’ra har bir davlatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash davlat oldida turgan
vazifalardan biri hisoblanib, ushbu muammo har bir davlat agrar sektorini rivojlantirib borishi
’rsatmoqdaki, ASMdagi iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirib borishda hamda
Rivojlangan davlatlarda kooperatsiya jarayonlarini rivojlantirishga qaratilgan turli
’nalishdagi, iqtisodiy-tashkiliy tadbirlarni olib borilishi natijasida, fermerlar mahsulotni qayta
10
shaklidagi kooperativlar asosida, qishloq xo
’jaligi texnikasi va mashinalari, yem-xashak,
o
’g’itlar hamda o’simlik va chorva hayvonlari, parrandalarni himoya qiluvchi preparatlar ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan turli ko
’rinishdagi kooperativ assotsiatsiyalari tashkil etilgan. Hatto,
ayrim davlatlarda ilmiy-tadqiqotlar kooperativlarini tashkil etilganligi . SHuning uchun ham
ushbu davlatlar agrar tizimida qishloq xo
’jaligi kooperatsiyalari alohida ahamiyatga kasb etadi.
Masalan, SHimoliy Yevropa davlatlarining qishloq xo
’jaligi kooperativlari chorvachilik
mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishda asosiy rol o
’ynaydi. Ushbu davlatlarda go’sht mahsuloti
va tirik vazndagi chorva mahsulotlarini qayta ishlash va ularning ta
’minotida kooperativlarning
ulushi 80 foizni, tuxum bo
’yicha esa 65-70 foizni tashkil qiladi. Jumladan, ularning ulushi
SHvetsiya va Finlyandiyada g
’alla bo’yicha 65-79 foiz, Daniyada esa meva-sabzavot bo’yicha
50 foizdan iborat. Norvegiya va Finlyandiyada sut sanoati to
’laligicha, go’sht sanoatini katta
qismi hamda oziq-ovqat sanoatining 55 foizi fermerlar kooperativlariga tarkibidadir. SHimoliy
Yevropa davlatlari tashqi bozorlarga 75-80 fozi mahsulotlar chiqariladi. Tashqi bozorlarda
bunday aktiv xarakatlarni sababi, ushbu mahsulotlar yuqori raqobatbardosh hisoblanadi (narx,
sifat va boshqa ko
’rsatkichlar bo’yicha), chunki mahsulotni qayta ishlashga ixtisoslashgan
kooperativlar sanoati eng zamonaviy asbob, uskuna va jihozlar hamda chiqindisiz ishlovchi
texnologiyalar bilan ta
’minlangandir. SHvetsiya kooperativlari tomonidan sut va sut
mahsulotlarining 98 foizi va g
’alla va tuxumni 75 foizidan ortig’i kooperativlar tomonidan
eksport qilinadi. Frantsiyada kooperativlari ham mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb
etib, qishloq xo
’jaligi mahsuloti ishlab chiqarishda ularning ulushi 80 foizni tashkil etadi.
Bozor munosabatlari taraqqiy etgan G
’arbiy Yevropa davlatlarida qishloq xo’jaligi
kooperativlari murakkab ijtimoiy-iqtisodiy mexanizm sifatida shakllanib, ya
’ni ularning faoliyati
faqat qishloq xo
’jaligi mahsuloti ishlab chiqarish bilan cheklanmasdan, shuningdek qayta
ishlash, saqlash, mahsulotlari realizatsiyasi, ishlab chiqarish vositalari va turli xizmatlarni
ko
’rsatish va boshq. qamrab olgan. SHu bilan birgalikda fermerlar kooperatsiyasi keng tarqalgan
integratsiya aloqalari shakllaridan biri bo
’lib, qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini
agrar sektorni barcha soha va bo
’g’inlari bilan integratsiyasidir. Integratsion birlashuvlar o’z
tarkibiga bir necha kooperativlar kirib, firma-integrator shaklini aks ettiradi, shuningdek ularning
tarkibiga sanoat va savdo korxonalari ham kiradi.
Kooperativlarning bunday kontsentratsiyasi ko
’p bosqichli tashkiliy strukturani
shakllanishiga olib keldi. SHimoliy Yevropa davlatlarida qishloq xo
’jaligi kooperativlari tizimini
bosh tashkilot agrar kooperativlar uyushmasi boshqarib, u strategik vazifalarni belgilab ularni
olib borilishini nazorat qiladi va turli masalalarni hal etadi. Asosiy e
’tibor past rentabellik
kooperativlarni rivojlantirishga qaratiladi.
Mamlakatimiz qishloq xo
’jaligini yanada taraqqiy ettirishda asosiy e’tibor agrar sohada
islohotlarni chuqurlashtirish, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarida bozor tamoyillarini
to
’la qaror toptirish asosida qishloq aholisining turmush darajasini keskin oshirishga
qaratilmoqda.
Xulosa qilib shuni ta
’kidlash lozimki, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirib va
takomillashtirib borishda iqtisodiy jihatdan rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasining ijobiy
tomonlarini, respublika qishloq xo
’jaligining o’ziga xos xususiyatlarni to’liq hisobga olgan
holda amaliyotga tatbiq etib borish, o
’z navbatida tarmoqning barqaror rivojlanishiga katta hissa
qo
’shadi.
Do'stlaringiz bilan baham: