Turistlarni jismoniy jihatdan poxodlarga tayyorlanishi.
Turistik sayohatlarda qatnashuvchi o’quvchilarni jismoniy jihatlar tayyorlash ishlari asosan quydagilardan iborat:
1.O’quvchilarning epchilligi, chidamliligi va kuchliligini umumjismoniy tayyorgarlik bilan oshirish.
2.Turizmning turi, masofa va xarakteriga qarab turistlarni maxsus jismoniy tayyorlash.
3. Organizmni yo’ldagi turli qiyinchiliklarga, yuqumli kasalliklarga va boshqalarga chidamli qilib chiniqtirish.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda maktabdagi, institute va universitetdagi «Jismoniy tarbiya dasturi» materiallari to’la xizmat qila oladi. Shaxslarning epchilligi, chidamliligiv a kuchni tarbiyalash, mukammalashtirishda yengil atletika, gimnastika, sport o’ynlari, suvda suzish kabi turlar bo’yicha o’tkaziladigan barcha mashqlar muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, arqonda osilib chiqish mashqlari, yengil atletikaning sakrash, o’rta masofalarga yugurish mashqlari shaxsning chidamliligi, kuchni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Jismoniy tarbiya darslarida o’tkaziladigan mashqlarning miqdorini oshirib borish, ertalabki gimnastika mashqlarni turli xil buyumlar, ya’ni arg’amchi (arqoncha) gantel, tosh, prujina rezina va boshqalar bilan bajarish, muntazam ravishda sakrash, yugurish sovuq suvda yuvinish, chumilishlar organizmni chiniqtiradi. Eng muhim, ob-havoning qanday bulishidan qat’iy nazar har oyda bir ikki marta turistik poxodlar tashkil qilish, bunda 10-12 kmdan kam bo’lmagan masofani 10-15 kg yukni yelkaga ortib piyoda o’tish lozim.
Turistik poxodlar turli marshrutlarda bo’lishi (jarlik, tepalik, daryo qirg’og’i bo’ylab) maqsadga muvofiqdir. Bunday mashqlar va poxodlar o’pkada havo sig’imining ortishi, yurak va asab tizimining mustahkamlanishini ta’minlaydi. Turistlarni jismoniy jihatdan chiniqtirish va tarbiyalash sayohatga tayyorgarlik paytlarida hamda sayohat jarayonida olibboriladi.
Poxodlarga qanday tayyorlanish kerak
Poxodlarga tayyorlanish avvalo, gurux tashkil qilishdan boshlanadi. Poxodda qatnashuvchi shaxslarning yoshi, jinsi, jismoniy tayyorgarligi, saviyasi bir xil bo’lishi sayohatning ko’ngilli, qiziqarli o’tishini ta’minlaydi.
Guruxlarni tashkil qilingach umumiy koidalar asosida mashq o’tkaziladi. Bu mashg’ulotlarda turizmning maqsad va vazifalari, uning turlari, shuningdek, shaxslar bilan tashkil qilinadigan sayohatlar haqida suhbat o’tkaziladi. Karta, kompas va turizmning elementlari bo’yicha amaliy mashg’ulotlar tashkil etiladi. Turistik seksiyalarni tashkil qilish, uning mashgulotlarni o’tkazish avvalo jismoniy tarbiya o’qituvchisiga yuklatiladi. O’quvchilarni seksiyaga jalb qilishda jismoniy tarbiya o’qituvchilari va fan o’qituvchilari katta rol’ o’ynaydi. Shuning uchun turizm sayohat va o’lkani o’rganish to’garaklari, seksiyalari o’qituvchilar bilan mustahkam aloqada bo’lishi kerak.
Tabiatda uchraydigan turli hodisalar, jumladan, meteorologik o’zgarishlar sayohatchilar, umuman odamlarning hayotida muhim o’rin tutadi.
Ob-havoning o’zgarishini bilish uchun bir necha kun davomida aniq bir vaqtda (soat 100,700,1300 va 1900 da) kuzatish olib borish lozim.
Bulutlarni kuzatish balandroq va ochiq joyda bo’lish kerak. Ko’z bilan kuzatishda bulutlar 10 ball bilan o’lchanadi. Bulutsiz osmon 0, osmon bulut bilan to’la qoplangan bo’lsa-10 ball. Agar bulutlar osmonni 1/10,2/10, 3/10, 4/10 miqdorda qoplagan bo’lsa, unda 1,2,3,4 ball deb hisoblanadi.
Bulutlar past, o’rta va baland qatlamlardan iboratdir. Yuqori qatlamdagi bulutlar yupqa, oq bo’ladi va soya tashlamaydi. Bunday bulutlar ob-havoning o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadi. O’rta qatlamdagi bulutlar zangori sarg’ish tusda bo’lib, tuman va to’lqinni eslatadi. O’rta qatlamdagi bulutlar quyosh nuri-ni o’tkazmaydi.
Bulutning pastki qatlami quyuq sarg’ish tusdadir. Bunday bulutlar osmonni to’la qoplab oladi.
Ob-havoda bo’ladigan o’zgarishlarni oldindan bilishning ayrim belgilari:
Bulutlar ko’pincha shimoliy g’arb tomondan sharqqa qarab ko’chib yuradi.
Bu osmondagi shamollarning yo’nalishini bildiradi.
Odatda quyoshning chiqish va botishida osmon qizaradi. Bunday hollarda havo o’zgarishi mumkin. Osmon zangari, ko’kroq bo’lganda esa ob-havoning uzoq muddatlargacha o’zgarmasligini bildiradi.
Yoz paytlarida osmon bulutli bo’lib, shamol pasaysa, kechasi salqin bo’lishidan darak beradi.
Quyosh chiqishi bilan bulutlar paydo bo’la boshlaydi va kunning yarmiga borib ko’payadi. Kech kirishi bilan bulutlar yana yo’qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |