„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


“Mafkuraviy poligon” tushunchasi, uning namoyon bo„lish xususiyatlari



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/110
Sana31.03.2022
Hajmi1,78 Mb.
#521862
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   110
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te (1)

 
4.“Mafkuraviy poligon” tushunchasi, uning namoyon bo„lish xususiyatlari.
Mafkuraviy poligon deganda, odamlar va xalqlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan turli 
g‗oyalarning sinov maydonini ang-lamog‗imiz darkor. Odatda, «poligon» deganda qurol-aslaha 
va texni-kani sinash, qo‗shinlarni harbiy tayyorgarlikdan o‗tkazish yoki harbiy sohada 
tadqiqotlar olib borish uchun mo‗ljallangan maxsus maydon tushuniladi. Agar biz moziyga bir 
nazar tashlasak, o‗zga hududlarni zabt etish maqsadida qo‗llanadigan jang, urush qurollarining 
uzluk-siz takomillashib borganligini ko‗ramiz. Dastlab oddiygina tosh yoki tayoqdan iborat 
bo‗lgan qurol nayzalardan tortib avtomat-u, pulemyot-largacha, palaxmon, manjanaq, 
zambaraklardan yer yuzining har qan-day nuqtasiga bexato yetib boradigan qit‘alararo ballistik 
raketa-largacha bo‗lgan uzoq takomil yo‗lini bosib o‗tdi. Bu qurollar bosib olinishi lozim 
bo‗lgan hududlar aholisini jismonan yo‗q qilishga qaratilgan edi. Milodiy uchinchi mingyillik, 
yanada aniqrog‗i, XXI asr ibtidosida esa o‗zga hududlarni zabt etish uchun ularning aholi-sini 
jisman mahv etish unchalik shart emas. Chunki turli g‗oyaviy, fikriy ta‘sirlar oqibatida ongi va 
shuuri zabt etilgan, qarash va kayfiyatlari «ma‘qul» yo‗nalishga o‗zgartirilgan mahalliy aholi 
yorda-mida har qanday boylik, tabiiy resurslarga egalik qilish mumkin. Bu esa shu joy 
aholisining ongi va qalbi yot, begona vayronkor, buz-g‗unchi g‗oyalar sinab ko‗riladigan 
maydonga aylanganini bildiradi.
 
Ya‘ni,
 mafkuraviy poligon deb, 
odamlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan g‗oya 
yoki mafkurani ham mablag‗, ham zamonaviy-texnikaviy vositalar bilan kuchaytirib, moddiy va 
ma‘naviy qurollarni ishga solib, dunyodagi axborot va fikr oqimini о‗z manfaati yо‗lida 
boshqarib turgan, muayyan niyatiga yetish uchun ishlatadigan va bu borada xilma-xil tarzda 
namoyon bо‗ladigan harakatlarni amalga oshiradigan g‗oyaviy markazga aytiladi.
Bugungi kunda nafaqat inson ongini, balki qalbini ham egallash mafkuraviy kurashning 
bosh maqsadidir. Shuning uchun ham Yer yuzi-ning turli mintaqalari xalqlarining ongi va qalbi 
turli goyalarni sinash maydoniga, mafkuraviy poligonga aylantirilmokda. 
Ana shunday sharoitda xalqning barcha qatlamlariga berilayotgan bilimlar obyektiv, 
voqelikni to‗liq va to‗g‗ri aks ettirishi, jamiyat tarakdiyotiga, Vatan va xalq manfaatlariga, 
qadriyatlarni saqlashga xizmat qilishi lozim. 
Bu boradagi bilimlar qanchalik obyektiv va chuqur bo‗lsa, uning zamirida yuzaga kelgan 
qadriyatlar ham shunchalik ustuvor bo‗ladi. Ular-ni egallagan odam mafkuraviy tajovuzlarga 
munosib zarba bera ola-di. Bunga erishish jarayoni nihoyatda serqirra bo‗lib, u o‗z mohiyatiga 
ko‗ra, yot g‗oyalar kirib kelishining oldini olish va ularni yo‗qotishga qaratilgan chora-tadbirlar, 
g‗oyaviy-tarbiyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ij-timoiy, ma‘naviy ishlar majmuini o‗z ichiga oladi. 
Hozirgi davr dunyoda g‗oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura 
poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo‗lib borayotgan davrdir. 


Dunyoning hududiy jihatdan turli mintaqa va qit‘alarga bo‗lini-shini jo‗g‗rofiya 
darslaridan yaxshi bilamiz. Jahonning siyosiy xarita-siga qarab va mavjud davlatlarning 
chegaralarini hisobga olgan holda ham Yer yuzining hududiy bo‗linishini bemalol tasavvur qila 
olamiz. 
Insoniyat XX ayer oxiriga kelib, qator chegara bilmaydigan muam-molarga duch keldi. 
Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, ma‘naviy qashshoqlik, narkobiznes, terrorizm kabi 
muammolar ana shular jum-lasidandir. Shu bilan birga dunyoda globallashuv, axborot oqimining 
tezlashuvi va intensivlashuvi, universal texnologiyalar bilan bog‗-liq umumbashariy jarayonlar 
ham bormokda. Butun Yer yuzi odamzod uchun yagona makon ekanligi aniq. Bunga shak-
shubha yo‗q, albatta. Ammo tarixda mavjud chegaralarni o‗zgartirish, muayyan hududlarni bosib 
olish uchun son-sanoqsiz urushlar bo‗lgani ma‘lum. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam 
takomillashib borganini bilamiz. Mazkur urushlar to XX asrgacha ko‗proq bir davlat ichida, ikki 
davlat o‗rta-sida yoki nari borganda bir mintaqa doirasida bo‗lishi mumkin edi. 
Shu bilan birga hozirgi vaqtda mafkuraviy vositalar orqali o‗z ta‘sir doirasini 
kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va hara-katlar ham yo‗q emas. Tajovuzkor 
millatchilik va shovinizm, neofashizm va kommunizm, irqchilik va diniy ekstremizm 
mafkuralari shular jumlasidandir. 
Natijada dunyoda inson qalbi va ongini egallash uchun kurash tobo-ra kuchayib bormoqda. 
Bu hol bugungi kunda dunyoning mafkuraviy man-zarasini belgilab bermoqda. 
Kishilik jamiyati tarixi insonda olijanob fazilatlarning shakl-lanishi va rivojlanishiga ham, 
ayni paytda, g‗ayriinsoniylikning xilma-xil ko‗rinishlari ildiz otib, o‗zining mudhish qiyofasini 
na-moyon qilishiga ham ko‗p bor guvoh bo‗lgan. Afsuski, insoniyatning butun tarixi davomida 
bunday illatlar unga hamrohlik qilib keldi, turli davrlarda yangi shakl-shamoyil, xususiyat kasb 
etdi. Bugungi kunda ularning eng yovuzlari Yer yuzidagi tinchlik va totuvlik, ham-korlik hamda 
hamjihatlikka va oxir-oqibatda insoniyatning yagona birlik sifatida erkin taraqqiy qilishiga katta 
xavf tug‗dirmoqda. 
Bugun dunyoning mafkuraviy manzarasini o‗z maqsadlari yo‗lida o‗zgartirmoqchi 
bo‗layotgan mafkura shakllari barqarorlik va taraqqi-yotga tahdid solmoqda. Ularning asosiy 
shakl va yo‗nalishlari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning «O‗zbekiston XXI asr 
bo‗sag‗asida: xavf-sizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida 
ko‗rsatib berilgan. 
Mafkuraviy ta‘sir kо‗rsatish geosiyosatning eng ta‘sirchan vositasiga aylanmoqda. 
Shuning uchun Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mafkura poligoni yadro poligonidan 
kо‗ra kuchriloq deb alohida ta‘kidlaganlar. Chunki, mafkuraviy ta‘sirni kо‗z bilan kо‗rish, qо‗l 
bilan ushlash juda mushkul. U insoniyat orasida juda tezlik bilan bilan, ammo sezilmagan tarzda 
kirib keladi va о‗zining zararli oqibatlarini kо‗rsatadi.
Qaysi davlatning kuchi qanchaligi, armiyasining soni va yadro poligoni qayerda 
joylashgani, uning quvvatini, qanday maqsadga yо‗nalganligini muayyan darajada aniq bilish 
mumkin. Ammo, yovuz mafkuraviy maqsadlarning qaysi yо‗llar bilan insonlar qalbini egallab 
olayotganligini osonlikcha bilib bо‗lmaydi.
Bugungi dunyoda turli hudud xalqlarini ma‘naviy-mafkuraviy jihatdan tobe etishga
intilish va shunday asosda bо‗lib olishga urinishlar davom etmoqda. Buning uchun ular 
ommaviy axborot vositalari, turli xil markazlardan foydalanmoqdalar. Masalan, turli jangari 
filmlar, bolalar uchun kompyuter programmalari, teleо‗yinlardan foydalanish hollari mavjud.
Ana shunday sharoitda milliy istiqlol g‗oyasini chuqur egallash, mustahkam e‘tiqod va 
irodaga ega bо‗lish orqaligina bunday maqsadlarning asl mohiyatini tо‗g‗ri tushunish mumkin.
Masalan, keyingi paytda turli soxta diniy aqidaparastlar juda kо‗payib ketdi. Vahobiylik,
Hizbut-tahrir kabilar fikrimiz isbotidir. Ular 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish