‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 19,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/412
Sana15.07.2021
Hajmi19,15 Mb.
#120500
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   412
Bog'liq
Umumiy pedagogika Mavlonova R.A

9. Ekologik  tarbiya

“Ekologiya”  tushuncliasi  ilk  bor  nemis  zoologi  E.Gekkel 

tomonidan  qollanilgan.  Ekologik  tarbiya  ijtimoiy  tarbiyaning 

muhim  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Ekologik  tarbiya  (grekcha 

“oikos”  -turar joy,  makon,  “logos”  -  fan)  o‘quvchilarga  dastlabki 

ekologik  bilimlami  berish,  mavjud  ekologik  bilimlarini  boyitish, 

ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikma va 

malakalarini shakllantirishga qaratilgan pedagogik jaiayondir.

0 ‘zbekiston Respublikasida tabiat va atrof-muhit muhofazasini 

tashkil  etishga  alohida  e’tibor  qaratilmoqda.  Bu  yo‘lda  amalga 

oshiriluvchi  ijtimoiy-ekologik  harakat  mazmuni  “0 ‘zbekiston 

Respublikasining  Atrof-muhitni  muliofaza  qilish  Milliy  harakat 

rejasi”da o‘z ifodasini topgan.

Tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, ekologik 

muammolaming  ijtimoiy  xavfi  xususida  to‘xtalib,  0 ‘zbekiston 

Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A.Karimov quyidagi ftkrni qayd 

etadi:  “Ekologik  xavfsizlik  muammosi  allaqachon  milliy  va 

mintaqaviy  doiradan  chiqib,  butun  insoniyatning  umumiy 

muammosiga  aylangan.  Ekologiya  hozirgi  zamonning  keng 

miqyosdagi  keskin  ijtimoiy muammolaridan  biridir.  Uni hal  etish 

barcha  halqlaming  manfaatlariga  mos  bo‘lib,  sivilizatsiyaning

300



hozirgi  kuni  va kelajagi  ko‘p jihatdan  ana  shu  muammoning  hal 

qilinishiga bog‘liqdir”.

0 ‘quvlarda  tabiatga  nisbatan  to‘g‘ri  munosabatni.  qaror 

toptirish,  mehr-muhabbatni  uyg‘otish,  atrof-muhit  musaffoligiga 

erishish  ekologik  muammolarni  hal  etish  yo‘lida  muhim bosqich 

sanaladi.

Ekologik  ta’lim  o‘quvehiga  aniq  maqsadga  muvofiq,  izchil, 

tizimli  va uzluksiz  ravishda nazariy  ekologik  bilimlami  berishga 

yo‘naltirilgan ta’limiy jarayonidir.

Nazariy ekologik bilimlar (ekologik ong) hamda atrof-muhit va 

tabiat muhofazasi yo‘Iida olib borilayotgan faoliyat birligi ekologik 

madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Ekologik ong tabiat va 

atrof-muhitning  mavjud  holati,  ulami  muhofaza  etish  borasidagi 

tushunchalaming  ongdagi  ifodasi  bo‘lib,  u  murakkab  ijtimoiy- 

psixologik hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Ekologik  faoliyat esa 

ekologik  bilimlarga  tayanilgan  holda  tabiat  va  atrof-muhit 

muhofazasini  ta’minlash  borasida  amalga  oshirilayotgan  xatti- 

harakatlar majmui demakdir.

Ekologik madaniyat o‘quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq 

tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.

Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning у ana bir muhim tarkibiy 

qismi  bolib,  uni  tashkil  etish jarayonida  quyidagi  vazifalar, hal 

etilishi zarur:

1.  0 ‘quvchilarning  ta’lim  jarayonida  o‘zlashtirgan  ekologik 

bilimlar ini yanada oshirish.

2. Ulaming  tabiat  va  atrof-muhit  ekologiyasi  to‘g‘risidagi 

tasawurini boyitish.

3. 0 ‘quvchilarda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash 

ijtimoiy zaruriyat ekanligi to‘g1 risidagi e’tiqodni shakllantirish*

4. 0 ‘quvchilarda  ekologik  faoliyat  ko‘nikma  va  malakalami 

tarbiyalash  hamda  ulaming  tabiat  va  atrof-muhit  muhofazasini 

ta’minlash jarayonida faol ishtirok etishlariga erishish.

Oila  va  jamiyatda  tashkil  etilayotgan  ekologik  tarbiya- 

ning  suhbat,  davra  suhbati,  ekskursiya,  bahs-munozara,  ijodiy 

tanlovlar,  uchrashuv,  ijtimoiy-foydali  mehnat  (shanbalik,  xashar, 

ko‘kalamzorlashtirish) kabi  shakl hamda  suhbat, kuzatish,  amaliy



301


faoliyatni tashkil  etish, rag‘batlantirish  va jazolash kabi  metodlar 

yordamida tashkil etish o‘quvchilarda ekologik madaniyatni qaror 

topishini ta’minlaydi.

0 ‘quvchi tarbiyasida ishtirok etayotgan subyektlaming shaxsiy 

namunalari, o‘quv manbalari, badiiy adabiyotlar, ommaviy axborot 

vositalari (shu jumladan, internet) materiallari va ulaming g'oyalari 

o‘quvchilarda  ekologik  madaniyatni  shakliantirishning  muhim 

vositalari sanaladi.

“Ekologiya”  tushunchasi  ilk  bor  nemis  zoologi  E.Gekkel 

tomonidan  qo'llanilgan.  Ekologik  tarbiya  ijtimoiy  tarbiyaning 

muhim  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Ekologik  tarbiya  (grekcha 

“oikos”  -turar joy,  makon,  “logos”  -fan)  o ‘quvchilarga  dastlabki 

ekologik  bilimlami  berish,  mavjud  ekologik  bilimlarini  boyitish, 

ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikma va 

malakalarini  shakllantirishga  qaratilgan  pedagogik  jarayondir. 

Ekologik  ta'lim  deganda  o‘quvchilarga  berilishi  lozim  bo‘lgan 

tabiat  bilan  inson  orasidagi  munosabatlami  ifodalovchi  bilimlar 

tizimi  tushuniladi.  Ekologik  tarbiya  esa  insonning  atrof-muhitga 

nisbatan munosabatini tarbiyalashdir.

Ekologik  ta'lim-tarbiya  umumiy  ta'lim-tarbiyaning  yangi 

shakli va tarkibiy qismi boiib, maktabda barcha fanlami o‘qitishda 

amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Ekologik ta'lim-tarbiyadan bosh 

maqsad  ham  yosh  avlodga  atrof-muhit  va  uning  muammolariga 

ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Ekologik tarbiyalash 

jarayonida  yoshlami  yashab  turgan  tabiatimiz  boyliklarini  tejab- 

tergashga, uni muhofaza qilishga o‘rgata boriladi.

Atoqli  pedagog  V.  A.  Suxomlinskiy  “Bolaiarga jonim  fido” 

asarida  “Men  bolalar  “Alifbe”ni  ochib,  birinchi  so‘zini  g‘ijjalab 

o‘qishlariga qadar aw al dunyodagi eng ajoyib kitob-tabiat kitobini 

mutolaa  etishlarini  istardim”  deb  ta'kidlaganidek,  bu  boradagi 

barcha  ishlami  bolaning  kichikligidanoq  boshlash  maqsadga 

muvofiqdir.

Ekologik tarbiyada o‘quvchilarni  o‘z  maktabini;  yashaydigan 

muhiti-shahar  va  qishloq  ko‘chalarini  ко‘kalamzorlashtirish, 

mevali  va  manzarali  daraxt  ko‘chatlari  ekish,  hiyobonlami,  suv 

havzalarini  ozoda  saqlash,  uy  hayvonlariga  qarash  kabi  ishlarda



302


kuchi  yetgancha  qatnashishga  jalb  etish  katta  ahamiyatga  ega. 

Ekologik  savodxonlik  va  madaniyat,  awalo,  oiladan  boshlanadi. 

Ekologik  duyonqarashni  shakllantirishning  negizi  oiladagi 

tarbiyaga bevosita bog‘liqdir. Agar bu masala oilada to‘g‘ri yo‘lga 

qo‘yilmagan bo‘Isa,  uni maktablarda, keyingi  ta'lim bosqichlarida 

hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish qiyin bo‘ladi. 

Ajdodlarimiz  bola  tarbiyasi  masalasiga  alohida  e'tibor  bilan 

qaraganlar  va  bu  borada  ibratli  an'analarni  vujudga  keltirganlar. 

Bolalar  go‘daklik  chog‘laridanoq  axloqiy  va  mehnat  tarbiyasini 

oilada  boshlaganlar.  Ularda  mehnatga  muhabbat,  atrof-muhitga 

hurmat,  obodonchilik  va  ko‘kalamzorlashtirish  hissi  sabot  bilan 

singdirilgan.  Masalan,  atrofhi  ifloslantirmaslik  uchun  axlatlami 

alohida  chuqurchalarga  tashlash;  xojatxonalami  ariq,  soy,  buloq 

suvlaridan  uzoqroq joyda kovlash;  yong‘in chiqmasligi  chorasini 

ko‘rish; turli ehtiyojlar uchun yashnab turgan daraxtda emas, balki 

qurib  qolganlaridan  foydalanish;  nihollami  sindirib,  payhon 

qilmaslik;  qushlaming  uyasini  buzmaslik  kabi  xatti-harakatlar 

shakllantirilgan.  Oila davrasida  farzandlarga  “Suvga  tuflama,  uni 

iflos qilma, chunki barcha j onivorlar uni ichib bahra oladi”, “Gullab 

turgan  mevali  daraxtning  shoxini  sindirma,  u  meva  beradi,  uni 

o‘zing  iste'mol  qilasan”,  “Pishib  yetilmagan  uzumni  uzma,  agar 

uzsang  katta  gunoh  ish  bo‘ladi.  Chunki  unda  ahli  mo‘minning 

nasibasi  bor”  -   deb  pandu-nasihatlar  qilganlar.  Islomdan  avval 

zardushtiylik dinida tabiatni, xususan, suvni iflos yoki isrof qilgan 

kishi 400 darra kaltaklangan.  Suvga hurmat islom dinimizda ham 

saqlanib  qolgan.  Mana  shu  hurmat  ta’sirida  xaiqda  ko‘plab 

maqollar,  rivoyatlar,  ibratli  hikoyalar,  ertaklar  vujudga  kelgan. 

Ekologik  ta'lim  va  tarbiyalash  tizimi  bolalar  bog‘chalarida, 

umumiy  ta'lim  maktablarida,  keyingi  ta'lim  bosqichlarida  hamda 

mehnat j amoalarida davom ettiriladi.  Ekologiya fani hozirgi bozor 

munosabatlari  davrida  ko‘pgina  tarmoqlarga  ega:  o‘simliklar 

ekologiyasi,  zooekologiya,  tuproq  ekologiyasi,  inson  ekologiyasi 

va  boshqalar.  Ekologiya  fani  tanlab  olingan  bir  yoki  bir  necha 

obyektning  yashash  sharoitini  yoki  normalarini  o‘rganadi  va 

yashashning  optimal  darajasini  aniqlashga  yordam  beradi.  Bu 

yo‘nalishdagi ishlar bizga ekologik bilimlami yetkazadi, ammo bu



303


bilan  insoniyat  cheklanib  qolmaydi.  Davr  talabiga  ko'ra,  yana 

boshqa  yo‘nalishda  ham  ish  olib  borishni  talab  etmoqda.  U  ham 

bo‘Isa ekologik tarbiya masalasidir.

Ekologik  tarbiya  albatta  ekologik  bilim  asosida  shakllanadi, 

Iekin  u  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ham  ega.  Ekologik  tarbiya 

insonda 


tabiatga 

nisbatan 

to‘g‘ri, 

oqilona 


munosabatni 

shakllantirish  masalasi  ustida  ish  olib  boradi  va  o‘z  oldiga 

talabalarda  ekologik  madaniyatni  shakllantirishdek  maqsadni 

qo‘yadi.  Ekologik  tarbiyaning  mazmuniga  ekologik  onglilik, 

ekologik  his-tuyg‘ular  (tabiatga,  insonlarga,  hayotga  nisbatan 

munosabatlar)  kiradi.  Shunday  qilib,  ekologik  tarbiya  inson 

hayotida, jamiyatda, vatanda muhim ahamiyat kasb qiladi.

Ekologik  tarbiyaning  shakllanishiga  ekologik  bilimlami 

egallash  bilan  bir  qatorda  ekologik  munosabatlami  ham 

shakllahtirib borish zarur bo‘ladi. Ekologik munosabatlarga:

1. Hayotga munosabat.

2. Yaxlitlik hissini tarbiyalash.

3. Javobgariik hissini tarbiyalash.

4. Tabiat go‘zalliklarini  his etish kabi  komponentlami kiritish 

mumkin.

Inson umrining asosiy qismi oila davrasida kechganligi uchun 

uning kamoloti tarbiya, iqtidor, salomatlik kabi tushunchalar bilan 

uyg'undir.  Chunki  buiaming  asoslaii  aynan  oilaviy  muhitda 

shakllanadi.

Oila  shunday maskanki unda hayotning davomiyligini ta’min- 

lovchi sliaxs shakllanadi.

Oila, jamiyat va tabiatda bugungi kunda shunday muammolar 

paydo  bo‘lmoqdaki,  bularni  osonlikcha  hal  etib  bo‘lmaydi.  Bu 

muammolar eng avvalo, ekologiya, salomatlikni saqlashga tegishli. 

Aholi  istiqomat  qilayotgan  joylarni,  ularni  o‘rab  turgan  atrof- 

muhitni  tezroq  sog‘lomlashtirish,  go'zal  tabiatimizga  rahna 

solmaslik,  odamlami  turli  kasalliklardan  asrash,  avaylash  va 

kasalliklaming  oldini  olish  eng  muhim  masalalardan hisoblanadi. 

Shuning uchun oilada ekologik  tarbiyani  shakllantirish juda katta 

ahamiyatga ega.

304



Ekologik  xavf mavjud  bo‘ lib  turgan  holatda,  bu  bilan  faqat 

mutaxassislar  shug'ullanishi  lozim  yoki  ekologik  tarbiyani  faqat 

tarbiyachilar  yoki  o‘qituvchilar  beradi  deb  hisoblab,  qo‘l 

qovushtirib  o‘tirish  noto‘g‘ri.  Ekologik  tarbiyani  awalo,  eng 

mustahkam  va  xotirada  umming  oxirigacha  saqlanib  qoladigan 

qismini ona va ota -  ya’ni oila beradi. Oilada bolani kichik yoshdan 

ekologik tarbiyaga o‘rgatishda quyidagi omillar mavjud:

-  milliy  qadriyatlar,  diniy,  qadimiy  urf-odatlami  tushuntirib 

borish;


Download 19,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish