1. O'qituvchining o'z fani yuzasidan umumiy tayyorgarligi har bir o'quv yili oldidan va yillar davomida olib boriladi. Bu tayyorgarlik: a) o'qish yili boshlanishiga qadar o'zi dars mashg`uloti olib borayotgan guruhlar dasturini sinchiklab tahlil qilib chiqishdan, b) o'qitadigan fani bo'yicha umuman va alohida mavzularga oid darslik, o'quv materiallari, ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni o'rganib chiqishdan, v) o'qitadigan fan va umuman ta'lim-tarbiya masalalariga oid metodik adabiyotlar bilan tanishib chiqishdan, g) shu fan bo'yicha umuman va alohida mavzular bo'yicha yangidan nashr qilingan tasviriy ko'rgazma materiallari, shuningdek, yangidan joriy qilingan o'quv-tajriba asbob-uskuna va apparatlarini o'rganish va tahlil qilib chiqishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |