O'quv rejasi va o'quv dasturi, ularga qo'yiladigan talablar
O'quv rejasi–barcha ta'lim muassasalarida so'zsiz amal qilinishi lozim bo'lgan davlat hujjatidir. Unda kurslar bo'yicha o'rganilishi lozim bo'lgan o'quv fanlari, mazkur fanlar uchun ajratilgan umumiy soatlar hajmi ko'rsatiladi.
Oliy ta'lim muassasalari uchun mo'ljallangan o'quv rejasi ishlab chiqiladi va tegishli vazirlik tomonidan tasdiqlanadi (Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan). O'quv rejasi ta'lim muassasasi ma'muriyatiga yuboriladi hamda mazkur reja asosida o'quv dasturi va jadvali tuziladi. O'quv dasturi va jadvalida yil davomida o'qitiladigan o'quv fanlarining nomi va ularga ajratilgan soatlar miqdori ko'rsatilib, o'quv yurti rektorining o'quv ishlari bo'yicha prorektori tomonidan tasdiqlanadi.
Alohida aniq bir fanning o'quv rejasi shu fanni o'qitish uchun ajratilgan soatlar va o'quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatidir.
O'quv rejasini tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi:
O'quv tarbiya ishining maqsadi, talabalarga aniq ilmiy bilim berish, olgan bilimlarini ko'nikmaga aylantirib, uni hayotga qo'llay olishga o'rgatish.
Oliy ta’lim muassasi talabalariga bilim berish bosqichiga qarab tizimga solinadi va qoidalarga asoslanadi:
O'quv dasturi ham xuddi o'quv rejasi kabi muhim davlat hujjati bo'lib, unda muayyan o'quv fani. Masalan: «Pedagogika» fanining mazmuni ochib beriladi va o'quv yili davomida talabalar tomonidan o'zlashtirilishi zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar hajmi ko'rsatiladi.
O'quv dasturlari tegishli ta'lim Oliy ta'lim turidagi barcha ta'lim muassasalari uchun yagona, uning talablari to'la ravishda bajarilishi majburiydir.
Dastur tushuntirish xati, bo'lim va mavzular bo'yicha ajratilgan soatlar hajmi, dastur materiali mazmuni hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxatidan iborat bo'ladi.
Tushuntirish xatida o'quv fanining ahamiyati, uning fanlar tizimida tutgan o'rni, ular o'rtasidagi aloqadorlik, materialni o'rganish jarayonida hal etilishi lozim bo'lgan vazifalarga oid beriladi, ayrim bo'lim va mavzularni o'rganish xususiyatlari ko'rsatiladi. O'qitish (ta'lim) metodlari va vositalarini qo'llashga doir tavsiyalar beriladi.
Soatlar hisobini asosli o'rinlarda o'zgartirilishiga yo'l qo'yiladi. Dastur materiali bo'limlar va mavzular bo'yicha taqsimlangan bo'lib, har bir mavzuni o'rganish uchun o'zlashtirishi majburiy bo'lgan tushunchalar tizimini, shuningdek, ko'nikma va malakalarning aniq ko'rsatkichi beriladi, nihoyat, talabalarga qo'yiladigan yakuniy talablar bayon etiladi.
Dasturdagi material ta'lim va tarbiya maqsadlari, didaktik tamoyillar uzviylik va izchillikka muvofiq ravishda tanlanadi va taqsimlanadi.
O'quv dasturlari quyidagi tamoyillar asosida tuziladi:
- Dastur mazmunining ilmiy xususiyatiga egaligi;
- Dastur mazmunining ijtimoiy-g'oyaviy xususiyatiga egaligi;
- Nazariy g'oyalarning amaliyot bilan birligi;
- Dastur mazmunining ijobiy-tarixiy xususiyatga egaligi va aniq bir g'oyaga asoslanganligi;
- Dastur mazmunining muayyan tizimiga ega bo'lishi;
- O'quv fanlari o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik, bog'lanishning mavjudligi;
- Dasturni tayyorlashda talabalarning psixologik va ruhiy xususiyatlarini inobatga olish;
O'quv rejasi va o`quv dasturi ta'lim muassasasi ma'muriyati, talabalar jamoalarining so'zsiz amal qilishlari lozim bo'lgan davlat hujjatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |