Ilmiy kotib: _______ N.M.Mambetov
Kirish
O’g’uv fanning dolzarbligi, oliy kasbiy ta’limdagi o’rni.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 7 fevral 2017 yil farmoni bilan 2017—2021 yillarga mo’ljallangan O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini ishlab chiqilishi ta’lim sohasini davlat siyosatida ustuvor o’rin tutish bilan birga keng jamoatchilik ishtirokini ham talab qilishiga alohida e’tibor qaratadi. To’rtinchi yo’nalish ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, bunda ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish va yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish bilan birga ta’lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish alohida uqtirib o’tildi. Ta’lim sohasini tubdan isloh qilishda har bir sohaning “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib amaliyotga tatbiq etilmoqda. Shu o‘rinda talabalarni kasbga yo‘naltirishda “Pedagogika. Psixologiya” fani kategoriyalarini o‘rgatish eng muhim vazifa sanaladi.
“Pedagogika. Psixologiya” o’g’uv kursi texnik oliy ta’lim muassasalari talabalarida psixologik-pedagogik sifatlarini shakllantirish, ularni kasbiy tayyorlashda muhim o’rin tutadi. Zamonaviy sharoitda fanni o’qitish talaba yoshlarni ilm-fan, texnika va texnologiya sohalarida erishilayotgan ilg’or yutuqlar, umuminsoniy g’oyalar, milliy qadriyatlarga tayangan holda tayyorlash, ularda pedagogik - psixologik madaniyatni rivojlantirish, ijodiy-texnik tafakkurni tarkib toptirish, yetakchi faoliyatini to’g’ri tashkil etish malakalarini hosil qilishga yo’naltirilgan.
“Pedagogika. Psixologiya” fani o’z ichiga: “Pedagogika nazariyasi” va “Umumiy psixologiya” asoslarini qamrab oladi.
“Pedagogika ”qismidan talabalar ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, yosh avlodda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashga doir zamonaviy pedagogik bilimlar, amaliy ko’nikma va malakalarning zarur hajmini, muhandis shaxsda namoyon bo’lishi zarur bo’lgan umumiy kasbiy va shaxsiy fazilatlarni muvaffaqiyatli egallashlari lozim. Bakalavrlar – bo’lg’usi muhandis texnologlarning kasbiy tayyorgarligi ta’lim va ishlab chiqarish amaliyoti integrasiyasi, umumiy hamda mutaxassislik fanlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik, milliy va jahon pedagogikasining eng ilg’or g’oyalari uyg’unligi, zamonaviy ilm-fan, texnika, texnologiyalarning so’nggi yangiliklariga tayangan holda ta’minlanadi.
“Umumiy psixologiya” qismida talabalarni psixologiya fanining mohiyati, uning metodlari va prinsiplari, shaxsning bilish jarayonlari, individual-tipologik xususiyatlari, faoliyati, muloqot va shaxslararo munosabatlar, muhandislik psixologiyasining nazariy va amaliy asoslari haqidagi bilimlarni uyg`unlashtiradi. Shaxsning emotsional-irodaviy sohasi, hissiyotning umumiy turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |