„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

 
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: 
aqliy hujum,
 
Charxpalak usuli
,
 BBB texnologiyasi,
 
dialogik yondashuv, muammoli ta‟lim, blits, munozara, klaster, Galereya metodi.
  
 
1.  XXI  asrda  mafkuraviy  munosabatlar  keskinlashuvining  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy 
sabablari. 
XXI  asr  mafkuraviy  munosabatlar  o‘ta  keskinlashuvi  bilan  xarakterlanadi.  Jahonda  ro'y 
berayotgan  g'oyaviy  jarayonlar,  mavjud  mafkura  shakllari,  ularning  mohiyati,  maqsadlari  va 
o'zaro  munosabatlari  bilan  bog'liq  holat,  xususiyat  va  faoliyatini  yaxlit  tarzda  aks  ettiruvchi 
tushuncha.  Bugungi  dunyo  yaxlitlikni  tashkil  etsada,  undagi  mintaqa  va  davlatlar,  millat  va 
xalqlar tarixiy shart-sharoit, jo'g'rofiy joylashuvi, geostrategik  holatiga ko'ra turli  mavqega ega. 
Hozirgi  davr  –  dunyoda  g'oyaviy  qarama-qarshiliklar  murakkab  tus  olgan,  mafkura  poligonlari 
yadro  poligonlaridan  ham  kuchliroq  bo'lib  borayotgan  davr.  Shunday  ekan,  ularning  o'ziga  xos 
manfaatlarini ifodalaydigan mafkuraviy ta'sir usullari bo'lishi shubhasiz. Jahon siyosiy xaritasida 
ko'plab  davlatlar  mavjud  bo'lib,  ularda  turli  siyosiy  kuchlar,  partiyalar,  din  va  diniy  oqimlar, 
mazhablar, guruh va qatlamlar faoliyat ko'rsatmoqda. Ular o'zaro farqlanadigan, ba'zan bir-biriga 
zid  bo'lgan  manfaatlarga  ega.  Aynan  mana  shu  manfaatlar  o'zga  xalqlar,  turli  mintaqalar, 
davlatlarning  aholisi  yoki  ijtimoiy  guruhlar  ongiga,  turmush  tarziga  ta'sir  o'tkazish,  ularni 
bo'ysundirish uchun yo'naltirilgan maqsadlarni shakllantiradi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad 
esa muayyan joydagi kishilarga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va diniy qarashlarni singdirish orqali 
o'z  manfaatlarini  ta'minlashga  intilishdir.  Bunday  ta'sir  o'tkazishning  tinch  yo'li  ko'zlangan 
maqsadga olib kelmaganda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish, mavjud vaziyatni 
ataylab  keskinlashtirish,  kuch  ishlatish  yo'li  bilan  bo'lsa  ham,  ijtimoiy  beqarorlikni  yuzaga 
keltirishga  harakat  qilinadi.  Bugungi  dunyoning  mafkuraviy  manzarasiga  nazar  tashlansa, 
aksariyat  ilg'or  davlatlarda  umuminsoniy  qadriyatlar  va  demokratik  tamoyillarga  asoslangan 
mafkuralar  amal  qilmoqda.  Ularda  tinchlik  va  taraqqiyot,  inson  va  jamiyat  kamolotiga  xizmat 
qiladigan umuminsoniy g'oyalar ustuvordir. Shu bilan birga, inson ongida yangicha dunyoqarash 
va  tafakkur  tarzi  shakllanayotgan  hozirgi  davrda  muayyan  kuchlarning  mafkura  maydonida 
hukmronlik  qilishga,  o'z  ta'sir  doirasini  kengaytirishga  qaratilgan  intilishi  kuchayib  bormoqda. 
Tajovuzkor  millatchilik  va  shovinizm,  neofashizm  va  terrorizm,  irqchilik  va  ekstremizm 
mafkurlari  shular  jumlasidandir.  Xususan,  turli  shakllarda  namoyon  bo'layotgan  terrorchilik 
kuchli  moddiy  asosga  ega  bo'lib,  mafkuraviy  xavfi  ortib  bormoqda.  Bundan  tashqari,  e'tiqod 
umumiyligiga  asoslanish  (mas.  panislomizm),  etnik  birlikka  urg'u  berish  (mas.  panslavyanizm, 
paneronizm,  panturkizm)  va  yagona  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  siyosiy  makonda  yashash  natijasida 
yuzaga kelgan bog'liqlik asosida (mas. pansovetizm) yakka mafkuralar hukmronligini ta'minlash 
va shu yo'l bilan jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo'lib olinishga urinishlar ham ko'zga 
tashlanmoqda.  Lekin  bular  bugungi  dunyodagi  mafkuraviy  jarayonlarni  to'la-to'kis  aks  ettira 
olmaydi.  Chunki  globallashuv  sharoitida  bu  jarayonlar  yangicha  tus  va  shakllarda  namoyon 
bo'lib,  g'oyaviy-mafkuraviy  ta'sir  o'tkazishning  nihoyatda  o'tkir  quroliga  aylanib  bormoqda. 
Bunday  tahdidlarning  xatarli  jihati  shundaki,  Birinchi  Prezidentimiz  I.  A.  Karimov  ta'biri  bilan 
aytganda,  ―...  agar  harbiy,  iqtisodiy,  siyosiy  tazyiq  bo'lsa,  buni  sezish,  ko'rish,  oldini  olish 


mumkin,  ammo  mafkuraviy  tazyiqni,  uning  ta'siri  va  oqibatlarini  tezda  ilg'ab  olish  nihoyatda 
qiyin‖.  Shuning  uchun  dunyoning  mafkuraviy  manzarasida  yuz  berayotgan  o'zgarishlar 
mohiyatini  teran  anglash,  tahlil  etish  va  zarur  xulosalar  chiqarish  muhim  ahamiyatga  ega. 
Bugungi kunda geosiyosiy jarayonlar, ularning mintaqamiz va mamlakatimizga ta'siri masalalari, 
bu  borada  respublikamiz  amal  qiladigan  tamoyillar  Birinchi  Prezidentimiz  Islom  Karimov 
asarlarida  ayniqsa,  ―O'zbekiston  XXI  asr  bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari 
va  taraqqiyot  kafolatlari‖  kitobida  atroflicha  tushuntirib  berilgan.  Mamlakatimizning  ichki  va 
tashqi  siyosatiga  xos  asosiy  geosiyosiy  tamoyillar  ana  shu  asosda  amalga  oshirilmoqda.  Jahon 
hamjamiyatida O'zbekistonning yer usti va yer osti boyliklari, G'arb va Sharq orasidagi aloqalar 
markazi  bo'lmish  imkoniyati,  Markaziy  Osiyoda  aholi,  ishlab  chiqarish  imkoniyatlari,  ilmiy 
salohiyat  va  boshqa  jihatlardan  yetakchi  mamlakat  ekanligi  rivojlangan  mamlakatlarning 
geosiyosatida O'zbekiston bilan hisoblashish, u bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarni uzoq maqsadni 
ko'zlab o'rnatish zaruratini tug'dirdi. 
Asar  muqaddimada  XX  asr  so'nggida  to'liq  mustaqillikka  erishgan  respublikamiz  oldida 
turgan  asosiy  vazifalar  tahlil  etilgan  va  umumlashtirilgan.  Birinchi  Prezidentimiz  barchani  bu 
haqda  teran  fikr  yuritishga  undab,  quyidagi  masalalarni  o'rtaga  qo'yadi:  "Eng  murakkab 
savollardan  biri  shuki,  bizdagi  barqarorlik  va  xavfsizlik  yo'lida  tahdid  bo'lib  turgan 
muammolarni anglab yetyapmizmi?  
Xavfsizligimizga  tahdid  bo'lib  turgan  muammolarga  nimalarni  qarshi  qo'ya  olamiz? 
Jamiyatimizning  to'xtovsiz  va  barqaror  rivojlanishiga  biz  istiqomat  qilayotgan  mintaqada 
jo'g'rofiy-siyosiy muvozanat saqlanishiga nimalar kafolat bo'la oladi?"
10
. Ushbu savollarga javob 
berar  ekan,  Birinchi  Prezidentimiz,  avvalo,  mustaqil  qadam  tashlayotgan  mamlakat  aholisida 
ertangi kunga ishonch hissini mustahkamlash, XXI asrda yuzaga kelayotgan ko'p qirrali ijtimoiy-
siyosiy kurashlar mohiyati va maqsadini anglash ko'nikmasini hosil qilish, boshqacha aytganda, 
kishilarni turli-tuman xavf-xatarlarni oldindan ko'ra bilish, uning oldini olish yoki chetlab o'tish 
tajribasini  o'zlashtirish,  yurtimizda  barqarorlik,  tinchlik,  osudalikni  saqlab,  unga  salbiy  ta'sir 
ko'rsatuvchi  ichki  va  tashqi  omillarga  qarshi  qat'iy  kurashish,  barqaror  rivojlanishning 
zamonaviy  uslublarini  muntazam  o'zlashtirib  borish  va  bu  ko'nikmalarni  yuksak  darajada 
rivojlantirish,  taraqqiyot  omillarini  aniqlay  olish,  uni  himoyalash  va  sobitqadamlik  bilan  olg'a 
intilish  kabi  masalalarni  yaxlit  tarzda  qamrab  oluvchi  milliy  mafkura  —  milliy  g'oyani 
shakllantirishni eng muhim vazifa sifatida belgilab berdi. 
Birinchi  Prezidentimiz  fikricha,  mamlakatning  ko'p  millatli  xalqini  ushbu  masalalarga 
doimiy e'tibor qaratishga o'rgatish, buni asta-sekin hayot va turmush tarzining ajralmas qismiga 
aylantirish  bugungi  kunda  taraqqiyotimiz  uchun  qilinayotgan  barcha  ishlarning  muvaffaqiyatli 
rivojlanishiga asos bo'ladi. 
Ma'lumki,  O‘zbekistan  barqaror  rivojlanish  yo'lidan  bormoqda.  Uning  ana  shu  tinch 
taraqqiyotiga  ta'sir  ko'rsatuvchi  xavf-xatarlar  mavjudmi?  Prezident  I.A.Karimov  bu  xavf-
xatarlarni haqli ravishda alohida turlarga ajratadi, ularning mazmun-mohiyatiga e'tibor qaratadi: 
"Ikki mafkuraviy tuzumning kurashi va bu kurashning xalqaro hayotning hamma sohalariga soya 
tashlashi  ostida  o'tgan  kuchli  qarama-qarshilik  barham  topdi.  Ammo  shundan  keyin  ham  bizni 
qurshab turgan dunyo, ko'plar kutganidek, osoyishtaroq bo'lib qolgani yo'q. 
Unda mojarolar kamaymadi. Dunyoda yangi tartiblarni shakllantirish jarayoni mintaqalar 
darajasidagi  va  mintaqalar  ichidagi  eskidan  saqlanib  kelayotgan,  zimdan  tutab  yotgan,  har  xil 
tarixiy, etnik, siyosiy, diniy va boshqa sabablarga ega bo'lgan mojarolarning keskinlashuvi bilan 
birga  yuz  berdi.  Bu  mojarolar  ilgari  ikki  tuzumning  dunyo  miqyosidagi  qarama-qarshiligi 
doirasida ko'pincha u yoki bu kuchlar qutbining manfaatlari yo'lida "bostirib kelgan" edi. Bundan 
tashqari,  yangi  mintaqaviy  mojarolarning  vujudga  kelishi  va  ularga  turli  tashqi  kuchlar  o'z 
jo'g'rofiy-strategik intilishlari doirasida jalb etilishidan iborat xavflar ham mavjud"
11

Birinchi  Prezidentimiz
  fikricha,  yangi  yuz  yillikda  mintaqaviy  mojarolarning  ta'siri  aniq 
qurolli harakatlar, ochiq keskinlik bilan ko'rinmaydi. U virus kabi sezilarsiz tarzda kirib keladi, 
                                                 
10
Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo'lida. 6-jild. — T.: «O'zbekiston»,1998.— 33-bet 
11
O‘sha asar. 41-bet  


o'zi  kuchayib,  qolganlarni  holdan  toydirib,  shu  farovon  mintaqani  tanazzul  yoki  portlash  sari 
yetaklaydi. Shuning uchun davlatimiz mintaqaviy mojarolarning salbiy oqibati to'g'risida ma'lum 
tushunchaga  ega  bo'lishi  va  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  hamda  boshqa  xatti-harakatlarni,  yuz 
berayotgan  voqealarni  kuzata  olish,  bu  haqda  mustaqil  fikrlab,  to'g'ri  xulosa  chiqarish,  mojaro 
kirib  kelishiga  yo'l  qo'ymaslik,  unga  qarshi  kurashish  kabi  dunyoqarashning  xalq  orasida 
ommaviy shakllanishiga erishishi shart. 
Mintaqaviy  mojarolar  bir  davlatga  ommaviy  ta'sir  ko'rsatish  xususiyatiga  ega  bo'lgani 
kabi  unga  qarshi  kurash  ham  butun  xalqni  qamrabolishi,  ommaviy  bo'lishi,  ya'ni  xalq 
mafkurasiga aylanishi lozim. 
Birinchi  Prezidentimiz
  mamlakatimizdagi  barqaror  rivojlanish,  tinchlikka  tahdid  soluvchi 
og'ir xavflardan  yana biri  sifatida diniy ekstremizm  va fundamentalizmni qayd  etadi.  "E'tiborni 
odamlarning diniy e'tiqodlari bilan bog'liq har qanday muammo g'oyat nozik ekanligiga, ularning 
diniy  ma'naviy  qadriyatlari  bilan  shiorlardan,  xususan,  islomni  qayta  tiklash  shioridan 
foydalanayotgan  muayyan  kuchlar  ko'zlayotgan,  dinga  aloqasi  bo'lmagan  siyosiy  va  boshqa 
tajovuzkor maqsadlar  o'rtasidagi  farqni  tushunib  olishlariga  erishish  zarurligiga  qaratishni 
istardim"
12

Asarning  ushbu  qismida  islom  tamaddun  taraqqiyotiga  qanchalik  hissa  qo'shgani, 
jumladan,  ulug'  allomalarimizning  bu  boradagi  o'rnini,  shuningdek,  ko'plab  siyosiy  oqimlar, 
guruhlarning  islom  niqobi  ostida  amalga  oshirayotgan  xatti-harakatlari  nafaqat  islom  diniga, 
balki  boshqa  e'tiqoddagi  xalqlar,  millatlarga,  hatto  islom  dinining  o'ziga  ham  qanchalik  salbiy 
oqibatlar  olib  kelayotganini  batafsil  sharhlab  beradi.  Ta'kidlash  kerakki,  islom  e'tiqodidagi 
ekstremistik  guruhlar  yoki  ularni  qo'llab-quvvatlayotgan  boshqa  siyosiy  kuchlar  qanday  yo'l 
bilan  bo'lishidan  qat'i  nazar,  ma'lum  davlat  siyosatiga  ta'sir  ko'rsatishga,  o'sha  davlat 
erishayotgan  yutuqlarini  chippakka  chiqarishga  yoki  o'zga  davlatning  ma'lum  ta'sir  doirasiga 
tushirishga  yoxud o'sha davlatning siyosiy hokimiyatini egallab, o'z guruhlari tomonidan ishlab 
chiqilgan siyosat va qonun normalarini joriy etishga harakat qiladi. Islom fundamentalistlari turli 
urushlar,  keskinliklar  odamlarga  ofat  keltirgan  qadimgi  zamonlarda  islom  birligi  va  islom 
g'oyalari  targ'iboti  odamlar  hamda  madaniyatning  yuksalishiga  ijobiy  ta'sir  ko'rsatganini  dastak 
qilib,  o'sha  ta'sirni  hozirgi  davrga  moslashtirgan  holda  qayta  joriy  etishga  intilmoqda,  ya'ni 
barcha  ellarni  yagona  islom  boshqaruvi  ostida  birlashtirib,  "farovon  islom  olamini  yaratgan" 
islom  xalifaligini  tiklash,  unga  kirmaganlarga  qarshi  jihod  yoki  muqaddas  urush  e'lon  qilish 
yo'lidan  bormoqda.  Bundan  tashqari,  rivojlangan  mamlakatlar,  ayniqsa,  G'arb  davlatlarining 
iqtisodiy va texnik taraqqiyot nuqtai nazaridan Sharq mamlakatlariga ta'sir ko'rsatishga urinishi, 
shu  mamlakatlarning  moddiy  iqtisodiy  boyliklaridan  foydalanish  asosida  ularni  o'z  ta'siriga 
tortishni  turli  uslublarda  majburiy  amalga  oshirishga  urinishi,  islom  mamlakatlarini  mensimay 
ichki  va  tashqi  munosabatlariga  aralashishlari  ham  islom  fundamentalistlari  safining 
kengayishiga,  shunday  ruhdagi  yangi  guruh,  oqimlarning  yuzaga  kelib  tarqalishiga  ta'sir 
ko'rsatmoqda. 
Shunday ta'sirlar oqibatida turli-tuman fundamentalistik guruhlarda islom mamlakatlarini 
yagona boshqaruv ostida birlashtirish kerak, degan noto'g'ri fikr tug'ilishiga zamin hozirlayapti. 
Bu  esa  asrlar  davomida  taraqqiyot  yo'lidan  borgan  turli  islom  xalqlari  diniy  va  dunyoviy  urf-
odatlari,  e'tiqodlarini  isloh  qilish  kerak,  degan  tushunchaga  yo'l  ochib,  oqibatda  qo'poruvchilik 
bilan  shug'ullanayotgan  diniy  guruhlar  va  davlat  o'rtasidagi  qonli  to'qnashuvga  sabab  bo'lyapti. 
Bundan  tashqari,  fundamentalistik  guruhlarning  o'z  e'tiqodlariga  mansub  manfaat  va  siyosiy 
xatti-harakatlari ham atroflicha tahlil qilib berilgan. 
Birinchi  Prezidentimiz
  asarning  "Buyuk  davlatchilik  shovinizmi  va  agressiv  millatchilik" 
qismida  mamlakatimizning  ozod  va  obod  taraqqiyot  tamoyillariga  halokatli  ta'sir  ko'rsatishi 
mumkin bo'lgan yana bir xavf to'g'risida bor haqiqatni ochib beradi: "Tarixiy tajribaga asoslanib, 
bu hodisani muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan bo'ladigan siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy 
                                                 
12
Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo'lida. 6-jild. — T.: «O'zbekiston»,1998.— 52-bet  


hukmronlik  deb  yoki  millatlararo  va  davlatlararo,  mintaqaviy  munosabatlarda  unga  intilish  deb 
ta'riflash mumkin. 
Shovinizm ba'zi ko'p sonli millatlarning nafaqat ko'p millatli imperiya doirasida, balki uni 
o'rab  turgan  jo'g'rofiy-siyosiy  makonda  ham  o'zining  mutlaq  hukmronligini  o'rnatish  uchun 
kurashda namoyon bo'ladi"
13

Asarda  buyuk  davlatchilik  shovinizmi  va  agressiv  millatchilik  ko'plab  misollar 
yordamida  teran  tahlil  etiladi.  Lekin  bu  fikrni  faqat  shu  davlatlarga  oid  ekan  deb  qaramaslik 
kerak, bugungi  fan-texnika va axborot almashinish taraqqiyoti tobora  yuksalayotgan XXI  asrda 
shovinizm va millatchilik yangi shaklda namoyon bo'lmoqsa. Bu illat hozirgi kunda jahonshumul 
qurolli  to'qnashuvlar  bilan  emas,  balki  iqtisodiy,  siyosiy,  huquqiy,  ma'naviy,  integrasion  va 
boshqa  blokadalar  (siqib  qo'yish)  orqali  namoyon  bo'lmoqda.  Shuningdek,  hozir  bu  usul  ish 
bermagan  taqdirda,  tarixiy  uslub,  ya'ni  qurolli  harbiy  tazyiq  asosida  tasarruf  etish,  bosib  olish 
yoki majburan ta'sir doirasiga kiritish tamoyillari ham qo'llanilayotir. Chunonchi, go'yoki biznes 
faoliyati,  aslida  esa  maqsadi  boshqa  bo'lgan  turli  loyihalarga  yoxud  nodavlat  tashkilotlar  ta'sir 
doirasiga  olish,  ommaviy  axborot  vositalari  yordamida  provakasion  tashviqotlar  uyushtirish 
orqali  o'z  g'oyalarini  singdirish  yo'nalishlari  ham  uning  asosiy  shakllaridandir.  Rivojlangan 
davlatlardagi  ayrim  guruhlar  tomonidan  amalga  oshirilayotgan  bunday  xatti-harakatlarning  asl 
mohiyati  to'g'risida  to'g'ri  tushunchaga  ega  bo'lish,  dunyoqarashni  ham  aniq  belgilab  olishga 
yordam berishini bugungi O'zbekistonning har bir fuqarosi yaxshi bilishi lozim. 
Birinchi  Prezidentimiz
  bu  asarda  etnik  va  millatlararo  ziddiyatlar  yosh  respublikamiz 
taraqqiyoti  uchun  jiddiy  xavf  ekanini  alohida  ta'kidlaydi.  Asarda  tarixiy  etnik  va  millatlararo 
nizolardan  qator  dalillar  keltiradi  hamda  bunday  nizolarning  asosiy  omillari  ko'rsatib  beriladi. 
Bildirilgan  fikr  va  ko'rsatilgan  asoslar  faqat  mamlakatimizni  qamrab  olmaydi,  ular  bugungi 
dunyoda  mavjud  etnik  va  millatlararo  muammolarning  qayerda  bo'lishidan  qat'i  nazar, 
barchasiga birday taalluqlidir. Chunki hozirda ko'pmillatli bo'lmagan davlatlarning o'zi juda oz. 
Shunga ko'ra, ushbu ziddiyatlarni ko'pmillatli davlatlar va ularning qo'shnichilik xususiyatlariga 
ko'ra  ham  tahlil  etish  kerak.  Shunisi  xarakterliki,  etnik  va  milliy  nizolar  maqsadiga  ko'ra  ichki 
yoki tashqi asosli bo'ladi. Ba'zan ichki asoslar sababli yuzaga kelgan nizolarga, ma'naviy, etnik, 
milliy  yoki  boshqa  manfaatlar  tutash  va  yaqin  bo'lishiga  qarab,  tashqi  sabablar  ham  aralashib 
ketadi.  Oqibatda  ichki  nizolar  davlat  yoki  mintaqa  doirasidan  chiqib,  xalqaro  maydonda 
davlatlararo tus oladi. Ta'kidlash kerakki, bizning mintaqamizda millatlararo va etnik ziddiyatlar 
hozirgi kunda iqtisodiy, jo'g'rofiy, siyosiy, moddiy va diniy ziddiyatlar bilan qo'shilib ketmoqda. 
Ayni vaqtda, bu ziddiyatlarning tub asoslari odilona tahlil etilmagani tufayli muammolar bartaraf 
etilishi o'rniga, ularni chuqurlashtirishga yo'l qo'yilmoqda. 
Yuqoridagi  muammolarga  nafaqat  biz  uchun,  balki  har  qanday  rivojlangan  kuchli 
davlatning barqarorligi va taraqqiyotiga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan kuchli tahdidlar sifatida 
qarash kerak. 
Buzg‘unchi  g‘oyalar  xalqlar  boshiga  so‘ngsiz  kulfatlar  keltiradi.  Bunga  olis  va  yaqin 
tarixdan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Inson va jamiyat bor ekan, ezgu g‘oyalarning ziddi 
bo‘lgan  zulm  va  zo‘ravonlik,  qabohat  va  jaholat  yangi-yangi  shakllarda  namoyon  bo‘lishga 
urinadi.  Lekin  ular  odamzotning  adolat,  tinchlik  va  birodarlik,  taraqqiyot  va  farovonlik 
g‘oyalariga tayanib, oliy maqsadlar sari intilishlarini aslo to‘xtata olmaydi. 
Demak, 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish