„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

Buyuk  davlatchilik  shovinizmi
  boshqa  millatlar  va  mamlakatlar  bilan  o‘zaro  madaniyatli 
hamkorlik qilishga tayyor emaslikdan kelib chiqadi. Uning ifodachilari harbiy imperiyalardir. Bu 
imperiyalarning  iqtisodiyoti  bosib  olingan  hududlarni  ekspluatatsiya  qilar  va  hatto  ularning 
hayotiy manbalari hisobiga  yashar edi. Ayni chog‘da bo‘ysundirilgan xalqlarga ularga madaniy 
jihatdan va umuman milliy jihatdan norasoligi haqidagi halokatli g‘oya singdirilar edi.  
Buyuk  davlatchilik  shovinizmi  va  agressiv  millatchilik  bir-birini  to‘ldiradi,  bular  o‘z 
davlati  manfaatini  ilgari  surib,  milliy  qadriyatlarni  tayyorlashda,  milliy  madaniyatlar  va 
ma‘naviy  qadriyatlarni  oyoq  osti  qilishda,  avtoritar  tuzum  o‘rnatishda,  boshqa  mamlakat 
xalqlarini  itoatgo‘y  qilib  saqlab  turishda,  hozir  esa  sobiq  Ittifoqni  tiklash  uchun  qilayotgan 
harakatida,  o‘z  ta‘sir  doirasini  boshqa  mustaqil  davlatlarda  saqlab  qolish  uchun  intilishda, 
millatlar o‘rtasida o‘zaro ishonchsizlik tug‘dirishda, xalqaro-huquqiy me‘yorlarni inkor etishda, 
tashqi iqtisodiy aloqalarni to‘sishda, yangi mustamlakachilikni zo‘rlab qabul qildirish harakatida 
yaqqol namoyon bo‘lmoqda.  
Birinchi  Prezident  Islom  Karimov  «O‘zbekiston  XXI  asr  bo‘sag‘asida...»  asarida 
shovinizmga «Shovinizm ba‘zi ko‘p sonli millatlarning nafaqat ko‘p millatli imperiya doirasida, 
balki uni o‘rab turgan jo‘g‘rofiy-siyosiy makonda ham o‘zining mutlaq hukmronligini o‘rnatish 
uchun  kurashida  namoyon  bo‘ladi»  deb  ta‘rif  bergan  (Karimov  I.A.  Asarlar.  T.          6.  65-bet). 
Bunday davlatlarga ko‘proq iqtisodiy jihatdan zaif, ichki beqaror davlatlar nishon bo‘ladi.  
O‘zbekistonni,  avvalo  Rossiya  imperiyasi,  keyin  sovet  imperiyasi  yuritgan  buyuk 
davlatchilik  shovinizmi  jafolarni  tortgan  hozirgi  paytda,  XXI  asr  boshlariga  kelib  bu  davr 
turlicha  talqin  etilmoqda.  Bu  talqinlarning  2  tasi  haqida  «O‘zbekiston  XXI  asr  bo‘sag‘asida...» 
asarida fikr yuritilgan:  
1) «Birinchi andozaning» mualliflari, - deyiladi asarda, - ehtimol samimiy tarzda, mintaqa 
Rossiya  imperiyasi  tarkibidagi  Turkiston  muxtoriyati  sifatida  rivojlanib,  o‘z  metropoliyasidan 
zarur rag‘batlarni olib turar edi. Chunki podsho Rossiyasi mahalliy an‘analar va asoslarni yo‘q 
qilmagan va buzmagan holda o‘lkaning burjuacha tadrijiy rivojlanishini rag‘batlantirgan edi, deb 
hisoblaydilar».  Ushbu  guruh  mualliflari  mintaqada  o‘tkazilgan  bolshevikcha  tajriba,  shu 
jumladan,  milliy  davlat  chegaralanishi,  iqtisodiyotning  haddan  tashqari  ixtisoslashtirilishini 
keskin  tanqid  qiladilar  va  bularni  Markaziy  Osiyo  mintaqasidagi  hozirgi  ziddiyatlarning  asosiy 
sabablari, deb hisoblaydilar. Shu bilan birga ular kommunistik tuzumdan keyingi yangi Rossiya 
Markaziy  Osiyo  mintaqasida  barqarorlashtiruvchi  rolni  o‘ynash  uchun  juda  mos  keladi,  degan 
g‘oyani ilgari suradilar.  
2) Boshqa fikrga ko‘ra, mintaqadagi muammolarni o‘lkaning mustamlaka o‘tmishi keltirib 
chiqargan. Bu fikr tarafdorlari o‘lkani o‘z tarixiy va milliy negizlariga qaytarishni taklif qiladi. 
Bunga  musulmon  davlat-larga  ergashgan,  ular  bilan  yaqinroq  integratsiyaga  kirishgan 
taqdirdagina erishish mumkin, deb hisoblaydilar.  


Ikkala  nuqtai  nazarda  ilmiylikka  nisbatan  siyosat  va  ehtiroslar  ustunligi  yaqqol  ko‘rinib 
turibdi.  Bu  nuqtai  nazarlar  ayni  buyuk  davlat-chilik  shovinizmi  va  agressiv  millatchilikning 
hurujlari tufayli kelib chiqqan.  
Mustaqillikka  erishib,  bugungi  kunda  rivojlanayotgan  Markaziy  Osiyo  respublikalarini 
asabiylik  bilan,  alam  bilan  qarshi  olmoqdalar.  Bunga  Rossiya  matbuotida  chiqayotgan  tahlilliy 
materiallar yaqqol misol bo‘la oladi. 1997 yil 26 martda «Novaya nezavisimaya gazeta» sonida 
bosilgan  «MDH:  tarixining  ibtidosimi  yoki  intihosi»  bosh  maqolasida  «sobiq  Sovet 
respublikalari  uchun  mustaqil  davlatga  aylanish  imkoniyatini  berishdan  iborat  Rossiyaning 
xatosi», bu «xato»ni to‘g‘rilash haqidagi imperiyachilik da‘volari bilan chiqqan edi.  
Maqolada  go‘yo  Rossiyaga  «Janub  tahdidi»  deb  atalgan  tahdid  vujudga  keldi,  Rossiya 
shakllanib  borayotgan  Markaziy  Osiyo  hamdo‘stlik  blokini  parchalab  yuborishi  zarur,  degan 
agressiv takliflar ilgari suriladi.  
Prezident  Islom  Karimov  2005  yil  14  yanvarda  «Nezavisimaya  gazeta»  (Moskva) 
muxbirining  savollariga  javobi  «Imperiya  davrida  bizni  ikkinchi  darajali  odamlar,  deb 
hisoblashar  edi»  deb  nomlanib,  mazkur  intervyuda  bunday  holatlarga  o‘z  vaqtida  javob  berib, 
Ukrainadagi  «Zarg‘aldoq  inqilobi»,  «Gruziya  va  Ukrainada  so‘nggi  paytlarda  sodir  bo‘lgan 
voqealarni»,  O‘zbekiston  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlaridagi  o‘zgarishlar  bilan  chuqur  tahlil  qilib 
berdi.
1
  
Hozirgi  kunda  buyuk  davlatchilik  g‘oyalari  mazmunan  o‘sha-o‘sha  bo‘lsada,  unga 
endilikda  o‘ta  zamonaviy  shakl  berilmoqda.  Mustaqillikning  dastlabki  yillarida  bular  rus 
millatining mumtozligini tiklash, Rossiya tevaragida kuchli jo‘g‘rofiy - siyosiy maydon yaratish, 
«Yagona va ahil xalqlar oilasi»ni tiklash, yangi mustaqil davlatlarning qaysi biri bilan hamkorlik 
qilish, qaysilarini ajratib qo‘yish va boshqa sohalarda ko‘rinmoqda.  
Mustaqil  O‘zbekiston  uchun  bugungi  kunda  buyuk  davlatchilik  shovinizmi  va  agressiv 
millatchilik tug‘dirayotgan tahdidlarning real xavfi quyidagilardan iborat:  
1)Xalqaro, davlatlararo va elatlararo qarama-qarshilikni kelti-rib chiqarish.  
2)Xalqaro-huquqiy  va  ichki  davlat  suverenitetimizni  ro‘yobga  chiqarishga  qarshilik 
ko‘rsatish.  
3)O‘zbekistonning  tashqi  iqtisodiy  aloqalarini  chegaralashga,  ular-ni  teng  huquqli 
bo‘lmagan sharoitga solib qo‘yishga urinish.  
4)Mamlakatimiz  aholisiga  elektron,  radio-axborot  vositalari  orqali  mafkuraviy  yo‘l  bilan 
tazyiq  o‘tkazish,  jahon  afkor  ommasida  O‘zbekiston  haqida  noto‘g‘ri  tasavvur  tug‘dirishga 
intilish.  
5)Millatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchsizlikni keltirib chiqarish, millatlararo munosabatlarni 
keskinlashtirish.  
6)Yangi mustamlakachilik va yangi imperiyachilik yondashuvlarini zo‘rlab qabul qildirish, 
hamma sohalardagi o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni sekinlashtirish xavfi.  
Genosid
  (yun.  genos  –  nasl-nasab  va  lot.  saedere  –  o'ldirish,  yo'q  qilish)  –  odam  zoti  va 
insoniyatga  qarshi  eng  og'ir  jinoyatlardan  birini  anglatuvchi  tushuncha.  Aholining  ayrim 
guruhlarini irqi, millati, etnik yoki diniy belgilariga qarab yo'q qilish, ularni qasddan butkul yoki 
qisman qirib tashlashni ko'zda tutadigan shart-sharoitlarni vujudga keltirish, shuningdek, bolalar 
tug'ilishini  cheklashga  qaratilgan  choralar.  Genosid  atamasi  1943  yilda  asli  kelib  chiqishi 
yahudiy bo'lgan polshalik  yurist  Rafael  Lemkin tomonidan kiritilgan bo'lib, 1948  yilda  xalqaro 
huquq maqomini olgan. 1948  yildan e'tiboran  genosid BMT tomonidan xalqaro jinoyat  sifatida 
tan olingan. Genosidni sodir etish va unga jazo qo'llash bo'yicha Konvensiyada u inson hayotiga 
qarshi qaratilgan og'ir jinoyat sifatida baholangan. O'zbekiston  Respublikasi Jinoyat  Kodeksida 
ham tinchlik, inson xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyat sifatida qayd etilgan. Genosid XVIII-
XIX asrlarda ayrim Yevropa davlatlarining mustamlakachilik siyosatida yaqqol namoyon bo'ldi. 
Masalan,  yevropaliklar  Tasmaniya  oroli  aholisini  qirg'in  qilganlar,  oxirgi  tasmaniyalik  1843 
yilda  otib  o'ldirilgan.  Genosid  aparteidga  xos  bo'lgan  ayrim  xususiyatlarni  o'z  ichiga  oladi. 
                                                 
1
 Karimov I.A. Imperiya davrida bizni ikkinchi  darajali odamlar, deb  hisoblashar edi.  - T.: «O‘zbekiston», 2005. - 
64 b.  


―Genosid jinoyatining oldini olish va uning uchun jazolar to'g'risida‖gi Xalqaro Konvensiyasiga 
binoan (1948) genosidi sodir etishga aybdor deb topilgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi. 
XX  asrda  usmoniylar  tomonidan  armanlarni  o'ldirish  va  quvg'in  qilish;  II  jahon  urushi  davrida 
natsistlar  Germaniyasi  tomonidan  yahudiylarni  qirib  tashlash;  xorvatiyalik  Pavelich  rejimi 
tomonidan  serblarni  ommaviy  qirg'in  qilish;  1975-1979  yillarda  Kambodjada  Pol  Pot  va  Ieng 
Sari  jallodlari  tomonidan  3  mln.dan  ortiq  kambodjaliklarni  o'ldirib  tashlash;  1994  yilda 
Ruandada xutu qabilalari tomonidan 800 mingga yaqin tutsi qabilalarining qirg'in-barot qilinishi 
genosid jinoyatiga misol bo'la oladi. Sobiq mustabid tuzum davrida ham genosid turli xalqlar va 
millatlarga  qarshi  amalga  oshirilgan,  ko'plab  ommaviy  qatag'on,  qurbonlarga  olib  kelgan. 
Shuning  uchun  genosid  qanday  shaklda  namoyon  bo'lishidan  qat'i  nazar,  dunyo  jamoatchiligi 
tomonidan insoniyatga qarshi eng dahshatli jinoyat sifatida qoralanadi. 
Fashizm  (ital.  fascismo,  fascio  —  bog'lam,  aloqa,  bog'liqlik)  —  mustabidlik  ruhidagi 
siyosiy  harakatlar,  partiya  va  rejimlarni  bildiradi.  Bu  oqim  I  jahon  urushidan  keyin  Yevropa 
mamlakatlaridagi tajovuzkor ta'limotlar asosida paydo bo'ldi. Fashizm paydo bo'lishining asosiy 
sababi  —  jamiyatdagi  barcha  ijtimoiy  qatlamlarni  qamrab  olgan  uzoq  muddatli  global  inqiroz 
bilan  bog'liq  edi.  Fashizm  mafkurasi  va  amaliyoti  ana  shu  inqirozdan  tez  va  nisbatan  samarali 
chiqishga urinish sifatida namoyon bo'ladi. Fashizm milliy safarbarlik va birdamlikka asoslangan 
mafkura  bo'lib,  I  jahon  urushida  mag'lubiyatga  uchragan  davlatlarni  birlashtirishni  nazarda 
tutgan edi. Bu — jamiyat tuzilishi va tizimini yangicha tashkil etishga qaratilgan millatchilik va 
irqchilik shakllarining yig'indisidir. U jamiyatni majburiy tarzda  «biznikilar» va  «begonalar»ga 
ajratib,  irqchilik,  militarizm  g'oyalari  asosida  «begonalar»ni  yo'q  qilishni  targ'ib  etadi.  Fashizm 
—  ommaviy  siyosiy  harakat  bo'lib,  ulkan  targ'ibot-tashviqot  apparati  asosida  ommaning  xulq-
atvori  va  dunyoqarashini  boshqaradigan  g'oyaviy  mafkuraviy  texnologik  majmuadir. 
Fashizmning  boshqa  reaksion  diktaturalardan  farqi  shundaki,  u  jamiyat  ijtimoiy  guruhlarining 
kattagina qismi tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Fashistik harakat va tuzumlarning ijtimoiy asosi 
turli mamlakatlarda nisbatan turlicha bo'lib, ular, birinchi navbatda, inqirozdan zarar ko'rgan o'rta 
va quyi qatlam vakillari hisoblanadi. Ba'zi mutaxassislar o'rta sinfning industrlashtirish davridagi 
xususiy  manfaatlarining  cheklab  qo'yilishi  sababli  paydo  bo'ldi  desa,  boshqalari  fashizmning 
ijtimoiy asosini o'rta sinfning ekstremistik qismi tashkil etadi, degan fikrni ilgari suradi. Fashizm 
o'ziga xos totalitar yoki avtoritar siyosiy madaniyatning shunday turini yaratadiki, u insonlarning 
oila,  kundalik  turmush,  ishlab  chiqarish  va  boshqa  sohalardagi  munosabatlariga,  ya'ni  ijtimoiy 
hayotning barcha jabhalariga bevosita ta'sir o'tkazadi. Fashizm siyosiy harakat va tuzum sifatida 
turli  ko'rinishlarda  —  monarxistik  (Ispaniyada  Franko  boshchiligida),  harbiy-fashistik  (Chilida 
Pinochet  boshchiligida)  tuzumlar  shaklida  namoyon  bo'lishi  mumkin.  Natsizm  esa  I  Jahon 
urushidan  keyin  Germaniyada  tashkil  topgan  natsional-sosialistik  ishchi  partiyasi  bilan  bog'liq 
bo'lgan  doktrina  va  siyosiy  harakat,  keyinchalik  Adolf  Gitler  va  uning  tarafdorlari  tomonidan 
targ'ib  qilingan  ta'limot.  Sharqiy  Yevropa  mamlakatlarida  marksizm  bilan  bog'liq  ta'limotning 
keng  yoyilishi  va  shu  asosda  kommunistik  partiyalarning  tashkil  topishi,  xususan,  Rossiya 
imperiyasi va uning mustamlakalari, atrofidagi mamlakatlarda kommunistik harakatning g'alaba 
qozonishi,  oqibatda  davlat  boshqaruvi  tizimi,  jamiyat  qatlamlariga  munosabatning  keskin 
o'zgarishi va bu voqealar ta'siri G'arbiy Yevropa mamlakatlarida ham sezila boshlashi jamiyatlar, 
xalqlar,  ular  tepasida  turgan  siyosiy  tizimlar  o'rtasidagi  kelishmovchiliklarni  borgan  sari 
keskinlashtirdi.  Ayni  vaqtda  I  Jahon  urushi  oqibatida  yuzaga  kelgan  iqtisodiy  inqiroz  G'arbiy 
Yevropa  xalqlarining  quyi  tabaqalariga  og'ir  ta'sir  ko'rsatishi  bu  mamlakatlarda  ―kommunistik 
xavf‖ning  yanada  avj  olishiga  sabab  bo'ldi.  Ishchi-dehqonlar  tomonidan  bildirila  boshlangan 
ochiq noroziliklar davlat hukumatlarini larzaga keltirib, tashkil etilgan namoyishlar inqilobiy tus 
ola  boshladi.  I  Jahon  urushidan  og'ir  yo'qotishlar  bilan  chiqqan  Germaniya  bunday 
harakatlarning  markaziga  aylanib  qolgan  edi.  Mana  shunday  holat  va  jarayonlardan  unumli 
foydalana olgan Gitler hamda uning partiyasi o'nglar va so'llar, Sharq bilan G'arb o'rtasida o'ziga 
xos  uchinchi  pozisiyani  egallashga  harakat  qildi.  Partiya  yetakchilari  tomonidan  olib  borilgan 
ayyorona  harakat  natijasida  o'nglar  va  so'llar,  antikommunistlar  va  sosialistlar  tomonidan  ilgari 
surilgan  g'oyalar  nasional-sosialistlar  partiyasi  g'oyalari  sifatida  keng  targ'ib  qilinishi  tez  orada 


bu  partiyaning  ham  burjuaziya,  ham  harbiy  tabaqa,  ham  ishchi-dehqon  sinfining  bir  qismini 
o'ziga  og'dirib  olishiga  imkon  berdi.  Partiya  g'oyalari  va  harakatlarining  ushbu  tabaqalar 
tomonidan  qo'llab-quvvatlanishi  tez  orada  uning  mamlakat  boshqaruv  tizimini  qo'lga  olishiga 
imkoniyat  yaratdi.  Neofashizn  yetakchilari  tomonidan  kommunistik  g'oyalar  nemis  xalqining 
bo'linib  ketishi  va  oxir-oqibatda  millatni  barbod  qilishi  mumkinligi,  bu  xavflarga  qarshi  nemis 
millati  jipsligi  va  qudratini  namoyon  etishi  lozimligi  g'oyalari  natsizmning  asosiy  g'oyalari 
sifatida targ'ib qilindi. 
Gitler  hukumati  vujudga  kelgan  qulay  imkoniyatdan  foydalanib,  keng  targ'ibot-tashviqot 
ishlarini  olib  borgan  va  bunda  nemis  millatini  eng  ulug',  tanlangan,  oriy  millat  ekani,  barcha 
millatlar undan past turishi va unga xizmat qilishi lozimligi g'oyasini ilgari surgan edi. Bu g'oya 
natsizmning  asosini  tashkil  etib,  natsistlar  uni  ilmiy  jihatdan  asoslashga  harakat  qilgan  edi. 
Masalan,  Arastuning  yunonlar  oliy  xalq  va  barcha  qolgan  xalqlar  varvarlardir,  ular  yunonlarga 
bo'ysunib yashashlari kerak, Nitsshening hayotda eng kuchlilargina yashashga haqli va ular o'zga 
xalqlar  ustidan  hukmron  bo'lishi  lozimligi  yoxud  G.  Karl  Yungning  xristianlikning  obro'-
e'tiborini  kuchaytirish  va  undagi  bo'shliqni  g'oyaviy  ma'naviy  va  mafkuraviy  jihatdan  to'ldirish 
zarurligi  haqidagi  qarashlariga  tayanib,  A.  Gitler  keng  miqyosda  targ'ibot-tashviqot  ishlarini 
yo'lga  qo'yib,  o'ta  keskin  va  tajovuzkorona  natsizmni  ishlab  chiqdi  va  amaliyotga  joriy  eta 
boshlaydi. Natsizmning agressiv siyosati XX asr o'rtalarida yuz bergan va jahon xalqlariga og'ir 
talofatlar etkazgan II Jahon urushini keltirib chiqardi. 
Natsizm  g'oyalarining  amalda  namoyon  bo'lishi  ushbu  urush  oqibatlarida  keng  darajada 
ko'zga  tashlanadi  va  shunga  ko'ra,  natsizm  jahon  xalqlari  tomonidan  inson  erkinligini  bo'g'ish, 
uni  xo'rlash,  unga  nisbatan  yovuzlarcha  munosabatda  bo'lish,  xalqlarni  mensimaslik,  inson  or-
nomusini toptash, millatlararo ixtiloflarni keltirib chiqaruvchi, tajovuzkor xarakterga ega ta'limot 
sifatida e'tirof etiladi. 
Shu  jihatdan,  natsizm  g'ayriinsoniy  ta'limot  hisoblanadi.  Natsistlarning  o'zlarini  millat 
uchun  kurashuvchilar,  millat  fidoyilari  deb  ko'rsatishlari  ular  tomonidan  ilgari  suriladigan 
g'oyalar,  amalga  oshiriladigan  xatti-harakatlar  o'zga  xalqlarni  kamsitish  yoki  ayblash  hisobidan 
amalga  oshirilishi  bilan  ko'zga  tashlanib  turadi.  Shuningdek,  o'zga  barcha  xalqlarga,  ularning 
qadriyatlariga  nafrat  bilan  qarashni  butun  millat  ma'naviyatiga  singdirish,  millat  tafakkuriga 
aylantirishga  urinish  natsizmning  g'ayriinsoniy  mohiyatini  yaqqol  namoyon  etadi.  Natsizmning 
davlat darajasidagi tizimlarda asosiy aqidaga aylanishi insoniyat uchun o'ta xavfli ekani tarixda 
o'z  isbotini  topganiga  qaramay,  ba'zi  siyosiy  doiralarda  hozirgi  vaqtda  ham  natsistik 
qarashlarning  paydo  bo'lishi  va  avj  olishini  kuzatish  mumkin.  XXI  asrda  natsizm  va  fashizm 
jabr-sitamlarini  tortgan  bir  qancha  mamlakatlarda,  shu  jumladan,  Germaniyaning  o'zida  ham, 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish