„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


Bozor  munosabatlariga  o„tishning  inson  tafakkuriga  ta‟siri



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

 1.Bozor  munosabatlariga  o„tishning  inson  tafakkuriga  ta‟siri. 
Dunyoda  yangi 
jamiyatni barpo etish va unga mos g‗oyalar tizimi-ni shakllantirishning tayyor andozasi yo‗q. Bu 


borada hatto ja-hondagi eng yuksak rivojlangan mamlakatlar tajribasini ham to‗la-to‗kis qo‗llash 
qiyin. Chunki har bir mamlakat hayotining tarkibiy tuzilishi, xalqining mentaliteti, aholi tarkibi 
va  taraqqiyot  tamoyillari  boshqa  davlatnikiga  aynan  o‗xshamaydi.  Ba‘zi  mamlakatlarda 
yaxshigina  samara  beradigan  g‗oyaviy  tamo-yillar  o‗zga  davlatlarda  hech  qanday  natija 
bermasligi yoki aksincha, muammolarni yanada chuqurlashtirishi ham mumkin. 
Shu  bois  yurtimiz  istiqlolga  erishganidan  keyin  taraqqiyot  tamoyillari  tanlab 
olinayotganida  rivojlangan  mamlakatlar  tajribasi  bilan  birga,  xalqimizning  tarixiy  qadriyatlari, 
mentaliteti,  turmush  va  tafakkur  tarzi,  milliy  davlatchilik  an‘analari,  xalqimiz  boshidan 
kechirgan tarixiy sinovlar va ularning saboqlariga alohida e‘tibor qaratildi. 
Vatanimiz mustaqillikni qo‗lga kiritgach, hayotimizda tub o‗zgarishlar yuz berdi, xalqimiz 
tabiati  va  dunyoqarashiga  yot  bo‗lgan  mustabid  tuzum  va  uning  mafkurasi  barham  topdi.  O‗z 
umrini  o‗tab  bo‗lgan  eski  mafkura  o‗rnida  yangi  ijtimoiy  munosabatlar,  xalqning  asl 
maqsadmuddaolarini  ifoda  etuvchi  ilg‗or  va  bunyodkor  ta‘limot    milliy  istiqlol  g‗oyasi 
shakllandi. 
Yurtimizda  shakllanayotgan  yangi  g‗oyalar  tizimining  asoslari  qanday  yaratildi?  Ushbu 
yo‗nalishdagi  ustuvor  vazifalar  nimalardan  iborat?  Prezident  Islom  Karimovning  asarlarida, 
ayniqsa,  «Yuksak  ma‘naviyat    yengilmas  kuch"  kitobi  va  "Mamlakatimizda  demokratik 
islohotlarni yanada chukurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi"da ushbu 
savollarga to‗liq javob berilgan. Bunday maqsad jamiyat hayotining barcha sohalariga daxldor 
ko‗pdanko‗p siyesiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma‘naviy vazifalarni amalga oshirishni takrzo etmokda. 
Insoniyat  tarixida  ro‗y  bergan  turli  voqealar,  islohotlar  va  tub  burilish  jarayonlarining 
tahlili  shundan  dalolat  beradiki,  hech  bir  mamlakatda  yangi  jamiyat  barpo  etish  va  unga  mos 
g‗oyalar  tizimini  shakllantirish,  birdaniga,  bir  kunda  amalga  oshib  qoladigan  oddiy  hodisalar 
emas.  Balki  bu  har  bir  davlat  va  jamiyat  hayotida,  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy  va 
ma‘naviyma‘rifiy sohalarda kechadigan murakkab va serqirra jarayonlarning hosilasi, muayyan 
muddatda ro‗y beradigan o‗zgarishlarning natijasidir. 
Ma‘lumki, sobiq totalitar g‗oya va yakka mafkura tizimi yangi jamiyat qurish talablariga 
mos  kelmasligi  tabiiy  edi.  Shu  sababdan  ham  o‗tgan  yillarda  jamiyatimiz  hayotining  barcha 
sohalarida  bo‗lgani  kabi,  g‗oya  va  mafkura  sohasida  ham  tub  o‗zgarishlar  ro‗y  berdi.  Mazkur 
jarayonning mazmunmohiyatini belgilaydigan asosiy jihatlar mamlakatimizda amalga oshirilgan 
tub islohotlar va o‗zgarishlar bilan uzviy bog‗liq. 
Bu,  avvalo,  sobiq  ittifoqning  parchalanishi  va  mamlakatimiz  mustaqilligining  qo‗lga 
kiritilishi tasodif yoki "fojia" emas, balki totalitar tuzum va kommunistik mafkuraga xos ko‗plab 
ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy  ziddiyatlar  asosida  sodir  bo‗lgan  qonuniyat  ekanidan  dalolat  beradi. 
Shu  ma‘noda,  mustaqillik  oson  va  o‗zo‗zidan  qo‗lga  kiritilmagan,  ya‘ni  O‗zbekistonning 
istiqloli  kimningdir  in‘omi  emas,  balki  muttasil  kurashlar  natijasida  qo‗lga  kiritilgan  ulkan 
tarixiy yutuqdir. 
Mamlakatimiz  istiqlolga  erishgan  dastlabki  kunlardan  boshlab  o‗zi  uchun  bozor 
munosabatlariga  asoslangan  huquqiy  demokratik  davlat  va  fuqarolik  jamiyati  barpo  etishga 
qaratilgan  mustaqil  taraqqiyot  yo‗lini  aniq  belgilab  oldi.  Bu  xalqimiz  va  jamiyatimiz  tarixi 
hamda  bugungi  hayotini  belgilaydigan  tadrijiy  xususiyatlarni  chuqur  o‗rganish  va  tahlil  qilish, 
hozirgi  zamonda  butun  dunyo  va  O‗zbekistonda  ro‗y  berayotgan  jarayonlarning  kelajagini 
oldindan  ko‗ra  bilish  asosida  tanlab  olingan  taraqqiyot  yo‗lidir.  Mazkur  taraqqiyot  yo‗li,  o‗z 
navbatida, islohotlarning dastlabki yillaridan boshlab, boshqa mamlakatlarda turli sohalarda ro‗y 
bergan  shoshmashosharlik  va  buzilishlarning  oldini  olish  imkonini  berdi,  demokratiyaning 
xalqarb andozalari hamda milliy an‘analarga sodiqlikning asosiy omili bo‗ldi. 
Shu  ma‘noda,  O‗zbekistondagi  bugungi  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish, 
fuqarolik jamiyati barpo etishda ham ana shunday omillar ta‘sirini, mazkur jarayonning samarali 
kechishini taminlayotgan bunyodkor g‗oyalar ahamiyatini anglab olish nihoyatda muhim. Zero, 
yangi  g‗oyalar  tizimining  shakllanishi  respublikamiz  milliy  mustaqillikka  erishganidan  buyon 
uzluksiz  ro‗y  berayotgan  barcha  ijtimoiyiqtisodiy,  siyosiyhuquqiy  va  ma‘naviyma‘rifiy 
islohotlarning asosiy bo‗g‗ini, ularning mazmunmohiyatini belgilovchi  mezonlardan biridir. Bu 


jarayon  dastlabki  yillarda  sobiq  ittifoqqa  xos  bo‗lgan  totalitar  tuzum,  yakka  mafkuraga 
asoslangan  siyosatning  tanazzuli,  fikr  qulligi  va  qaramligiga  tayanadigan  ijtimoiy  tafakkur 
tamoyillaridan voz kechish sifatida  ro‗y berdi.  O‗sha davrda jamiyatda  ana shu tuzum  o‗rnida 
shakllanayotgan yangi davlat va jamiyatning tarkibiy qismlarini yaratish, bunda yangi g‗oyalar 
tizimiga  xos  bo‗lgan  umuminsoniy  andozalar  va  milliy  xususiyatlardan  foydalanish  muhim 
ahamiyat kasb etgan edi. 
Mustaqillikni mustahkamlash jarayoni bu vazifalarni muttasil hal qilish, g‗oyaviy tarbiya 
ishlarini doimiy olib borish, o‗sibunib kelayotgan yosh avlod mafkuraviy immunitetini uzluksiz 
shakllantirib  turishni  zaruratga  aylantirdi.  Mamlakatimiz  rivojlanishiga  xos  g‗oyaviy 
tamoyillarning  hayotbaxshligi  taraqqiyotning  o‗zbek  modelini  amalga  oshirishda  yaqqol 
namoyon bo‗ldi. Jahonda tan olingan bu modelning ratsional mag‗zi jamiyatni inqilobiy tarzda 
emas,  balki  evolyutsion    tadrijiy  ravishda  isloh  etish  g‗oyasini  bosqichmabosqich  amalga 
oshirishni nazarda tutadi. Uning ko‗pchilik boshqa milliy modellardan farq qiladigan xususiyati 
shundaki, u faqat iqtisodiy rivojlanish emas, balki keng ma‘nodagi yangi jamiyatni barpo etish 
modelidir.  Bu  borada  jahon  tajribasida  mavjud  bo‗lgan  Germaniya,  Shvetsiya,  Yaponiya, 
Janubiy  Koreya,  Fransiya,  Xitoy  kabi  mamlakatlarning  taraqqiyot  modellari  ko‗proq  iqtisodiy 
modellar edi. Ular siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotni tubdan yangilashni nazarda tutgan emas. 
Ushbu mamlakatlarning  birortasida, iqtisodiy islohotlar davrida, milliy davlatchilikni, madaniy 
meros  va  ona  tilini  qayta  tiklash  singari  masalalar  ham  dolzarb  bo‗lmagan  (faqat  Janubiy 
Koreyada davlat qurilishi muhim ahamiyat kasb etgan). Ulardan farqli ravishda, o‗zbek modeli 
iqtisodiy 
munosabatlarni 
isloh 
qilish 
bilan 
birga, 
davlat 
qurilishi, 
jamiyatni 
demokratiyalashtirish, mulkdorlar sinfini, xususan, o‗rta sinfni shakllantirish, kadrlar tayyorlash, 
madaniy meros va ma‘naviyat  bilan bog‗liq boshqa ko‗plab sohalarni qamrab oladi. Bu uning 
o‗ziga xos ustuvor xususiyatlaridan biri bo‗lib, uni amalga oshirishda jamiyatni isloh etishning 
chuqur ilmiy asoslangan mashhur besh tamoyili muhim ahamiyatga ega bo‗ldi. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish