Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta`lim tizimi
Respublika ta`lim-tarbiya tizimini rivojlantirish, rivojlangan xorijiy davlatlar ta`lim darajasiga olib chiqish muhim vazifa bo`lib qolmoqda. Ushbu vazifani bajarish maqsadida biz oxirgi yillarda chet davlatlarda shakllangan ta`lim-tarbiya tizimini o`rganishimiz, ularning yutuqlarini tahlil etish va qo`shimcha manbalarga ega bo`lishimizni zamon talab etmoqda. Keyingi yillarda bu muammoni hal etish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda: chet ellarga chiqish, ta`lim olish, ularning vakillarini bizning Respublikamizga bo`lajak tashriflari hamda faoliyatlari, qator chet el tizimini o`rganuvchi muassasalarning tashkil etilishi va hokazo. Haqiqatan ham, bir qator chet ellarning ta`lim tizimidagi erishilgan yutuqlar jahon ahli tomonidan tan olinmoqda va o`ziga qiziqish uyg’otmoqda. Rivojlangan xorij davlatlarning ta`lim tizimida erishilgan yutuqlarning sababi shuki, bu davlatlarda ta`lim davlatning ichki siyosatiga faol ta`sir etuvchi kuch deb qaralmoqda va ta`lim ehtiyojini qondirishga qaratilgan mablag’ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. AQSH sobiq Prezidenti R.Reygan, Buyuk Britaniya bosh vaziri M.Tetcher, Fransiya Prezidenti F.Mitteranlarni olamda «Oliy ta’lim muassasi islohotlarining tashabbuskorlari» deb aytishadi.
Chet el ta`limi yana bir xususiyati bilan ajralib turadi, ya`ni pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ilmiy muassasalar ko`pligi bilan. Masalan, Germaniyada ularning soni 2000 ga yaqin, Fransiya, AQSH, Yaponiya davlatlarida ham davlat, ham xususiy tashkilotlar shug’ullanishmoqda. Natijada, yuqorida qayd etilgan davlatlarda ta`lim tizimi doimo rivojlanib, takomillashib bormoqda. Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar integratsiyalashgan o`quv dasturlarini ta`lim tizimiga kiritishmoqda. Yana bir e`tiborli masala, rivojlangan xorijiy davlatlarda - ta`lim tizimini tabaqalashtirish eng dolzarb masala deb qarashmoqda. Talabalarni tabaqalashtirib o`qitish asosida amalga oshiriladi. O`zbekistonning MRD ham bu masala II bosqichga qo`yilgan.
Fransiya pedagoglari auditoriya talabalarini uch tabaqaga ajratib o`qitishni afzal ko`radilar. Bular quyidagilar:
1. Gomogenlar - matematika va gumanitar yo`nalishdagi talabalar.
2. Yarim gomogen – tabiiy fanlarni o`zlashtirayotgan talabalar.
3. Gegeron – barcha fanlarni har xil saviyada o`zlashtirayotgan talabalar.
Tabaqalashtirish jarayonining yangi muhim yo`nalishi – to`ldiruvchi ta`lim hozirgi kunda shakllanib kelmoqda. To`ldiruvchi Oliy ta’lim muassasilarning paydo bo`lishining sababi – fanlarni o`zlashtira olmayotgan talabalarning ko`payib borishi (AQSH, G’arbiy Evropa). To`ldiruvchi ta`lim Oliy ta’lim muassasigacha tarbiya muassasalarida, Oliy ta’lim muassasi va litseylarda amalga oshirilmoqda.
Keyingi yillarda iqtidorli bolalar bilan ishlash ham kengayib bormoqda. Masalan, AQSH oliy toifali bolalar bog’chalari ochilgan, ularda 4-5 yoshli bolalar Oliy ta’lim muassasi dasturlari doirasida o`qitiladilar. «Merit» dasturi asosida yuqori auditoriya va kollejlardan har yili eng qobiliyatli 6000 ta bola tanlab olinadi. Test orqali ulardan 35000 ta talaba tanlab olinadi va o`qitiladi. Ularga turli imtiyozlar, stipendiyalar, yaxshi turar-joylar beriladi, eng oliy universitetlarga qabul qilinadi.
Ayrim davlatlarda (Germaniya) o`qitish sifatli talabalar soniga bog’lashmoqda, ya`ni auditoriyada talabalar sonini qisqartirish yo`lini tanlab olishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |