2.4. Namangan viloyati qishloq xujaligidagi kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish
istiqbollari
Istiqbolda Namangan viloyatida kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish muhim
ahamiyatga ega. Zero, ushbu jarayon qishloq xo
’jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlarni
to
’laligicha isrof qilmasdan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Viloyatda qishloq xo
’jalik ekinlari hosilini yig’ib-terib olish, ularni yetishtirish va yalpi
hosilni oshirishdagi eng so
’nggi, mas’uliyatli bosqichlardan biri hisoblanadi. Viloyatda
yetishtirilayotgan qishloq ho
’jaligi mahsulotlariga ishlov berishni tashkil etish xam muhim
ahamiyatga ega. CHunki biz yetishtirayotgan qishloq xo
’jaligi mahsulotlarini jahon talablari
asosida ishlov bergan holda tayyorlashimiz bizning mahsulotlarni chet elga ko
’p miqdorda va
qimmatroqqa sotilishi uchun imkoniyat yaratadi.
Mahsulotga tovar ishlov berishga quyidagi vazifalar kiradi:
hosil yig’ib-terib olingandan keyin nes-nobud qilmasdan tashishni tashkil etish, tashishda
transport vositalaridan to
’g’ri foydalanish;
mahsulotlarni omborxona, tayyorlov makonlariga va savdo shaxobchalariga o’z vaqtida
o
’z sifatini tushirmasdan yetkazish;
dala sharoiti va omborxonalarda saqlash uchun joy usullarini to’g’ri tanlash;
mahsulot turiga qarab idishlar tanlash va ularga mahsulot joylash;
mahsulot joylashdan avval mahsulotlarni saralash va katta-kichiklikka ko’ra ajratish;
texnik navlarni qayta ishlash korxonalariga o’z vaqtida, sifatini tushirmasdan jo’natish;
saqlashda mahsulotlar sifatini oshirish;
mahsulotlarni realizatsiya qilishni amalga oshirish.
Qishloq xo
’jalik mahsulotlariga tovar ishlov berishdan qo’zlangan eng asosiy maqsad
ularning sifatini oshirishdir.
Qishloq xo
’jalik mahsulotlari hosilini o’z vaqtida yoki noto’g’ri yig’ib olinsa, mo’l hosil
yetishtirishda o
’tkazilgan barcha tashkiliy va agrotexnika tadbirlari natijasi yo’qga chiqadi.
SHuning uchun hosilni yig
’ib olishni unumli tashkil etish va texnika tomonidan tushunib
bajarish lozim.
Etishtirilgan qishloq xo
’jalik mahsulotlarining sifat ko’rsatkichlari mahsulot hosili
olingan sharoit, saqlash va o
’tkaziladigan qo’shimcha tadbirlarga qarab har xil bo’ladi.
Qishloq xo
’jalik mahsulotlarining oziq-ovqat va texnologik qiymati, usullari va mudatiga,
hosilni yig
’ib olgandan so’ng tovar ishlov berishga, tashish va saqlashga uzviy bog’liqdir.
Mahsulotlarni miqdor jihatidan hamda sifatini tushirmasdan har bir turini eng qulay sharoitlarda
saqlashga erishish mumkin. Bu sharoitlarni o
’rganish tayyorlov korxonalarida mahsulotlarni
tayyorlashni mukammallashtirishni o
’z ichiga oladi hamda tayyorlashning nazariyasi va
amaliyotining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu masalani hal etishda avval tayyorlash ob
’ekti
sifatida mahsulotning xususiyatlariga e
’tibor beriladi. SHunga asoslanib, uning iste’mol
xususiyatlarini yuqori saqlagan xolda usul va rejimlari aniqlanadi. Ammo bunda masalaning
iqtisodiy tomoni ham inobatga olinadi. Masalan, mahsulotni tayyorlash uchun a
’lo sharoit
yaratish mumkin, lekin bu ortiqcha harajat hisobiga erishiladi. Harajatlarni to
’liq qoplash uchun
esa sotishda faqat narxni ko
’tarish hisobiga erishiladi.
SHuning uchun amaliyotda mahsulotlarni tayyorlashning turli usullarini qo
’llashda
ularning xususiyatlari, bahosi, xo
’jalik imkoniyati va muhsulotning har bir turini tayyorlash
uchun tegishli texnik zamin yaratish zarur. SHuningdek, harajatlarni ortishi bozor iqtisodiyoti
sharoitida, mahsulotlarning qanday sifati yuqori bo
’lishidan qat’iy nazar raqobatbardoshligini
susaytiradi.
Oziq-ovqatga taalluqli mahsulotlar fondini ko
’paytirishning aniq manbai - don, meva-
sabzavot va boshqa qishloq xo
’jalik mahsulotlarini terish, tashish, saqlash va qayta ishlashda
31
isrofgarchilikni kamaytirishdir. Bu vazifani xal etishda qishloq xo
’jalik mahsulotlarini saqlash va
sotishga tayyorlash muhim o
’rin tutadi.
Mamlakatimizda qishloq xo
’jalik mahsulotlarining asosiy qismi xirmon, konteyner
sektsiya, boshqariladigan gaz, muxitli, sovutkichli-omborlarda va oz qismi vaqtinchalik
omborlar-xandak va uyumlarda saqlanadi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida yirik tayyorlov korxonalari o
’zini iqtisodiy
tomondan oqlamay qoldi. Bunga bir qator qiyinchiliklar, yo
’l haqini oshishi, boshqa
respubliklarda mahsulotlar kelishini to
’xtashi va boshqa xollar sabab bo’lmoqda. SHuning uchun
bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardosh mahsulotlarni yetkazishda yuqorida qayd etilgan
tayyorlov korxonalari to
’g’ridan-to’g’ri xo’jaliklar tarkibida borini jihozlab unumli foydalanish,
bo
’lmagan taqdirda yangisini yaratish masalasi qo’ngdalang bo’lmoqda. SHunday korxonalarni
xo
’jaliklar tarkibida tashkil etish nafaqat mahsulotning isrof bo’lishini oldini olsa, ikkinchidan
aynan shu xo
’jalik uchun yaxshi iqtisodiy samaralar beradi.
Xulosa qilib aytganda hozirgi davrda xo
’jalikda yoki bir necha xo’jalik kooperatsiyasi
asosida o
’rta hajmdagi tayyorlov korxonalari quvvatlarini yaratish va bu korxonalarni mahsulot
yetishtiriladigan xudud yaqiniga joylashtirilganligi ma
’qul. Xuddi shu nuqtai nazaridan qayta
ishlash korxonalarini ham mahsulot yetishtiriladigan xo
’jaliklarga yaqin bo’lsada, bu o’z yo’lida
xom ashyoni yetkazib berishda oddiy, moslashtirilgan, arzon transport vositalaridan foydalanish
imkonini beradi va shu bilan qayta ishlangan mahsulotning tannarxini keskin tushishga olib
keladi.
32
Xulosa
Respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo
’jaligi tarmog’i alohida ahamiyatga ega. CHunki,
qishlok xo
’jaligi har doim ham mamlakatni moddiy boyliklar bilan ta’minlovchi buyuk zamin,
mehnat maydoni sifatida o
’zini namoyon qilgan.
Yurtboshimiz tashabbusi bilan agrar sohada yangicha iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar
joriy etilganligi natijasida yerlar haqiqiy egalari-fermerlarga topshirildi. Bugun mamlakatimizda
fermerlik rivojiga katta e
’tibor qaratilayotganligi tufayli yerga, mehnatga bo’lgan munosabat
ijobiy tomonga yuz tutmoqda va u erishilayotgan yutuqlarda namoyon bo
’lmoqda. Bug’doy, un,
meva-sabzavot, quruq mevalar, uzum, poliz mahsulotlari kabi oziq-ovqat mahsulotlari bilan
xalqimizning ichki ehtiyojlari to
’liq ta’minlanib, ayni vaqtda eksport ham qilinmoqda.
Qishloq sharoitida aholining shaxsiy tomorqasi va dehqon xo
’jaliklarida qora mollar
sonini ko
’paytirish, mazkur sohadagi servis xizmatlari tarmog’ini takomillashtirish hamda
chorvachilikning ozuqa bazasini mustahkamlashga alohida e
’tibor berilayotgani, xususan,
oilalarga chorva mollari tarqatilishi qishloq ahli uchun katta ko
’mak bo’lishi barobarida go’sht,
sut va sut mahsulotlari hajmining ko
’payib, narxi arzonlashishiga turtki bo’lmoqda. Xususan,
sohaga oid qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, mustahkamlash,
yangi Qonunlar qabul qilish, tegishli qonun hujjatlariga, asosan Yer kodeksiga o
’zgartirishlar va
qo
’shimchalar kiritishni taqoza etmoqda. Bunda fermerlarni qo’llab-quvvatlash va uning ijtimoiy
siyosiy maqomini mustahkamlash yuzasidan ustuvor vazifalarni hal etish maqsadga muvofiqdir.
CHunki, fermerlarni nafaqat mulkdor, balki aholi turmush darajasini yuksaltirishda katta
salohiyatga ega mulkdorlar sinfi sifatida qishloqda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini
rivojlantirish, aholi bandligini ta
’minlashda yetakchilik qilishini ta’minlash davr talabidir.
1. Qishloq xo
’jaligi mamlakat iqtisodiyotining muhim sohasi sifatida sanoatni xom ashyo
va aholini oziq-ovqat bilan ta
’minlashda muhim o’rin tutadi. SHu boisdan qishloq xo’jaligi
sohasidagi islohotlar iqtisodiy islohotlarning muhim ustuvor yo
’nalishi hisoblanadi.
2. Qishloq xo
’jaligini isloh qilishda yerga mulkchilik, davlat yerining meliorativ holatini
yaxshilash, qishloqda boshqaruv tuzilmalarini qayta tashkil etish, xo
’jalik yuritish mexanizmini
takomillashtirish, bozor, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarini jadal rivojlantirish
ustuvor yo
’nalishlar deb belgilangan.
3. Qishloq xo
’jaligidagi iqtisodiy islohotlar o’z ichiga yerdan foydalanish, suvdan
foydalanish, mulk, moliya-kredit soliq va narx-navo islohotlarini oladi.
4. Fermer xo
’jaliklarini rivojlantirishning asosiy bosqichlari to’rt bosqichni o’z ichiga
oladi. Birinchi bosqichda fermer xo
’jaliklarini tashkil etish va faoliyat yuritishning asosiy
me
’yoriy-huquqiy asoslari ishlab chiqildi. Ikkinchi bosqichda zarar bilan faoliyat ko’rsatayotgan
shirkat xo
’jaliklarini tugatish, ular negizida fermer xo’jaliklarini tashkil etish jarayonlari
rivojlandi. Uchinchi bosqichda fermer xo
’jaliklarini ustuvor yo’nalish sifatida rivojlantirildi.
To
’rtinchi bosqichda fermer xo’jaliklarining yer uchastkalarini maqbullashtirish jarayoni amalga
oshirilib, ularni iqtisodiy barqaror faoliyat ko
’rsatishiga zamin yaratishga kirishildi.
5. Qishloq va suv xo
’jaligi sohasi korxonalari faoliyatini rivojlantirish, ularning barqaror
ishlashini ta
’minlash va eksport salohiyatini oshirish asosida jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish muhim yo
’nalish sifatida belgilangan.
6. Namangan viloyatida agrosanoat integratsiyasini rivojlantirishning maqsadli Dasturni
ishlab chiqishning zarurligi ta
’kidlangan holda, bunday dasturning maqsadi, hozirgi holatning
tahlili va vatanimizdagi va xorijiy tajribalarni umumlashtirish negizida viloyat iqtisodiyotining
barqaror faoliyat yuritishiga erishishga yo
’naltirilgan bozorlar tizimining asosiy elementlarini va
bozor infratuzilmasini rivojlantirish hamda uni amalga oshirishni ta
’minlashni asoslashga
qaratilgan.
7. Amaliyotda umumkorxona va uning tarkibiy tuzilmalari bo
’yicha moddiy
rag
’batlantirish fondini shakllantirishning turli usullardan foydalaniladi. Moddiy rag’batlantirish
fondini shakllantirishning me
’yorlashtirish usulini qo’llash bu vazifalarni samarali hal etishga
imkon beradi. Aynan shu usul bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning aksariyat
kompaniyalarida qo
’llanilmoqda. Biroq bu usul quyidagi shartlar asosida amal qilishi mumkin:
33
birinchidan, me
’yorlar mustahkam va uzoqmuddatli bo’lishi lozim. U faqatgina jamoaning
mehnat faoliyati bilan bog
’liq bo’lmagan hollarda, ya’ni ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi
omillar ta
’sirida o’zgartirilishi mumkin.
8. Agrosanoat integratsiyasi samaradorligini oshirish bir tomondan, oldindan o
’rnatilgan
me
’yorlar doirasida, shuningdek, undan oshiqcha bo’lgan mehnat sarflari uchun xam moddiy
taqdirlashni, boshqa tomondan esa, boshqarishning muhim tarkibiy qismi sifatida ishlovchilar
manfaatlariga ta
’sir etish vositalarining murakkab majmuini va ularni harakatga keltirishning
o
’ziga xos mexanizmlarini o’z ichiga oladi.
9. Agrosanoat integratsiyasida mulkchilik shakllari o
’rtasida bozor raqobati amal
qiladigan sharoitda boshqarishning muhim masalalaridan biri sifatida ishlovchilarning butun
kuch g
’ayratlarini ishga solib, mehnat natijalarini yaxshilash va xizmat ko’rsatish sifatini
oshirishdan yuqori darajada moddiy manfaatdor bo
’lishiligini ta’minlashga qaratilgan mehnatga
samarali undashning eng maqbul uslublari va shakllarini ishlab chiqish hamda qo
’llashda
namoyon bo
’ladi.
10. Meva-sabzavot, chorvachilik mahsulotlarini zamonaviy qayta ishlash texnologiyalarini
joriy etish asosida, yuqori darajada sanoatlashgan va eksportga mo
’ljallangan qayta ishlash
tizimini barpo etish, ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko
’lamini oshirish agrosanoat korxonalari
samaradorligining eng dolzarb vazifalaridan biridir.
34
Do'stlaringiz bilan baham: |