkoniyatdan foydalanib, bugungi anjumanimizda ishtirok etayotgan xorijiy
davlatlarning muhtaram elchilariga, xalqaro tashkilotlar vakillariga samimiy minnatdorlik
bildirishga ruxsat etgaysiz»
50
.
2.O„zbekistonda millatlararo totuvlikni taminlanishining huquqiy asoslari.
Hozirgi kunda, O‗zbekistonda 138 ta milliy madaniy markazlar, 16 ta diniy kon- fessiyalar
vakillari, 35 ta do‗stlik jamiyatlari faoliyat yuritib kelmoqda.
O‗zbekiston millatlararo munosabatlar va diniy bag‗rikenglik masalalari bo‗yicha milliy
siyosatni bevosita hayotga tatbiq etayotgan tashkilotlatlardan biri - O‗zbekis- ton Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‗stlik
aloqalari qo‗mitasi hisoblanadi. Qo‗mita 2017 yil 19 mayda O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining PF-5046-sonli farmoniga binoan tashkil etilgan. O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 23 maydagi № PQ-2993-sonli qaroriga muvofiq Qo‗mita tomonidan
«O‗zbekiston» jurnali nashr etila boshladi.
51
Ushbu jurnal boshqa nashrlar qatori
mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‗rikenglik g‗oyalarini targ‗ib qilishda o‗z
o‗rniga ega bo‗lishi nazarda tutilgan.
Taniqli faylasuf olim Ibrohim Mo‗minov ta‘kidlaganlaridek, milliy munosabatlar ijtimoiy-
siyosiy hodisa bo‗lib, sof holda mavjud bo‗lmaydi, ya‘ni u iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy
munosabat tomonlaridan biri sifatida namoyon bo‗ladi.
Statistik ma‘lumotlarga ko‗ra, dunyoda 30 millionga yaqin o‗zbeklar yashaydi. 1991-yil
mamlakatimiz aholisi 20 million 500 ming kishi edi. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz aholsi
33 millionga yetdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |