Ilmiy tatqiqotda test, so'rovnomalar uslubi. Yetakchi bo'lib sanalgan usuddardan biri bu so'rovnoma – anketa metodi qo'llanilganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, talabalarning yakka yoki guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o'tkaziladi.
Test sinovlarini o'tkazishdan maqsad kam vaqt orasida talabalarning bilimlarini yoppasiga aniqlash va baholashdir. Test savollarining o'rni va ularning mazmunan xilma-xil qilib tuzilishi, talabalarning mustaqil fikrlarini o'stiradi, kelajakni real baholash qobiliyatini taraqqiy ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |