‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Inmovatsion  jarayonning  rivojlanishida umumiy yo‘nalish



Download 19,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/412
Sana15.07.2021
Hajmi19,15 Mb.
#120500
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   412
Bog'liq
Umumiy pedagogika Mavlonova R.A

3.Inmovatsion  jarayonning  rivojlanishida umumiy yo‘nalish

Innovatika  muammolariga  murojaat  etish  va  ulami  muhim 

zamonaviy  ilmiy  fikrlash  yo‘nalishlariga  qo‘shish,  jamiyatda

178



innovatsion jarayonlar  dinamikasi  о‘sib  borayotganini  tushunish 

natijasi bo‘ldi.

Bizning  adabiyotlarimizda  innovatsiya  muammolari  ko‘p 

vaqtgacha iqtisodiy tadqiqotlar tizimida o‘rganib kelindi.

Ammo  vaqt  o‘tishi  bilan jamiyat hayoti  faoliyatining hamma 

sohalarida innovatsion o‘zgarishlar sifat xarakteristikalarini baho- 

lash muammosi  yuzaga keladi,  ammo  bu o‘zgarishlami  faqatgina 

iqtisodiy nazariyalar bilan aniq lab bo‘lmaydi. Innovatsion jarayon- 

larni o‘rganish uchun boshqa yoilar zarur, unda innovatsion tahlil 

faqatgina.  Fan  va  texnika  erishgan  zamonaviy  yutuqlaridan 

foydalanishnigina o‘z ichiga olmay, balki boshqarish, ta’lim, huquq 

va  boshqa  sohalami  ham  qamrab  oladi.  Innovatsion  pedagogik 

muammolarini  yechilishini  izlash  ta’lim  sohasida  innovatsion 

jarayonlar  borishi  xususiyatlari,  mazmuni,  tarkibi  va  klassifi- 

katsiyasini tekshirish natijalarini tahlil (analiz) qilish bilan bogliq.

“Innovatsiya”  tushunchasi  birinchi  marta  XIX  asrda  madani- 

yatshunoslar  o‘rganishlarida  paydo  bo‘ldi  va  bir  madaniyat 

elementlarini boshqasiga joriy qilish ma’nosini bildirgan. Uning bu 

ma’nosi  hozirgacha  etaografiyada  saqlanib  qolgan.  XX  asr 

boshlarida yangi bilim sohasi-yangiliklami kiritish, qo‘ Hash yuzaga 

keldi.  U  mahsulot  ishlab  chiqarish  sohasida  texnik  yangiliklami 

kiritish  qonuniyatlarim  o‘rgana  boshladi.  Yangiliklami  kiritish 

haqidagi  fan  -  innovatika  -firmalaming  yangi  reja,  xizmatlami 

ishlab  chiqish  va  tatbiq  etish  faoliyatiga  talabalari  keskin  oshib 

borishi aks ettirilgan holda paydo bo‘ldi.

30 yillarda AQShda “firma innovatsion siyosati”, “innovatsion 

jarayon” atamalari paydo bo‘ldi. 60-70 yillarda g‘arbda firmalar va 

boshqa  korxonalar  amalga  oshirilayotgan  yangiliklami  empirik 

tekshirishlar keng quloch yoyadi. Shu bilan birga diqqat ikki asosiy 

tekshirishlar  sohasiga  qaratiladi,  ulaming  har birida o"z  nazaiiy - 

metodologik madaniyati ustun turadi.

Firma  yangiliklami  kiritish  tashabbuskori  va  yaratuvchisi 

sifatida  bo‘lib,  uning  yangiliklami  kiritishga  “sezuvchanligini”, 

“ta’sirchanligini”  va  bu  ta’sirchanlik  bogliqligi  boshqarishning 

tuzilishi va uslublari bilan bog'liqdir. Tekshirishlar dasturi sifatida 

“qaror  qabul  qilish  jarayoni”  konsepsiyasi  hisoblanib,  bunda



179


altemativalami  tanlash  va  analiz  qilish  qabul  qilingan  qarorlami 

ketma-ket bosqichlar bilan amalga oshirishga o‘tiladi.

Marketing  yoki  firmanmg  bozorga  yangilik  kiritishga, 

tavakkalchilik  omillari,  kiritilayotgan  yangiliklar  muvaffaqiyatini 

oldindan  bilish  metodlari,  alohida  bosqichlar  samaradorligi 

iqtisodiy  ko‘rsatkichlari  va  yangilik kiritish  umumiyligiga:  ustun 

turuvchi tekshirishlar paradigmasi boiib, ochiq tizim va o‘yin sifat 

yondashuvi  nazariyasi  hisoblanadi,  unda  firmalar bozor bilan o‘z 

muhitlari sifatida o‘zaro munosabatda boiib va u yerda innovatsion 

jarayonning  yakimlovchi  bosqich  ko‘pgina  subyektlar  o‘zaro 

bog‘liqligi  natijasi  b oiib  qoladi,  bu  subyetklaming  har  biri  o‘z 

manfaatiga  qarab  ish  olib  boradi  va  o‘z  sheriklari  harakatlarini 

ehtimolini hisobga oladi.

Bu ikki sohada yangiliklami  kiritishni amaliy tekshirishlar bir 

qator fanlar nazariy yangiliklaridan foydalanadilar. Ular turmush va 

mehnat texnik vositalari rivojlanishi qonuniyatlariga murojaat etib

o‘rganilayotgan  texnika  tarixi,  texnik  va  ijtimoiy  о‘zgarishlar 

о‘zaro bogiiqligini o‘rganadilar: yangiliklami kiritishni boshqarish 

amaliyotiga yangi g‘oy alarm rag‘ batlantiruvchi omillar va uslublar 

haqidagi sotsiolog va ijtimoiy psixologlar xulosalar ini, innovatsion 

yangilik  kirituvchilar  va  boshqa  ishtirokchilar  xislatlari  haqidagi 

mulohazalarini faol tatbiq etadilar.

Olimlar yangiliklar kirtishni tekshirish uch bosqichga ajratadilar. 

Birinchi bosqich yangiliklar muvaifaqiyatiga yordam beruvchi yoki 

to‘sqinlik  qiluvchi  omillami  o‘rganish  va  turli  xil  yangiliklar 

ko‘pgina empirik maiumotlami analiz qilish bilan bogiiq.

Ikkinchi bosqich yangilik kiritish j arayonining o‘zini, ulami bir 

soha  muhitida  ikkinchi  sohaga  olib  o'tish  mexanizmini  hisobga 

olish bilan birgalikda o‘rganish deb qaraydilar.

Uchinchi  bosqichda  tadqiqotchi  diqqati  turli  xil  innovatsion 

vaziyatlami  analiz  qilish,  tavakkalchilikni  baholash  metodlarini 

ishlab  chiqish,  yangiliklami  kiritish  sohasida  tavsiyanomalar 

yuzaga  keltirishga  qaratiladi.  Bu  bosqichda  innovatsion  siyosat 

davlat faoliyati b oiib qoladi.



180


Pedagogik  innovatsion jarayonlami  G‘arbda  50  yillar  oxirla- 

ridan  boshlab  bizning  mamlakatimizda  keyingi  10  yillikdan 

boshlab olimlar maxsus o‘rgana boshladilar.

Jahon pedagogik jamoatchiligining qiziqishi maxsus innovatsion 

xizmat,  nashriyot,  jumallar  innovatsion  maqolalar  ko‘rinishida 

bo‘lyapti. Xususan YUNESKO qoshida ta’limni rivojlanlirish Osiyo 

pedagogik  innovatsiyalar  markazi  mavjud  bo‘lib,  dunyodagi  turli 

mamlakatlardagi  pedagogik  yangiliklami  umumlashtirib,  ta’lim 

masalalari  bo‘yicha  xalqaro  byuro  bilan  birgalikda  pedagogik 

jamoatchilikka maxsus nashrlarda ular haqida ma’lumotlar taxqatadi.

Bizning  mamlakatimizda  pedagogik  innovatsiyaning  rivojla- 

nishi keng jamoatchi-pedagoglar harakati  maktabning  tez rivojla- 

nishiga bo'lgan talab va uni pedagoglar amalga oshira bilmasliklari 

o‘rtasidagi  yuzaga  kelgan  qarama-qarshiliklar  bilan  bog‘liq. 

Yangiliklami  qo‘llash  umumiyligi  kengaydi.  Shu  sababli  yangi 

bilimlarga  bo‘lgan  talab,  yangi  “yangilik”,  “yangi  innovatsiya”, 

“innovatsion jaray on” tushunchalarini anglash talabi keskinlashdi.


Download 19,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish