„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/110
Sana31.03.2022
Hajmi1,78 Mb.
#521862
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   110
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te (1)

Virtual ta‟qib. 
Bugungi kunda virtual ta‘qib nihoyatda ommalashib bormoqda. 
O‗tkazilgan tadqiqotlar natijalaridan ma‘lum bo‗ldiki, hozirda maktab yoshidagi bolalar 
internetdan tobora erta foydalanishga kirishmoqda. Masalan, boshlang‗ich sinf o‗quvchilari 
bemalol maktab yon-atrofidagi kafe yoki klubga kirib, internetdan foydalanishi mumkin. Shu 
bois ular uyda ham internetga ulanish imkoni bo‗lishini xohlashi tabiiy. Lekin, mutaxassislarning 
fikricha, yoshi o‗nga yetmagan bola odatda mustaqil ravishda internetdan foydalanish uchun 
zarur bo‗lgan tanqidiy fikrlash va shu asosda ma‘lumotlarni farqlash, ularni ajrata bilish, 
boshqacha aytganda, «filtrlash» qobiliyatiga ega emas. Shu sababli internetdan yolg‗iz qolganda 
ham foydalanish ehtimoli bo‗lgan bolani qattiq nazorat ostiga olish kerak, unga o‗zi haqidagi 
shaxsiy ma‘lumotlarni internet orqali tanishgan odamlarga aytmaslikni o‗rgatish zarur. 
Virtual reallik, virtuallik( ing. virtual reality, virtual – borligicha, lot. virtus – potentsial, 
ehtimollik, energiya, kuch, shuningdek tasavvurdagi xayol) – kompyuter yordamida 
modellashtirish asosida foydalanuvchi sun‘iy dunyoga cho‗mib, maxsus sensorli moslamalar 
orqali unda harakat qilish imkonini beradi. Bunda foydalanuvchining ko‗rish, eshitish, sezish va 
motorli sezgilari kompyuter tomonidan yaratiladigan imitatsiyasi bilan almashtiriladi. 
Virtual reallikning o‗zi nima, degan masalada asosan ikki yo‗nalish (gipoteza) shakllangan. 
Birinchisi virtual reallikni texnikaviy hodisa deb qarash bo‗lsa, ikkinchisi ruhiy xodisa deb 
xisoblashdir. Umuman, hozirgi davr falsafiy adabiyotlarida ko‗rsatilishicha, virtual reallik 
tushunchasining fanda, san‘atda va amaliyotda keng tarqalishi, ― o‗z-o‗zidan tashkillashuv‖, 
―kooperatsiya effektlari‖, ―tasodifiy tashkillanishlar‖ va shular kabi boshqa tushunchalar orqali 
ifodalanadigan yangi ilmiy paradigmaning vujudga kelayotgani haqida gapirish imkoniyati 
vujudga kelayotganini bildiradi
35
.
Hozirgi davrda virtual reallikni faqat kompyuter texnologiyalari, ya‘ni ―kibermadaniyat‖ 
bilan bog‗lash tamoyili ham mavjud. Lekin, bunga qarama - qarshi o‗laroq boshqa olimlar virtual 
reallikning kompyuterdagi variantlarini undan ancha chuqur kechadigan jarayonlarning yuzadagi 
qo‗pol namoyon bo‗lishidir, degan fikrlarni oldinga surmoqdalar. 
Virtual reallik jamiyat hayotida muhim hodisalardan biri sifatida o‗rin oldi. Bu jarayon 
tasarrufchini kompyuterda turli manipulyatsiyalar (o‗yin yoki boshqa ishlar) qilishi uchun 
mo‗ljallangan har xil olam modellarini yaratish proyektidan boshlangan edi. Ana shu proyekt 
tufayli kimyoviydan tortib to ijtimoiyga qadar bo‗lgan barcha jarayonlarni sun‘iy ravishda 
yaratishning cheksiz imkoniyatlari ochildi. Bu hol fanning barcha sohalari namoyandalarining, 
ayniqsa faylasuflarning diqqatini o‗ziga tortdi. Hozirgi davrda virtual reallik sistemalarini ishlab 
chiqish va ulardan amalda foydalanish jarayoni virtualistika muammolarini falsafiy-metodologik 
nuqtai nazardan anglash bilan parallel ravishda amalga oshmoqda. Bu borada ko‗plab kitoblar, 
jurnal va gazetalarda maqolalar nashr etilgan.
Virtualistika bo‗yicha olib borilayotgan ishlarni asosan uch yo‗nalishga ajratish mumkin. 
Birinchisi, sistemalar nazariyasi, modellashtirish, kompyuter grafikasi, mul‘timediya va h.k.da 
erishilgan yutuqlarni hisobga olishga tayanadigan nazariy ishlar. Ikkinchisi, virtual reallik 
muammosining falsafiy va psixologik jihatlari hamda uning insonga, odamlar guruhi va butun 
jamiyatga ta‘siri haqidagi ishlar. Uchinchisi, virtual reallikka tegishli sistemalarni inson 
faoliyatining texnik sohalarida, ta‘limda, ilmiy tadqiqotlarda, biznesda va h.k.da foydalanish 
muammolariga bag‗ishlangan ishlar. To‗rtinchisi, virtual reallikning axloq, siyosat, 
madaniyatshunoslik bilan bog‗liq muammolari bo‗yicha ham ishlar olib borilmoqda.
Prezidentimiz ta‘biri bilan aytganda, 6unday informatsion quporuvchilikdan maqcad - 
mamlakatimiz aholisiga axborot orqali va mafkuraviy yul bilan tazyiq utkazish, jahon afkor 
ommasida o‗zbekiston haqida noto‗g‗ri tasavvur to‗g‗dirishga intilishdan iborat. "Milliy istiqlol 
g‗oyasi asosiy tushuncha va tamoyillar" risolasidagi ba‘zi fikrlar ham bugungi hurujlarning 
maqsadini oydinlashtiradi. Ushbu risolada aytilishicha, geopolitik maqsadlar - davlatning uzga 
35
Paxrutdinov Sh. Taraqqiyotga tahdid: nazariya va amaliyot. T.: ―Akademiya‖, 2006, 73 b. 


qududlarda o‗z mavqeyi va ta‘sirini kuchaytirishga qaratilgan siyosatdir. Ochig‗i, bu ta‘sirif 
ayrim ommaviy axborot vositalarining faoliyati nimaga yunaltirilganligini fosh etib qo‗ymoqda.
Yirik siyosatchilardan biri Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Margaret Tetcher "Ommaviy 
axborot vositalari terrorchilar uchun kislorod vazifasini o‘taydi", degan. Bu gapning mag‗zini 
chaqan odam "ommaviy axborot vositalari terrorchilar uchun havodek zarur ekan", degan 
xulosaga keladi. Bir qarashda bu fikr mantiqsizday tuyuladi. Chuqurroq uylab kursak-chi? 
Aslida, terrorchilar bir qancha insonlarni shafqatsizlik bilan uldirish orqali millionlarda qo‗pqyv 
va daqshat uyg‗otishga intiladilar. Demaq ularning maqcadlari - uldirish emas, jamoatchilikka 
kuchli ta‘sir qilishdir. Taassufki, ba‘zi ommaviy axborot vositalari uzlari bilmagan holda 
terrorizmning buzg‗unchiliq qo‗poruvchilik ta‘sirini yanada oshirishga "xizmat" qilib qo‗yadilar. 
Ularning terror oqibatlari haqidagi vaqimali axborotlari insonlardagi qurquvni, daqshatni, 
himoyasizlik hissini yanada kuchaytirib yuboradi. Bu kabi axborotlarga qarshi aksiltarg‗ibotni 
uyushtirish zarurati tug‗iladi.
Globallashuv, axborot sohasi liberallashayotgan bir paytda, uzoq-yaqin mamlakatlardagi 
turli hil siyosiy, mafkurafiy va boshqa kuchlar (120 ga yaqin davlat axborot xurujlarini 
uyushtirish ustida ish olib bormoqda)o‗zlarining g‗arazli manfaatlari yo‗lida ommaviy 
kommunikatsiya vositalaridan, ayniqsa, Internet tarmog‗idan foydalanib, axborot erkinligini 
suiste‘mol qilib, o‗sib kelayotgan yosh avlodga axborot tahdidlarini kursatish orqali, hali ongi va 
hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg‗itish, yoshlarning ongi va qalbini 
egallash yo‗lidagi intilishlari kuchaytirayotgani hech kimga sir emasdir. 
Shunday ekan, nosog‗lom axborot oqimi va ta‘siridan yoshlarni himoyalash uchun qanday 
huquqiy mexanizmlar mavjud, degan o‗rinli savol to‗g‗iladi?
Ma‘lumki, xalqaro amaliyotda ―Kiber jinoyatlar to‗g‗risida‖ Konvensiya, ―Voyaga 
etmaganlar uchun xavfsiz Internet va on-layn resurslarni joriy qilish to‗g‗risida‖ Yevropa Ittifoqi 
Parlamenti Assambleyasining tavsiyalari, ―Bola huquqlari to‗g‗risida‖ BMT Konvensiyasini, 
―Yoshlarni himoyalash to‗g‗risida‖ Germaniya, ―Voyaga etmaganlarni ommaviy axborotning 
salbiy ta‘siridan himoyalash to‗g‗risida‖ Litva va ―Bolalarni sog‗ligi va rivojlanishiga ziyon 
etkazuvchi axborotdan himoyalash to‗g‗risida‖gi Rossiya Federatsiyasi qonunlari mavjud 
ekanligini tilga olishimiz mumkin bo‗ladi
36
.
AQSH tajribasi haqida gapiradigan bo‗lsak, shuni aytish lozimki, 2001 yili kuchga kirgan 
qonunga asosan, davlat dotatsiyasini oluvchi ommaviy muassasalarning barchasi kontent fil‘tratsiya 
tizimini urnatishi majburligi belgilanib (Child Internet Protection Act), 2001 yili 74 foiz maktablar, 
43 foiz kutubxonalar, 41 foiz oilalar (qaysi kim bolalari Internetga chiqish imkoniyatlari borlari) 
kontent fil‘tratsiya tizimini, tegishli dasturlarni urnatishdilar
37

Yevropa mamlakatlari tajribasiga murojaat qiladigan bo‗lsak Buyuk Britaniyada davlat 
strukturasi faoliyat yuritib (―Internet Watch Foundation‖), u doimiy ravishda Internetdagi xavfli 
kontentli resurslarni monitoring qilib boradi
38
.
Milliy qonunchiligimizda ham yoshlarni nosog‗lom axborotlardan himoyalashning 
mexanizmlari mavjud bo‗lib, xususan, O‗zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining 
asoslari to‗g‗risidagi Qonunda ―O‗zbekiston Respublikasida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, 
shu jumladan zo‗ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday 
hatti-harakatlar man etilishi‖, Bola huquqlarining kafolatlari to‗g‗risidagi Qonunda ―Pornografiya, 
shafqatsizlik va zo‗ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli 
ta‘sir ko‗rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‗luvchi ommaviy axborot 
vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda fil‘mlarni namoyish etish taqiqlanishi‖ 
belgilab berilgan bo‗lsada, bugungi axborot makonidagi tendensiyalar, axborot ekspansiyasi, 
agressiv axborotlarning kuchayishi milliy qonunchiligimizni va ma‘rifiy-tarbiyaviy ishlarimizni 
yanada kuchaytirishni taqoza etadi desak mubolag‗a bo‗lmas. 
36
Muminov A. O‗zbekiston: axborotlashgan jamiyat sari. T., ―Turon zamin‖, 2013, 95-96 betlar 
37
O‗sha manba, 97 bet. 
38
O‗sha manba, 97 bet. 


Zamonaviy ommaviy kommunikatsiya vositalari bizni global axborot makoni bilan bog‗lab, 
axborotni olish va tarqatish geografiyasini kengaytirib, dunyo mamlakatlari va xalqlarini 
yaqinlashtirdi. Bu ijobiy holat, albatta. Biroq, axborot makonida taxdidlar bor ekan, milliy axborot 
makonimizga chegara quyib bo‗lmasligini nazarda tutib, kelajagimiz vorislarini uylab, vayronkorlik 
va buzg‗unchilik mazmunidagi axborot oqimini cheklashimiz, yosh avlodning ma‘naviy olamining 
daxlsizligini asrashimiz kunning dolzarb vazifalaridan biri desak, mubolag‗a bo‗lmas. 
Inson o‗zida bunday madaniyatni tarbiyalashi uchun nima qilishi zarur? Buning uchun u yoki 
bu axborotni eshitar ekan, har bir inson hech bo‗lmaganda ―Bu axborotni kim uzatayapti?‖, ―Nima 
uchun uzatayapti?‖ va ―Qanday maqsadda uzatayapti?‖ degan savollarni o‗z-o‗ziga berishi, unga 
asosli javob topishga harakat qilishi kerak bo‗ladi. Ana shundagina turli g‗oyalar ta‘siriga tushib 
qolish, taqdim etilayotgan ma‘lumotlarga ko‗r-ko‗rona ergashishning oldi olinadi. Shakllangan 
axborot iste‘moli madaniyati milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga zid bo‗lgan xabar, 
ma‘lumotlarga nisbatan o‗ziga xos qalqon rolini o‗taydi, shaxs dunyoqarashi va xulqidagi sobitlikni 
ta‘minlashga xizmat qiladi.
Axborot iste‘moli ijtimoiy, aniqrog‗i, ma‘naviy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan hodisadir. 
Axborot iste‘molining xizmatlar iste‘molining o‗ziga xos shakli hisoblanadi. Ma‘lumki, har qanday 
xizmatni iste‘mol qilishdan avval uning sifati, narxi, foydasi, qulayligi va boshqa shu kabi 
xususiyatlariga e‘tibor beriladi. Bu jarayonda, iste‘mol qilinayotgan xizmatning talab-taklif 
xususiyatlari ham inobatga olinadi. Masalan, taklifi kamayib ktegan xizmatlarning iste‘mol darajasi 
yuqori bo‗lib, ularga talab kuchayadi. Mazkur xususiyatlar axborot iste‘moli jarayoniga ham xosdir. 
Biroq ma‘anviy ne‘mat bo‗lgan axborotni iste‘mol qilish o‗ziga xos tomonlari bilan ham ajralib 
turishini ta‘kidlash joiz. Xususan, axborot konkret shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat va davlat 
tomonidan iste‘mol qilinadi-ki, mazkur darajalarda iste‘mol jarayonlari bir-biridan farq qiladi. 
Masalan , biron shaxs uchun qiziqarli bo‗lgan ma‘lumot, muayyan ijtimoiy qatlam yoki guruh uchun 
ahamiyatsiz bo‗lishi mumkin. Shuningdek, axborot makon va zamon xususiyatlariga ham ega. 
Chunonchi, g‗arbda o‗ta ommabop bo‗lgan axborotlar. Sharq xalqlari tomonidan kam iste‘mol 
qilinishi mumkin. Bundan tashqari, ma‘lum bir tarixiy davrda katta qiziqish bilan kutib olingan 
ma‘lumotlar, vaqt o‗tishi bilan odatiy holga aylanishi va ijtimoiy hayotda bu tarzda in‘ikos etmasligi 
mumkin. 
Axborot iste‘moli, kim tomonidan iste‘mol qilinishidan qat‘i nazar, qabul qilish, tushunish, 
talqin etish kabi bir-biri bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan bosqichlarda amalga oshadi. 
Bugungi kunda, axborot iste‘moli jarayoni ham o‗ziga xos madaniyatni taqozo etmoqda-ki, 
madaniyatning bunday shakli insoniyat ma‘naviy madaniyatining tarkibiy qismiga aylanishi zarur. 
Axborot iste‘moli madaniyati globallashuv jarayonlarining xarakterli xususiyatlaridan biri 
bo‗lgan, Internet tarmog‗i jadal rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda, ayniqsa, muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
˗

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish