Zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Iqtisodiyot Fakulteti Iqtisodiyot yo'nalishi "Iqtisodiyot nazariyasi" fanidan kurs ishi mavzu: Budjet taqchilligi


Moliya vazirligi 2021 yil uchun tasdiqlangan byudjetga bag‘ishlangan navbatdagi “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashrini taqdim etd



Download 179 Kb.
bet2/2
Sana06.01.2022
Hajmi179 Kb.
#320828
1   2
Bog'liq
2 5303489156846980871

Moliya vazirligi 2021 yil uchun tasdiqlangan byudjetga bag‘ishlangan navbatdagi “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashrini taqdim etdi.

Asosiy bo‘limlar 2021 yil uchun byudjet hamda Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlariga asos bo‘lib hisoblangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlariga bag‘ishlangan. 2021 yilda iqtisodiy faollikning tiklanishi, iqtisodiyotning o‘sishi hamda soliq siyosatidagi o‘zgarishlar hisobiga daromadlarning barcha turlari bo‘yicha (yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va boshqa soliqlardan tashqari) o‘sish prognoz qilinmoqda. Sezilarli ravishda o‘sishi kutilayotgan daromad moddalari bo‘lib, qo‘shilgan qiymat solig‘i, foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va aksiz solig‘i xizmat qildi.

Davlat byudjetining xarajatlari tarkibida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga xarajatlar salmoqli bo‘lib qolmoqda. Ushbu xarajatlar umumiy xarajatlarning 52 foizini tashkil etadi. Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan xatarlarning saqlanib qolayotganini e’tiborga olgan holda 2021 yilda 3 trln so‘m koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari va vaksinalar harid qilishga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, “Davlat byudjeti” bo‘limida byudjet taqchilligi va uning qoplash manbalari to‘g‘risida ma’lumotlar ham keltirilgan. Prognoz qilinayotgan daromadlar va xarajatlarning tasdiqlangan parametrlarini hisobga olgan holda 2021 yilda Konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5,4 foiz miqdorida prognoz qilinmoqda. Alohida bir bo‘limda davlat qarzining holati va dinamikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoritilgan bo‘lib, davlat qarzi o‘sishiga qaramasdan makroiqtisodiy barqarorlik darajasiga xavf solmaydigan darajada qolmoqda. Mazkur maqsadlar uchun 2020 yildan boshlab tashqi qarzlarni O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb qilishga cheklovlar kiritildi.

2020 yilda milliy iqtisodiyotning o‘sish sur’ati inqiroz sharoitida sezilarli ravishda pasaydi (1,6%gacha).

Iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash maqsadida hukumat tomonidan iqtisodiy o‘sishni tiklash va tarkibiy islohotlarni davom ettirish yuzasidan amaliy harakatlar rejasi qabul qilindi. Mazkur harakatlar rejasi hukumat, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining sa’yharakatlarini muvofiqlashtirishni, tizimli islohotlarni davom ettirish maqsadida sharoit yaratishni va iqtisodiyotni rivojlanishiga yanada turtki beruvchi yangi imkoniyatlarni va zaxiralarni aniqlashni («o‘sish nuqtalari») nazarda tutadi.

2021 yilda makroiqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirish va tizimli tarkibiy islohotlarni davom ettirish chora-tadbirlarini hisobga olgan holda, iqtisodiy o‘sish 5,1 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

2021-2023 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarining o‘sish sur’atlarini inqiroz davrigacha bo‘lgan miqdorlarga bosqichma-bosqich tiklanishi prognoz qilinmoqda.

2021 yilda va kelgusi ikki yilda inflyasiya darajasi 7-11% darajada bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Jahon iqtisodiyoti bosqichma-bosqich tiklanishi va tashqi savdo operatsiyalarining yangilanishi hisobiga 2021 yilda tashqi savdo hajmining 2019 yildagi inqiroz davrigacha bo‘lgan miqdorlarga yetkazish prognoz qilinmoqda.

2021-2023 yillarda jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmini sanoat, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi va yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni saqlab qolgan holda inqirozgacha bo‘lgan davr ko‘rsatkichlariga yetkazish prognoz qilinmoqda.

2021 yilda Davlat byudjeti daromadlarining tarkibida byudjetga tushayotgan umumiy tushumlarning 42,4 foizini ta’minlovchi bilvosita soliqlar ulushi oshib bormoqda.

Bilvosita soliqlar tushumining asosiy qismi (75,1%) QQS va aksiz solig‘i tushumlarining ortishi hisobiga ta’minlanadi. QQS bo‘yicha tushumlar 47,0 trln so‘m miqdorida prognoz qilinmoqda, o‘sish sur’ati joriy yil kutilayotgan tushumga nisbatan 50,6% ni tashkil etadi.

2021 yilda Davlat byudjeti xarajatlari 165 879 mlrd so‘m miqdorida tasdiqlangan, bu YaIMning 24,1 foizi miqdori tashkil etib, 2020 (20,1 foiz) yilga nisbatan qariyb 4 foizga ko‘p.

Sog‘liqni saqlash sohasiga – 19 648 mlrd so‘m ajratilgan.

2021 yilda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish uchun.

COVID-19 pandemiyasi inqirozi barcha mamlakatlarda ijtimoiy himoya muammolarini kuchaytirdi. Aholini qo‘llab-quvvatlash choralarida ijtimoiy zaif toifalarni qo‘llabquvvatlash byudjet xarajatlarining dolzarb masalalariga aylandi. Ijtimoiy himoya xarajatlari – 10 244,7 mlrd so‘m.

2021 yilda oilalarni ijtimoiy nafaqalar bilan qamrab olishning o‘sishi davom etadi. Ijtimoiy nafaqa oladigan kam ta’minlangan oilalar soni 2020 yil boshiga nisbatan 2 baravarga ko‘payadi.

Birinchi marta byudjetda chin etimlarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida 50 mlrd so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan, chin yetimlarni uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi ishlab chiqiladi va unga murojaat yetuvchilar ro‘yxati tuziladi.

2021 yilda iqtisodiyotni bosqichma-bosqich tiklanishi Konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligi 37 534,2 mlrd so‘m miqdorida prognoz qilinmoqda (YaIMga nisbatan 5,4%).

Jami davlat qarzi 2021 yil yakunida 28,3 mlrd AQSh dollari miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda (YaIMga nisbatan 45,3%). O‘sish dinamikasiga qaramay davlat qarzi mo‘’tadil bo‘lib, makroiqtisodiy barqarorlikka xavfsiz darajada qolmoqda.

2021 yil yakuniga davlat tashqi qarzi 25,7 mlrd AQSh dollari hisobida prognoz qilinmoqda, shundan 18,6 mlrd AQSh dollari – O‘zbekiston Respublikasi nomidan (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati) va 7,1 mlrd AQSh dollari – O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb qilingan.

“2021 uchun tasdiqlangan byudjet bo‘yicha Fuqarolar uchun byudjet” nashrining to‘liq matni bilan quyidagi ilova orqali tanishishingiz mumkin.

Xulosa


Fiskal siyosat (budjet-soliq siyosati) maqsadi iqtisodiy o'sish baholarining barqaror darajasi, toliq bandlik va to'lov balansi barqarorligini ta'minlashdan iborat. Bu maqsadlarga erishish uchun davlat xarajatlari va soliqlar bilan manipulyasiya qulinadi.

Fiskal siyosat cheklovchi yoki rag'bartlantiruvchi turlarga bo'linadi. Rag'bartlantiruvchi fiskal siyosat iqtisodiyotning pasayish davrida olib borilsa, cheklovchi fiskal siyosat esa iqtisodiyotda haddan ziyod talab ko'payganda inflyatsiya paytida olib boriladi.

Fiskal siyosat tadbirlari qisqa va uzoq muddatda mutiplikator ta'siri ostida bo'ladi.

Davlat xarajatlari multiplikatori iste'molga iste'molga chegaralangan moyillik darajasi bilan teskari bog'likka ega.

Davlat xarajatlari va soliqlar miqdorini bir xil miqdorga oshiriishi daromadlar miqdorini ham shuncha miqdorga shuncha miqdorga oshirilishiga olib keladi. Bu holat balanslashgan budjet multiplikatori bilan izohlanadi.

Iqtisodiy pasayish paytida budjetning davriy taqchilligi, diskret fiskal siyosat natijasida esa tarkibiy taqchillik yuzaga keladi. Budjet taqchilligini moliyalashtirishning maqbul yoli davlat qimmatli qog'ozlarini chiqarish va ularni sotish hisobiga qarz olishdir.

Foylalanilgan adabiyotlar

1.Vahobov A.V., Malikov T.S. “Moliya” Darslik. – T.: “Sharq” nashriyoti,

2010. – 804 bet.

2.Vahobov A.A., Qosimova G.A., Jamolov X.N., Byudjet-soliq siyosati yaxlitligi.O’quv qo’llanma. - T., «Moliya-iqtisod». 2004. 296 b.

3.Jo’raev A.S. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning samarali yo’llari.

/ Monografiya. “Fan” nashriyoti. 2004 y.

4.Jo’raev A.,Safarov G’. Soliq nazariyasi -T.:TMI, 2008. -210 b.

5.Jo’raev A., Amanov A. “Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o’quv-uslubiy

kompleks. TMI, 2012 yil. -526 b.

6.Jo’raev A., Amanov A., Usmonova M. “Soliqlar va soliqqa tortish”

bakalavriat ta’lim yo’nalishi bitiruvchi kurs talabalari uchun bitiruv

malakaviy ishni bajarish yuzasidan uslubiy qo’llanma. TMI, “IQTISOD

MOLIYA”, 2007 yil. -84 b.

7.25.12.2020 yildagi “2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida” OʻRQ-657-son Qonun

8. Karimov I.A. Jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari.

–T.: “O’zbekiston”, 2009 y. -56b.

9. Malikov T., Jalilov P., Byudjet-soliq siyosati. Mongrafiya. T.:

Akademnashr, 2011. 472 b.

10. Malikov T., Vahobov D., Moliya: chizmalarda. O’quv qo’llanma. T.:

Iqtisod-moliya, 2010, 660 b.

11. Malikov T.S. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari. –T.:

Akademiya, 2002. – 204 b.

12. Srojiddinova Z.X. O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi. T.:

infoCOM.UZ MChJ, 2010 y., 500 b.

14. Toshmurodova B. Soliqlar vositasida iqtisodiyotni boshqarish mexanizmi.

/Monografiya.–T.: “Yangi asr avlodi”, 2002.–127 b.

15.Qosimova G. Davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimi. O’quv

qo’llanma. T.: Iqtisod-moliya, TMI-2008.

Internetsaytlari

1. http://www.gov.uz (O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali)

2. http://www.mf.uz (O'zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi web

sayti)


3. http://www.undp.uz (BMT TDning O`zbekistondagi Vakolatxonasi web

sayti)


4. http://www.cbu.uz (O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki web

sayti)


5. http://www.soliq.uz (O'zbekiston Respublikasining Davlat Soliq

Qo’mitasi web sayti)



6. http://www.stat.uz (O'zbekiston Respublikasining Davlat Statistika

Qo’mitasi web sayti)
Download 179 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish