„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


Dunyoda  tinchlik  o„rnatishda  barqaror  demokratik  taraqqiyot,  erkinlik,  ijtimoiy-



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

 
5.Dunyoda  tinchlik  o„rnatishda  barqaror  demokratik  taraqqiyot,  erkinlik,  ijtimoiy-
siyosiy  hamkorlik  g„oyalarining  ustuvor  ahamiyati. 
Insoniyat  sivilizatsiyasining  rivojlanish 
tarixi, ayniqsa, globallashgan dunyo voqeligi shundan dalolat berib turibdiki, alohida olingan bir 
davlatdagi  mojaro  uzoq  vaqt  davomida  milliy  chegaralar  doirasida  qolib  ketmaydi.  Bir  qancha 
sabablarga ko‗ra, bunday mojaro nazorat qilib bo‗lmaydigan darajada yoyilib ketishi muqarrar. 
Bu  esa  ertamikechmi,  qo‗shni  davlatlar  uchun  talay  salbiy  oqibatlar  keltirib  chiqarishi,  jiddiy 
muammolarni ko‗ndalang qilib qo‗yishi, hatto, mintaqadagi vaziyatni butunlay izdan chiqarishi 
mumkin.  Shu  nuqtai  nazardan  qaraganda,  mojaroning  yashirin  va  oshkora  tarzda 
baynalmilallashuvi tanglikni chuqurlashtiradi. Chunki turli maqsadlarni ko‗zlaydigan va tanglik 
mavjud bo‗lgan hududda o‗z manfaatlarini ta‘minlashga intiladigan tashqi kuchlar hamma vaqt 
shay turadi. 
Markaziy  Osiyoning  ba‘zi  mamlakatlari  o‗z  mustaqilligini  qo‗lga  kiritib,  taraqqiyot  sari 
qadam  tashlayotgan  hozirgi  sharoitda  ham  jahondagi  ma‘lum  bir  siyosiy  kuchlar,  mafkuraviy 
poligonlar ulkan iqtisodiy salohiyat va qulay geosiyosiy mavqega ega bo‗lgan bu mintaqani o‗z 
manfaatlari  doirasiga  tortish  harakatlaridan  to‗xtagani  yo‗q.  Ular  o‗z  maqsadlariga  erishish 
uchun ta‘sir va bosim o‗tkazishning barcha shakllarini qo‗llamoqda. Jumladan, Markaziy Osiyo 
mamlakatlarining o‗zaro munosabatlari jarayoniga to‗sqinlik qilish, ularda turli sabablarga ko‗ra 
(masalan,  transchegaraviy  daryolar  tufayli)  birbiriga  nisbatan  norozilik  kayfiyatini  uyg‗otish 
kabi mafkuraviy ta‘sir o‗tkazish holatlari sodir bo‗layotganini ta‘kidlash mumkin. Shu maqsadda 
mintaqada  tarixan  shakllangan  ijtimoiyiqtisodiy,  madaniy,  ma‘rifiy  aloqalarni  izdan  chiqarish, 
do‗st  va  qardosh  davlatlar,  xalqlar  va  millatlar  o‗rtasiga  nizo  solish,  keskinlik  o‗choqlarini 
keltirib  chiqarish  uchun  turli  g‗oyaviy,  diniy  va  mafkuraviy  vositalar  ishga  solinmoqda. 
Ayniqsa,  xalqlarimiz  dunyoqarashi  va  ma‘naviyatida  islom  dinining  mustahkam  o‗rin 


egallaganidan  foydalanib,  ularga  islomiy  "saboq"  berish,  islomni  qayta  tiklash  bayrog‗i  ostida 
mintaqada  diniy  ekstremizm  va  fundamentalizmni  keng  tarqatish  borasida  olib  borilayotgan 
qo‗poruvchilik harakatlari sodir etilmokda. 
Aslida  "fundamentalizm"  va  "ekstremizm"  g‗oyalarining  Markaziy  Osiyoga  kirib 
kelishidan  ko‗zlangan  maqsad    diniy  qadriyatlarni  qaytadan  tiklash  emas,  balki  ana  shu 
g‗oyalardan  vosita  sifatida  foydalanish  orqali  mintaqada  beqarorlikni,  diniy  va  millatlararo 
nizolarni vujudga keltirish, oxiroqibat esa hokimiyatni qo‗lga kiritishdir. Bu urinishlarda tuzatib 
bo‗lmas fojialarga olib kelishi mumkin bo‗lgan, tarix sahifasida qolib ketgan xalifalikni tiklash 
g‗oyasiga  ham  zo‗r  berilmoqda.  Ana  shu  yo‗lda  islom  fundamentalizmi  vakillari,  hatto  diniy 
e‘tiqod  darajasida,  inson  qalbi  ma‘naviy  boyligining  ajralmas  qismi  bo‗lgan  milliy  o‗ziga 
xoslikni  "qurbon"  qilish  g‗oyasidan  ham  toymayapti.  Aynan  ana  shu  xattiharakatlar  bugungi 
kunda  o‗z  mavqeidan  butunlay  mahrum  bo‗lgan  marksizmleninizm  ta‘limotini  eslatib  turadi. 
Masalan,  Rossiyada  marksistlarning  eng  jangari  oqimi    bolsheviklar  millati  va  irqidan  qat‘i 
nazar,  dunyoda  yashayotgan  barcha  xalqlarni  birlashtirish  g‗oyalarini  ilgari  surib,  terror  yo‗li 
bilan  hokimiyatni  qo‗lga  kiritgan  edi.  Ularning  asosiy  fojialaridan  biri  ham  milliy  va  diniy 
omillar hamda tadrijiy taraqqiyot tamoyillari ahamiyatini tan olmaganlarida edi. Shuning uchun 
ham  ular  tarixda  zo‗ravon  ekstremistik  g‗oyalar  targ‗ibotchi  va  amaliyotchilari  sifatida  nom 
qoldirdi. 
Bugun  diniy  ekstremizm  hamda  fundamentalizm  tarafdorlari  tomonidan  Markaziy 
Osiyoda olib borilayotgan qo‗poruvchilik hamda terroristik harakatlar ham ana shunday maqsad, 
yo‗l va uslublarga tayanmoqda. Diniy ekstremizm va fundamentalizmning mintaqamiz, xususan, 
mamlakatimiz  taraqqiyotiga  xavf  tug‗dirayotganini  Prezidentimiz  teran  anglab,  bu  qanday 
dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan hammamizni ogoh qilgan edi. Toshkentda 1999 
yil  fevral  fojialari  sodir  etilmasdan  ikki  yil  oldin  Birinchi  Prezidentimiz  I.A.  Karimov 
"O‗zbekiston  XXI  asr  bo‗sag‗asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot 
kafolatlari" nomli fundamental asarida shunday deb yozgan edi: "Ko‗plab siyosatchilar, olimlar, 
jurnalistlar  XX  asr  oxirida  yuz  bergan  "islom  uyg‗onishi",  "qayta  islomlanish",  "islom 
fenomeni"  va  boshqa  turlituman  nomlar  bilan  atalgan  hodisaning  sabablarini  tushuntirib 
berishga  harakat  qildilar.  Bu  tushunchalar  haqida  munozaraga  kirishmagan  holda,  e‘tiborni 
jahon  hamjamiyati  hayotida  islom  qadriyatlarini  tiklash  bayrog‗i  ostida  ro‗y  berayotgan 
hodisalar g‗oyat xilmaxil, ko‗p qirrali, ba‘zan ziddiyatli va hatto qaramaqarshi qutbli ekanligiga 
qaratmoqchiman. Shu bilan birga, aniqravshanki, jahon jamoatchiligi bu jarayonlarga juda katta 
qiziqish  bilan  qarabgina  qolmayapti.  Uning  diniy  ekstremizm  va  fundamentalizm  kabi  keskin 
hodisalar munosabati bilan bezovtalanayotganligi ba‘zan esa, hatto xavfsirayotgani ham ko‗zga 
tashlanmokda. 
Afsuski,  hozirgi  zamon  sharoitida  ana  shu  o‗ta  keskin  ko‗rinishlar  jiddiy  mojarolarni, 
ziddiyatlarni  keltirib  chiqarishi,  barqarorlik  va  xavfsizlikka  tahdid  solishi  mumkinligi 
insoniyatni  cho‗chityapti.  Shundan  darak  beruvchi  fikrlar  anchamuncha  to‗planib  qolgan. 
O‗zbekistonning  mustaqilligini  mustahkamlash,  uning  xavfsizligini  ta‘minlash  zarurligi  nuqtai 
nazaridan  qaraganda,  bu  hodisalar  bizda  ham  jiddiy  tashvish  tug‗dirmoqda"  .  Bu  fikr  haqiqat 
bo‗lib  chiqdi.  Ekstremistlar  1999  yilning  16  fevralida  o‗zlarining  qora  niyatlariga  erishish 
maqsadida Toshkentda qo‗poruvchilikni amalga oshirdi. Bu qo‗poruvchilik harakatlari orqasida 
katta  kuchlar  borligi  ayon  bo‗lib,  ularning  maqsadi,  Birinchi  Prezidentimiz  ta‘kidlaganidek, 
xalqimizning  tinchligini  buzish,  qo‗rqitish,  yuragiga  vahima  solish,  yuritayotgan  siyosatimizga 
ishonchini so‗ndirish, amalga oshirayotgan ulkan ishlarga zarba berishdan iborat edi. 
Xo‗sh,  nima  uchun  bu  fojialar  O‗zbekistonda  sodir  etildi,  uning  Markaziy  Osiyodagi 
boshqa  davlatlarga  ta‘siri  bo‗lishi  mumkinmidi?  Buning  asosiy  sababi  shuki,  yurtimizda  olib 
borilayotgan  siyosatning  yutuqlari  jahon  jamoatchiligi  tomonidan  e‘tirof  etilmoqda.  Nisbatan 
qisqa  davr  ichida  O‗zbekiston  ijtimoiysiyosiy  jihatdan  barqaror,  umuminsoniy  qadriyatlar 
ustuvor  bo‗lgan,  ma‘naviy  meros  va  diniy  qadriyatlarni  tiklab,  inson  huquqlarini  ustuvor  soha 
darajasiga  qo‗tara  olgan  mamlakatga  aylandi.  Xalqining  Prezideshta,  davlatga  ishonchi 
nihoyatda  mustahkam  bo‗lgan  O‗zbekiston  Markaziy  Osiyoda  barkarorlikni  ta‘minlash  va 


mintaqa davlatlarining o‗zaro integratsiyalashuvi jarayonida yetakchilik qilmoqda. Xuddi mana 
shu  goyat  muhim  ahamiyatga  ega  bo‗lgan  omillar  xalqimiz  va  mamlakatimiz  taraqqiyotining 
dushmanlarini vahimaga solmoqda. 
Markaziy 
Osiyo 
mintaqasida 
tinchlik 
va 
barqarorlikning 
naqadar 
zarurligi, 
umummintaqaviy mafkuraviy tamoyillarga ehtiyoj O‗zbekistonning bu jarayondagi o‗rni va roli 
naqadar  katta  ekanligi  Qirg‗izistonda,  uning  janubida,  O‗sh  va  Jalolobod  hududlarida  ro‗y 
bergan  mojarolar  misolida  yanada  yaqqol  namoyon  bo‗ldi.  Turli  muammolar  va  mojarolar 
iskanjasiga  tushgan  bu  joylardan  hayoti  xavf  ostida  qolgan  150  mingdan  ortiq  qochoqlar 
mamlakatimizdan o‗z yurtlariga qaytib ketganlariga qadar boshpana topdilar. Markaziy Osiyoni 
"yoqib"  yuborish  mumkin  bo‗lgan  urush  xavfining  oldi  olindi,  mamlakatimiz  aholisi  hayotida 
Yurt  tinchligi,  Vatan  ravnaqi  va  Xalq  farovonligi  g‗oyalari  ustuvor  bo‗lgan  milliy  istiqlol 
g‗oyasining qadri va ahamiyati namoyon bo‗ldi. Agar mintaqada dushmanlarimiz mo‗ljallagan 
maqsadlar amalga oshsa, bu nafaqat bizda, balki butun mintaqa davlatlarida ham ko‗plab salbiy 
jarayonlar  sodir  bo‗lishiga  sabab  bo‗lishi,  mintaqaviy  munosabatlarga  o‗zining  ulkan  salbiy 
ta‘sirini  o‗tkazishi  mumkin  edi.  G‗animlarning  amalga  oshirgan  harakatlari  bilan  ko‗zlagan 
maqsadiga yetmadi va yetolmaydi ham. 
Umuman, Markaziy Osiyo xalqlari o‗zaro hamkorligi va do‗stligining ahamiyatini alohida 
ta‘kidlash  lozim.  Chunki,  mintaqa  tub  xalqlarining  ma‘naviy  ildizlari  bir,  ruhi,  turmush  tarzi 
yaqin,  ular  ana  shu  boy  manbadan  birdek  bahra  oladi.  Shu  ma‘noda,  ular  birligini 
mustahkamlash  umummintaqaviy  ma‘naviy  yuksalishga  ijobiy  ta‘sir  etishi  shubhasiz.  Bu 
jarayonga  qarshi  qaratilgan  har  qanday  mafkuraviy  ta‘sir  yoki  terroristik  harakatlar 
umummintaqaviy qarshilikka uchramog‗i va barbod bo‗lmog‗i lozim. 
Markaziy  Osiyo  mintaqasidagi  mafkuraviy  jarayonlar  tizimida  Afgonistonda  davom 
etayotgan  urush  ham  alohida  o‗rin  egallab  turibdi.  Qirq  yildan  buyon  davom  etib  kelayotgan 
harbiy  mojarolar  oqibatida  umuminsoniy  sivilizatsiyadan  uzilib  qolgan  Afg‗oniston  xududi 
xalqaro  terrorchilik  va  diniy  ekstremizm,  qurolyarog‗  va  giyohvand  moddalarning  noqonuniy 
savdosi  o‗chog‗i  bo‗lib  qoldi.  Bu  esa  turli  zararli  g‗oyalarning  terrorchilik,  tahdid  va  tahlika 
yo‗li bilan butun mintaqaga yoyilish xavfini tug‗dirmoqsa. Mustaqil taraqqiyot, erkin va farovon 
hayotga bo‗lgan ishonch  e‘tiqodni mustahkamlash yo‗lida xavfxatarlarning oldini olish uchun 
muttasil  ogoh  bo‗lib  yashash,  birgalikda  kurash  olib  borish  mintaqa  xalqlari  uchun  hayotiy 
zaruratga  aylanib  qoldi.  Shu  ma‘noda,  Uzbekistonning  "6+3"  tamoyilini  ko‗llash  to‗g‗risidagi 
tashabbusi muhim ahamiyatga ega. 
Markaziy  Osiyo  mamlakatlari  rahbarlarining  Shanxay  Hamkorlik  Tashkiloti  doirasidagi 
uchrashuvlari  umumiy  xavfsizlikni  ta‘minlash,  mintaqa  xalqlarining  o‗zaro  do‗stligini 
mustahkamlash va mavjud iqtisodiy muammolarni hal etish imkoniyatini beradi. Shu ma‘noda, 
Markaziy  Osiyo  mamlakatlarining  tinchligi  va  barqarorligiga,  mazkur  mintaqada  yashovchi 
xalqlarning  xavfsizligiga  daxl  qiluvchi  tajovuzlarning  oldini  olish  va  bartaraf  etish  borasidagi 
hamjihatligini  mustahkamlash,  ularning  bu  yo‗ldagi  sa‘yharakatlari,  imkoniyatlari, 
salohiyatlarini muvofiklashtirish va birlashtirish, ayniqsa, muhim. 
Xullas,  bugungi  qunda  mintaqaning  mafkuraviy  manzarasini  sog‗lomlashtirish,  umumiy 
xavfsizlikni  ta‘minlash  bilan  bog‗liq  muammolarni  hal  etish  mintaqadagi  barcha 
mamlakatlarning  istiqbolini  ham  bir  qadar  belgilab  beradi.  Shu  bilan  birga,  bu  mintaqada 
yashayotgan  xalqlarning  azaliy  hamkorligi  va  yaqinligini  mustahkamlash  ham  o‗ta  muhim 
ahamiyatga  molik  masala  bo‗lib  qolaveradi.  Xuddi  shuningdek,  mintakaga  qarshi  qaratilgan 
mafquraviy  ta‘sirlarga  qarshi  kurashni  kuchaytirishda  umummintaqaviy  hamjihatlikni 
mustahkamlashning ahamiyati ham oshib boraveradi. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish