Bitiruvchilarda esa aksincha, san‘atni kundalik tashvishlardan xalos etish vositasi deb
qarash eng yuqori ball, ya‘ni 53,5 foiz ovoz oldi, ya‘ni so‗rovda qatnashgan bitiruvchilarning
shunchasi san‘atga shunday vosita deb qarar ekan. Ularning orasida san‘atga estetik zavq berish
manbasi deb qarovchilar ham oz emasligi ma‘lum bo‗ldi. Birinchi kurslarga nisbatan san‘atni
ijodga rag‗batlantiruvchi vosita deb qarovchilar 7,7%, qadriyatlarni shakllantirish vositasi deb
qarovchilar esa 5,2% kam ekan.
―Ommaviy madaniyat‖ning hayotimizga bostirib kelishida dastlab ommaviy axborot
vositalari asosiy rolni o‗ynadi. Bugunga kelib esa, reklama uning ajralmas yo‗ldoshiga aylanib
qoldi. Bozor qonuniyatlari ―ommaviy madaniyat‖ mahsulotlarini keng tarqatishdan manfaatdor
bo‗lib maydonga chiqmoqda. Zamonaviy audio-videotexnikalar, ovoz yozish va kuchaytirgich
asboblarining yuzlab turlari ―ommaviy madaniyat‖ mahsulotlari reklamasi bilan kun
ko‗rmoqdalar. U sanoat asosiga ko‗chirilgach, o‗rtacha, bo‗sh ―ommaviy madaniyat‖
mahsulotlarini ko‗paytirish va sotish bo‗yicha qudratli tizim yaratildi. Istagan do‗kondan
dunyoning har qanday xonanda yoki sozandasi ijro etgan qo‗shiq, klip audiovideotasmasini
topish mumkin. San‘atga, ―ommaviy madaniyat‖ga mas‘uliyatsizlik bilan munosabatda
bo‗ladigan, yengil-yelpi ijod bilan elga tanilgan san‘atkorlar armiyasi paydo bo‗ldi. O‗zlari shoir,
o‗zlari kompozitor bo‗lgan, musiqiy maxsus bilimi bo‗lmagan juda ko‗plab guruhlar paydo
bo‗ldi va ular o‗z mahsulotlarini istagancha reklama qilmoqdalar. Yoshlar esa ana shunday
siyqasi chiqqan, lekin ma‘lum ma‘noda ―o‗z auditoriyasini topgan‖, ―san‘atkor‖lar armiyasi
bilan yuzma-yuz turibdilar. Reklama – yaratuvchi kuch emas, balki u ommaviy psixologiyani
aks ettiruvchidir.
Ba‘zan kliplarda chiroyli qizlar va yigitlar nima deyayotganligini o‗zlari ham
tushunishmaydi. Kuchli musiqa sadosi ostida nimalardir deyishadi, mashinalarga o‗tirib
qayerlargadir borishadi. ―Ommaviy madaniyat‖ mahsuli bo‗lgan bunday ―asarlar‖ millat
mentalitetini pasaytirishga xizmat qilayotgani sir emas. Reklama nima deydi? Birorta shirin
ichimlikni iste‘mol qilib cheksiz rohat va farog‗at olish mumkin. Biror narsaga erishish uchun
jon kuydirish, ter to‗kib, mehnat qilish shart emas, ichimlikni sotib olish kerak va uni iste‘mol
qilish kerak. Yoki yozib olingan fonogrammaga mos qilib, labni qimirlatib turaverish kerak,
tamom vassalom. Endi o‗sib, jamiyatga kirib kelayotgan yoshlarga, o‗smirlarga ham OAVlar
shunday ta‘lim bermoqdalar va u qay bir darajada o‗z xaridorini topmoqda hamda ongiga ta‘sir
etmoqda. Demak, ―ommaviy madaniyat‖ning ana shunday siyqalanib, jo‗nlashib borishi
hammamizni ogohlikka chorlashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: