―Ommaviy madaniyat‖ globallashuv davrining maxsuli bo‗lgan OAVning yangi
ko‗rinishlari ta‘sirida dunyo mamlakatlarining barchasiga ―zamonaviy madaniyat‖ sifatida kirib
bordi. U XX asr o‗rtalarida ommaviy muloqot va axborot vositalarining jamiyat hayotiga chuqur
kirib borishi va barcha ijtimoiy guruhlar uchun yetarli bo‗lishi natijasida shakllangan va
mohiyatan barcha yoshdagi aholi uchun tushunarli bo‗lgan madaniyat namunalari (ommaviy
estrada musiqasi, sirk va h.k.) qadriyatlaridir. ―Ommaviy madaniyat‖ning keskin rivoji XX
asrning o‗rtalariga to‗g‗ri keladi. Shu vaqtdan boshlab u keng qamrov va hujumkorlik bilan
tarqala boshladi. Ommaviy axborot va kommunikatsiya (radio, kino, televideniye, ko‗p nusxali
gazetalar, suratli jurnallar, internet) vositalarining keskin rivoji va tarqatilishi – globallashuv
jarayoni bunga sabab bo‗ldi.
Chunki globallashuv davrida har qanday jarayon dunyoning u chetidan bu chetiga tez
sur‘atlar bilan ko‗chib o‗tishini inkor eta olmaymiz. Eng umumiy ma‘noda, globallashuv
muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Yer yuzini qamrab olganini
hamda ularning insoniyat taqdiriga daxldor ekanini anglatadi. Globallashuv jarayonining
hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy sababi esa, Prezidentimiz qayd
etganlaridek, bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq
qo‗shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan chambarchas bog‗lanib
borayotganidadir. Biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib
kelmaydi. Bu borada hind xalqining davlat arbobi Maxatma Gandiga ―Globallashuv jarayoniga
qanday qaraysiz?‖ degan savolni berishganda, u shunday ma‘noda javob bergan ekan: ―Men
tashqaridagi bo‗rondan qo‗rqib, derazamni yopib qo‗ya olmayman, chunki menga toza havo ham
kerak. Shu bilan birga, toza havo kerak ekan, deb derazamni katta ochib ham qo‗ya olmayman,
chunki uyimni chang-to‗zon bosib ketishini ham xohlamayman‖. Demak, biz o‗sha kirib
kelayotgan vositalarga filtr o‗rnatishimiz kerak, xolos.
Globallashuv jarayonining yana bir o‗ziga xos jihati uning mafkuraviy ta‘sir o‗tkazish
ko‗lamini haddan ziyod kengaytirib, beqiyos darajada tezlatib yuborganida ham
ko‗rinadi. ―Mana shunday vaziyatda, – deb yozadi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov, –
odam o‗z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o‗tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog‗lom
negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‗lmasa, har turli ma‘naviy
tahdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko‗rinishdagi ta‘siriga bardosh berishi
amrimahol‖.
Shunday ekan, biz ham ommaviy madaniyat bilan ―ommaviy madaniyat‖ning farqiga
borishimiz hamda ―ommaviy madaniyat‖ning ayanchli oqibatlarining oldini olish uchun
kurashishimiz lozim. Buning ayanchli oqibatlari esa ma‘lum: axloqiy buzuqlik va zo‗ravonlik,
individualizm, egotsentrizm g‗oyalarining keng tarqalishi.
―Ommaviy madaniyat‖ning maqsadi nima? Xizmat yuzasidan mamlakatimizning turli
hududlaridagi har xil soha vakillari, jumladan, ziyolilari bilan suhbatda bo‗lamiz. Ana shunday
suhbatlarda ―Ommaviy madaniyat‖ nima? degan savolga hatto aksariyat ziyolilar ham ijobiy
hodisa sifatida tasnif berishadi. Albatta, tushunish mumkin og‗zaki nutqda qo‗shtirnoqqa olib
gapirib bo‗lmaydi. Balki shuning uchun ular adashtirishayotgandir, deb o‗zimizga taskin berdik
dastlabki so‗rovlar vaqtida. Lekin keyinchalik bu savolni yozma shaklda, ya‘ni aynan
qo‗shtirnoqqa olingan holda berganimizda ham natija o‗zgarmadi. Demak, bu tushunchaning
salbiy ekanligini xalq orasida targ‗ib qilish va bu bo‗yicha tushuntirish ishlari olib borish bugun
shu soha vakillarining asosiy vazifalaridan biri ekan.
―Ommaviy madaniyat‖ o‗z ma‘nosida emas, balki ko‗chma ma‘noda ishlatilmoqda.
Chunki u qo‗shtirnoqqa olingan. Bu tushuncha haqida ko‗plab olimlarimiz ta‘rif berishdi. Biz
ham o‗z tadqiqotlarimiz tahlilidan
kelib chiqib, quyidagicha ta‘rif tuzdik:
Ma‘lum bo‗lishicha, ―ommaviy madaniyat‖ asosan zamonamiz vakillarining yangi-yangi
―moda‖lari asosida boyib boradi. Go‗yoki kim o‗sha ―moda‖ga amal qilsa, u madaniyatli deb
topiladi. Hamma ommaviy ravishda ana shu moda asosida yashashi kerak bo‗ladi. Aks holda u
zamondan orqada qolgan – madaniyatsiz deb hisoblanadi. Chunki u bugunning modasini
bilmaydi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ―ommaviy madaniyat‖ bu – ommaviy
―moda‖ niyat, ya‘ni yangicha modani niyat qilish, unga erishish va uni ommaviylashtirish
demakdir. Moda esa kimningdir foydasini ko‗zlagan holda ommaviylashtiriladi. Uning natijasida
esa inson salomatligiga zarar yetadi.
E‘tibor bering-a, ―ommaviy madaniyat‖ ham ma‘naviy saviyamizni tushirishga harakat
qilib, o‗zligimizdan ayirishga intilayotir, ham sezdirmagan holda sog‗ligimizga hujum qilayotir.
Chunki u jismonan nosog‗lom odam kimningdir ―muruvvati‖ga muhtoj bo‗lishini biladi-da.
Bundan tashqari, ko‗rib turganingizdek, ―ommaviy madaniyat‖ axloqsizlikni targ‗ib
qilmoqda va uni odamlarga madaniyat deb o‗rgatmoqda. Bu zamonaviy ma‘naviy tahdid nafaqat
axloqiy buzuqlikni, balki zo‗ravonlik, individualizm va egotsentrizmni ham keng
ommalashishiga xizmat qilmoqda. Chunki ―ommaviy madaniyat‖ ma‘naviy tuban odam
kimgadir so‗zsiz bo‗ysunishiga ishonadi-da.
Xullas, ―ommaviy madaniyat‖ning maqsadlaridan biri – odamlarni bir-biriga qarama-
qarshi qo‗yib, bir-birini va shu bilan birga, o‗zini o‗zi o‗ldirishigacha olib borish. Natijada esa
uning tarqatuvchilari dunyo va undagi boyliklarga yagona hukmron bo‗lib qolishni xohlaydilar.
Hozirgi zamon madaniyatshunosligida, odatda, ommaviy madaniyatning uchta asosiy
darajasini ko‗rsatadilar:
Kitch-madaniyat (past
darajadagi, vulgar, behayolar madaniyati)
Mid-madaniyat (―o‗rtamiyona‖ madaniyat);
Art-madaniyat (ma‘lum badiiy mazmun va estetik qiymatga ega madaniyat).
―Kitch‖ so‗zi nemislarning ―kitschen‖ olmoshidan hosil bo‗lgan va saviyasi past, arzon va
jo‗n asar yaratib, sotishni bildiradi. Bunday asarlar haqiqiy san‘at durdonalari soyasida paydo
bo‗ladigan bo‗sh,
esdan tez chiqib, unutiladigan madaniyat mahsulotlaridir.
Muammolarni cheklangan, hayotdan uzoq qilib tasvirlash, obrazlarni, g‗oya va syujetlarni
qolipga solish, mayda turmush tashvishlariga o‗ralashib qolgan qatlamga mo‗ljallangan
madaniyat asarlarini yaratish.
Mid-madaniyatning qamrovi keng, darajasi ancha baland. U an‘anaviy madaniyatning
ayrim xususiyatlarini
aks ettirsa ham, ommaviy madaniyatga bevosita taalluqlidir.
Art madaniyati odatda, aholining bilimli qismiga mo‗ljallangan ommaviy madaniyatdir.
Uning vazifasi ommaviy madaniyatni maksimal darajada an‘anaviy madaniyat standartlariga
yaqinlashtirishdan iborat.
Bundan tashqari ba‘zi bir mutaxassislar ommaviy madaniyatning yana ikki alohida turini –
Do'stlaringiz bilan baham: