„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/110
Sana31.03.2022
Hajmi1,78 Mb.
#521862
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   110
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te (1)

Tayanch so„zlar 
Milliy g„oyaning etnosiyosat va etnomadaniyat rivojiga ta‟siri. O„zbekistonda milliy 
siyosatning amalga oshirilishi va unda etnik birliklar manfaatlari himoya qilinishining huquqiy 
va ijtimoiy asoslari. O„zbekistonda milliy madaniy markazlarning tashkil qilinishi millatlararo 
barqarorlikni ta‟minlash vositasi. Madaniy muloqot ko„p millatli aholi orasidagi barqarorlik 
omili. Til madaniy muloqot va barqarorlikning muhim vositasi.O„zbekistonda rasmiy tan olingan 
diniy konfessiyalar faoliyatining millatlararo totuvlikni ta‟minlashdagi roli.
 


1. O„zbekistonning o„ziga xos milliy siyosat modeli va yagona Vatan g„oyasi. 
Tarixiy 
tajriba ko‗p millatli davlatning barqarorligi millat-lararo munosabatlarga daxldor huquq va 
erkinliklarni to‗g‗ri belgilab qo‗yish bilan bir qatorda amaliyotda unga qanchalik rioya qilishga 
ham bog‗liqligini ko‗rsatadi. 
Inson ongi hayotining 6 ming yili davomida 14513 ta turli darajadagi urushlar sodir bo‗lib, 
bunda 3 milliard 640 mln. kishi qurbon bo‗lgan. Ikkinchi jahon urushi davrida Osvensem 
lagerida 4 mln. begunoh odam tiriklayin yoqib yuborilgan, kuli ekinzorga sepilgan. 5 ming yil 
ichida insoniyat bor-yo‗g‗i 292 yil urushsiz tinchlikda yashagan. 
Bemalol aytish mumkinki, jahonning turli nuqtalarida alangalanib turgan bunday nizolar 
aksariyat hollarda millatlararo munosabatlarda millatlararo totuvlik, bag‗rikenglikning yo‗qligi 
ham sabab bo‗lmoqda. Shu nuqtai nazardan, Respublikamiz milliy siyosatining asosiy 
tamoyillari hayotda ham o‗z ifodasini topmoqda. 
Istiqlol yurtimizdagi turli millat va elat vakillariga o‗zining tarixiy vatanlari bilan aloqalar 
o‗rnatishga imkon berilmoqda. O‗rnatilgan aloqalar ona tilini o‗qitish va o‗rganishni yo‗lga 
qo‗yish, turli qo‗llanmalar va adabiyotlarni o‗z vaqtida olish, yoshlarga ta‘lim olish uchun 
rivojlangan mamlakatlar, ba‘zan esa ularning tarixiy vataniga yuborish imkoniyatlarini yaratdi. 
Shuningdek, keng qamrovli madaniy-ma‘rifiy dasturlarni amalga oshirish uchun sharoit yuzaga 
keldi. 
Respublikada istiqomat qilib turgan 136 millat va elatning har biri o‗ziga xos madaniyatga 
va ko‗p asrlik an‘analarga ega. O‗zbekiston Respublikasi o‗tkazayotgan milliy siyosatning eng 
muhim ustuvor yo‗nalishi barcha millatlarning ravnaqi uchun tinch sharoit va imkoniyat 
yaratish, millatlararo munosabatlarni uyg‗unlashtirishdan iborat. Bu sohada keyingi yillardagi 
eng katta yutug‗imiz umumiy uyimizdagi tinchlik va barqarorlik, millatlararo va fuqarolararo 
totuvlikdir. Odamlarimiz ongida ana shu qadriyat va uning o‗zgarmas ahamiyati tushunchasi kun 
sayin oshib bormoqda». 
Dunyoning qariyib barcha mamlakatlari ko‗p millatli. Respublikamiz ham ana shunday 
boy, turfa madaniyatlar gullab-yashnayotgan mamlakatlardan biri ekani har bir o‗zbekistonlikka 
iftixor baxsh etadi. O‗zbekistonni o‗z Vatani deb bilib, uning taraqqiyoti yo‗lida fidokorona 
mehnat qilayotgan turli millatga mansub yurtdoshlarimizdan har biri buni dildan teran his 
qilmoqdalar. Olib borilayotgan oqilona milliy siyosat tufayli respub-likamizda qaror topgan 
tinchlik, ijtimoiy totuvlik, o‗zaro hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda. 
O‗zbekiston kabi polietnik mamlakatda turli millatlar manfaat-larini uyg‗unlashtirish, ular 
orasida totuvlikni ta‘minlash taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Zero, 
millatning istiqboli boshqa xalqlar va mamlakatlarning taraqqiyoti butun jahondagi vaziyat va 
imkoniyatlar bilan ham bog‗liqdir. 
Xalqimizning «Qo‗shning tinch - sen tinch», «Yon qo‗shni - jon qo‗shni»
49
degan 
maqolida ana shu haqiqat nazarda tutilgan. Butun dunyoda, birinchi navbatda, qo‗shni 
mamlakatlarda yonma-yon yashayotgan etnoslar orasida tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik, 
hamkorlik hamjihatlik, tenghuquqli munosabat bo‗lmasa, ulardan hech biri o‗zining porloq 
istiqbolini ta‘minlay olmaydi. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov O‗zbekistonning bu boradagi o‗ziga xos siyosatini 
bayon etib, quyidagicha ta‘kidlagan: «Respublika aholisi o‗rtasida ko‗pchilikni tashkil qiladigan 
o‗zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o‗z milliy madaniyati va tarixini tiklashdangina 
iborat emas, balki birgalikda hayot kechiruvchi kam sonli halqlarning taqdiri uchun, ularning 
o‗ziga xos madaniy-ma‘naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topishi va o‗zligini 
namoyon etishi uchun ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida mas‘ul 
bo‗lishdan ham iboratdir». Bunday muhit millatlararo munosabatlarda turli muammolar 
tug‗ilishiga aslo yo‗l qo‗y-maydi va Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, halq farovonligi kabi 
umummilliy g‗oyalarni hamkor va hamjihat bo‗lib amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
49
Karimov I.A. O‗zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‗lmaydi. -T.: O‗zbekiston, 2005. 136-bet. 


Necha ming yillik tariximiz shundan guvohlik bermoqdaki, olija-noblik va insonparvarlik, 
millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridan hisoblanadi. Bu boradagi 
an‘analar avloddan-avlodga avaylab o‗tkazib kelinmoqda. 
Mustaqillik yillarida millatlararo totuvlik g‗oyasi ilgari suril-gani va amalda unga 
erishilgan O‗zbekiston rivojida qo‗lga kiritilgan eng katta yutuqlardan biridir. 
Mamlakatimiz rahbariyati milliy masalani oqilona, xalqaro tamo-yillarga mos yo‗l bilan 
yechish, millatlararo munosabatlarni uyg‗unlash-tirish chora-tadbirlari ko‗rib kelinmoqda. Bu 
borada konstitutsiyaviy talablar asosida ish tutilmoqda. Yurtimizning ko‗pmillatli xalqi ongida 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish