Jonli muloqot – o’qituvchi tomonidan tashkil etiladigan, har qanday ta’lim-tarbiyaviy tadbir mohiyatini og’zaki so’z bilan talabalarga yetkazadigan, o’qituvchini ziddiyatli jarayonlardan olib chiqish qudratiga ega bo’lgan faoliyatdir.
O’qituvchi pedagogik mahoratida mujassamlashgan nutqning jozibadorligi, bilim saviyasining va tafakkurining kengligi, o’tkir dunyoqarashi, ma’naviy madaniyat darajasi, pedagogik qobiliyati, ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarning mutanosibligi har qanday dars va darsdan tashqari ta’lim-tarbiyaviy tadbirning muvaffaqiyatini ta’minlovchi hamda o’qituvchi jonli muloqotini tashkil etuvchi omillardir.
Pedagogika va psixologiyada jonli muloqotning muhim jihatlaridan biri uning vositalaridir. Vositalar tashkilotchilik qobiliyati, baho beruvchi, intizomga undovchi bo’lishi mumkin. Ilmiy adabiyotlarda o’qituvchi o’z ishining mohir ustasi bo’lishi uchun tashkilotchilik qobiliyati asosida ta’sir ko’rsatishga ko’proq yondashishi lozimligi ta’kidlanadi. O’qituvchining talabalar bilan muloqoti samarali bo’lishi uchun suhbatdoshni o’ziga moyil qilib olish zarur. O’zaro moyillikka erishish uchun amalda qo’llanilib kelinadigan bir qator murakkab bo’lmagan pedagogik ta’sir etuvchi usullardan foydalaniladi. Ularning eng muhimlari talabaishonchini qozonish hamda ta’sir etish va ma’qullash usullaridir.
– ishonchini qozonish usuli talabalar bilan muloqot asosida ta’sir ko’rsatishning yuqori samara beradigan usulidir. U talaba ongiga qaratilgan bo’lib, idrok qilish orqali talabalar ishonchini qozonishni va ularning roziligini nazarda tutadi. Ishonchini qozonish dalillash, isbotlash orqali olib boriladi. Ishonchini qozonish usuli muloqot dasturi sifatida dars mashg`ulotidan tashqari jarayonlarda, talaba bilan yakka holda suhbatlarda, ma’naviy-tarbiyaviy soatlarda qo’llaniladi. Ishonchini qozonish usuli yordamida o’qituvchi talabalarning dunyoqarashini shakllantiradi, ularda o’z-o’zini tarbiyalashga nisbatan javobgarlik hissini oshiradi.
Ishonchini qozonish usuli nafaqat o’qituvchi bilan muloqot jarayonida, balki ta’lim-tarbiyaviy faoliyatdan tashqari holatlarda ham talabaga ta’sir qiladi. Talabaishonchini qozonish ijobiy yoki salbiy natijalar paydo qilishi ham mumkin. O’qituvchi ishontirish bilan talabada ijobiy hislatlarni uyg’otishi uchun tarbiyaviy metodlarni o’z o’rnida qo’llashi shart. Tarbiya jarayonida har bir talabaning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi zarur
Talabalar ishonchini qozonishning yana bir muhim xususiyati talabalarning shaxs sifatida rivojlanishida o’z-o’zini tarbiyalashidir. O’z-o’zini tarbiyalash talabaning o’zini o’zi idora qilishi, o’zida erkinlikni, ijtimoiy mavqeini, tashabbuskorlik va mustaqillikni shakllantirishdir.
– ta’sir etish va ma’qullashusuli muloqotning umumiy jarayonidir. Ikki suhbatdoshning bir-birlariga ta’sir ko’rsatishlari, tarbiyaviy maqsadni ma’qullattirish vositasi sifatida o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ushbu usul vositasida o’qituvchi talaba ruhiyatiga va xulq-atvoriga tarbiyaviy maqsadni ko’zlab sezilarsiz ravishda psixologik ta’sir ko’rsatadi. Talaba psixikasida nazoratsiz kiradi. Ushbu usul, muloqot jarayonida o’qituvchi talabalarda axloqiy-irodaviy xislatlarni faol takomillashtiradi. O’qituvchi xushmuomalaligi, muosharat odobining cheksiz qudrati bilan talabalar psixikasining anglanmagan qirralariga pedagogik ta’sir etadi, o’qituvchi va talabalarning yaqindan muloqotda bo’lishini, bir-birlariga ishonchini, topshiriqlarni ma’qullab vaqtida bajarish uchun javobgarlik hissini shakllantiradi.
O’qituvchi talabalar jamoasi bilan pedagogik-psixologik muloqotni har tomonlama mukammal tashkil etish va ko’zlangan maqsadga erishishi uchun tarbiyaviy jarayonning jamiyat talablariga mos keluvchi yetakchi tamoyillaridan o’rinli foydalanishi lozim. Odamlarni bir-biriga intilishiga nima majbur qiladi? Nima uchun inson o`ziga mos bo`lgan muhitni zo`r berib qidiradi? Nima uchun u yuragidagi dardi va hissiyotlarini kimgadir to`lib –toshib gapirib bergisi keladi? Shaxs o`zining fikrlari, taassurotlari, eng achinarli va alamli hamda qiziqarli kechinmalarini kimdir dildan tinglashini istaydi. Nima uchun inson o`zining “Men”i haqidagi sir-asrorlarini, ruhiy dunyosini ochib tashlashni yaqqol namoyon qiladi? Nima uchun biz muloqotli do`st, o`rtoq va suhbatdosh izlaymiz yoki nima uchun biz boshqalar bilan muloqotga muhtojmiz?
“Odam – odam bilan tirik” degan gap ota-bobolarimizdan qolgan ko`hna haqiqatdir. Ammo har bir odam o`zi bir olam bo`lib yaralgan va hech kim hech qachon birovga aynan o`xshamaydi. Biz birovlarga o`xshamaganimiz uchun ham xohish-istaklarimiz, yaxshi va yomon fikirlarimiz turlichadir. Shaxsdagi eng chuqur joylashgan psixologik qatlamlar muloqat orqali shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |