Sabr vaqtsiz notanlovchan tokli kesim
Sabr vaqtsiz notanlovchan tokli kesim energetika tizimlarining turg’un ishlashini ta’minlash yoki himoyalanayotgan qurilmaning termik chidamliligini ta’minlash maqsadida shikastlangan qurilmalarni tezlik bilan toʻliq yoki qisman oʻchirish lozim boʻlganda qoʻllaniladi. Aralash tutashmalardagi qisqa tutashuvlarda tokli kesimning notanlovchan ishlashining oldini olishda avtomatik qayta ulash (AQU) yoki zaxirani avtomatik qayta ulash (ZAQU) yordamida amalga oshirish mumkin.
AQU qurilmasi (6.15 – rasm) L1 liniyada oʻrnatilgan boʻlib, Q1 uzgichga ta’sir etadi.
Agarda qisqa tutashuv toki L2 liniyada umumiy hududda lumum boʻlganda (K2 nuqta), tanlovchan tokli kesim TK2 va notanlovchan tokli kesim NTK1 bir vaqtning oʻzida ishga tushadi. Natijada ikkala L1 va L2 liniyalar oʻzining uzgichlari tomonidan tarmoqdan uziladi. L1 liniya o`chirilgandan soʻng, AQU qurilmasi ma’lum bir sabr vaqtni ta’minlab Q1 uzgichni qayta ulashga xabar beradi. L1 liniya qaytadan tarmoqqa ulanadi va ikkinchi podstansiya (PS2) manba
bilan ta’minlanadi. Shikastlangan L2 tarmoq oʻchirilgan holatda qoladi.
Agarda elektr tarmoqning boshlang’ich holatida qisqa tutashuv umumiy hududda (lumum) sodir boʻlmasa, lekin TK2 tokli kesimning hududida (lTK2) sodir boʻlsa (K3 nuqta), ushbu himoyaning ta’siridan faqatgina L2 liniya tezda oʻchiriladi. Notanlovchan tokli kesim (NTK1) ishga tushmasligi kerak va L1 liniya ish holatida qoladi.
– rasm. Notanlovchan tokli kesimli tarmoq sxemasi va AQU
L1 liniyadagi qisqa tutashuvlarda (K1 nuqta) notanlovchan tokli kesim (NTK1) ta’siri ostida L1 linya oʻchiriladi. AQU qurilmasi liniyani tarmoqqa qaytadan qoʻshgan vaqtda qisqa tutashuv oʻz turg’unligini saqlab qolgan boʻlsa notanlovchan tokli kesim (NTK1) L1 linyani qaytadan oʻchiradi. L1 liniyani tarmoqqa qaytadan qoʻshish soni (odatda bir marta) AQU qurilmasi orqali cheklanadi.
Notanlovchan tokli kesimning ishlash toki uch fazali qisqa tutashuv sodir boʻlganda, kuchlanishning pasayishi energetika tizimlarining turg’un ishlashlarini buzilishigacha olib keladigan zonalarda ishonchli ishlash sharti asosida tanlanadi:
Iish.ntk1
, (6.12)
bu yerda
U f min
energetika tizimining minimal ish holatidagi fazalararo
kuchlanish, buni nominalning 0,9 0,95 ga teng deb olish mumkin;
zt min
energetika tizimning minimal ish holatidagi notanlovchan tokli kesim
oʻrnatilgan joygacha boʻlgan toʻla qarshilik.;
kz - zaxira koeffitsiyenti,
kz 1,11, 2 ;
k0 - uch fazali qisqa tutashuvda kuchlanishning ruxsat etilgan pasayishini
hisobga oluvchi koeffitsiyent; sinxron generatorlarning dinamik turg’unligini
ta’minlash maqsadida taqribiy hisoblashlarda
k0 1,0 .
k0 1,5 , sinxron motorlar uchun
Bundan tashqari L2 liniyaning umumiy hududidagi qisqa tutashuvlarda TK2 tokli kesimning ishlash vaqti notanlovchan tokli kesimning (NTK1) ishlash vaqtidan katta boʻlmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |