Ўзбекистон республикаси олий ва



Download 2,43 Mb.
bet55/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

Umumiy ta'lim – bu talabalar har tomonlama umumiy tayyorgarligini va rivojlanishni ta'minlovchi fan asoslarini egallab olishdir.

Kasbiy ta'lim – insonni o'zi tanlagan, nisbatan tor yo'nalishdagi mehnat faoliyatiga xizmat qiladi.

Politexnika ta'limi – talabalarni hozirgi zamon ishlab chiqarishi asoslari, uning energetikasi haqidagi bilimlar tizimi bilan qurollantrishni ta'minlaydi, hamda inson faoliyatining turli sohalaridagi ish faoliyatni o'zlashtirib olish uchun baza (asos) ahamiyatiga ega bo'lgan bir qator mehnat ko'nikma va malakalarini egallab olishni nazarda tutadi.

Umumiy politexnika va kasbiy ta'limning birga qo'shib olib borishgina yangi demokratik jamiyat qurishga qodir bo'lgan yuqori malakalii, ongli va faol talabani tayyorlashga imkon beradi.

Ta'lim mazmuni quyidagi davlat hujjatlari va rasmiy hujjatlarda o'z aksini topadi:

1. O'quv rejasi.

2. O'quv dasturi.

3. Darslik.

1997 yil 29 avgustda O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni qabul qilindi. Bu qonunda ta'kidlanishicha, ta'limning mazmuni: har bir o'sib kelayotgan yosh avlodni hayotiy va dunyoviy demokratik jamiyat baxt-saodati yo'lidagi yuqori unumli mehnatiga barkamol avlod qilib tayyorlash bilan belgilangan.

Ushbu qonun fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishning huquqiy asoslarini belgilash va har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashga qaratilgan.

Ta'limning asosiy mazmunini uning vazifalarida oydinlashtiriladi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bilan bog'liq bo'lgan vazifalar kiradi. Bu vazifalar ichida ilmiy va texnikaviy bilimlar, hamda ular bilan bog'liq bo'lgan malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirish, ajdodlarimiz qoldirgan tarixiy va madaniy qadriyatlarga hayotning ma'nosi, jamiyatda insonning tutgan o'rni, ta'lim-tarbiyasi, odob-axloqi haqida hikmatli fikrlar borki, ular bugungi xalq ta'limi taraqqiyoti, uchun va milliy maktab yaratish borasida yoshlarimizda insonparvarlik, poklik, iymon-e'tiqod, muruvvat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, millatlararo do'stlik munosabatlari, qahramonlik, mardlik singari tuyg'ularni tarbiyalaydi.

Shu bilan birga ta'lim-tarbiya muassasalari uchun alohida vazifalar qo'yilgan bo'lib ularning mazmuni ham "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun bilan mushtarakdir.

Ta'lim muassassalarida beriladigan ma'lumot mazmuni tarixiy xususiyatga ega. Kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida yosh avlodga beriladigan ma'lumot mazmuni, uning hajmi, muayyan ijtimoiy tuzumning iqtisodiy talabi va ehtiyoji, fan, texnika taraqqiyoti darajasi, madaniyati holati bilan belgilanib kelingan. Fan texnika va texnologiya taraqqiyoti yuqori darajada bo'lgan bugungi kunda ta'lim muassasalarida beriladigan ma'lumot mazmuni talabalarga ilmiy bilimlar berish, ularning faol ijtimoiy faoliyat tashkil etishlari yo'lida ko'nikma va malakalarini shakllantirishni ifodalaydi. Mustaqil O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan ta'lim (ma'lumot) ning mazmuni, avvalo komil inson va malakaviy mutaxassisni tayyorlash jarayoni mazmuni bilan belgilanadi.

Ushbu maqsadni o'zida aks ettirgan ma'lumot mazmuni quyidagi davlat ta'lim standarti, o'quv dasturlari, o'quv rejasi va darsliklar mazmunida namoyon bo'ladi.

Davlat ta'lim standarti umumiy o'rta ta'lim, kasb-hunar ta'limi, hamda oliy ta'lim uchun alohida–alohida ishlab chiqariladi.

Oliy ta’lim ta'limning davlat ta'lim standarti talabalar umumta'lim tayyorgarligiga saviyasiga qo'yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi. O'z navbatida kasb-hunar ta'limi davlat ta'lim standarti talabalar kasb-hunar tayyorgarligiga savisiga qo'yadigan (oliy ta'lim DTS talablar mutaxassislik tayyorgarligiga, saviyasiga qo'yiladigan) majburiy minimal darajani belgilaydi.

DTS (davlat ta'lim standarti) ta'lim mazmuni shakllari vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta'lim mazmunining o'zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat ko'rsatayotgan turli ta'lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta'limning barqaror darajasini ta'minlash sharti amalga oshiriladi. DTS o'z mohiyatiga ko'ra o'quv dasturlari, darsliklar, qo'llanmalar, nizomlar o'quv rejasi va boshqa me'yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Oliy ta'limning DTS o'zining tuzilishi va mazmuniga ko'ra davlat, hudud ta'lim muassasalari manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi, hamda eng muhimi talaba shaxsi, uning intilishlari qobiliyati va qiziqishlari ustivorligidan kelib chiqadi.

DTSni, uning talablarini bajarish O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko'rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo'ysunishdan qat'iy nazar barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir.

Oliyta'limning DTS quyidagi tamoyillariga tayangan holda ishlab chiqiladi:

- DTS ni davlat va jamiyat talablari va shaxs ehtiyojiga mosligi;

- O'quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan texnika rivojlanishi bilan bog'liqligi.




Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish