Ўзбекистон республикаси олий ва


Mehnatga bo`lgan munosabat



Download 2,43 Mb.
bet202/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

Mehnatga bo`lgan munosabat - Shaxsning mehnatkashliligi yoki yalqovligi, biron bir topshiriqni oxirigacha yetkazishi yoki yarmisida tashlab ketishi, pala-partish yoki tartibli faoliyat yuritishi, yakka tartib yoki jamoaviy mehnat to`rini tanlashi va shu kabi sifatlari orqali namoyon bo`ladi.

Odamlarga munosabat – samimiylik yoki ikkiyuzlamachilik, muloqotga moyil yoki yakkahol, haqiqatparvar yoki yolg`onchi, o`zgalar manfaati haqida qayg`urish yoki o`z manfaatini ustun qo`yish.

Narsalarga bo`lgan munosabatda - buyumlarni tartibli saqlash yoki pala-partish, narsalarni asrab- avaylash yoki ayamaslik, narsalarni qayerdaligini xotirada saqlash yoki parishonxotirlik.

O`z-o`ziga munosabat - g`urur, obro` saqlay olish, o`ziga talabchanlik, o`zini nazorat etishning kuchliligi, o`zini takomillashtirishga intilish.

Xarakter xislatlarining shakllanishida oilaning roli katta. Ota-onaning turli voqea va hodisalarga, narsalar va atrofdagilarga munosabati bola uchun namuna vazifasini o`taydi. Shuning uchun tarbiya davomida bolaniturli hayot jabhalariga jalb etish, ota va ona bilan hamkorlikda biron-bir vazifani oxirigacha yetkazish, birlamchi xarakter xislatlarini shakllantiradi. Pedagogik psixologiyada juda o`rinli ibora mavjud: “Ikkichi talabalar bo`lmaydi, balki e`tiborsiz va intizomsiz ota-onalar bor”.

Xarakter shakllanishi haqida gapirilar ekan, ko`pchilikning fikricha xarakter maktabgacha (5 yoshgacha) tarbiyalanadi, degan tushuncha hukm suradi. Umuman olganda, shaxsning shakllanishi bir umr davom etuvchi jarayon bo`lib, bunda insonning o`z-o`zini tarbiyalashi katta o`rin tutadi. Inson xarakteri temperamentdan farqli o`laroq hayot davomida va tarbiya ta`sirida shakllanadi. Temperament insonda u yoki bu xarakter xislatining shakllanishiga katta ta`sir o`tkazadi va hatto, poydevor sifatida ishtirok etadi.

Lekin,xarakter temperamentning oqibati degan fikr noto`g`ri. Temperament va xarakterni bir-biridan farqlar ekanmiz, ular inson faoliyatining turli darajasi ekanligini ta`kidlab o`tishimiz joiz. Temperament inson faoliyatining miqdoriy ifodasi bo`lsa, xarakter uning sifat ko`rsatkichidir. Odam biron – bir faoliyatni tez yoki sekin bajarishi mumkin – bu uning ayni temperamentga mansubligi belgisi, lekin ushbu faoliyatni bajarishga qanchalik vijdonan munosabatda bo`lish, vazifani chin ko`ngildan ado etish – bu xarakter ifodasidir. Ko`pchilik odamlar bilan muloqotga moyillik bu – temperament belgisidir, lekin bu munosabatlarning samimiy yoki nosamimiyligi, oliy yoki tubanligi – xarakter xislatidir.

Temperamentning xususiyatlari xarakterning muayyan tomonlarini rivojlanishiga qarshilik ko`rsatishi yoki yordam berishi mumkin. Xolerik yoki sangvinik tipdagi odamga qaraganda flegmetik tipidagiiodam o`zida tashabbuskorlik va qat`iylikni tarkib toptirishi qiyinroqdir. Jur`atsizlik va vahimalikni bartaraf etish melanxolik uchun jiddiy muammodir. Xarakterni jamoada, amalda shakllantirilishi xoleriklardagi o`z-o`zini tuta bilishni va o`ziga

tanqidiy ko`z bilan qarashni, sangviniklarda sabotlilikni, flegmatiklarda faollikni rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. Xarakterning fiziologik asosi nerv tizimsining tipi oliy nerv faoliyatining tug`ma xususiyatlariga bog`liq bo`ladi. Biroq kishining fiziologik tabiati doimiy bo`lib qolmaydi. Kishining oliy nerv faoliyatini shakllantirishga faqat 1-signallar tizimsi emas, balki 2-signallar tizimsi ham ta`sir ko`rsatadi.

Nerv tizimning tug`ma tipi bo`lgan temperament xarakterning asosi bo`lsa ham, biroq uni mavaqqat nerv aloqalariga va uning murakkab tizimlariga xos bo`lgan xususiyatlarni belgilab beradiki, inson ularga o`z hayoti va faoliyati jarayonida ega bo`ladi. Oqibat natijada tug`ma sifatlar emas, balki ijtimoiy shart –sharoit, turli ta`sirlar, tarbiya – kishinning u yoki bu xarakterga ega bo`lishi uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Kishi bosh miya ishlashining turli xil xususiyatlari bilan tug`iladi, liy nerv faoliyatining u yoki bu tipini tasarruf etadi. Bu psixologik xususiyatlar emas, balki fiziologik xususiyatlar bo`lib, bolalarda har xil ta`sirlarga har xil psixologik samara keltiruvchi dastlabki sabablardir.

Fiziologik sharoitlardagi bu farqlar insonlar xarakteridagi har xillikning birinchi sababidir.Psixologiya tarixida xarakterni bosh suyagining shakliga, yuz tuzilishiga, qaddi-qomatiga bog`liq qilib qo`yadigan va shu yo`l bilan xarakter xususiyatlarining sirini ochish aniqlandi. Mas quldorning bozorda qul sotib olishi: jismoniy kuchi paylardan, yoshi tishidan, epchilligini yugurtirib yoki sakratib ko`rganlar, lekin bo`lajak qulining xarakteri haqida tushunchaga ega bo`lmas edi. U ayyormi, ishchanmi, ishyoqmasmi, sodiqmi, isyonkormi – bularning hammasi quldor uchun muammo bo`lgan.

XVIII asrda “inson boshi qalbini ko`rsatadigan oyna” bo`lib sanaladi va uning to`zilish, bosh suyagining konfiguratsiyasi, imo-ishorani o`rganish kishi xarakterini o`rganishning asosiy yo`li ekanligini Iogann Kaspar Lafater asoslab berdi va o`zining “Fiziognomika” kitobini yozib qoldirdi. Lafaterning o`limidan so`ng nemis vrachi Frans Gallning ta`limotida xarakterning barcha xususiyatlari bosh miya yarim sharlarida o`zlarining qat`iy ixtisoslashgan markazlarini tasdiqlab, bosh suyaklari miyaning qavariq va chuqurcha joylariga ma`lumotlarning mos kelganligi uchun ham, kishining ruhiy belgilarini aniq aytib berish mumkinligini isbotlab bergan. Xarakter – ko`p jihatdan o`z-o`zini tarbiyalash natijasidir. Xarakterda kishining odatlari jamlanadi.


Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish