Mafkuraviy profilaktika tezkor va qisqa sur‘atlarda yoki asta-sekin, bosqichma-bosqich
amalga oshirilishi mumkin. Birinchi holatda zudlik bilan chora-tadbirlar qo‗llash lozim bo‗lsa,
ikkinchisida, doimiy va sobit qadamlik bilan ish olib borish ko‗proq natija beradi. Mafkuraviy
immunitet tizimini shakllantirishda ma‘naviy ta‘lim-tarbiya tizimiga tayangan mafkuraviy
profilaktikaning o‗rni katta. Zero, u mohiyatan, yot g‗oyalarning kirib kelishining oldini olish va
ularni yo‗qotishga qaratilgan chora-tadbirlarga tayanadi. Ta‘lim-tarbiya va targ‗ibot-tashviqot
tizimi Mafkuraviy profilaktikani amalga oshirishga yordam beradi. Sog‗lom mafkurani xalq
qalbi va ongiga singdirishga xizmat qiladigan ijtimoiy tuzilmalar, oila, maktab, mahalla, davlat
va jamoat tashkilotlari ham unda o‗z o‗rniga ega. Shuningdek, Vatan, xalq manfaatlarini, do‗stlik
va birodarlikni, o‗zaro hurmat va bag‗rikenglikni targ‗ib-tashviq etuvchi ertaklaru dostonlar,
qo‗shiqlaru raqslar, turli ko‗rinish va mazmundagi ma‘n-y-ma‘r-y tadbirlar Mafkuraviy
profilaktikani amalga oshirish shakllaridir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tobora kuchayib
borayotgan turli xavf-xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‗lib yashashimiz
zarurligini uqdirib, ―Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‗ylangan, puxta ilmiy
asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz olib boriladigan ma‘naviy tarbiya‖ hal etuvchi
ahamiyat kasb etishini ta‘kidlagan edi.
Mafkuraviy tajovuzlarning oldini olishda shu sohadagi targ‗ibot va tashviqot muhim o‗rin
egallaydi. Bu avvalo, muayyan guruh, millat, jamiyat, irq, etnik guruh, hudud xalqlariga
ma‘naviy tizim va tamoyillarni singdirishga qaratilgan tizimli va maqsadli ma‘rifiy faoliyatni
ifodalaydigan jarayondir. Shu bilan birga «Ma‘naviy targ‗ibot» yurtimizdagi turli millat, ijtimoiy
toifa, kasbu korga mansub bo‗lgan kishilarni ma‘naviy tajovuzlardan ogohlikka chorlash,
mavjud xavf va tahdidlarning mohiyatini anglab yetish, ular haqida jamoatchilik fikrini
shakllantirish, eng muhimi, milliy g‗oya asosida xalqni birlashtirish, jipslashtirish, yosh avlod
ongi va qalbida ezgu g‗oyalarga sadoqat tuyg‗ularini tarbiyalashga qaratilgan usul va amaliy
harakatlar majmuini anglatadigan tushuncha hamdir.
Barkamol farzand sog‗lom oilaviy muhitda voyaga yetadi. Bunga erishish uchun – birinchi
navbatda, ma‘naviy targ‗ibot-tashviqot ishlarini ota-onalar ongi, ularning farzandlariga bo‗lgan
munosabatini o‗zgartirishga yo‗naltirmoq lozim. Ma‘naviy targ‗ibot-tashviqotda ulug‗
ajdodlarimizning hayot yo‗li, qoldirgan merosini bir yoqlamalikka berilmay, to‗g‗ri va haqqoniy
aks ettirmog‗imiz darkor. Lekin, bunda faqat o‗tmishdagi siymolar bilan cheklanib qolmay,
bugungi kun qahramonlari, ilg‗or zamondoshlarimizdan o‗rnak olish ham muhim ahamiyatga
ega. Toki, ular yoshlar uchun tom ma‘noda ibrat namunasi bo‗lsin.
Ma‘naviy-ma‘rifiy targ‗ibot ishlarining ta‘sirchanligini ta‘minlaydigan zamonaviy
informatsion va kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish, jamiyat ma‘naviy immunitetini
kuchaytirishga qaratilgan samarali usul-uslublarni ishlab chiqish, davlat va jamoat tashkilotlari
hamda targ‗ibotchi-tashviqotchilar uchun tegishli tavsiya va qo‗llanmalarni tayyorlash bu
boradagi muhim vazifalar tarkibiga kiradi. Ma‘naviy targ‗ibot-tashviqotda keng qamrovlilik,
uzluksizlik, bosqichma-bosqichlik, meyoriylik, shaxsiy ibrat singari tashkiliy tamoyillarga amal
qilingan taqdirdagina ko‗zlangan samaraga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: