‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 19,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/412
Sana15.07.2021
Hajmi19,15 Mb.
#120500
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   412
Bog'liq
Umumiy pedagogika Mavlonova R.A

12. Oila  tarbiyasi

Oila jamiyatning  bir  bo‘lagi.  Shunday  ekan,  inson  shaxsini 

shakllantirish  oiladan  boshlanadi.  Oila  murakkab  ijtimoiy  guruh 

bo‘lib,  biologik,  ijtimoiy,  ahloqiy  mafkuraviy  va  ruhiy 

munosabatlaming  birlashuvi  natijasida  vujudga  keladi.  Oila  tor 

maishiy tushuncha emas, balki u ijtimoiy jamoa. Shu sababli oilalar 

birlashib, jamiyatni  tashkil  etadi.  Jamiyatdagi  o‘zgarishlar oilaga 

ta’sirini  ko‘rsatganidek,  oiladagi  o‘zgarishlar  ham jamiyatga  o‘z 

ta’sirini  o'tkazadi.  Darhaqiqat  oila,  ayniqsa  o‘zbek  oilasi  asrlar 

osha yosh avlodni tarbiyalashda, komil insonni voyaga yetkazishda 

muqaddas maskan bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Har bir 

insonda Vatan tushunchasi ilk bor tetapoya bo‘lib o‘sib kelayotgan 

yosh  go‘dakning  ongi,  ruhi  va  qalbiga  kirib  boradi,  butun  umri, 

hayotiy  faoliyati  davomida  yana  ham  sayqallanib,  mazmunan 

mujassamlashadi.  Bu  jarayon  oiladagi  sog‘lom  muhitda,  ota- 

bobolar  o‘giti,  ota  ibrati,  ona  mehri,  aka-uka,  opa-singillaming 

mehr-oqibati  orqali  amalga  osbib  boradi.  Shaxs  ma’naviyati, 

dunyoqarashi, tafakkuri, e’tiqodi, iymoni avvalo oilada shakllanadi.

Muhtaram  Prezidentimiz I.A.Karimov  ta’kidlaganidek “Bu 

muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson o‘z farzandlari baxt- 

u saodati, fazl-u kamolotini ko‘rish  uchun butun hayoti davomida 

kurashadi,  o'zini  ayamaydi.  Bola  tug‘ilgan  kundan  boshlab  oila 

muhitida  yashaydi.  Oilaga  xos  an’analar,  qadriyatlar,  urf-odatlar 

bola  zuvalasini  shakllantiradi.  Eng  muhimi,  farzandlar  oilaviy 

hayot maktabi orqah jamiyat talablarini anglaydi, his qiladi ”.

Shu sababli  Prezidentimiz tomonidan  1998 yilning “Oila yili” 

deb  e’lon  qilinishi  va  shu  yilning  o'zida  Oila kodeksining  qabul 

qilinishi  hamda  mamlakatimiz  tarixida  ilk  bor  tashkil  etilgan



319


Respublika  «Oila»  ilmiy-amaliy  markazining  maqsadi  ham 

davlatimizning oilani har tomonlama mustahkamlash, himoya etish 

borasidagi  siyosatiga  hamohang  bo‘lib,  oilaga  taalluqli  boy  va 

sermazmun milliy an’analami avaylab-asrash, ulami umuminsoniy 

qadriyatlar 

bilan 


uyg‘unlashtirish, 

oila 


va 

nikohning 

muqaddasligini  yosh  avlod  ongiga  chuqur  singdirish  y o ii  bilan 

oilani  mustahkamligi,  barqarorligini  ta’minlash,  oila  a’zolarining 

huquqiy  savodxonligini  oshirish  muammolarini  ilmiy  o'rganish, 

oilaviy hayotga bog‘liq muammolami  tadqiq etish va fuqarolarga 

bu  masalalarda  amaliy  yordam  berishdan  iboratdir.  Shuningdek 

Yurtboshimiz  LA.Karimov  tomonidan  2012-yilni  “Mustahkam 

oila yili” deb  e’lon  qilinishi  ham  oilalarga boigan e’tibomi yana 

bir bor tasdig‘i  desak mubolag'a bo‘lmaydi.  Shu munosabat bilan 

hukumatimiz  tomonidan  “Mustahkam  oila  yili”  Davlat  dasturi 

ishlab  chiqilishi  oilada  yoshlar  tarbiyasiga  e’tibomi  yanada 

kuchaytiradi va oiialarni mustahkamlash bilan bogiiq masalalami 

yechimini  topishga  xizmat  qiladi. 

Prezidentimiz  LA.Karimov 

aytganlaridek:  "...  hammamizga  ayon  bo‘lishi  tabiiyki,  oila 

sog‘lom ekan — jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan — 

mamlakat  barqarordir".  Oila  davlatning,  jamiyatning  asosiy 

tayanchi ekan, uning mustahkamligi, tinch-totuvligi, farovonligi va 

barqarorligidan  jamiyat  manfaatdordir.  Oilada  ma’naviy  va 

jismoniy  yetuk  avlodni  tarbiyalash,  yoshlarni  oilaviy  hayot  qu- 

rishga tayyorlash, zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish 

lozim.  Shuni  unutmaslik  lozimlci,  farzandlarimizning  har 

tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina, oila 

tarbiyasi  muvaffaqiyatli  bolishi  mumkin.  Yosh  avlod  hayotining 

ko‘p  qismi  oilada  o‘tadi.  Shu  boisdan  turmushning  murakkab 

muammolari bilan oilada tanishadilar.  Oiladagi mavjud an’analar, 

urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy ta’sirida yigit- 

qizlar  asta-sekin  kamol  topib  boradilar.  An’ana  va  marosim 

tarbiyaning  qudratli  quroliga  aylanadi.  Kelajagimizning  bunday 

bo‘lishi  hozirgi  kunda  biz  tarbiyalayotgan  yoshlarga  bog‘liq.  Bu 

qonuniyat  oilaning  tarbiya  borasidagi  faoliyatiga  ham  bog‘liq. 

Oilaviy tarbiyaning murakkabligi shundaki, har bir oila o4ziga xos 

bir olam, u tarbiya ishida ham o‘ziga xos  xususiyatlami namoyon




qiladi.  Oilaviy  tarbiya  ijtimoiy  tarbiya  bilan  uzviy  aloqada 

bo‘lsagina,  о‘sib kelayotgan  yosh  avlod farovonligini ta’minlashi 

mumkin.  Oila  tarbiyasi  ota-onalarga  pedagogik  bilimlar  berish, 

oilaviy tarbiya bo‘yicha yutuqlar, tajribalar almashishi, ota-onalami 

tarbiyaviy ishlarga qizg‘in jalb qilishga ham bog‘liqdir. Har bir ota- 

ona 


o‘z 

farzandlarini 

tarbiyalash 

borasidagi 

burch  va 

mas’uliyatlarini  chuqur  anglashlariga  bog‘liqdir.  Bundan tashqari 

normal  oilaviy  muhit,  ota-onaning  obro‘si,  to‘g‘ri  kundalik  reja, 

bolaning kitob o‘qishiga, mehnat qilishiga o‘z vaqtida jalb qilishlari 

ham  muhim  muvaffaqiyat  garovidir.  Oilada  ota  yoki  onaning 

yo‘qligi  yoki  ketib  qolishi  tarbiyaga juda  katta  zarar  ko‘rsatadi. 

Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy ta’siri kuchi yo‘qoladi.  Oila 

tarbiyasidagi  muvozanat  buziladi.  Bunday  sharoitda  bola  qalbi 

qattiq  jarahotlanadi. U tajang, serjahl, qo‘pol, dag‘al bo‘lib qoladi, 

kattalarga  ishonmay  qo‘yadi.  0 ‘qishi  ham  pasayib  ketadi.  Oila 

tarbiyasidagi muammolardan biri yolg‘iz farzandni tarbiyalashdir. 

Bunday  sharoitda  bola  faqat  kattalar  davrasida  bo‘ladi.  0 ‘ziga 

yaqin yoshdagi bolalar bilan muomala qilish imkoniyati bo‘lmaydi. 

Oilada  ko‘p  bola  bo‘Isa,  ular  bir-birini  tarbiyalaydi.  Bundan 

tashqari  oiladagi  kelishmovchiliklar,  ota-onalar  bilan  bolalar 

o‘rtasidagi  tengsizlikka  asoslangan  munosabatlar,  ayrim  ota- 

onalarning  madaniyat  va  ma’lumotining  nisbatan  past  saviyada 

ekanligi  tarbiyaga  xalaqit  beradi,  oilaviy  muhitda  qarama- 

qarshiliklar,  o ‘zaro  kelishmovchiliklami  vujudga  keltiradi.  Oila 

tarbiyasi  uydagi  omillarga  diqqatini  qaratmog‘i  lozim.  Jumladan, 

oilada  ruhiy  xotiijamlik,  samimiylik  munosabatlari  shakllangan 

bo‘lishi, ota-ona obro‘si  yuqori bo‘lishi, bolalarga talab qo‘yishda 

oiladagi  kattalar  o‘rtasidagi  birlikni  saqlanishi,  bola  shaxsini 

mehnatda  tarbiyalashga  alohida  e’tibor  berish,  bolani  sevish  va 

izzatini  joyiga  qo‘yish,  oilada  qat’iy  rejim  va  kun  tartibini 

o‘rganish,  bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish, 

boladagi  o‘zgarishlarni  kuzatib  borish,  boladagi  mustaqillikka 

intilishni  va  tashabbuskorlik  sifatlarini  qo‘llab-quvvatlash 

kabilardir.  Oila  tarbiyasida  ota-ona  obro‘si  muhim  tarbiyaviy 

ahamiyatga  egadir.  Bu  obro‘ni  esa  ibratli hulqi,  ahloqi,  intizomi, 

kamtarligi,  ishbilarmonligi  bilan  qo‘lga  kiritadilar.  Obro‘



orttirishda  eng  awalo,  ibrat-namuna  muhim rol o‘ynaydi.  Oilada 

ota-onalaming  kuzatuvchanligi,  sezgirligi,  hozirjavobligi  muhim 

ahamiyatga  egadir.  Ulaming  odilona me’yorli talabchanligi  obro‘ 

orttirishning muhim yo‘llaridan biridir.  Tarbiya jarayoni zerikarli, 

quruq  haqiqatgo‘ylikdan  iborat  ho‘lib  qolmasligi  lozim.  0 ‘zbek 

oilasi tarbiyasida, ayniqsa, otaning obro‘si katta ahamiyatga egadir. 

Ayoli, bolalari oldida obro‘ga ega bo‘lgan ota, jamoat orasida ham 

obro‘  topadi.  Oilada  obro‘si  yo‘q  otadan  tarbiya  olgan  bola, 

ko‘pincha,  o‘g‘ri,  muttaham,  yolg‘onchi  bo‘lib  yetishishi 

shubhasizdir.  Ota-ona farzandlari nigohida eng  buyuk kishilardir. 

Shuning  uchun  eng  yaxshi  sifatlari  bilangina  obro‘  qozonishlari 

kerak:.  Insoniy  fazilatlar  sohibi  boTgan  ota-ona  o‘z  farzandlari 

tomonidan  bir  umr  e’zozlanadi.  Bolalami  barkamol  inson  qilib 

yetishtirishda  maktabni  oila bilan  bog‘lamasdan,  muvaffaqiyatga 

erishib boimaydi. Shuning uchun maktab va ota-onalar o‘rtasidagi 

ta’lim-tarbiyaga  oid  ishlami  kengaytirish  lozim.  Ota-onalaming 

o‘qituvchilar bilan bo‘lgan uchrashuvlarida aytgan fikrlari ayniqsa, 

ota-onalar  uchun  qimmatlidir.  Chunki  ular  o‘z  farzandlari 

to‘g4risida  ko‘proq  ma’lumotlami  bilib  oladilar.  Shunday  ekan, 

bola  tarbiyasining  tub mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila 

bilan maktab o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladilar. 

Bola  maktabga  kirib,  to  uni  tamomlab  chiqqunga  qadar  ota-ona 

maktab bilan yaqin aloqa o‘matib, farzandining o‘zlashtirishi, hulq- 

atvoridan  hamisha xabardor  bo‘lishi,  tarbiya  masalalari  bo‘yicha 

o‘qituvchi,  sinf rahbari  bilan  maslahatlashib,  uni  darsdan  so‘ng 

nima bilan mashg‘ulligidan xabardor qilishi lozim. U o‘z navbatida 

o‘qituvchi ham bolaning o‘qishi, odobi, hulqi, maktabda o‘zini tuta 

bilishi  haqidagi  maTumotlami  ota-onaga  yetkazish,  zarurat 

tug‘ilganda hosil bo'lgan muammolami birgalikda hal qilish zarur. 

Shundagina o‘quvchi oldiga bir talab qo‘yilishiga erishiladi. Bolasi 

maktabga  borgan  ota-ona  maktab  ya’ni  shu  jamoaning  a’zosiga 

aylanadi.  Shu sababli ota-onalar maktabning ijtimoiy hayotida faol 

qatnashishlari shart. 0 ‘qituvchi ham o‘z o‘quvchisining oilasi bilan 

mustahkam  hamkorlikni  yoiga  qo‘ymog‘i  lozim.  Ota-onalaming 

mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan tarbiya sohasida hamkorlik 

qilishlari zarur. Bu ishlar oila tarbiyasiga salmoqli hissa qo‘shadi.




Xulosa  qilib  aytish  mumkinki,  hozirgi  iqtisodiy,  ijtimoiy 

o‘zgarishlar sharoitida oilaviy tarbiya masalalariga e’tibor yanada 

kuchayib, dolzarb mavzuga aylanmoqda. Oila deb atalmish aravani 

tortib  borayotgan er va xotinning  bir-biriga yelkadosh bolishini, 

o‘zaro  odoblarini,  bir-biriga  bo‘lgan  mehribonliklarini  ko‘rgan 

farzandlar  ulardan  o‘mak  oladilar  va  ularga  o‘xshashga  harakat 

qiladilar.  Chunki  farzand  aytgan  nasihatingizni  esidan  chiqarishi 

mumkin,  ammo  ko‘rganini  hech  qachon  esidan  chiqarmaydi. 

Oilada  farzand  tarbiyasining  bu  jihatini  hech  qachon  esdan 

chiqarmaslik zarur.

13. Oilada bola tarbiyasida ota-onaning  o‘rni

Inson kamolotimng ko‘rinishlaridan biri -  obro‘-e’tiborga ega 

bo‘lishdir.  Obro‘  bir kun yoki bir yil mobaynida hosil boHadigan 

jarayon  emas.  Obro‘ni  inson  hayot  mazmunidagi  faoliyati 

jarayonida  asta-sekin  shakllanib  boradi.  Ota-onaning  oiladagi 

obro‘si  tarbiya  vositasi  sifatida  xizmat  qiladi.  Obro‘  oilaviy 

munosabatlar jarayonida shakllanadi. Ma’naviy axloqiy hislatlarni, 

zamon  ruhiga  mos  tushadigan  fazilatlarni  shakllantirishga 

qaratiladi.  Mazkur  toifadagi  oila  a’zolari  davrasidagi  suhbatlar, 

munozaralar,  baxslar  mulohazalar  o‘zaro  tenglik,  hurmat  ruhiga 

bo‘ysundiriladi.  Oilaviy munosabatlaming ushbu ko‘rinishda turli 

yoshdagi,  jinsdagi  bolalarga  maqsadga  muvofiq  tarbiyaviy  ta’sir 

o‘tkazish  imkoniyati  mavjuddir.  Shu  boisdan  tasodifiy  voqea  va 

hodisalaming  sodir  bo‘lish  turli  tarzda  baholanadi  va  ularga 

bevosita aloqador oila a’zolari turmush tajribasidan kelib  chiqqan 

holda  rag‘batlantiriladi  yoki  tanbeh  beriladi, jazolanadi.  Bunday 

odilona  amalga  oshirilgan  muloqot  ta’sirida  o‘g‘il-qizlar  ruhiy 

dunyosida  ota-onaga  nisbatan  dilkashlik,  xushmuomalalik,  o ‘z 

faoliyati  uchun  javobgarlik,  o‘z-o‘zini  boshqarish  kabi  muhim 

insoniy fazilatlar paydo bo‘ladi.

Oilada  munosabatning  у ana  bir  turi  “avtoritar”  yoki  “obro‘ 

talab” munosabat deb atalib, bunda ota-onaning obro‘si shaxslararo 

muloqotda  hal  qiluvchi,  yetakchi  rol  o‘ynaydi.  Shaxslararo  teng 

huquqlilik,  erkin  xatti-Jiarakat  qilish,  tashabbuskorlik  bunda  o‘z



323


ahamiyatmi  yo‘qota  boshlaydi.  Oila  a’olarining  yurish-turishi, 

xatti-harakati ko‘pincha kattalar tomonidan cheklab qo‘yiladi. Ota- 

ona  tomonidan  tarbiyaviy  ta’sir  o‘tkazishning  asosiy  usuli  bu 

jazolash  hisoblanadi,  biroq,  onda-sonda  rag‘batlantirish  usulidan 

foydalanilganda  ham  ma’naviy  rag‘batlantirish  imkoniyatiga  ega 

bo‘lmaydi,  munosabatdagi  bunday  noxushlik  ota-ona  ko‘zlagan 

tarbiyaviy  maqsadni  amalga  oshirmaydi  va  past  samara  beradi. 

Buning oqibati natijasida oila a’zolari o‘rtasida,  mehr-oqibat hissi 

pasayadi.  Ushbu  paydo  bo'lgan  salbiy  nuqtayi  nazar  ota-onaga 

nisbatan  qo‘llaniladi.  Farzandlarda  ota-onaga  yaqinlik  mehr- 

muhabbat  hissi  biroz bo‘lsa-da kamayadi, keyinchalik bu tuyg‘u 

uzoqlashishi  “begonalashish”  tomoniga  o‘sib  o‘tadi.  Oilaviy 

turmush  munosabati  ichida  “liberal”  (murosasizlik)  toifasi  ham 

ko‘zga tashlanib turadi.  Oila davrasida  ota  yoki  ona  murosasoz, 

ko‘ngilchang bo‘lishlik  tashqi  ko‘rinishidan  iliq ruhiy  iqlimini 

o‘ziga aks ettirganday boTib tuyulsa ham, aslida unda hamjihatlik, 

o‘zaro  tushunish  yetishmaydi.  Murosasizlik  ta’sirida  farzandlar 

fe’l-atvorida  munofiqlik,  ikkiyuzlamachilik,  kelishuvchilik  kabi 

illatiar  tarkib topishi mumkin.  Ota-ona  obro4si  oiladagi axloqiy 

tarbiyaning  garovi  hisoblanadi.  Buyuk  allomalaming  mulohaza- 

lariga ko‘ra,tarbiyada hazilga yo‘l qo‘yuvchi jiddiylik hukm surishi 

lozim, lekin hamma ish hazilga, ermakka, sertakalluflikka, adovat, 

timoq orasidan kir izlashga aylanib ketmasligi kerak.  Shu boisdan 

muayyan  pedagogik-rahiyat  qonun-qoidalariga  rioya  qilingan 

holda  ota-onalar  tarbiya  qoidalari,  usullari,  vositalari  bilan 

qurollangandagina haqiqiy nazokatga va odobga erishish mumkin. 

Bu narsa ulardan chuqur izlanishlarni talab qiladi.

Oilada  farzandlarga  tarbiyaviy  ta’sir  ko£rsatishining  iltimos, 

maslahat, 

ishontirishi,  talab  qilish,  buyruq  va  tanbeh  berish, 

jazolash,  rag‘batlantirish  singari  qator  usullaridan  o‘z  o‘mida  va 

me’yorida  foydalanilmasa,  ko‘zlangan  maqsadga  erishib  bo‘l- 

maydi. Mezon tuyg‘usi va me’yor hissiga amal qilish ota-ona ruhiy 

dunyosiga,  ma’naviyatiga  singib  borsa,  u  holda  farzandlaridan 

uzoqlashishi,  begonalashish,  bordi-keldiga  borish,  anglashilmov- 

chilik g‘ovining vujudga kelishi, bachkanalashish, badjahllik, asab- 

buzarlik xulq-atvori namoyon bo'lmaydi. Tarbiyaning  muhim roli

324



nutq  hisoblanadi,  shuning  uchun  ota-ona  o'z  nutqida  yoqimsiz 

ohang bilan, mantiq siz va qaytariq  so'zlarini  ishlatish va qo‘llash 

bilan  farzandlami  ranjitmaslik,  ularda  ishonch  hissini  so‘ndira- 

digan, hazil-mutoyiba, samimiy bo‘lmagan fikr va mulohazalardan 

saqlanislii  kerak.  Hayotda  muloyimlikka,  shirinsuxanlikka, 

samimiyhkka,  sof  vijdonligi,  dilkashlik  va  xotamtoylikka  ham- 

dardlikka nima yetsin!

Odatda,  ota-ona  nazokatli  bolgandagina  haqiqiy  obro‘-e’ti- 

borga erishadi. Bundan tashqari  obro‘li bolmoq uchun ishonch har 

tomonlama rivojlangan bo‘lishi, shuningdek aqliy, ahloqiy  estetik 

jihatdan muayyan  cho‘qqiga  erishgan  bo‘lishi darkor.

Bulaming  barchasi  ota.-onadan aql-zakovatli,  milliy  udum  va 

urf-odatlami  mukammal  egallagan  shaxs  bolishni  talab  qiladi. 

Oilaviy  turmushda  farzand  kamol  topishini  to‘g‘ri  yo‘lga 

qo'yishning asosiy vositasi bolada e’tiqodni shakllantirishdir. Buni 

bolani faqat ishontirish yo‘li  bilan amalga oshirsa boiadi. Shuning 

uchun  ota-ona o‘ g‘ il-qizlami voyaga yetkazishda ularrd ishyoqmas 

qilishga  yoki asossiz buyruq berishga tayanmasligi kerak.

Xo‘sh,  ota-ona  obro‘si  farzandlarda  qachon  paydo  bo‘ladi? 

Oilaviy  turmush  tajribalaridan  shu  narsa  ma’lumki,  ota-onaning 

obro‘si  davlat  va  oila  a’zolari  oldida javobgarlikni  his  qilishdan 

boshlanadi.  Mabodo  ota-ona  o‘z  ishi,  o‘z burchi  uchun javobgar 

ekanligini tasawur qila olsa va unga  amaliyotda  rioya qilsa, mana 

shu  narsa ularning  obro‘-e’tibor  qozonishi uchun  asosiy zamin 

hisoblanadi.  Ularning  ruhiy  dunyosi,  ma’naviyati  oilaviy  iliq 

muhit  uchun  yetarli  va  ta’sirchan  bo‘lsa,  o‘z-o‘zidan  obro‘ 

qozonilaveradi,  oila  a’zolari  o‘rtasida  mehr-muhabbatga erishadi. 

Agarda  ota-onalar  o‘zlarining hulq-odob hislatlari,  his-tuyg‘ulari, 

xatti-harakatlarida  bularga  rioya  qilsalar,  oila  a’zolari  hamda 

jamoatchilik o‘rtasida yetarli darajada obro‘ qozona oladilar. Lekrn, 

obro‘  qozonish  shaxsning  tezkorlik  bilan  amalga  oshiriladigan 

sifati emas. Ota-ona obro'si butun hayot davomida kundalik ibratli 

hulqi,  axloqi, intizomi,  aql-zakovati,  kamtarinligi,  ishbilarmonligi 

bilangina  qo‘lga  kiritishadi.  Ibrat,  na’muna,  chekilgan  zaxmat, 

zakovat,  chin  ezgu  niyat,  hayrli  ish,  samimiylik  evaziga  yuzaga 

kelgan  obro'  haqiqiy  obro‘  bo‘ladi.  Bunday  obro4  farzandlar



325


xayrxohligi  va  hamdardligiga  sazovor  bo‘ladi.  Natijada  oila 

a’zolari  totuv,  osoyishta,  inoq,  ahil,  xotiijam,  hamjihat  turmush 

kechiradilar.  Oiladagi  farzandlar  yuksak  his-tuyg‘uli, 

ma’na- 


viyatli,  madaniyatli  inson  sifatida ruhiy  ozuqa oladilar,  ular ota- 

onalari bilan bexad  faxrlanadilar,  his-hayajonga to‘ladilar va shu 

g‘urur bilan yashaydilar,  asta-sekin eng zarur  shaxsiy fazilatlarini 

egallab boradilar.  Oilaviy turmushda ayrim ota-onalar faqat tazyiq 

o‘tkazish  yo‘li  bilan  farzandlari  hamda  boshqa  oila  a’zolari 

davrasida  obro‘  orttirishni  xohlaydilar,  bu  narsani  yashashning 

asosiy  vositasi  deb  hisoblaydilar.  Bunda  ular  qo‘rqitish,  buyruq 

berish,  ruhan  ezish,  tahqirlash,  tazyiq  o‘tkazish  usullarini 

qo‘llaydilar.  Goho  ular  zaharxandalik  va  badjahllikni  bola 

tarbiyasining  eng  muhim  usuli  deb  biladilar.  Qo‘rqinch  asosida 

bolada vujudga kelgan “tobelikni”, “bo‘ysunishni” ular o‘zlaricha 

farzandlari davrasida erishgan  obro‘ si deb o‘ylaydilar, tarbiyaning 

bu usuli yuqorida aytib  o‘tilganidek  avtoritar  deb aytiladi.  Ayrim 

ota-onalar  esa  o‘z  farzandlari  bilan kamroq  muloqotda bo'lishni, 

o‘zlarini  ulardan  uzoqroq  olib  yurishni  shu  yo‘l  bilan  obro‘ 

orttirishni  ham  hayol  qilishadi.  Ulaming  nazarida  go‘yo  farzand 

bilan  qancha  kam  uchrashishsa,  ma’lum  masofadan  muomala 

qilishsa,  shuncha  ko‘proq  obro‘  qozonish  mumkin  emish.  Bu 

noto‘g‘ri  tushuncha,  yuzaki  qarorga  kelish hisoblanadi.  Aksincha 

ota-ona  o‘z  farzandi  bilan  qancha  kam  muloqotda  bo‘lishsa, 

ulaming  ruhiyati  bilan  yaqindan  tanishmasa,  o‘z  ta’sirini 

o‘tkazmasada.  ular  o ‘rtasida  begonalashish,  befarq  bo‘lish,  his- 

tuyg‘ulari,  ishonishlari,  xohishlari  kelib  chiqadi.  Hozirgi  paytda 

shunday  ota-onalar  ham  uchraydiki,  ular  bolaga  faqat  rasmiyat- 

chilik  bilan  munosabatda  bo‘lish  orqali  obro‘  orttirishga  harakat 

qilishadi.

0 ‘z  maqsadlarini  amalga  oshirish  uchun  ular  qildan  qiyiq 

qidirishadi, xatti-harakatlarini keltirib chiqargan asl sababdan ko‘z 

yumishadi.  Bolaga  hadeb  tanbeh  berishadi,  begonalar  davrasida 

kalaka  qilishadi.  Uning  yurish-turishlarini  cheklab  qo‘yishadi, 

bo‘lar-bo‘lmasga  tanbeh  berishadi-yu,  arzimas  harakat  uchun

326



jerkib,  siltab  tashlashadi.  Farzandlariga  ko‘p  pand-nasihat  qila- 

verish  ham  shaxslararo  munosabatda  noxush  kechinmalami 

vujudga keltiradi.

Ota-onalar  arzimagan  mayda-chuyda  muammo,  mulohaza, 

ko‘mak uchun ham uzundan-uzoq o‘git-nasihat qiladilar. Farzand 

erkini  poymol  etib,  mustaqil  fikr  yuritishi,  intilishini  oyoq  osti 

qilishgacha  borib  yetadiiar.  Ular  o‘zlarining  nasihatgo‘yliklarim 

ota-onalik  burchi  deb  baholaydilar.  May da  gaplik,  ezmalik  bilan 

o‘g‘il-qizlar o‘rtasida haqiqiy obro‘  qozonib bo‘lmaydi.

Turmushda  soxta  yaxshilik  qilish  orqali  farzandlari  oldida 

obro‘  orttirishmoqchi bo‘ladigan ota-onalar ham bor.  Bunday ota- 

onalar  o‘zlarining  yumshoq  muomalaligi,  beozorligi,  kechiruv- 

chanligi,  yon beravchanligi, kam taiabchanligi  bilan farzandlarini 

o'zlariga  rom  qilib  oUshni  istaydilar.  Ularning  fe’l-atvorida,  na 

ma’naviyatida qat’iyatlilik, na talabchanlik, na barqarorlik mavjud.

Tilyog‘lamachilik,  soxtalik,  sun’iylik  bilan  bolada  yuksak 

insoniy  hislatlami,  olijanob  his-tuyg‘ulami,  irodaviy  sifatlami 

tarkib toptirib bo‘lmaydi.

Ota-ona obro‘sini  orttirishda ibrat ko‘rsatish usuli muhim rol 

o‘ynaydi,  oilada  tarbiya  ishini  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish 

uchun ota-ona tinmay o‘zlarini ham pedagogik, ham ruhiy jihatdan 

tarbiyalab  borishlari  kerak,  ular 

o‘zlarida  yetishmaydigan 

sifatlami  egallab  borib,  mavjud  illatlami  batamom  tugatishlari 

lozim.  Chunki  ota-onaning  tarbiya  jarayonidagi  iste’dodi  -   bu 

farzandlarga  nisbatan  muhabbat  va  sadoqatdan  iboratdir.  Ota- 

onalar o‘z farzandlari o'rtasida obro‘ga ega bo'lishlari uchun qator 

chora  tadbirlami  amalga  oshirishlari  zarur.  Farzandlami  yoshiga 

mos holda qator tarbiyaviy ishlar olib borishlari darkor.

— 

Ota-onalar  farzandlari  davrasida  obro‘  orttirish  uchun 



ularning  ruhiy  dunyosiga  kirib  borishlari  ayni  muddaodir.  Chin 

obro‘ga ega bo‘Imoqchi bo'lgan har bir  ota-ona  qimmatli  vaqtla- 

rini  o‘z norasidalaridan hech mahal ayamasliklari kerak


Download 19,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish