Birinchi Prezidentimiz aytganidek, «bugungi kunda odamzot ma‘lum bir davlatlar va
siyosiy kuchlarning manfaatlarigagina xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqaladigan,
turli ma‘no mazmundagi mafkuraviy kuchlarning ta‘sirini doimo sezib yashamoqda». XXI asr
boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o`rtasidagi o`zaro ta`sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu
jarayondan to`la chegaralanib olgan birorta ham davlat yo`q, deb to`la ishonch bilan aytish
mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a`zo bo`lishni
istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday
jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta`siriga ko`proq uchrab qolishi
mumkin. Bunday g`ayri ixtiyoriy ta`sir esa ko`pincha salbiy bo`ladi.
Globallashuvning turli mamlakatlarga o`tkazayotgan ta`siri ham turlicha. Bu hol dunyo
mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma`naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan
bog`liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o`tkazayotgan
salbiy ta`sirini kamaytirish va ijobiy ta`sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini
chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o`rganish lozim. Bu hodisani chuqur o`rganmay turib
unga moslashish, kerak bo`lganda, uning yo`nalishini tegishli tarzda o`zgartirish mumkin emas.
Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o`rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi,
taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma`naviyatini
tog`dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qo`yish bilan
baravar bo`ladi.
O`rta Osiyo xalqlari madaniyati va ma`naviyati ham Sharq va G`arbni tutashtirgan karvon
yo`llarida joylashgani sababli ham Sharq, ham G`arb madaniyatidan bahramand bo`lgan.
Muhimi shundaki, xalqimiz G`arb va Sharq ma`naviyatidan bahramand bo`lib ularning ijobiy
tomonlarini o`zlashtiribgina qolmay, ularga ijodiy yondashib yangi cho`qqilarga ko`tarildi.
Globallashuv jarayoni va mafkura maydonidagi kurashlarning yangilanib, takomillashib
borishi imkoniyatlarining ortib borayotganligi – haqida gapirganda, globallashuv fenomeni
bugungi kunda ilmiy-falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma‘noni anglatishini hamda
yangilanib, takomillashib borayotganligini ta‘kidlash lozim. Umumiy nuqtai-nazardan
qaraganda, bu jarayon mutlaqo yangicha ma‘no-mazmundagi xo‘jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-
biologik global muhitning shakllanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy
muammolarning jahon miqiyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda.
Globallashuv jarayonida mafkura maydonidagi kurashlarning yangi ko‘rinishlari, uning
vositalari va mexanizmlari ham o‘zgarib borishi tabiiy holdir. Albatta, globallashtirishning
boshlang‘ich ildizlari davrida mafkura maydonlaridagi kurashlar uncha sezilarli bo‘lmagan
bo‘lsada, lekin insoniyat taraqqiyotining bu jarayoni qaysi davrlardan boshlanadi degan savolga
aniq javob izlash va uni boshqa ijtimoiy-falsafiy, iqtisodiy fenomen sifatida bosqichlarga ajratish
borasidagi barcha izlanishlarda ma‘lum bir nisbiylik, aniq bir ilmiy haqiqat hali topilganicha
yo‘q. Shuning uchun ham bo‘lsa kerakki, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan
tubdan farq qiladigan o‘ta shiddatli va murakkab bir davrni o‘z boshidan kechirmoqda.
Keyingi vaqtlarda globallashuv jarayonida mafkura maydonidagi kurashlarning yangi
ko‘rinishlari sifatida bir qator fikrlar ham bildirilmoqda. Ulardan,
Birinchisi, globallashuv jarayonida ana shu kurashlarning asosiy maqsadi inson va uning
qadriyatlariga turli – xil yondashuvlarning vujudga kelishi bilan xarakterlanadi.
Ikkinchidan, globallashtirish jarayonlari jamiyat va inson faoliyatining barcha tomonini
qamrab oladigan harakterga ega bo‘lgani uchun, uni turli xil ilm sohalari vakillari o‘rganaveradi.
Axborot olamidagi globallashuvning shiddatli kuchi, uni hech narsa bilan qoplab
bo‘lmaydigan ulkan ziyon etkazishi mumkinligini
–
axborot va texnologiya inqilobi tufayli
dunyo ilgarigiga qaraganda yanada jips va mushtarak bo‘lib bormoqda. Shu ma‘noda
globallashuv – bu avvalo hayot sur‘atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: