Suhbat metodi
Bu metod joz`iy xususiyatga ega bo`lib, u asosan tekshiriluvchining qiziqish va havaslarini va bilish jarayonlarining ba`zi bir tomonlarini: tasavvur , xayol va tafakkurini o`rganishda qo`llaniladi. Suhbatda ijobiy natijalarga erishish uchun quyidagi talablarga rioya qilish zarur: Suhbatda mo`ljallangan savollar tekshirish mavzusini to`liq suratda qamrab olishi;Savollar oldindan puxta o`ylangan va lo`nda bo`lishi, tekshiriluvchiga tushunarli va javoblarni esga tushirmaydigan vaziyatlar tanlab olinishi; Suhbat jarayonida tadqiqotchi bilan tekshiriluvchi o`rtasida o`zaro shunday munosabatlar o`rnatiladiki, bunda tekshiriluvchi beriladigan savollarga samimiy va haqqoniy javob qaytaradi; Suhbat natijalari aniq yozib boriladi. Suhbatni o`ziga xos tergovga aylantirib yubormaslik kerak. Suhbat samimiy, bemalol bo`lishi, tekshiriluvchi kishilarning psixik holatiga zo`r kelmasligi kerak. Suhbat odam psixik hayotining bevosita kuzatish va eksperimentda aniqlab bo`lmaydigan protsess va hollari haqida ma`lumot olishga yordam beradigan birdan-bir metoddir, deyish mumkin. Masalan, kosmosga parvoz qilish vaqtida odamning psixik faoliyat hususiyatlari haqida bilim olmoq uchun tadqiqotchi kosmonavtlarning o`zi bilan suhbat qilishi kerak. Suhbat metodi shaxsning individual hususiyatlarini (e`tiqodlari, havaslari, jamoaga munosabati, o`z vazifalarini tushunish) tekshirishda, shaxsning hayoti va faoliyatidagi mahsus voqealar, qahramonlik, ijodiy maqom va shunga o`xshashlarni tekshirishda qo`llaniladi. Bu metod o`qitish va tarbiyalashning psixik asoslarini tekshirishda, masalan, bolalarning kitobxonlikka havasini, ayrim darslarga munosabatini tekshirishda, talabalarning uyga berilgan topshiriqlarni bajarishda xotirada qoldirish usullarini, ayrim talabalarning darslarni sust o`zlashtirish sabablarini aniqlashda qo`llaniladi.
Test metodi
Test – bu qisqa muddatli topshiriq bo`lib, uning bajarilishi ba`zan psixik jarayonlar mukammalligining ko`rsatkichi bo`lib xizmat qilishi mumkin. Test metodi yordamida ayrim qobiliyatlarning, ko`nikmalarning, malakalarning bor yoki yo`qligini aniqlashga, u yoki bu kasb sohasida ishlash uchun layoqatlilik darajasini o`rganish mumkin. Shaxsning biror faoliyatini(o`yin, ish,ijodiy) o`rganishimizda bu faoliyat jarayonini uning ro`y berishini oydinlashtirish va psixologik jihatdan tahlil qilish hamda izchilligini o`rganish metod va prinsiplar asosida amalga oshiriladi.
1. Determinizm prinsipi. (shamol bo`lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi) sababsiz oqibat bo`lmasligi. Psixika o`zgarishi bilan turmush tarzimiz o`zgaradi va uning aksi.
2. Ong va faoliyat birligi prinsipi. Ong faoliyatning dasturini to`zib beradi va boshqaradi.
3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanish prinsipi. Nazariya va amaliyotning birligi prinsipidan kelib chiqqan holda olingan bilimni amaliyotga tadbiq etgandagina bilim hosil qilinadi, ko`nikma va malakaga aylanadi.
Hozirgi zamon ilm fanining qadri va ahamiyati uning nechog`lik amaliyotga kiri borib, tadbiqiy salohiyati ortib borishi bilan baholanadi.
Psixika – yuksak darajada tashkil topgan materiya, miyaning funktsiyasi. Uning mohiyati tuyg`ular, idrok, tasavvur, fikrlar, iroda va boshqalar ko`rinishida aks ettirishdan iborat.
Psixik jarayonlar – u yoki bu psixik maxsult va natijalarni (psixik obrazlar, holatlar, tushunchalar, xissiyot va x.k.) hosil qiluvchi, shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi jarayon.
Psixologiya – odamning ob'ektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tug`u-hissiyot va boshqa psixik holatlar orqali aks ettirish jarayonini o`rganadigan fan.
Psixik holatlar – psixik hayot shakllari, diqqat, hissiyot, iroda jarayonlariga aytiladi. P.Q. (xushchaqchaqlik, ruxlanish, siqilish, ziyraklik, qat'iylik, tirishoqlik v.b.) shaxslarda ma'lum darajada barqaror bo`lib, ularning muayyan xususiyatiga ham aylanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |