Eksperiment tajriba-sinov uslubi “eksperiment” so'zi lotincha “sinab ko'rish”, “tajriba qilib ko'rish” ma'nosini anglatadi. Eksperimental tajriba ishlari, asosan ta'lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tatbig'i jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o'tkaziladi.
Eksperiment uslubi sharoitga qarab 3 xilda o'tkaziladi:
1. Tabiiy eksperiment.
2. Labaratoriya eksperimenti.
3. Amaliy tajriba.
Statistika ma'lumotlarini tahlil qilish pedagogik tatqiqot statistika ma'lumotlarsiz, ularning tahlilisiz o'zligini namoyon etolmaydi. Nafaqat ilmiy izlanishlar borasidagi, balki xalq ta'limi sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag'larning oshirilishi, xalq ta'limi muassasalarining o'sib borishi, darslik va o'quv qo'llanmalari, ko'rgazmali qurollar, o'qituvchi kadrlar tayyorlash, maktab qurilishi, xo'jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag'lar statistika usuli orqali aniqlanadi. Statistik omil aniq, hayotiy bo'lsa bajarilayotgan ta'lim-tarbiya yoki ilmiy tatqiqotning qimmati yuqori bo'ladi.
Suqrot u yaratgan axloqiy etika maktabi kishi axloqi bir necha fazilatlardan – jasurlik, donolik, mo`tadillik, adolatparvarlik va boshqalardan tashkil topgan.
Aflotun Suqrotning shogirdi bo`lib, ob`ektiv idealizm nazariyasining asoschisi edi. Tarbiya, - deydi Aflotun, davlat tomonidan tashkil etilmog`i va hukmron guruhlarning, ya`ni faylasuf va jangchilarnng manfaatlarini ko`zlamog`i lozim. Aflotun o`zining ta`lim-tarbiya tizimida Sparta va Afina tizimining ba`zi belgilarini birlashtirishga intildi.
Arastu ta`lim-tarbiya nazariyasini yaratish va uni rivojlantirishga katta hissa qo`shgan alloma olim. U Aflotunning shogirdi bo`lib, o`z navbatida, makedoniyalik Iskandar Zulqarnaynning ustozi bo`lgan. Uning fikricha, olamda uch xil jon bor: o`simlikdan tarkib topgan jon, u oziqlanishda va urchib ko`payishda namoyon bo`ladi; hayvondan tarkib topgan jon, o`simlik xossalaridan tashqari sezgilarda va istaklarda namoyon bo`ladi; aqlning ifodasi bo`lgan jon o`simlik va hayvonot xossalaridan tashqari, tafakkur yoki bilish xislatlariga ham egadir. Arastuning fikricha, jonning manna shu uch xiliga muvofiq uch xil tarbiya – jismoniy tarbiya, axloqiy tarbiya va aqliy tarbiya bo`lishi kerak. Arastu o`z pedagogik qarashlaraida iroda va faoliyatni asos qilib olgan holda, aqliy tarbiya sohasida ko`nikma hosil qilishga katta ahamiyat bergan. Arastuning qayd etishicha, har qanday istak va faoliyatda kamchilik, ortiqchalik va o`rtachalik bo`ladi. Hamma narsada o`rtachalik foydalidir. Hamma narsada ortiqchalik kamchilik kabi ziyondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |