Xarakterning fiziologik asoslari
Yuqorida ko`rib o`tganimizdek, kishi temperamenti uning xarakteri tarkibiga kiradi, shu sababli ham xarakterning fiziologik asosi nerv tizimsining tipidan iborat.
Ijtimoiy muhitning ta`siri, tarbiya va mehnat faoliyati jarayonida kishi xarakterini tarkib topishida, shubhasiz uning nerv tizimsida ham o`zgarishlar yuz beradi. Bunday o`zgarishlar nerv tizimsining plastiklik deb ataluvchi xususiyatiga ko`ra yuzaga keladi. Xarakter xislatlari Shaxsning keyin hosil qilinadigan va mustahkamlanib qoladigan xususiyatlari bo`lganligi tufayli, xarakterning fiziologik asosi ham individual hayot jarayonida nerv tizimsining o`zgargan xususiyatlaridan iborat.
Xarakterning nerv fiziologik asosini tushunish uchun I.P.Pavlovning ikkinchi signal tizimsidagi ta`limoti katta ahamiyatga egadir. Ikkinchi signal tizimsi nutq va tafakkurning fiziologik asosi bo`lishi bilan birga kishi xulqini ham idora qiladi.«Normal o`sgan odamda deb yozadi I.P.Pavlov, - ikkinchi signal tizimsi odam xulqining oliy boshqaruvchisidir». Xarakterning fiziologik asosi to`g`risida gapirganda barcha xarakter xislatlari go`yo faqat nerv tizim tipi xususiyatlari bilangina belgilanadi deb tushunish yaramaydi albatta.Xarakterning fiziologik asosi xarakterning mazmunini tashkil qiladigan sifatlarni, chunonchi, ijtimoiy maslak, mardlik, o`z burchiga sadoqatli bo`lishlarni o`z ichiga olmaydi va ololmaydi ham albatta. Xarakter psixologiyasining mazmuni o`zining kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy kategoriyadir; psixologiya xarakterning mazmunini tashkil qilgan tomonlarini yoritishligi tufayli, u ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi,
Kishi xarakteri tabiiy, tug`ma bo`lmay, balki keyin hosil bo`ladi va tarbiyalanib etishadi. «Xarakter tarkib topadi, xarakter hosil bo`ladi» degan iboralar shuni ko`rsatadiki, odamlar kishi xarakterining tarbiya ta`siri bilan o`zgarishi xususiyatiga ega ekanligini o`zlarining kundalik oddiy kuzatib borishlaridan bilib olganlar. Burjua olimlaridan bir qanchasining Krechmer va uning izidan boruvchilar, odam xarakteri va uning taraqqiysi tamomila kishining tana tuzilishi bilan, faqat shu bilan belgilanadi, deb isbotlashga o`rinishlari fanga xilof reaksion o`rinishdir. Bunday olimlar xarakterning tarkib topishida shuningdek Shaxsning psixik hayotining taraqqiy etishida ijtimoiy sharoit ham, insonning faoliyati ham, tarbiya ham hech qanday rol o`ynamaydi deb da`vo qiladilar.
Kishining xarakteri tug`ma, doimiy va o`zgarmaydigan narsa emas. Hech bir bola mehnatsevar, yoki dangasa, rostgo`y yoki munofiq, botir yoki qo`rqoq, intizomli yoki intizomsiz bo`lib tug`ilmaydi. Har bir odamning xarakteri temperamenti asosida, ijtimoiy muhit ta`siri bilan, tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishi o`z-o`zini tarbiyalash bilan taraqqiy qilib, o`zgarib boradi.Xarakterning taraqqiysi kishining irodasi, aql-idroki va hissiyotlarining taraqqiy qilib borishi bilan mustahkam bog`liqdir. Shu sababli, kishining irodasi, aql-idroki
va tuyg`u-hissiyotlarining taraqqiy qilib borishi va ularning tarbiyalanishi haqida aytilgan fikrlarning hammasi kishi xarakterining taraqqiysiga ham tegishlidir.
Inson xarakteri – bu uning atrof-muhitga va o`z-o`ziga bo`lgan munosabatlari majmuasidir. Xarakter quyidagi ob`ektlarga bo`lgan munosabatlarda ifodalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |