Xotira va uning turlari
Xotira barcha psixik jarayonlarning eng muhim xarakteristikasi bo`lish bilan birga inson shaxsining birligi va yaxlitligini ta`minlaydi. Xotira shaxs psixik hayotining eng muhim, belgilovchi xususiyati hisoblanib, uning roli “o`tmishda yuz bergan” narsani aks ettirish bilangina cheklanib qolishi mumkin emas.
Odamda tasavvurlarning mavjudligi bizning idrokimiz miya po`stlog`ida qandaydir izlar qoldirishidan, ular ma`lum vaqt davomida miyada saqlanib turishidan dalolat beradi.
Xotira deb, biz ilgari uqib olgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash va keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayoniga aytamiz.
Xotira bizga bilim saqlaydi, unumli ish faoliyatini va muvaffaqiyatli o`rganishni ta`minlaydi. Kishi qanchalik ko`p bilsa, mahoratli bo`lsa, uning xotirasi ham kuchli bo`ladi.
Xotira sifatlari shaxsiy fazilat sifatida odam qobiliyatlarining rivojlanishiga,faoliyatiga ta`sir ko`rsatadi.Narsalarni oson esda olib qoluvchi kishiga qaraganda xotirasi unchalik rivojlanmagan odamning vaqti ham,kuchi ham ko`p sarf bo`ladi.Ko`pgina kasb-g`unarlarlar,jumladan muhandis va pedagog faoliyati uchun ham yaxshi xotira kerak.
Xotira inson faoliyatining maqsadlaridan kelib chiqib ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga bo`linadi.
Ixtiyoriy xotira ixtiyorsiz xotiradan ma`lum materialni ongli ravishda esda qoldirishga qaratilganligi bilan farq qiladi.Ixtiyoriy xotira ikki usul bilan: mexanik va ongli tarzda amalga oshiriladi.
Ongli ravishda,ya`ni ma`nosiga tushunib esda qoldirish fikr qilish jarayonlari bilan bevosita bog`liq bo`lib, materialning mazmunini tushunishga, uning mantiqan fahmlashga suyangan holda amalga oshiriladi. Mexanik xotira ma`lum bir materialni ongimizda vaqtinchalik esda qoldirishdir.
K.K Platonov xotirga shunday ta`rif beradi: “Xotira bu ta`sirotlarni psixik aks ettirishdan iborat bo`lib, u esda olib qolish, esda saqlash va keyinchalik esga tushirish yoki ilgari idrok etilgan, boshdan kechirilgan narsalarni qayta tanish hamda unitishdan iborat psixik jarayondir”.
Biror narsani esda saqlash uchun uni xotirada saqlash, esga olish va biror ob`ektni xotirada qayta tiklash uchun tanish bir-biri bilan uzviy bog`liqliq tarzida amalga oshadi. Masalan: “Falonchining yuzi juda yaxshi esimda, qachon ko`rsam darrov taniyman”. Buning ma`nosi shuki, odamning yuzi bilan nomi o`rtasida mahkam aloqa bog`lanib, bu odamni ko`rganda uning nomi esga keladi.
Xotira jarayonining quyidagi xususiyatlari: tanish – bu qandaydir buyumni tanish, shu onda o`qilgan va xotiramizda puxta saqlangan buyumlar o`rtasidagi o`xshashlikni topish demakdir.Tanish o`tmishda idrok qilingan narsa shu onda idrok qilingan narsaga o`xshash bo`lishi orqasida vujudga keladi. Eslash – tanishdan farqlanib, u shu bilan xarakterlanadiki, xotiramizda mustahkamlangan obraz yoki ob`ektlarni ikkinchi marta idrok qilinishiga suyanmay jonlanib ketadi.Masalan: “Salom Ibrohim”desangiz, bu tanish bo`ladi, agar uni o`zini uchratmasangiz, ongingizda uning obrazi paydo bo`lsa, bu eslashdir. Esga tushurish– eng faol eslashdir. Kitobni qayerda qoldirganimizni eslash uchun kun bo`yi nimalar sodir bo`lganini, kitob qo`limizda bo`lganida oxirgi marta qayerda bo`lganimizni va boshqa hamma harakatlarimizni esga tushurishga harakat qilamiz. Unitish – vaqt o`tishi bilan bizning xotiramizdagi saqlangan ko`pgina narsalardan ayrimlari u yoki bu darajada unutilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |