Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida bozor islohotlarini
amalga oshirish, mamlakatning kafolatlangan «oziq-ovqat xavfsizligi»ni ta
’minlash, qishloq
xo
’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishdan iborat strategik vazifalarni hal qilish qishloq xo’jaligi
kooperatsion aloqalarni rivojlantirishni taqozo etmoqda.
SHu jihatdan, agrosanoat integratsiyasini isloh etish mamlakatni iqtisodiy o
’sish
sur
’atlarini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Bu borada Respublikamiz Prezidenti
I.A.Karimov ta
’kidlaganidek, «...birinchi navbatda yengil, to’qimachilik va oziq-ovqat sanoatida
paxta tolasi, boshqa qishloq xo
’jaligi mahsulotlari va xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash
bo
’yicha ishlab chiqarishni, qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, sifatli va
barqaror talabga ega bo
’lgan tayyor mahsulotlar tayyorlaydigan korxonalar tashkil etishga
alohida e
ьtibor qaratish darkor»
1
.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan agrar islohotlar agrosanoat integratsiyasining
iqtisodiy mustaqilligini ta
’minlashga, sohada bozor mexanizmining shakllanishiga, har bir
viloyatning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan unumli foydalanishga asoslanadi. Albatta, bunda uzoq
muddatga mo
’ljallangan strategik dasturlar, yaqin va o’rta muddatga qaratilgan kontseptsiyalar,
doimiy amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarda agrar sohani bosqichma-bosqich, tizimli va
tarkibiy jihatdan izchil yangilash maqsadi nazarda tutilmoqda.
Qishloq xo
’jaligida kooperatsion munosabatlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar
har bir viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va muammolarini belgilab beradi.
Xususan, agrosanoat majmuasi integratsiyasi samaradorligini oshirish kabi muammolar
respublika viloyatlarida, shu jumladan, Namangan viloyatida ham o
’ziga xos xususiyatlarga ega.
Ushbu xususiyatlar viloyatlarning milliy iqtisodiyot tizimida xo
’jalik ixtisoslashuvi, agrosanoat
integratsiyasi samaradorligi, aholining bandlik va daromad darajasini aniqlaydi
Qishloqda bozor infratuzilmasi amalda yangidan barpo etildi, qishloq xo
’jaligida mehnatni
tashkil etish va rag
’batlantirish, sohani boshqarish tamoyillari va tizimi sifat jihatdan mutlaqo
yangicha asosda yo
’lga qo’yildi. Fermer xo’jaliklariga xizmat ko’rsatadigan bozor infratuzilmasi
sub
’ektlarining keng tarmog’i yaratildi.
Qishloq aholisi bandligining shakllanishi faqat mehnat bozorining samarali rivojlanishi va
iqtisodiyotning barcha sektorlarida tarkibiy islohotlar o
’tkazilishi asosidagina amalga oshirilishi
mumkin. Bular qishloq xo
’jaligidagi ortiqcha ishchi kuchining sanoat va xizmat ko’rsatish
tarmoqlariga, shaxsiy mehnat faoliyati sohalariga hamda shahar xalq xo
’jaligiga oqib o’tishi,
xodimlar zahiralarining shakllanishi va ularning bozor mexanizmlari asosida safarbar qilinishi va
qayta taqsimlanishi jarayonini belgilab beradi.
Bilamizki, qishloq xo
’jaligi sohasi juda keng tarmoqli. SHu bois agrar siyosatni yurgizishda
sohaning har bir bo
’g’iniga alohida e’tibor qaratish lozim.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi kuzatilayotgan bir paytda mamlakatimizdagi fermer
xo
’jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati jadal sur’atlar bilan rivojlanib
bormoqdaki, bu o
’z navbatida agrosanoat tizimiga katta ahamiyat berilishi maqsadga muvofiq,
chunki qishloq xo
’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash yurtimiz taraqqiyotida katta
o
’rin egallab turadi.
Mana shu holatning o
’ziyoq qishloq xo’jaligida kooperatsion munosabatlarni iqtisodiy tahlil
qilishni taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |