toptirish. Ularning, men o‗zbek farzandiman deb, g‗urur va iftixor bilan yashashiga eri-shishdir.
Bugun kuchli davlatlarning targ‗ibot va tashviqotlari natijasida uchinchi dunyo mamlakatlari
o‗zlarining yuqori mala-kali mutaxassislaridan ajralmoqdalar. Oddiygina raqamlarga murojaat
qilganimizda buning tasdig‗ini ko‗ramiz. G‗arb ommaviy axborot vositalarining doimiy tarzda
olib boradigan targ‗ibot va tashviqotlari natijasida kambag‗al Afrika mamlakatlari uchun yuqori
malakali mutaxassislarga bo‗lgan ehtiyoj yuqori bo‗lib turgan bir paytda, oliy va yuqori malakali
xodimlarning har uchtasidan bittasi rivojlangan davlatlarga ketib qolmoqda. Har yili Afrikadan
o‗rtacha 23 000 ilmiy xodim va o‗qituvchi chiqib ketmoqda. Keyingi besh yil mobaynida qit‘a
davlatlari 60 ming-dan ortiq o‗rta va yuqori bo‗g‗indagi boshqaruv xodimlaridan mah-rum
bo‗ldi. Ma‘lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga
qarshi immunitet hosil qilina-di. Biz ham farzandlarimiz yuragida ona - Vatanga, boy tarixi-
mizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog‗lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta‘bir
joiz bo‗lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur» .
Fuqarrlar siyosiy ongi hamda milliy qadriyatlarga nisbatan xurujlar va ularni asrash
zarurligi bugungi muhim masalalar-dan biridir. Albatta, bu masala barcha zamonlarda buyuk
mutafak-kir, ma‘rifatparvar bobolarimizni o‗ylantirib kelgan, xalqi-miz e‘tiboridan hech qachon
chetda qolmagan. Lekin bugun biz mut-laqo boshqa davrda yashamokdamiz, endi hayot talablari
o‗zgacha. Bi-nobarin, o‗zini asrashni o‗ylagan har bir xalq ko‗proq kelajagi haqida qayg‗urmog‗i
kerak. Xalqimizning jahon taraqqiyotiga qo‗shgan hissasi o‗tmishda qanchalik ulkan bo‗lmasin,
shuning o‗zi bilangina hozirgi davrda taraqqiy etgan davlatlar orasida munosib o‗rin egallash
qiyin. Fakdt milliy istiqlol g‗oyasigina millatning kuch-qudratini, salohiyatini ro‗yobga
chiqarishi, xalqimizni bunyodkor-likka safarbar etishi, yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha
fuqarolarni jipslashtirishi, dunyoga hukmronlik qilishga intilayotgan, g‗arazli maqsadlarni
ko‗zlayotgan kuchlar, buzg‗unchi g‗oyalar-ga qarshi ishonchli to‗siq bo‗lishi mumkin. Shu bois
ham jamiyati-miz a‘zolari siyosiy ongini oshirish masalasiga sifat jihatidan butunlay yangicha
asoslarda yondashish davrimizning eng asosiy mud-daosini tashkil etadi. Chunki yuqorida
ta‘kidlanganidek, o‗z mil-liy manfaatlarini ta‘minlay olgan jamiyatninggina umri boqiy bo‗ladi.
Bu har birimizning burchimiz va uni ta‘minlashda quyi-dagilarga e‘tibor berish maqsadga
muvofiq: 1) milliy ma‘naviy qadriyatlarni avaylab-asrash; 2) yoshlarni milliy ruhda tarbiya-lash;
3) milliy manfaatlarni himoya qilish; 4) targ‗ibot ishlari-ni yanada kuchaytirish.
Zero, bugungi davr voqeligi har bir masalada yangicha tamo-yillar asosida yondashishni
taqozo etmoqda. Muayyan tushunchalar, g‗oyalar yoki tamoyillarni anglab olish ishning bir
qismi, xolos. Shu ma‘noda, milliy ma‘naviy tahdidlarga qarshi kurashda ama-liy ishlarga e‘tibor
berish asosiy masaladir.
Axborot texnologiyalari orqali xurujlar avj olayotgan bu-gungi kunda ulardan saqlanish
zarurati mafkuraviy tahdidlar-ni bartaraf etish borasidagi muhim masalalardan biridir. Bu-gun
dunyo axborot asriga kirib ulgurdi. Eng taraqqiy etgan dav-latlarning mavqei, salohiyati ko‗plab
omillar bilan birga OAV-ning nechog‗lik rivojlangani bilan ham belgilanmoqda. Taraqqi-
yotning bosh belgisi esa jamiyatning axborotlashganligida o‗z ifo-dasini topmoqda. Yaqin-
yaqinlargacha axborotlashuv jarayonlari faqat ommaviy axborot vositalarining faoliyati bilan
bog‗liq bo‗lgan edi, xolos. Hozir esa manzara tamoman o‗zgacha. Endilikda axborot
texnologiyalari shu qadar rang-barang tus oldiki, kecha-gi o‗lchamlar, mezonlar, tushunchalar,
imkoniyat va vositalarni tubdan yangilash zarurati ko‗ndalang bo‗lmokda. Kompyuter texni-kasi,
Internet tizimi, telekommunikatsiya imkoniyatlari tasav-vurimizdagi "ommaviy axborot vositasi"
degan tusho‗nchani tamo-man o‗zgartirib yubormoqda. Shuni ham aytish kerakki, «zamonaviy
integratsiya» tushunchasi dunyo axborot makonidan mustahkam o‗rin egallashni taqozo
etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: