ma‘naviy, mafkuraviy, ruhiy dunyosiga tajovuz qiladigan g‗oyaviy-nazariy qarashlar va ularga
asoslangan amaliyot majmuini ifodalaydigan tushunchadir. Uning mazmun-mo-hiyati, zararli
oqibatlari va unga qarshi kurashish zarurligi O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom
Karimovning «Yuksak ma‘naviyat — yengilmas kuch» asarida har tomonlama va ishonchli
dalillar asosida ko‗rsatib berilgan. Ushbu asarda ta‘kidlanganidek, tili, dini, e‘tiqodi-dan qat‘i
nazar, har qaysi odamning tom ma‘nodagi erkin bo‗lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan
ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‗zda tutadigan mafkuraviy, g‗oyaviy va in-
formatsion xurujlar bu boradagi tahdid va tajovuz hisoblanadi.
Mafkuraviy tahdid va tajovuz vayronkor kuchlarning o‗z mod-diy, siyosiy manfaatlarini
ko‗zlagan holda har xil markazlar tomonidan biron-bir mamlakatga nisbatan ichkaridan yoki
tashqa-ridan turib, bevosita amalga oshiriladigan buzg‗unchilikning muayyan shaklidir. Ular o‗z
maqsadlariga erishish uchun har qan-day usullardan, odamlarning ruhiy hissiyotlari, milliy tuy-
g‗ulari, har qanday jamiyatda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy mu-ammolardan,
shuningdek,
zamonaviy texnologiya, telekommunika-siya, OAV, Internetdan noxolislik bilan foydalanishga
hara-kat qiladi.
Hozirgi davrda mafkuraviy tahdid deganda, aholining ayrim qatlamlari, ayniqsa, yoshlar
ongi va qalbiga ta‘sir qilib, ular-ning qarashlarini o‗zlariga ma‘qul yo‗nalishda o‗zgartirish, di-
niy ekstremizm, vayronkorlik, buzg‗unchilik, axloqsizlik g‗oyala-rini zimdan targ‗ib-tashviq
etib, singdirish kabi g‗arazli maq-sadlar ham anglanadi. Ma‘naviyatga
qarshi qaratilgan har
qanday tajovuz, tahdid o‗z-o‗zidan mamlakatning milliy manfaatlari, jismonan va ma‘nan
sog‗lom avlod kelajagini ta‘minlash yo‗li-dagi jiddiy xatarlardan biridir.
Mafkuraviy tahdid shakllari xilma-xil. Zero, tahdidchi-lar ko‗pincha turli niqoblar, jozibali
shior va g‗oyalar niqobi ortida ish ko‗radi, turli-tuman usullardan foydalanadi. Bundai kuchlar
ixtiyorida juda katta moddiy, moliyaviy resurslar va imkoniyatlar mavjud bo‗lib, ular puxta
o‗ylangan hamda da-vomli maqsadlarga xizmat qilmoqda. Hozirgi davrda dunyoning ayrim
hududlarida ana shunday harakatlar natijasida katta yo‗qotishlar yuz bermoqda, millatlarning
ma‘naviy qadriyatla-ri, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqmoqda, axloq-odob, oila va
jamiyat hayoti, ongli yashash tarzi jiddiy xavf ostida qolmoqda. Eng yomoni,
bunday mafkuraviy
xurujlarning pirovard maqsadi odamni o‗zi tug‗ilib o‗sgan yurti va xalqidan tonishga,
vatanparvarlik tuyg‗ularidan mahrum etishga, hamma narsaga loqayd bo‗lgan shaxsga
aylantirishga qaratilgan.
Xudbinlik va loqaydlik, mahalliychilik, korrupsiya va man-faatparastlik, boshqalarni
mensimaslik, hasad, sotqinlik singa-ri illatlar ham ma‘naviy tahdid va tajovuzlar tarkibiga kiradi.
Prezidentimiz ogohlantirgani kabi, hozirgi davrda turli eski va
yangi goyalar kurashi har
qachongidan ham ko‗ra shiddatli tus olmoqsa. Rang-barang, ba‘zan bir-biriga mutlaqo zid
dunyoqarashlar siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhab va sektalar o‗rtasidagi fikr tala-shuvlari
goho bahs-munozara doirasidan chiqib, qonli to‗qnashuv-lar, ommaviy qirg‗inlarga sabab
bo‗lmoqsa, odamlar boshiga behisob qayg‗u-kulfatlar solmoqda. Bu tortishuvlardan ko‗zlangan
asosiy maqsad — inson, avvalambor, yoshlar qalbini egallash,
muayyan mam-lakat yoki
mintaqadagi biror xalqning ongiga, uning sezgi-tuyg‗ula-riga ta‘sir o‗tkazish, uni o‗z
dunyoqarashiga bo‗ysundirish, mafku-raviy jihatdan zaif va tobe qilishdan iborat.
Mafkuraviy tahdidlarga qarshi o‗z vaqtida qat‘iyat va iz-chillik bilan kurash olib
borilmasa, turli zararli oqimlar O‗zbekistonga ham shiddat bilan yopirilib kirishi, yoshlarni o‗z
girdobiga tortib ketishi, oqibatda ular ota-ona, el-yurt oldi-dagi burchi va mas‘uliyatini
o‗ylamaydigan, faqat bir kunlik hayot bilan yashaydigan egoist-xudbinlarga aylanib qolishi
mum-kin. Bizga mafkuraviy tahdid solishi mumkin bo‗lgan ayrim tash-kilotlar o‗rta asrlarda
mavjud bo‗lgan musulmon xalifaligini tiklash yo‗lida faoliyat ko‗rsatmoqda. Albatta, bundan o‗n
to‗rt asr burungi voqelikni bugun amalda qayta tiklab bo‗lmasligi ayon. Lekin ularning niyati —
yagona mafkuraviy makon barpo etib, islom dinini siyosiylashtirish va shu asosda hokimiyatni
qo‗lga kiritib, hukmronlik qilishdan iborat.
Hozirgi davrdagi "erkin demokratiya" va turli "ochiq jamiyat modellari"ni
eksport qilish,
jamiyat va davlat qurilishi-ning "universal loyiha"larini tashqaridan tiqishtirish yo‗li-dagi
urinishlar ham mafkuraviy tahdid va tajovuz sifatida baholanmog‗i lozim. Aslida, insoniyat
tarixida barchaga birdek ma‘qul bo‗ladigan boshqaruv modeli hech qachon bo‗lmagan.
Mafkuraviy tahdidning "ommaviy madaniyat" niqobi ostida axloqiy buzuqlik va zo‗ravonlik,
individualizm, egotsentrizm g‗oyalarini tarqatish, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa
xalqlar-ning necha ming yillik an‘ana va qadriyatlari, turmush tarzi-ning mafkuraviy negizlariga
bepisandlik, ularni qo‗porishga qaratilgan shakllari ham mavjud. Hozirgi vaqtda axloqsizlik-ni
madaniyat deb bilish va aksincha, asl mafkuraviy qadriyatlar-ni mensimasdan, eskilik sarqiti deb
qarash bilan bog‗liq holat-lar taraqqiyot va yoshlar tarbiyasiga tajovuz qilmoqda.
Mafkuraviy tahdid shakllarining aksariyati informatsion xu-ruj va uydirmalarni tarqatish
orqali yuz bermoqda. Bugungi kunda tobora kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi
doimo sergak, ogoh va hushyor bo‗lib yashashimiz zarur. Bunday tahdidlarga qarshi har
tomonlama chuqur o‗ylangan, puxta
ilmiy asosda tashkil etil-gan, muntazam va uzluksiz
ravishda olib boriladigan mafkuraviy tarbiya bilan javob berish mumkin. Har birimiz mafkuraviy
tah-didlarga nisbatan loqaydlik, beparvolik va beg‗amlik illatidan xalos bo‗lishimiz, xar bir
fuqaro yurtimizda, jahonda sodir bo‗la-yotgan har qanday voqea, hodisa, jarayonlar menga,
mening taqdi-rimga bevosita daxldor deb hisoblamog‗i darkor. Prezidentimiz ta‘-kidlaganidek,
"Hozirgi o‗ta murakkab bir zamonda xalqaro maydon-da sodir bo‗layotgan jarayonlarning tub
mohiyatiga yetib borish, ular haqida xolis va mustaqil fikrga ega bo‗lish
bugungi kunning eng
dolzarb vazifasi, desak, hech qanday xato bo‗lmaydi"
Mafkuraviy tahdid o‗z mohiyatidan kelib chiqib, eng avvalo, inson ongiga, tafakkuri va
xulq-atvoriga xavf-xatar solmoqda. Inson ongi va qalbini vayronkor hamda buzg‗unchi g‗oyalar
bilan izdan chiqarishga harakat qilish mafkuraviy taxdidning eng aso-siy mazmun-mohiyatini
belgilaydi. Mafkuraviy tahdid muayyan jamiyat a‘zolarini yagona maqsad va muddaolardan
chalg‗itib, mil-liy mentalitetga mos kelmaydigan begona g‗oyalar, fikrlar, maq-sadlar va
qarashlarni chetdan turib eksport qilish jarayonida o‗zini yanada aniqroq namoyon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: