„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


  “Kuchli  davlatdan  –  kuchli  fuqarolik  jamiyati  sari”  tamoyili,  uning  barcha



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

2.  “Kuchli  davlatdan  –  kuchli  fuqarolik  jamiyati  sari”  tamoyili,  uning  barcha 
sohalardagi ma‟naviy  yangilanish va tafakkur o„zgarishidagi  o„rni  va ahamiyati.
  "Kuchli 
davlatdan  —  kuchli  fuqarolik  jamiyati  sari"  dasturiy  vazifasining  mazmunmohiyati  shundan 
iboratki,  jamiyatning  ijtimoiysiyosiy,  ijtimoiyiqtisodiy  qudrati  mustahkamlanib,  jamiyatning 
siyosiyhuquqiy  madaniyat  saviyasi  yuksalib  borgani  sari  mamlakatni  isloh  qilishning  tanlab 
olingan  shakli  mantig‗ining  o‗zi  mamlakatni  kelgusidagi  demokratik  yangilanish  borasidagi 
vazifalar  va  eng  avvalo,  boshqarishda  fuqarolarning  rolini  kuchaytirish  borasidagi  vazifalarni 
ilgari sura boshlaydi. 
Bu,  birinchi  navbatda,  davlatning  rolini  bosqichmabosqich  va  izchil  kamaytirib  borish 
hamda  bir  vaqtning  o‗zida  fuqarolarning  o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlari  —  mahallaning 
vazifalari  va  vakolatlarini  kengaytirish,  aholining  turli  qatlam  hamda  guruhlari  manfaatlarini 
ifodalovchi  va  himoyalovchi  siyosiy,  ijtimoiy  institutlarning  rolini  oshirishga  doir  masalalarga 
tegishli.  Shunisi  ham  o‗ta  muhimki,  ular  markazda  va  joylarda  davlat  hokimiyatini 
shakllantirishda,  ularning  faoliyati  ustidan  nazoratni  amalga  oshirishda  fuqarolar  ishtirokini 
kengaytirish masalalariga ham tegishli. 
Aholining keng qatlamlari qo‗llabquvvatlaydigan, xalq orasida chuqur ildizga ega bo‗lgan 
mustaqil, mustahkam, barqaror, ixcham turlituman fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish 
ham  O‗zbekistonda  rivojlangan  bozor  iqtisodiyoti  bilan  demokratik  jamiyat  qurishning  eng 
muhim  tarkibiy qismiga  aylanmoqsa. Xalqning  an‘analari va madaniyatini  aks ettiruvchi,asrlar 
davomida shakllangan o‗zini o‗zi boshqarish tajribasi zamonaviy demokratik jarayonlarga ham 
o‗z ta‘sirini ko‗rsatmoqda. 
2008  yilning  yanvaridan  kuchga  kirgan  "Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada 
demokratlashtirish  hamda  mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy  partiyalarning  rolini 
kuchaytirish    to‗g‗risida"gi  Konstitutsiyaviy  qonun  bu  boradagi  imkoniyatlarni  yanada 
kengaytirdi. Mazkur qonun mamlakatimizning huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati 
qurish yo‗lidan izchil va olg‗a qarab borishida yana bir muhim qadamdir. 


Umuman  olganda,  O‗zbekistonda  o‗zining  yangilanish  va  taraqqiyot  modeli  asosidagi 
davlat va jamiyat qurilishi tizimini rivojlantirish quyidagilarga imkon yaratdi: 
birinchidan, ijtimoiysiyosiy va ijtimoiyiqtisodiy tizimni isloh qilish va modernizatsiyalash 
jarayonlarining bosqichmabosqichligi va izchilligini ta‘minlash; 
ikkinchidan,  milliy  an‘analar  va  qadriyatlarni  avaylabasrashni  ko‗zda  tutuvchi  milliy 
davlatchilikni tiklash; 
uchinchidan, huquqiy davlat qurilishining ustuvor yo‗nalishlari, vazifalari va tamoyillarini 
belgilash 
hamda 
davlat 
va 
jamiyat 
institutlari 
tizimining 
yanada 
shakllanishi, 
mustahkamlanishiga ko‗maklashish; 
to‗rtinchidan, ta‘sirchan ko‗ppartiyaviylik tizimi va boshqa jamoat tashkilotlarini vujudga 
keltirish,  davlat  markaziy  organlarining  ayrim  vakolatlari  va  vazifalarini  mahalliy  hokimiyat 
organlari, ijtimoiy tuzilmalar, fuqarolarning o‗zinio‗zi boshqarish organlariga bosqichmabosqich 
va  izchil  o‗tkazishni  ko‗zda  tutuvchi  "Kuchli  davlatdan    kuchli  fuqarolik  jamiyati  sari" 
konsepsiyasini hayotga joriy qilish. 
Bir  so‗z  bilan  aytganda,  mamlakatimizda  siyosiy  sohadagi  islohot  va  modernizatsiya 
strategiyasini  amalga  oshirish  erkin  saylovlar  va  siyosiy  partiyalarning  jahon  andozalari  va 
jamiyatimiz  taraqqiyoti  tamoyillariga  mos  yangi  tizimi  shakllanishiga  olib  keldi.  Bu 
o‗tkazilayotgan islohotlarning tizimliligi, izchilligi va uzviy bog‗liqligini ko‗rsatib turibdi. 
Jamiyat  hayotida  yangi  goyalar  tizimini  shakllantirishning  asosiy  tamoyillari  orasida 
umuminsoniy  jihatlar  va  milliy  xususiyatlarga  tayanish  zarurati  alohida  ahamiyat  kasb  etadi. 
Mazkur  jarayon  ana  shu  ikkita  omil  asosida  amalga  oshayotganligi  va  ularning  har  biriga  xos 
rivojlanish  qonuniyatlarini  o‗zida  uyg‗unlashtirgani  bilan  tavsiflanadi.  Bu  nuqtai  nazardan 
mamlakatimizga xos yangi g‗oyalar tizimi shakllanishining quyidagi tamoyillari alohida ajralib 
turadi: 
1) 
tarixiylik,  ya‘ni  shu  sohada  insoniyat  taraqqiyotining  hozir  gi  davrgacha  o‗lgan 
yutuqlariga asoslanish bilan birga, xalqi mizning shu kungacha erishgan barcha yutuqlari, amaliy 
faoliyati  natijalaridan,  milliy  qadriyatlari,  ma‘naviy  boyliklari  va  an‘analaridan      unumli 
foydalanish; 
tizimlilik    jamiyat  hayotining  ijtimoiysiyosiy,  iqtisodiy,  ma‘naviyma‘rifiy  sohalarida 
amalga oshirilayotgan o‗zgarishlarni bir butun va yaxlit jarayon sifatida qarash; 
ijtimoiy o‗zgarishlarning ortga qaytmasligi, doimo o‗tmishdan bugun orqali kelajak tomon 
uzluksiz jarayon sifatida amalga oshishini hisobga olish. Shu asosda  yangiliklar orasidan ijobiy 
jihatlar va xususiyatlarga ega bo‗lganlarini ajratib olish, tanlash va ularni hayotga tadbiq etish; 
umuminsoniylik va milliylik tamoyillari ham  yangi g‗oyalar tizimi shakllanishida muhim 
o‗rin  tutadi.  Jamiyatimizni  yangilashda,  bir  tomondan,  yurtimiz  tarixi,  milliy  an‘analar  va 
xalqimizning  o‗tmishda  to‗plagan  tajribasi,  ikkinchi  tomondan  esa,  bugungi  dunyoda  ro‗y 
berayotgan o‗zgarishlar va yangilanishlar, umumbashariy andozalar muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bu,  avvalo,  O‗zbekistonni  jahon  hamjamiyatining  tarkibiy  qismi  va  xalqaro  munosabatlarning 
teng huquqli a‘zosi sifatidagi o‗rni, mavqeini belgilashning asosiy omillaridan biri bo‗lmoqda; 
yangi  g‗oyalar  tizimi  shakllanishi  ko‗pmillatlilik  va  ko‗p  konfessiyalik  sharoitida 
jamiyatning  barcha  a‘zolari,  aholi  qatlamlarining  hamjihatligi  va  ijtimoiy  bag‗rikenglik 
tamoyiliga  ham  asoslanadi.  Bu  tamoyil  istiqlolning  dastlabki  kunlaridanoq  mamlakat  hayotini 
demokratlashtirish va liberallashtirishning asosiy omillaridan biri sifatida qaralgani bejiz emas; 
an‘anaviylikka  tayanish  va  yangilanishga  intilish  tamoyili  ham  O‗zbekistonda  yangi 
g‗oyalar  tizimi  shakllanishi  jarayonining  tarkibiy  qismidir.  Ya‘ni,  O‗zbekiston  misolida  yangi 
g‗oyalar  tizimi  shakllanishi  jarayonini  ilmiyfalsafiy  nuqtai  nazardan  o‗rganish,  uning  birbiri 
bilan  uzviy  aloqador  tushunchalar,  chunonchi,  "an‘ana  va  yangilanish",  "inkor  va  vorislik" 
bog‗lanishlari  orqali  amalga  oshayotganini  ko‗rsatadi.  Xuddi  shu  ma‘noda,  istiklol  ,  ning 
dastlabki  yillaridayoq  mamlakatimiz  hayotiga  xos  o‗zgarish  va  yangilanishlar  jarayonining 
asosiy  tamoyillari  sifatida  "Yangisini  qurmasdan,  eskini  buzmaslik",  "O‗tmishni  yozg‗irishdan 
ko‗ra  ezgulik,  yaratuvchanlik  va  bunyodkorlik  yo‗lidan  og‗ishmasdan  borish»  to‗g‗risidagi 
xulosalar asos qilib olingani bejiz emas. 


Uzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  Uzbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisi  Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  qo‗shma  majlisidagi  (2010  yil)  "Mamlakatimizda 
demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish 
Konsepsiyasi" haqidagi ma‘ruzasi bu borada yangi bosqichning boshlanganini anglatadi. Ushbu 
Konsepsiya  hozirgi  davrda  jamiyatimizni  bosqichmabosqich  yangilash,  mamlakatni  isloh  etish 
va uning taraqqiy etgan davlatlar qatoridan o‗rin olishiga xizmat qiladigan jarayonning umumiy 
tamoyillari  va  xususiyatlariga  asoslangan  yaxlit  tarixiy  hujjatdir.  U  istiqlol  yillarida 
mamlakatimizda  amalga  oshirilgan  tub  islohotlarning  mantiqiy  natijasi,  jamiyat  hayotini 
yangilash yo‗lidagi muhim qadamdir. 
Konsepsiyada  o‗tgan  davr  mobaynida  hayotimiz  sifati,  mamlakatimiz  qiyofasi  qanday 
o‗zgarib  borayotgani,  qanday  yutuq  va  natijalarga  erishilgani,  yurtimizning  ijtimoiy 
yo‗naltirilgan  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  ochiq  demokratik  davlat  va  fuqarolik  jamiyatini 
barpo etish yo‗lida qanday sur‘atlar bilan rivojlanib borayotganiga alohida e‘tibor qaratildi. Bu 
borada xalqimiz oldiga qo‗ygan uzoq muddatli strategik maqsadlar, ya‘ni zamonaviy rivojlangan 
demokratik davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotning barqaror o‗sishini ta‘minlash, hayot sifatini 
yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o‗rin egallash borasidagi sa‘yharakatlarga bugungi 
kun nuqtai nazaridan xolisona baho berildi. 
Mazkur Konsepsiyaning tahlili bugungi kunda mamlakatimizda yangi g‗oyalar tizimining 
shakllanishi yana quyidagilarda namoyon bo‗layotganidan dalolat beradi: 
 qonunchilik  hokimiyati  bo‗lmish  parlamentning  roli  va  ta‘sirini  kuchaytirish, 
hokimiyatning  qonunchilik,  ijro  va  sud  tarmoqlari  o‗rtasida  yanada  mutanosib,  barqaror 
muvozanatga erishish; 
  hokimiyatning barcha tarmoqlari qatori sudhuquq tizimini yanada liberallashtirish; 
demokratik  yangilanish  jarayonini  chuqurlashtirish  va  fukarolarning  erkinliklarini 
ta‘minlash,  siyosiy  partiyalar  va  jamoat  tashkilotlarining  o‗rni  hamda  ahamiyatini  yanada 
oshirish; 
bu  jarayonning  muhim  sharti    ommaviy  axborot  vositalarini  rivojlantirish  uchun 
demokratik andozalarni joriy etish bo‗yicha aniq va izchil choralarni amalga oshirish; 
bozor  islohotlarini  chuqurlashtirish  va  iqtisodiyotni  erkinlashtirish  jarayonida  kuchli 
ijtimoiy himoya siyosatini yanada samaraliroq amalga oshirishga erishish. 
Ushbu Konsepsiyani amaliyotga tadbiq etishda quyidagilarga e‘tiborni oshirish zarur. 
Birinchidan,  bu  borada  mamlakatimiz  siyosiy  hayotining  barcha  sohalarini,  davlat  va 
jamiyat  qurilishini  yanada  erkinlashtirish,  aholining  siyosiy  faolligini  oshirish,  fuqarolarimizda 
milliy  va  umumbashariy  qadriyatlarga  asoslangan  siyosiy  madaniyatni  shakllantirish  muhim 
ahamiyatga  molik.  Bu  esa  yurtimizda  barpo  etilayotgan  jamiyatda  hokimiyatning  barcha 
tarmoqlari,  nodavlat  tashkilotlar  va  fuqarolik  institutlari  faoliyatining  samarasini  oshirishga 
jiddiy  e‘tibor  qaratilayotganini  anglatadi.  Bu,  o‗z  navbatida,  yuksak  siyosiy  madaniyatga  ega 
bo‗lishni,  hayotni  erkinlashtirish  orqali  fuqarolardan  o‗z  manfaatlarini  davlat  va  jamiyat 
manfaati bilan uyg‗unlashtirishni talab qiladi. 
Ikkinchidan,  jamiyatimizdagi  turli  manfaatlar,  xilmaxil  kuchlar  va  harakatlar  o‗rtasidagi 
muvozanatni  ta‘minlaydigan  samarali  mexanizmni  takomillashtirish,  siyosiy  hayotda  haqiqiy 
ma‘nodagi ijtimoiy sherikchilik tamoyilini qaror toptirish ham dolzarb masalalar qatoriga kiradi. 
Uchinchidan,  demokratik  institutlarning  mustaqil  faoliyat  ko‗rsatishi  uchun  yanada 
kengroq  shartsharoit  yaratish,  hokimiyatning  konstitutsiyaviy  bo‗linish  tamoyiliga  qat‘iy  amal 
qilish, jamiyat a‘zolarining barcha siyosiy, ijtimoiy salohiyatini, tashabbus erkinligini ro‗yobga 
chiqarish  uchun  zarur  imkoniyatlarni  ishga  solish  islohotlarjarayonining  tarkibiy  qismiga 
aylandi. Bu  mamlakatimizda demokratiya tamoyillariga asoslangan, qonun ustuvorligi tamoyili 
asosida  ishni  faol  tashkil  qiladigan,  o‗z  mohiyatiga  ko‗ra,  jamiyatning  olg‗a  siljishiga  xizmat 
qiladigan samarali tizimni yanada takomillashtirish demak. 
To‗rtinchidan,  mahalliy  hokimiyat  va  fuqarolarning  o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlarining 
faoliyat doirasini kengaytirish, nodavlat va jamoat tuzilmalarining huquqi va nufuzini oshirishni 
ko‗zda  tutadigan  "Kuchli  davlatdan    kuchli  jamiyat  sari"  konsepsiyasini  amalga  oshirish 


zaruratini  yanada  chuqurroq  anglash,  bu  borada  mamlakatni  yanada  demokratlashtirish  hamda 
modernizatsiya  qilishning  ustuvor  vazifalarini  amalga  oshirish  lozim.  Bu  hech  qaysi  zamonda 
osonlikcha  hal  bo‗lmaydigan,  odamlarning  tafakkuri  va  dunyoqarashi  o‗zgarishini  taqozo 
etadigan, jamiyatni tubdan yangilashni talab qiladigan serqirra va murakkab jarayon. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish