3) Xulosa chiqarish - murakkab fikr yuritish faoliyati bo`lib, kishi bu jarayonda har xil hukmlarni taqqoslab va tahlil qilib ko`rib umumiy va mantiqiy yakka xulosaga keladi. Xulosa chiqarishning ikki turi : induktiv xulosa chiqarish - bu fikr yuritishning shunday usulidirki, bunda yakka hukmdan umumiy hukmga o`tiladi va ayrim fakt va hodisalarni o`rganish asosida umumiy qonun va qoidalar yaratishdir.”Uy hayvonlari foydalidir”. Deduktiv xulosa chiqarish – bu fikr yuritishning shunday usulidirki, bunda umumiy hukmdan yakka hukmga o`tiladi yoki umumiy qoidalar bilan tanish bo`lish asosida ayrim fakt va hodisalarni o`rganishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |