‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


 Eng qadimgi davrdan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va



Download 19,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/412
Sana15.07.2021
Hajmi19,15 Mb.
#120500
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   412
Bog'liq
Umumiy pedagogika Mavlonova R.A

2. Eng qadimgi davrdan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va 

pedagogik flkrlar

Hoidrgi  o‘zbek  xalqining  ajdodlari  bundan  bir  necha  ming 

yillar oldin yashagan bo‘ lib, ular yuksak va o‘ziga xos madaniyatni 

vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan. 

Dastlabki  tosh  qurollaridan  tirikchilik  uchun  foydalanish,  ancha

332



takomillashgan  mehnat  qurollarini  yasash,  urug'chilik  davriga 

kelib, xo‘jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlarni 

o‘z ichiga olgan davrgacha bo‘lgan tariximiz ota-bobolarimizning 

boy 


qadimiy 

madaniyatga 

ega 

bo‘Iganiigidan 



dalolat 

beradi.Ajdodlarimiz 

tomomdan 

qo‘lga  kiritilgan 

qadimiy 

madaniyati  tarkibidan  ta’lim-tarbiyaga  oid  merosi  ham  alohida 

o‘rin  olgan.  Zero,  hozirgi  turkiy  va  forsiyzabon  xaiqlaming 

bizgacha  yetib  kelgan  muhim  arxeologik  topilmalari,  tarixchilar, 

adabiyot  va  san’at  namoyandalarining  ijodiy  merosi,  san'at  va 

adabiy asarlaming namunalari buning daliiidir. Ma’lumki, kishilik 

jamiyatining  vujudga  kelishi  jarayonida  inson  ham  biologik 

jihatdan,  ham  ijtimoiy jihatdan  takomillashib  borgan.  Dastlabki 

diniy e’tiqodlar, eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi 

holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtld bo‘ldi.  Bu 

jarayon  minglab  yillami  o‘z  ichiga  olgan  bo‘lib,  ana  shu davrda 

inson ongi shakllanishinmg asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob 

qoidalari, ijtimoiy talabiar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan 

davrda yaratilgan yodgorlikl arining asosiy mazmuni va mohiyatini 

tashkil etadi. Eng qadimgi kishilarga xos bo‘lgan xislatlar, ulaming 

dastlabki,  oddiy  istaklari,  orzu-umidlari  qadimgi  eposlarda  aks 

etgan  afsonaviy  obrazlar  hamda  qahramonlar  qiyofasida  o‘z 

ifodasini  topgan.  Ruhga  sig‘inish  (oriimizm),  ajdodlar  ruhiga 

sig£inish (totemizm), sehrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va marosimlar 

yoritilgan  afsona  va  rivoyatlarda  eng  qadimiy  ajdodlarimizning 

tafakkur  dunyosi  aks  etgan.  Ma’lumki,  ibtidoiy  kishilar  mehnat 

faoliyati jarayonida o‘z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh 

avlodda ham  mehnat  qilish,  amaliy  faoliyatni  yo'lga  qo‘ya.  olish 

borasidagi  nazariy  bilim,  ko‘mkma  va  malakalami  hosil  qilishga 

zamin  hozirlagan.  Mehnat  faoliyatini  tashkil  etish  jarayoni 

dastlabki paytlarda butun ijtimoiy hayotni yo‘lga qo‘yish negizida 

amalga oshirilgan bo‘Isa, keyinchalik tarbiya inson faoliyati asosiy 

jihati,  ijtimoiy  ongni  shakllantirishning  muhim  omiliga  aylandi. 

Dastlabki urug‘chilik jamiyatidan oldin ham inson yashash uchun 

kurashgan, mazkur davrda urug‘ning barcha a’zolari jamoa bo‘lib 

harakat  qilganlar.  Keyinroq  kishilar  mehnat  faolij^atini  jamoa



a’zolarining  yosh  jihatlariga  ko‘ra  quyidagi  uch  giiruh  asosida 

tashkil etganlar.

-  bolalar va o‘smiriar;

-  ijtimoiy hayot va mehnatda to‘la ishtirok etuvchilar;

-  keksalar.

Ibtidoiy  jamiyatda  bola  o‘zi  uddalay  oladigan  faoliyatning 

tashkil etilishida bevosita ishtirok etib. hayot kechirish va mehnat 

qilish  ko‘mkmalarini  o‘zlashtirgan.  Bu  holat  og‘ir  sharoitda 

kechgan.  o ‘g‘il  bolalar erkaklar bilan ov qilish,  qurol  yasash kabi 

yumushlami  bajarsalar,  qizlar,  ayollar  tomonidan  bajariladigan 

mehnat sirlarini o'zlashtirar edilar. Hech qayerda yozilmagan odat 

va an’analarga ko‘ra, yosh bolalar keksalar nazorati ostida ma’Ium 

tajribalarga ega bo‘lardilar.  Bola ma’Ium tayyorgarliklardan so‘ng 

maxsus sinovlardan o‘tib,  amaliy faoliyatda faol ishtirok eta olish 

huquqini qoiga kiritar edi.  Ushbu an’ana, ya’ni, bolalarni ma’Ium 

yoshgacha  enaga  yoki  murabbiyga  topshirish  yaqin  davrlargacha 

saqlanib qolgan, hatto hozirgi kunda ham ko‘ zga tashlanadi.

Jamiyatning  ijtimoiy  jihatdan  taraqqiy  eta  borishi  bolalarga 

dalalami o‘ichash,  suv toshqinlarining oldini olish, kishilami turli 

kasalliklardan davolash  usullariga oid bilimlami berishga bo‘lgan 

ehtiyojni  yuzaga  keltirdi.  Mazkur  ehtiyojni  qondirish  yo‘lidagi 

harakatning tashkil etilishi natijasida turli maktablar faoliyat yurita 

boshladi.  Maktablarda  asosiy  e’tibor  bolalarga  og‘zaki  bilimlar 

berish bilan birga ularda yozuv ko‘nikmalarinmg shakllantirilishiga 

qaratildi.  Dastlab  suratkashlik  rivojlanib,  piktografik  xat  paydo 

bo‘lgan bo‘lsa,  keyinchalik  qo‘shni  mamlakatlardan  kirib  kelgan 

harflar yordamida yozish usuli paydo bo‘ladi va bu usul tez tarqala 

boshlaydi.

Eng  qadimgi  davrlarda  yo‘lga  qo‘yilgan  ta’lim-tarbiyaga  oid 

qimmatli  ma’lumotlami  biz  yana  xalq  og‘zaki  ijodi  namunalaii: 

afsonalar,  qahramonlik  eposlari,  qo‘shiqlar.  maqol  va  iboralarda 

ilgari  surilgan  g‘oyalardan  ham  olishimiz  mumkin.  Chunk!  xalq 

donishmandligining yorqin namunasi bo‘lgan xalq og‘zaki ijodida 

xalq pedagogikasiga xos bo‘lgan tarbiya tajribalari umumlashgan. 

Ibtidoiy  kishilarning  tabiat va jamiyat  haqidagi  tasawurlari,  ular

334



tomonidan  amal  qilingan  urf-odatlar,  ijtimoiy  munosabatlari 

mazmuni  xalq  og‘zaki  ijodining  eng  qadimgi  janrlaridan  bin 

boigan  afsonalarda  ifodalangan.  Afsonalaming  qahramonlari 

yaxshilikning  tantana  qilishi  uchun  yomonlik  hamda  numing 

muqarrar mavjud bo‘lishi uchun zulmat bilan kurash olib boradilar, 

yaxshilik  va  baxt-saodatga  chulg‘angan  o‘lkalarini  yaratadilar. 

Aksariyat afsonalaming qahramonlarini inson sifatida gavdalangan 

xudolar tashkil  etgan.  Ibtidoiy tuzum  kishilarining  orzu-istaklari, 

o‘y-fikrlari.  maqsad  va  intilishlarini  yoritishga  xizmat  qilgan 

afsonalaming  ko‘pchiligi  bizga  eng  qadimgi  yodgorliklar  - 

“Avesto”,  Abulqosim  Firdavsiyning  “Shohnoma”  asarlari  orqali 

ma’lumdir.

Qadimgi  miflarda  kishilaming  tabiiy  ofatlar  va  yovuz  kuch- 

lardan  saqlanish  borasidagi  dastlabki  tasawurlari  tirik  mavjudot 

boshiga  falokat  keltiruvchi  tabiiy  kuchlarga  qarshi  mardonavor 

kurashgan inson va uning xatti-harakatlari orqali ifoda etilgan.

Miflar 

asosida 


yaratilgan 

afsonalaming 

qahramonlari 

tomonidan  olib  borilgan  harakatlar  qahramonlik  eposlarining 

yaratilishi  uchun  zamin  hozirlagan.  Qahramonlik  eposlarida 

vatanga bo‘lgan muhabbat, erk va ozodlik uchun kurash, yurtining 

har  bir  qarich  yerini  asrash,  qadrdon  qabilasining  farovonligi, 

to‘kin-sochinligini ta’minlash yo‘lida jonini  fido etish, qabilaning 

sha’ni, sharafi, ori va nomusi uchun kurashish tuyg'ulari tarannum 

etilgan.  Zarina,  Sparetra,  To‘maris  hamda  Shiroq  (Siroq)lar 

tomonidan ko‘rsatilgan yuksak vatanparvarlik na’mimalari, Zarina 

va  Striangey,  Zariadr  va  Odatida  muhabbatlari,  mardlik  va 

qahramonlik  timsollari  bo‘lgan  Rustam  va  Siyovush  (Xorazm- 

Qang‘  eposi)laming  jasoratlari  to‘g‘risida  hikoya  qiluvchi 

epopeyalar  shular jumlasidandir.  Bizgacha yetib kelgan epik asar 

(afsona  va  rivoyat)larda  asosan  ajdodlarimizning  yurt  ozodligi, 

vatan ravnaqi va qabila farovonligi yo'Iida olib  borgan kurashlari 

o‘z  ifodasini  topgan.  qahramonlar  vatanni  va  xalqni  sevadi.  Or- 

nomusni  muqaddas  deb  bilish,  do'st  va  safdoshlarga  sadoqat, 

burchni  yuksak  darajada  miglash,  unga  sodiqlik,  vatan  va  xalqi 

uchun  o‘z jonini  qurbon  etish,  har  qanday  mashaqqatga  bardosh 

berish, o‘z sevgi-muhabbati yo'lida aziyat kechishga tayyorlik kabi



335


insoniy  tuyg‘u!ar  ularning  asosiy  xususiyatlaridir.  Qahramonlik 

eposlarida  ulug‘langan  eng  asosiy  axloqiy  xislatlari  - jasurlik  va 

mardlikdir.

Jasurlik,  kuchlilik  va  mardlik  -   qadimiy  kishilarda  tarkib 

topishi  zarur  bo‘lgan  eng  muhim  fazilatlar  sanalgan.  Tarixiy 

shaxslaming  hayoti  va  qahramonliklari  borasida  ma'iumotlar 

beruvchi rivoyatlar fikrimizning yorqin dalilidir.  Ularda muayyan 

shaxs faoliyati, donishmandligi, qahramonliklari, tarixiy shaxs ega 

bo‘lgan axloqiy fazilatlar: nazokat, kamtarlik, aql-idrok, o‘zgalarga 

muhabbat,  yorga  vafo,  sadoqat,  baxt,  odillik,  odamiylik,  oliy 

himmatlilik va mehnatsevarlik kabilar ulug‘langan.

Qadimgi  ajdodlarimiz insonga xos jasurlik,  adolat,  sadoqat va 

insoniylik  kabi  xislatlami  qadrlaganlar.  Bu  xislatlar  insonda  o‘z- 

o‘zidan  shakllanmagan.  Tabiat  va jamiyat  hayotida  ro‘y  bergan 

o‘zgarisMar,  ibtidoiy  urug‘chilik  davrida  qaror  topgan  turmush 

tarzi insonda ana shunday xislatJarning shakllanishini taqozo etgan. 

Eng qadimgi  qo‘shiq va link she’rlarda jasurlik, adolat, sadoqat va 

insoniylik kabi xislatlar tarannum etilgan. Bunday qo‘shiq va link 

she’rlar  XI  asrda  yashagan  ulug‘  olim  Mahmud  Qoshg‘ariy 

tomonidan yaratilgan “Devonu-Iug‘atit-turk” asari orqali bizgacha 

yetib kelgan.

Turkiy  xalqlarning  tarixini  yorituvchi  qadimgi  manbalarda 

pand-nasihat va o‘gitlar etilgan asarlar ham ko‘plab uchraydi.  Ana 

shimday  asarlar  jumlasiga  Mahmud  Qoshg‘ariyning  “Devonu 

lug‘atit-turk” asari ham kiradi.

Asarning mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi manbalaming 

aksariyatida  Mahmud  Qoshg‘ariyning  qo‘shiqlami  xalq  orasidan 

yiqqanligi ta’kidlanadi. Aziz Qayumov esa bu she’r parchalarining 

asl nusxasida o‘sha davrda mavjud bo‘lgan badiiy ijodga nisbatan 

yuksak  talabchanlik  aniq  sezilib  turishi,  she’rlami  yaratgan 

shoirlaming juda  ma’lumotli  ekani,  chuqur bilim  va  nafis  badiiy 

didga ega ekani xususidagi fikrlarni qayd etadi va pand-nasihatga 

oid  qo‘shiqlami  alohida  guruhga  ajratib,  ulami  tarjima  qilib, 

mazmunini tahlil etadi.

Pand-nasihat janridagi  asarlaming  mazmunida  asosiy  o‘rmni 

ilm  olishga  undash,  uning  foydalari,  ilm  ahlini  hurmat  etish



336


to‘g‘risidagi  fikrlar  egallaydi.  Yoshlarga  ilmli  kishilarga 

yaqinlashish, ulardan o‘gitlar olish maslahat beriladi:

0 ‘g‘lim, senga qoldirdim o‘git,

Unga amal qil.

Olimlarga yaqinlash, bahra olgil,

Tutib dilo‘ (3-t. 445-bet).

Demak, o‘g‘ilga nasihat qilgan ota bilimli kishilardan yaxshilik 

kelishiga  ishonadi,  ammo  ulaming  fikrini  eshitibgina  qolmay, 

amalda unga rioya etish lozimligini ham uqtiradi.

0 ‘gitlarda  ilm-ma’rifat  hamda  muayyan  hunar  borasidagi 

ko‘nikmalaming  ezgu  maqsadlami  amalga  oshirishga  xizmat 

qilishiga erishish kerak deyiladi.

Ilm  o‘rganish  yo‘lida  aziyat  ehekkan,  mashaqqat  tortgan 

kishigina  uni  to‘laqonli  o‘zlashtira  olishi,  kasb-hunar  sirlarini 

mukammal egallashi mumkin, deydi. Bilimli, yuksak fazilatga ega 

bo‘lgan kishilar hayoti doimo mashaqqatli kechadi. Umr bo‘yi ilm 

va hunar asoslarini о ‘zlashtirgan olim va fozillar hayoti ham bir kun 

kelib  poyoniga  yetadi.  Bilimlarining  ko‘lami  ortib,  yuksak  orzu- 

istaklari amalga oshayotgan bir paytda insonning umri tugaydi.

“Devonu-lug‘atit-turk” asarida insoniy fazilatlarning yana biri

-  xushxulqlik  alohida  ajratib  ko‘rsatiladi.  Bilim  va  hunar  egasi 

boiish,  ezgulik,  yaxshilik  yo‘lida  hamda  umum  manfaati  uchun 

mehnat  qilish  xushxulq  insonga  xos  fazilat  ekanligini  alloma 

alohida qayd etib o‘tadi:

Ulug'liging oshsa agar,

Xushxulq bo‘lg\il.

Bek yonida xalq uchun 

Xo‘b ish qilg‘il (1-t. 95 bet).

Kishilar  o‘rtasida  totuvlik,  o‘zaro  ahillikning  yuzaga  kelishi 

yurtning farovon bo‘lishi, odamlaming to‘kin-sochin yashashining 

asosiy  omili ekanligiga  alohida urg‘u  berar  ekan,  alloma mazkur 

fikrlami quyidagicha ifodalaydi:

Qo‘ni-qo‘shni qarindosh 

Ko‘rsin sendan yaxshilik.

Ne-ne sovg‘a qilishsa,

Yaxshirog‘in qil tortiq (1-t.  137 bet).




Ushbu  pand-nasihatlar  she’rlamixig amaliy  hayot  bilan  uzviy 

bog‘iangamidan dalolat beradi.

Mol-dimyo  to'plashga  nisbatan  yuzaga  kelgan  hirsni  shoir 

xuddi  tog‘dan  kelayotgan  seiga  o‘xshatadi.  Molu-davlat  yig‘ish 

hirsiga berilgan kishi sel ostida qolgan toshdek chilparchin boiadi, 

deyiladi:

Mol yig‘ishni sel kelish deb hisobla,

Mol egasin tosh kabi yumalatar (3-t. 69 bet).

Shu bois aqlli inson bunday xavf ro‘y berishining oldini olishi, 

atrofdagilarning nazaridan qolmasligi lozim.

Yuqorida  ko‘rsatib  o‘tilgan  ta’lim-tarbiyaga  oid  pand- 

nasihatlarga  boy  she’rlar  turmush  tarzining  turli  tomonlaxini 

yoritishga xizmat qiladi. She’rlarda ilgari surilgan g‘oyalardan у ana 

biri  inson  hayotining  abadiy  emasligi,  shu  sababli  imkon  qadar 

kishilarga  yaxshilik  qilish  lozimligi,  yoshlik  kuchi  va  husniga 

ishonish suvga suyanish bilan barobar ekanligi alohidata’kidlanadi.

Demak,  eng  qadimgi  ma’rifiy yodgorliklarda ifoda etilgan va 

qadrlangan xislatlar - jasurlik, mardlik, adolat, sadoqat, insoniylik, 

xushmuomalalikdan  iborat  bo‘lgan.  Tabiiyki,  ushbu  xislatlar 

insonda o ‘z-o‘zidan  shakllanmagan.  Tabiat  va jamiyat hayotidagi 

o‘zgarishlar,  ibtidoiy  urug‘chilikka  asoslangan  turmush  tarzi 

insonning ana shunday xislatlarga ega bo‘lishini taqozo etgan. Ikki 

katta  kuch  -  yaxshilik  va  yomonlik  o‘rtasidagi  ayovsiz  kurash 

insonda yuqorida qayd etilgan xislatlaming bevosita shakllanishiga 

turtki bo‘lgan.


Download 19,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish