„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


Mafkuraviy gegemonizmning vujudga kelishi



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/110
Sana31.03.2022
Hajmi1,78 Mb.
#521862
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   110
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te (1)

 
2. Mafkuraviy gegemonizmning vujudga kelishi.
Hozirgi dunyoning geopolitik, 
iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasi turli mafkuralar kurashi ostida 
kechmoqda. Geopolitika – tashqi siyosatda biron bir davlat yoki mintaqaning hududiy o‗rni, 
kommunikatsion imkoniyatlarini hisobga olib yuritiladigan qarashlar asosidagi faoliyat. U 
dastlab jamiyat taraqqiyotida geografik shart-sharoitlarning o‗rnini yuqori darajaga ko‗tarish 
tarzida namoyon bo‗ldi. Natijada ayrim davlatlarda ―tabiiy sarhadlarni kengaytirish zarurati‖ 
tarzida ekspansiyani asoslovchi siyosiy konsepsiya, deb qarashga olib keldi. 
Gegemonizm (yunoncha, gegemoniya – ―yetakchilik‖, ―boshqarish‖) — turli sohalarda, 
jumladan, ma‘naviy sohada ham ustunlik va o‗z hukmiga bo‗ysundirishni anglatuvchi tushuncha. 
Gegemonizm mohiyatan dunyo barqarorligini ta‘minlash yoki uni mustahkamlashga qaratilgan 
siyosatga zid hodisa bo‗lib, ijtimoiy taraqqiyot, jamiyat barqarorligi va xavfsizligini izdan 
chiqaradi
18
. Ba‘zi davlatlarning barcha sohalarda ustunlik qilish va dunyoni o‗z hukmiga 
buysundirishga intilishi insoniyat tarixining turli bosqichlarida salbiy oqibatlarni keltirib 
chiqargan. Gegemonizm biron-bir qudratli kuchning manfaatlarini ustuvor darajada, bir 
tomonlama ta‘minlash maqsadini ko‗zlagani sababli u boshqa tomonning manfaatlariga zid 
bo‗lib, ijtimoiy, siyosiy va ma‘naviy rivojlanishga putur yetkazadi. Bunday adolatsizlik yetarli 
imkoniyatga ega bo‗lmagan davlatlar va millatlarning xalqaro jarayonlarda to‗laqonli ishtirok eta 
olmasligiga sabab bo‗ladi. Natijada, tabiiy ravishda bunday mamlakatlar xalqlarida 
gegemonlikka intilgan davlatlar va xalqlarga nisbatan nafrat, norozilik kayfiyati paydo bo‗ladi, 
dunyo hamjamiyatining barqaror rivoji davlatlararo munosabatlarga salbiy ta‘sir etadi.
Ilmiy-texnikaviy imkoniyat jihatdan ancha ilgarilab ketgan G‗arb mamlakatlari 
farovonligini saqlab qolishning birdan-bir chorasi o‗laroq Sharq mamlakatlariga nisbatan 
mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi. Buning natijasida insoniy intellekt, ma‘naviyat 
asosida shakllangan, bashariyatga behisob samara keltirgan muloqot chilparchin bo‗ldi. 
Tamaddunlararo munosabat rishta lari uzildi. Sharq bilan G‗arb o‗rtasidagi minglab yillik 
hamkorlik va aloqalar o‗rnini o‗zaro dushmanlik mafkurasi hamda siyosati egalladi. XIX asr 
nemis faylasufi G.Gesse ta‘biri bilan aytganda: «Insoniyat mavjudligini saqlab turgan ikki qutb 
— Sharq va G‗arb shu tariqa bir-biriga qarama-qarshi kuchga aylantirildi». G‗arbda Sharqqa 
nisbatan ustuvor Yevropotsentrizm, buyuk davlatchilik shovinizmi, mustamlakachilik, hududiy-
mafkuraviy ekspansionizm, imperializm, gegemonizm, mondializm va umumbashariy hakamlik 
sari intilish bilan bog‗liq g‗oyaviy-siyosiy amaliyot ko‗rinishlari shakllandi. Pirovardida, har ikki 
sivilizatsiyaga mansub xalqlar, mamlakatlar o‗rtasidagi ma‘rifiy munosabat pasayib bordi. 
Nisbatan qoloq xalq va mamlakatlarni mulki, aqliy salohiyati hamda ma‘naviyatidan judo 
etishning uslub-yo‗llari ketma-ket ishlab chiqildi. O‗sha davrlarda G‗arb geosiyosatida biron-bir 
18
Ma‘naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‗ati. Q.Nazarov mas‘ul muharrir. T., ―G‗afur G‗ulom‖ NMIU, 2013, 50-51 betlar 


makonni bo‗ysundirish, qaramlikka solish uchun u ikkinchi platsdarm deb e‘lon kilindi. Ya‘ni, 
o‗zi uzoqda joylashgan, lekin strategik ahamiyatga ega bo‗lgan, hududga yetib olish uchun 
ikkinchi bir hudud ustidan qon kechib o‗tishni yoqlovchi rejalar ishlab chiqildi. Ming yillarki, 
Sharqu G‗arbning hayotiy ehtiyojlari tinch-totuv, bahamjihat yashashga beminnat xizmat qilib 
kelgan Buyuk ipak yo‗li qon kechgan lashkarlar oyog‗i ostida toptaldi. Tabiiyki, bundan bizning 
yurtimiz ham ko‗p zarar ko‗rdi
19

1997 yilda chop etilgan "AQShning keyingi asrdagi milliy xavfsizlik strategiyasi"dan 
quyidagi parchani keltirish bugungi kunda. dunyoda kechayotgan hodisalarni tushunish imkonini 
beradi: "Biz dunyodagi integratsion jarayonlarni zaruriy o‗zanga yo‗naltirish uchun, mavjud 
siyosiy va iqtisodiy institutlar hamda xavfsizlik tuzilmalarini o‗zgartirish uchun, shuningdek, 
bizning manfaatlarimiz va qadriyatlarimizni ilgari surish uchun zaruriy shart-sharoitlar yarata 
oladigan yangi tashkilotlarni shakllantirish uchun AQShning yetakchilik rolidan foydalana 
olamiz va foydalanishimiz kerak"
20
.
Bundan kelib chiqadigan xulosa – istiqlolga erishgan kunimizdanoq boshlangan, ammo 
keyingi vaqtda kuchaygan buzg‗unchi ma‘naviy-mafkuraviy oqimlarning suverenitetimizga 
taxdid solayotganiga O‗zbekiston Respublikasi kimningdir qo‗lida qo‗g‗irchoq bo‗lishdan bosh 
tortayotgani sabab! Shu boisdan, yurtimizda demokratiya niqobi ostida gegemonizm 
o‗rnatmoqchi bo‗lganlarga va neokolonializmga intilayotganlarga Birinchi Prezidentimizning 
so‗zlari bilan javob qaytaramiz: "Biz hech qachon, hech kimga qaram bo‗lmaymiz!"
21
Jahonning istalgan nuqtasidagi har qanday ziddiyatni hal etishda AQShga teng keladigani 
yo‗q. Mamlakatning bunday gegemonlik siyosatiga qarshi bo‗lgan har qanday harakat 
Kissinjerning ta‘kidlashicha, "milliy manfaatlarga tahdiddir. Xo‗sh, Prezident G.Trumen 
davridayoq mukammal tarzda yo‗lga ko‗yilgan, bugun esa yanada shiddatli va andishasiz 
ko‗rinish kasb etayotgan bu gegemonizm nimalarda namoyon bo‗ladi?
Avvalo, siyosiy sohada. Bu borada amerikalik siyosatdonlar amalga oshirishga ulgurgan 
ishlarga o‗nlab misollar keltirish mumkin. Buyuk davlatlar o‗z yo‗rig‗iga yurishni istamagan 
davlatlarga, birinchi navbatda, siyosiy jihatdan bosim o‗tkazadi. Sanksiyalar qo‗llash bilan 
tahdid qilish, axborot xuruji, siyosiy jihatdan yakkalash va mamlakatning xalqaro maydondagi 
obro‗sini tushirish kabilar shunday vositalardandir. Qolaversa, BMT, Xalqaro Valyuta 
Jamg‗armasi, Jahon Savdo Tashkiloti, Jahon banki singari dunyoning eng yirik xalqaro 
tashkilotlaridagi yetakchi mavqei ham bosim o‗tkazishda katta imkoniyat beradi. Suriya, Sudan, 
Shimoliy Koreya, Venesuela kabi davlatlarga nisbatan olib borilgan siyosat bunga misol bo‗la 
oladi. Boshqa mamlakatlardan xalqaro huquq normalariga so‗zsiz amal qilishni talab qiladigan 
AQShning o‗zi bu normalarni ko‗p marotaba buzgan yoki ularga umuman qo‗shilmagan.
AQSH tomonidan gegemonizm siyosati iqtisodiy siyosatda ham faol qo‗llaniladi. Xech 
ko‗zingiz tushganmi, "Maykrosoft" korporatsiyasining mashhur kompyuter dasturlarini 
o‗rnatayotganingizda dastavval ekranda "Litsenziya kelishuvi" degan oyna paydo bo‗ladi. Unda 
shunday yozuv bor: "Siz ushbu kompyuter dasturini AQSH tomonidan cheklovlar joriy etilgan 
davlatlar, jumladan, Kuba, Eron, Iroq, Liviya, Shimoliy Koreya, Sudan va Suriyaga olib 
kirmaslik, bu davlatlar fuqarolariga vaqtinchalik foydalanish uchun bermaslik majburiyatini 
olasiz". Bunday cheklov AQSH Savdo vazirligining Eksport nazorati byurosi tomonidan 
Amerikada ishlab chiqariladigan barcha mahsulotlarga belgilanadi. Ushbu taqiqning demokratiya 
talablariga qay darajada mos kelishi masalasini inson huquqlari himoyachilariga qoldirgan holda 
aytmoqchimizki, bu iqtisodiy bosim o‗tkazish yo‗llaridan biri, xolos.
Gegemonizmning uchinchi asosiy ko‗rinishi madaniy siyosatda namoyon bo‗ladi. Kissinjer 
yozadi: "Biz bu millatni insonlarni ozod qilish uchun yaratdik, biz o‗z konsepsiyamiz va 
maqsadlarimiz nuqtai nazaridan olib qaraganda, Amerika bilan cheklanmaymiz va endi barcha 
insonlarning ozod bo‗ligli uchun harakat qilamiz. Agar bunday qilmasak, Amerikaning shon-
19
Milliy g‗oya va rahbar mas‘uliyati / Q.Nazarov, I.Ergashev va boshqalar. T., ― G‗afur G‗ulom‖ NMIU, 2007, 86 bet. 
20
Азроянц Э. Глобализация: катастрофа или путь к развитию? —М., "Новый век", 2002, Ст. 36. 
21
Milliy g‗oya va rahbar mas‘uliyati / Q.Nazarov, I.Ergashev va boshqalar. T., ― G‗afur G‗ulom‖ NMIU, 2007, 513 bet. 


shavkati barbod bo‗ladi, uning qudrati esa havoga uchib ketadi". Amerikanizmning mohiyatini 
mana shu so‗zlardan yanada mufassalroq anglab yetish mumkin.
Bunday siyosat odatda "madaniyatlarni boyitish", "demokratiya an‘analarini joriy etish" 
yo‗llari bilan amalga oshiriladi. O‗z qadriyatlarini saqlashga urinib, bunday "madaniy 
uyg‗unlik"ni, "demokratiya talablari"ni qabul qilmaydigan davlatlar oldida esa ikki yo‗l turadi: 
yo bo‗ysunish, yo qoloqlik, xalqaro siyosatda yakkalanish, obro‗sizlanishga duchor bo‗lish
22
.
Bu va yuqorida sanab o‗tilgan boshqa holatlar buyuk davlatlar tomonidan qo‗llaniladigan 
bosimlardan ayrim misollar xolos. Ularning bunday tashqi siyosatidan ko‗zlangan bosh maqsad - 
insoniyatning eng muhim tabiiy, moliyaviy, intellektual va informatsion resurslari ustidan o‗z 
nazoratini o‗rnatishdir.

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish