Amaliy ishlar metodi - o‘zlashtirilgan bilimlami amaliyotda
qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantiruvchi usul.
Anomaiiya (yunoncha — anomal) - me’yordan, umumiy qonu-
niyatlardan chetlanish, noto‘g‘ri rivojlanish.
Anomal bolalami o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish-
korreksion pedagogikaning asosiy tushunchasi bo‘lib, nuqsonning
darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar
yordamida anomal bolalami faol ijtimoiy hayot va mehnatga
tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirish.
Axloq- (lotincha “moralis” - xulq-atvor ma’nosini bildiradi) -
ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga
soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi
zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi.
Axloqiy ong - shaxsga axloqiy me’yorlar va xulq-atvor qoi
dalari to‘g‘risidagi nazariy bilimlami berish asosida hosil qili-
nuvchi ong shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: |