Ўзбекистон республикаси олий ва



Download 2,43 Mb.
bet126/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

Mehnat psixologiyasi vazifalari hamda mehnat xavfsizligi psixologiyasi muammolaridan kelib chiqqan ruhiy holatni ishlab chiqarish jarohatlar va avariyalar va shu kabi ko’ngilsiz oqibatlar bo’yicha profilaktik tadbirlarni tashkillashtirishda yuzaga kelishi mumkin.

Insonning mehnat faoliyati samaradorligi (ish qobilyati) ruhiy zo’riqish, ya`ni hayajonlanish darajasiga bog’liq holda o’zgaradi. Ruhiy zo’riqish ma`lum chegaragacha ish natijasiga ijobiy ta`sir ko’rsatadi. Lekin bu xususiyatni chegaradan, meyor darajadan ortiq bo’lishi ish qobilyatini pasayishidan tortib umuman yo’qolishigacha olib kelishi mumkin. Bunday ruhiy zo’riqish, chegaradan tashqari zo’riqish deb belgilanadi. Operatorning mehnat faoliyati davridagi normal ruhiy yuklanganligi maksimal yuklanish darajasining 40-60% ni tashkil etishi lozim, aks holda, yuklanganlikning bu chegaradan oshishi operatorning ish qobilyatining susayishiga olib keladi. Chegaradan tashqari ruhiy zo’riqish tormozli va asabiy ko’rinishlarga bo’linadi.Tormozli ruhiy zo’riqish harakatning cheklanganligi orqali xarakterlanadi.Bunday holatda, ishchi oldingi holatidagiday epchillik, chaqqonlik va ustalik bilan o’z kasbiy mahoratini namoyon qila olmaydi, ya`ni fikrlash jarayoni sekinlashadi, eslash qobilyati susayadi, e`tiborsizlik va shu kabi boshqa salbiy belgilar yuzaga keladi.Asabiy zo’riqish, hayajonlanish, ruhiy zo’riqish, ko’pso’zlilik, qo’l va ovoz qaltirashi kabi belgilarda namoyon bo’ladi.Bunday holatda ishchi dag’alko’rinishga tushishi, tez-tez beixtiyor ish jihozlari va asboblari holatini kuzatishi, ust-kymini to’g’irlashi, qo’lini artishi va shu kabi qiliqlarni bajarishi kuzatiladi.Albatta, bu holatlarning barchasi xatoga yo’l qo’yilishigi va natijada baxtsiz hodisalarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi.Operatorning ruhiy ishonchliligini alohida ruhiy holatlar: paroksizmal hushdan ketish, kayfiyatni psixogen o’zgarishi, ruhiy aktiv vositalarni (stmulyatorlar, trankvilizatorlar, alkogol` ichimliklar) qabul qilish ta`siridagi ruhiy o’zgarishlar ko’rinishlarida bo’ladi.Paroksizmal holat-turli xil toifadagi hushdan ketish (ya`ni, bir necha sekunddan bir necha minut oralig’ida hushni yo’qotishdir.Albatta, bunday o’olat turli xil og’ir oqibatlarga olib keluvchi, ba`zida o’lim bilan tugovchi baxtsiz hodisalarga sababa bo’lishi mumkin)Psixogen o’zgarishlar va affektiv holatlar ruhiy ta`sir orqali yuzaga keladi.Kayfiyatning tushishi va apatiya bir necha soatdan bir necha oygacha davom etishi mumkin.Albatta, bunga turli xil ko’ngilsiz hodisalar, ixtilofli, mojaroli vaziyatlar sabab bo’ladi.Bunday holatda befarqlik, lanjlik, lohaslik, tormozlanganlik, e`tiborsizlik, muskul harakati susayishining sodir bo’lishi va bu holatlar o’z-o’zini nazorat qilish qobilyatini susuyishiga, natijada esa turli ko’rinishdagi baxtsiz hodisalarning kelib chiqishiga olib kelishi mumkin.

Xafa bo’lish, haqoratlanish, ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatsizlik oqibatida esa affektiv holat (affekt-hissiy portlash, emotsional portlash) yuzaga keladi.Insonda, affektiv holat vaqtida fikrlash tafakkurning psixogen (emotsional) torayishi kuzatiladi.Bunda harakatning tezligi, agressivligi va qo’polligi ortadi.Ruhiy faol vositalarga faol stimulyatorlar (pervitin, fenamin) va trankvilizatorlar (seduksen, elenium) kiradi.Ushbu dorilar asabiylashishni (“nevroz” ni) kamaytirib, xotirjamlikka olib kelish bilan bir qatorda, ruhiy faollikni kamaytiradi, reaksiya tezligini susaytiradi, apatiya va uyqusirashga sabab bo’ladi.Bu esa, mehnat faoliyati davrida yo’l qo’yib bo’lmaydigan xatolarga sharoit tug’diradi hamda baxtsiz hodisalarni keltirib chiqaradi.

Ruhiy faoliyatni maishiy va ishlab chiqarish jarayonlari ta`sirida o’zgarishi ishlab chiqarish faoliyatidagi muhandislik-tashkilotchilar oldiga ishchining ruhiy holatini nazorat qiluvchi tizimni vujudga keltirish hamda takomillashtirish zarurligini ko’rstadi.Jamiyatning eng oliy boyligi bo’lgan xalq badiiy qadriyatlarni, qudratli salohiyatlarni o’zida jamlagan.Bu salohiyatini yuzaga chiqarish jamiyatimizni rivojlantirish va taraqqiy ettirishga juda kuchli omil bo’lib xizmat qiladi.Inson salohiyatini eng faol, eng bunyodkor omili bo’lib, u mamlakatning islohotlar, tub o’zgarishlar, tub yo’lidan tinimsiz ilgarilab borishini ta`minlab beradi.Bu omilning kuchi va ta`siri, eng avvalo, yuksak ma`naviyat bilan, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi bilan belgilanadi.U aholining bilimdonlik darajasi, ish bilan ta`minlanganlikning professional malaka tuzilmasi va boshqa ko’pgina shart-sharoitlar orqali shakllanadi.Hozir Respublika qudratli mehnat salohiyatiga ega.Mehnat zahiralari butun aholining deyarli 50% ni tashkil etadi va har yili 210-220 ming kishiga ko’payib bormoqda.Ish bilan band bo’lgan aholini tarkibiy jihatdan qayta taqsimlash va mehnatga layoqatli yoshlarni faoliyatini yangi ilg’or tomonlari va sohalariga jalb qilish ham mehnat salohiyatidan samarali foydalanishning qudratli zahirasidir.Shuning uchun ham inson huquqini va erkinligini ta`minlash, demokratiya prinsiplarini yanada rivojlantirish barcha inson va insoniyatning oldida turgan dolzarb muammolardan biri bo’lib qolishi ham bejiz emas.

Muhandislik psixologiyasining tarkibiy qismi bo’lgan mehnat psixologiyasining amaliy dasturi hamda fan sifatida shakllangan holda ma`lum ma`nodagi yo’lni bosib o’tdi.XX asr mobaynida u sezilarli darajada rivojlandi va o’zida turli xil yo’nalishlarni birlashtirdi.Ular bilan yonma -yon ravishda fanda farqlanish jarayoni kechadi.Bunda insonning sub`ekt sifatida uning mehnat faoliyatini yangi yo’nalishlari ajralib chiqadi. Mana shu qisqa davr ichida bir necha ijtimoiy tizimlar o’zgardi, shuningdek umuminsoniy qadriyatlar o’zgacha tus oldi.Zamonaviy jamiyat past industrial hududiga kirib bormoqda.


Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish