Ўзбекистон республикаси олий ва



Download 2,43 Mb.
bet147/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

O'spirinlik davri. O'spirinlik davri jismoniy o'sishning tinch davri sanaladi. Shu boisdan o'smirlardan farqli ravishda o'spirinlar faoliyatida romantik his-tuyg'ulardan ko'ra ko'proq realizm muhim o'rin tutadi.

O'spirinning tana tuzilishidagi organlarning (qo'l, oyoq, ko'krak qafasi, yelka) bir-biriga muvofiqsizligi o'spirinlik davriga kelib, asta-sekin yo'qola boradi, ularning qomatlari shakllanadi. Tana massasi bilan yurakning hajmi o'rtasidagi munosabatda uyg'unlik, orqa umurtqa suyaklari bilan tananing tuzilishida muvofiqlik vujudga keladi. Muskullarning kuchi va ish qobiliyati ortadi. Ichki sekretsiya bezlarining faoliyati muvozanatlashadi.

Jinsiy yetilish asosan tugaydi. Ba'zi o'spirinlarda bunday yetilish ortda qoladi. Bunga sabab bolalikda kechirgan og'ir kasalligi, organizmning kuchsiz, nimjon yoki dardchilligi bo'lishi mumkin. Bugungi kunda o'smirlar rivojlanishidagi (tezlashish) tufayli o'spirinning yetilishi ham tezlashadi va yuqorida qayd etilgan holat deyarli kuzatilmaydi.

O'spirinlarda organlarning tarkib topishi va organizm to'qimalaridagi takomillashish nihoyasiga yetadi. Ular jismoniy kuchli, xushbichim va sog'lom bo'lganliklari tufayli tetik va quvnoq hayot kechiradilar. O'spirinlar miya hujayralarining tuzilishida ro'y bergan takomillashish, asab tizimi va faoliyati mazmunining o'zgarishiga olib keladi. O'spirin faoliyatining asosiy turi o'qish bo'lib qolaveradi. Bilimlar hajmi kengayadi. Ular ijtimoiy munosabatlar, xususan oila, moliyaviy, me'yoriy, ma'muriy, xo'jalik, mehnat hamda jinoiy faoliyatlar mohiyatini teran tushunishga intila boshlaydilar. Shu sababli mazkur yosh davrida ularga ijtimoiy-ma'naviy bilimlarni berish maqsadga muvofiqdir. O'spirin nazariy ma'lumotlar mazmunini tahlil eta olish imkoniga ham ega. Oilaviy, xo'jalik, oldi-sotdi xususidagi munosabatlarni tashkil etish, maishiy va aloqa xizmatlari, shuningdek, jamoat transportidan foydalanish chog'ida ularda ijtimoiy bilimlarni egallashga nisbatan ehtiyoj va qiziqish hosil bo'ladi. Ehtiyoj hamda qiziqish o'z-o'zidan ijitimoiy faoliyatni tashkil etishga bo'lgan rag'batni yuzaga ketiradi.

O'spirin ijtimoiy munosabatlar mohiyatini anglashga, ular haqida chuqur mulohaza yurgizishga intilar ekan, ularda axloqiy (ma'naviy) tasavvur va idrok hosil bo'ladi. Ixtiyoriy va barqaror diqqat esa, ularning ma'naviy tafakkurining shakllanishiga imkon yaratadi, natijada ular ijtimoiy munosabatlar borasida mantiqiy asosli fikr yurita boshlaydilar. O'spirin yoshda talabalar turli o'quv fanlarining nazariy va metodologik asoslarini egallashga intiladilar, fanlararo aloqadorlik va bog'liqlik xususida fikr yurita boshlaydilar. Shu bois ta'lim va tarbiyani tashkil etishda fanlararo aloqadorlikdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Iqtisodiyot va ekologiya asoslari, mehnat hamda harbiy ta'lim kabi fan va maxsus kurslar doirasida iqtisodiy, ekologik, mehnat va harbiy faoliyatlarning ma'naviy asoslari, oqibatlari to'g'risidagi ma'lumotlarning berilishi o'spirinlarda ma'naviy savodxonlikning vujudga kelishini ta'minlaydi.

O'spirinlarda shaxsiy faoliyatni tashkil etishda mustaqillikka intilish yaqqol ko'zga tashlanadi, bu esa ularda ijtimoiy-huqiqiy munosabatlar mazmunini o'zlashtirishda ijtimoiy faollik ko'rsatish ehtiyojini yuzaga keltiradi. Ularning talabalar o'z-o'zini boshqarish organlari, jamoatchilik tashkilotlari faoliyatidagi ishtiroki ana shu ehtiyojni qondirish yo'lida muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.

O'spirinlarning ilm-fan, siyosat, texnika, sport, san'at olami bilan bog'liq qiziqishlari darajasini inobatga olib ommaviy axborot vositalari sahifalarida yoritilgan yuqorida qayd etilgan sohalarga oid ijtimoiy mazmundagi axborot, eshittirish va ko'rsatuvlar tayyorlash talabalar ma'naviy madaniyatini shakllantirishda yaxshi samaralar beradi. O'spirinlardagi qiziqishni inobatga olgan holda ijtimoiy mazmundagi xususan, «Biznes faoliyatini tashkil etishning ma'naviy asoslari», «Oldi-sotti munosabatlarining axloqiy negizlari», «Yoshlar jinoyatchiligi va uning oqibatlari», «XXI asrga narkotiklarsiz qadam tashla!», «Sening xuquq va burchlaring», «Yoshlar ijtimoiy mehnatini tashkil etish shartlari», «Nikoh muqaddas bitim», «Tabiatni muxofaza qilishning ma'naviy asoslari», «Terrorizm – mudhish jinoyat», «Qonuniy harakat va harakatsizlik nima?» kabi mavzularda ma'ruza va seminarlar tashkil etish, mustaqil ravishda ijtimoiy adabiyotlar bilan ishlashga o'rgatish, noaxloqiy hatti-harakatlar va ularning oqibatlari xususida davra suhbati, xuquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan uchrashuv va anjumanlar o'tkazish, shuningdek, ijtimoiy mavzudagi kinofil`mlar namoyish etish g'oyat muhimdir.

O'spirin yosh talabalar o'zlari uchun ideal tanlashga intiladilar. Ushbu istakni rag'batlantirish maqsadida ular o'rtasida adolat, erk, odillik timsoli bo'lgan, el-yurt tinchligi, Vatan xavfsizligi yo'lida qurbon bo'lgan kishilar to'g'risidagi ma'lumotlarni berishga qaratilgan faoliyatni tashkil etish talabalarning xuquqiy madaniyatini shakllantirish yo'llaridagi muhim omil bo'ladi. O'z ideallari shaxsidan namuna o'zlashtirish o'spirinlarda ijtimoiy mas'ullik xislatlarining shakllanishiga, jamiyatda erk va adolat, qonun ustivorligiga erishish uchun kurash g'oyalariga sodiqlik hissining uyg'onishiga olib keladi. O'spirin yigit-qizlarda bir-birlariga nisbatan qiziqishning vujudga kelishi, ikki jins orasidagi do'stlik-o'rtoqlik tuyg'ularini shakllanishiga zamin hozirlaydi. Ba'zi o'spirinlarning do'stligi zamirida xaqiqiy sevgi-muhabbat qaror topadi. Shu sababli ularda oila va nikoh masalalariga nisbatan jiddiy munosabatni tarkib toptirish, voyaga yetmaganlarning nikohga kirishlari, shuningdek, ular o'rtasidagi jinsiy yaqinlikning oldini olish maqsadida ular orasida oila va nikohning ma'naviy asoslari borasidagi targ'ibot ishini kuchaytirish, bu borada o'ta ehtiyotkorona yondoshuvni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. O'spirinlarning barcha intilishlari muayyan maqsad bilan bog'lanadi. Ularning ko'pchiligi yaxshi xulqli inson bo'lish, vatanga, xalqqa xizmat qilishga intiladilar. Ammo ayrim o'spirinlar nosog'lom muhit ta'siriga tushib qoladilar, natijada ular shaxsiy manfaatlarini hamma narsadan ustun qo'ya boshlaydilar. Ularning xarakteridagi bu kabi salbiy holatlarning oldini olish uchun tarbiya ishida o'spirinning ijobiy fazilatiga tayanib ish ko'rish, ularga ishonch bildirish, ularni qo'llab-quvvatlash samarali natija beradi.

O'spirinlarga axloqiy-huquqiy me'yorlar mohiyatini to'g'ri anglatish, ularni shaxs erki va huquqlarining kafolatli ekanligiga ishonch hosil qilishlarini ta'minlash, fuqarolik erkinliklari o'spirin uchun ijtimoiy hayotda o'z o'rnini topa olish garovi ekanligiga ishonch hosil qilishlarini ta'minlash, axloqiy me'yorlar mohiyatini to'g'ri talqin etishlariga erishish mazkur yosh vakillari hayotining ayanchli, fojiaviy yakun topmasligiga olib keladi. O'spirin shaxsining rivojlanishida jamoa muhim o'rin tutadi. Jamoa o'spirinni o'ziga jalb etar ekan, uning fikri, o'spiringa nisbatan ko'rsatilayotgan munosabati katta ahamiyatga ega.

Shu sababli sinfdan tashqari sharoitda tashkil etilayotgan ijtimoiy mazmundagi tarbiyaviy tadbirlarni jamoa ishtirokida tashkil etish, talabalarning birgalikdagi harakatlari kuchiga tayanib, o'spiringa ta'sir ko'rsatish yaxshi natijalar beradi. Shuningdek, o'spirin shaxsida katta yoshdagi, tajribali hamda bilimdon kishilar muloqatiga intilishi kabi xususiyatni inobatga olib ana shunday kishilar bilan uchrashuvlar, suhbatlar tashkil etish lozim. Xuquqiy tadbirlarni uyushtirishda jamoaning bu boradagi imkoniyatini hisobga olish ko'p foyda keltiradi.

O'spirin talabalar o'rtasida ijtimoiy bilimlarni targ'ib etishda erkin muloqot, bahs tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Chunki ular o'z fikrlarini ilgari surish, uni himoya qilish layoqatlarini namoyon etishga intiladilar. Ular ham o'smirlar kabi gohida fikrlari to'g'ri, asosli bo'lmasada, unda qat'iy turib olishga urinadilar. Ushbu kamchilikka barham berish maqsadida sinf rahbari, o'qituvchilari tomonidan o'spirin fikri, uning pozitsiyasini diqqat bilan kuzatish, tahlil qilish hamda o'spiringa o'z vaqtida yordam berishga urinish eng maqbul pedagogik chora hisoblanadi.


Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish