„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


 Jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta‟sirida g‟oyalarning differentsiallashuvi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

 
4. Jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta‟sirida g‟oyalarning differentsiallashuvi. 
Muayyan  g‟oyalarning  dominantlashuvi  va  ularning  oqibatlari. 
Tarixdan  ma‘lum  bo‘lgan 
real mustabid tuzumlarni qiyosiy tahlil etish ular amal qilgan mafkuralarning quyidagi umumiy 
xususiyatlarini  hamda  bu  g‘oyalarni  amalga  oshirish  bilan  bog‘liq  qator  salbiy  oqibatlarni 
aniqlash imkonini beradi. 
Avvalo, mustabidchilik mafkuralari o‘z davlatlarida ijtimoiy va shaxsiy hayotning barcha 
sohalarini  to‘liq  qamrab  olishga,  yagona  dunyoqarash  tizimi  hukmronligini  o‘rnatishga 
intiladilar. Bu mafkuralar buyuk va yorqin o‘tmishni inkor etadilar. Ular jamiyatni inqilobiy yo‘l 
bilan  yoppasiga  qayta  tuzish  zarur  va  uni  amalga  oshirish  mumkin,  deb  hisoblaydilar, 
o‘zlarigacha bo‘lgan qadriyatlarning barchasini yohud ko‘pchiligini bekor qilib, ularni faqat o‘z 
tamoyillari  bilan  almashtirmoqchi  bo‘ladilar.  Masalan,  birinchi  qarashda,  uzoq  o‘tmishga 
qaytishga  chaqiruvchi  islom  fundamentalizmi  go‘yoki  bundan  mustasnodek  tuyuladi.  Biroq, 
aslida bunda ham o‘sha andoza saqlanib qoladi. Ya‘ni Islom fundamentalizmi tarix g‘ildiragini 
o‘rta asr jaholati davriga qaytarish niqobi ostida, «ijtimoiy kazarma» tipidagi bir xillashtirilgan 
mustabid «kelajak»ning o‘ziga xos andozasini taklif etadiki, unda inson fuqarolik huquqlaridan 
to‘liq  mahrum  qilinadi,  haqiqatda  diniy  terrorga  duchor  etiladi.  Bunday  g‘oyaning  qanday 
ayanchli  oqibatga  olib  kelishini  O‘rta  asr  Yevropasidagi  inkvizitsiya  misolida  ko‘rib  o‘tish 
mumkin. 
Axborot  monopoliyasi  ham  siyosiy  va  iqtisodiy  hokimiyatni  mutlaqlashtirish  bilan 
chambarchas  bog‘liqdir:  «mustabid  tuzum»da  barcha  axborot  vositalari,  jamiyatda  muomalada 
bo‘lib  turgan  axborotning  mazmuni  ham  apparatning  qattiq  nazoratiga  olinadi.  Zo‘ravonlik 
ishlatmasdan turib butun monopoliyalar tizimini saqlash va mustahkamlash mumkin bo‘lmaydi. 
Shuning  uchun  ham  davlat  terrorizmi,  terrorni  ichki  siyosatni  amalga  oshirish  vositasi  sifatida 
qo‘llash «mustabidchilik tuzumlari» uchun xosdir. Turkistonda ham inqilobdan keyingi dastlabki 
yillarda  hukumatning  siyosiy  terror  natijasida  butun-butun  ijtimoiy  guruhlar  va  qatlamlar  yo‘q 
qilindi.  Shu  jumladan,  mustabid  tuzumning  g‘ayriinsoniy  xatti-harakatlari  tufayli  qariyb  2,5 
million  kishi  yoki  aholining  deyarli  yarmi  mahv  etilgan  edi.  O‘zbekistonda  faqat  1937-1953 
yillar  mobaynida  (bundan  urush  yillari  mustasno)  ittifoq  mustabid  mashinasi  qariyb  100  ming 
kishini qatag‘on qildi, ulardan 13 ming kishi otib tashlandi. 
Mustabid  davlatlarning  o‘ziga  xos  boshqa  xarakterli  xususiyati  jamiyatning 
harbiylashtirilishi,  «harbiy  lager»  yoki  «qamal  qilingan  qal‘a»dan  iborat  g‘oyaviy-psixologik 
vaziyatni  vujudga  keltirishdan  iboratdir.  Bunda  mamlakat  ichida  harbiy  fanatizm  vaziyati  avj 
oldirilibgina  qolmasdan,  shu  bilan  birga,  agressiv  tashqi  siyosat  ham  amalga  oshiriladi.  Bu 
siyosat harbiy-hududiy va mafkuraviy bosqinchilik qilishga, o‘zining mustabidchilik tartiblarini 
keng miqyosda qaror toptirishga qaratiladi. 
Lekin  tarixiy  haqiqat  shundan  iboratki,  mustabidchilik  mafkuralarining  turli  andozlari  va 
ularning  loyihalari  asosida  yaratilgan  demokratiyaga  qarshi  tuzumlarning  pirovard  natijada 
halokatga  uchrashi  muqarrardir.  Buni  sobiq  sotsialistik  mamlakatlar,  sovet  davlati,  gitlerchilar 
Germaniyasi  va  fashistlar  Italiyasi,  Kambodjadagi  Pol  Pot  rejimi  kabi  mutlaq  haqiqatni  da‘vo 
qiluvchi mafkuralarning tarixan istiqbolsiz bo‘lgani ham yaqqol namoyish etdi. 
Ma‘lumki,  g‘oya-inson  tafakkurida  vujudga  keladigan,  jamiyat  va  olamlarni  maqsad  sari 
yetaklayligan fikr. Unda olamni bilish va amaliy o'zgartirish maqsadlari, ularga erishish yo'llari 
va  vositalari  mujassam  bo'lali.  Falsafa  tarixida  g‘oyalar  turli  ma'nolarda  qo'llangan.  Demokrit 


atomlarni,  Platon  moddiy  bo'lmagan,  konkret  narsa  va  hodisalardan  tashqarida  bo'lgan  ideal 
mohiyatni g‘oya deb hisoblagan. Forobiy «fozil jamiyat», Navoiy «adolatli jamiyat» g‘oyalarini 
ilgari surganlar. 17-18-asrlarda g‘oya tushunchasi bilish nazariyasi bilan bog'lab izohlangan. Shu 
asosda  g‘oyalarning  kelib  chiqishi,  bilishning  turli  darajalari,  shakllari  bilan  aloqasi,  umuman 
bilish  jarayonila  tutgan  o'rni  masalalari  tahlil  qilingan.  Yangi  davrda  Kant  g‘oyalarni  aql 
tushunchalari  sifatida  asoslashga  harakat  qilgan.  Fixte  fikricha  g‘oya  «men»  ning  maqsadidan 
iborat.  Gegel  falsafasida  g‘oya  taraqqiyot  jarayonini  o'zida  to'la  gavdalantiradigan  mohiyat 
sifatida  talqin  etilgan.  Tajriba  natijalari  g‘oyada  umumlashadi  va  shu  ma'noda  bilim  shakliga 
aylanadi.  G'oya  narsa  va  hodisalarning  faqat  mavjud  xususiyatlarini  emas,  balki ularning 
rivojlanish  tendensiyalarini,  kelajakdagi  holatlarini  ham  ifoda etadi.  Ilmiy  nuqtai  nazardan 
qaraganda,  g‘oya  amaliyotga  joriy  qilsa  bo'ladigan bilimdan  iborat.  Demak,  g‘oya  bilish  va 
amaliy 
faoliyat 
o'rtasida 
faol 
bog'lovchi  
hisoblanadi  va  u  barcha  yangi  narsalarni  yaratishning  asosidir.  Fanda  esa  g‘oya  mavjud 
bilimlarni sintez qilish, umumlashtirish va qat'iy tartibga solish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Bu, 
avvalo,  har  qanday  taxminlar,  tamoyillar  va  tasavvurlarni  birlashtirib,  yaxlit  tizim  holiga 
keltiradi  va  kashf  etilayotgan  qonunlar,  ilmiy  nazariyalarning  o'zagini  tashkil  etadi.  G‘oya 
falsafiy  tafakkur  doirasida  xilma-xil  ma'nolarda  talqin  etilgan  tushunchalardan  biridir.  Bugungi 
kunda  falsafiy  tafakkur  erishgan  natijalarga  tayanib,    g‘oyaning  mohiyati,  gnoseologik maqomi 
to'g'risida  muayyan  umumiy  xulosalarga  kelingan.  Ilmiy  fakt,  muammo,  faraz,  nazariya  kabi 
voqelikni  aks  ettirish,  ilmiy  bilishning  o'ziga  xos  shakli,  yangi  bilim  va  paradigma  (sistema) 
sifatida  chiqadigan g‘oyada voqelik bundan keyin qay yo'nalishda o'rganilishi zarurligi haqidagi 
ko'rsatma,  maqsad  botiniy  tarzda  mujassamlashgan  bo'ladi  va  shu  tufayli  u  ulkan 
yo'naltiruvchilik  rolini   o'taydi.  Ilmiy  g‘oyaga  xos  bo'lgan  xususiyatlar  qarab  chiqilganda 
g‘oyaning tarixiy  taraqqiyotdagi o'rni yanada oydinlashadi. Har qanday g‘oya kabi ilmiy g‘oya 
ham  ulkan yo'naltiruvchilik  rolini  o'taydi.    Masalan,  atomlarning  mavjudligi  haqidagi 
g‘oya   asrlar  davomida  ilmiy  izlanishlarni  uni  topish,  xususiyatlarini  tadqiq  etish,  dunyoning 
tuzilishidagi  o'rnini aniqlashga  yo'naltirib  keldi.  Natijada  atom  kashf  qilindi.  Bu  kashfiyot 
olamning  tuzilishi  to'g'risidagi  tasavvurlarning  butunlay  o'zgarishiga  olib  keldi.  Ammo  ilm-fan 
taraqqiyotida  salbiy  iz   qoldirgan  g'ayriilmiy  g‘oyalar  ham  bo'lgan.  Masalan,  o'z  davrida 
kibernetika  va  genetikaning  «soxta  fan»ligini  asoslashga  qaratilgan  g‘oyaning  ustuvor  bo'lgani 
bu  fanlar  rivojini  bir  necha  yilga  orqaga surib  yubordi.  Ilmiy  g‘oyalar  taraqqiyot  omiliga 
aylanishi  uchun  ma'lum  shart-sharoit  bo'lishi  kerak,  ya'ni  jamiyatning  umumiy  bilim  darajasi 
yuzaga kelgan yangi bilimni qabul qilishga tayyor bo'lishi hamda uni tekshirib ko'rish, tasdiqlash 
yoki inkor etish imkoniyati — qurollar, vositalar, moliyaviy resurslarga ega bo'lishi lozim. Aks 
holda u ma'lum madaniy-ma'rifiy hodisa sifatida  qolib ketadi. G'oyaning voqelikka mos  kelishi 
muhimdir. 
Ijtimoiy g‘oya ilmiy g‘oyadan farq qilib, odamlarni uyushtiruvchilik xususiyatiga ham ega, 
shu bilan birga u jamiyat hayotiga bevosita ta'sir o'tkaza oladi. Bunda g‘oya ijobiy yoki salbiy rol 
o'ynashi mumkin. O'zbekistonda mustaqillik davrida milliy g‘oya konsepsiyasi ishlab chiqildi. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish